1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi



Download 310,56 Kb.
bet71/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184
Bog'liq
falsafa

Gegel falsafasi. Gegel falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining tadrijiy yakuni hisoblanadi. Buyuk faylasufning barcha mashhur asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni shu tizimni ishlab chiqishga bag’ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy tizimiga o’ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu subyekt va obyektga qadar mavjud bo’lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o’zi va mantiq shakllaridan tashqari hyech qanday empirik mazmun mavjud emas. Mantiq tarix va tabiatdan oldin paydo bo’lgan. Mantiq ularni yaratgan. Mantiq uch qismga: borliq haqidagi ta’limot, mohiyat haqidagi ta’limot va tushuncha haqidagi ta’limotga bo’linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o’zini to’liq namoyon etgunga qadar «ko’tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g’oyaning rivojlanishi abstrakt mantiqiy kategoriyalar ko’rinishida yuz beradi. Uning tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof abstrakt fikr. Dastlab mazmunsiz bo’lgan bu «sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o’z mazmunini kasb etishga harakat qiladi. Bu «nimadir», o’z navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel fikriga ko’ra, mutlaq g’oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki sifat kasb etadi. Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi. Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa o’lchov hisoblanadi. Borliq haqidagi ta’limotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan miqdorga o’tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida yuz berishini asoslashga harakat qiladi. Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq, ichki qonuniyatlarga – mohiyatga o’tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-biriga o’tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to’g’risidagi qonunni tahlil qiladi. Gegel fikriga ko’ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o’zaro nisbatidir. Ular bir-birisiz mavjud bo’lmaydi, lekin turli yo’ldan rivojlanadi va bu ular o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo’ladi. Ziddiyatni yechish yoki unga chek qo’yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning, hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqyelikning, tasodif va zaruriyatning o’zaro nisbatida ko’radi. Ziddiyat haqidagi ta’limotni rivojlantirar ekan, Gegel ichdan zarur bo’lgan, har qanday o’zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o’z-o’zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi. Gegel fikriga ko’ra, ayniyat va tafovutning nisbatini bilish jarayonida ularning zamirida yotgan ziddiyat namoyon bo’ladi. Ziddiyatlar mavjudligi hodisaning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Mohiyat haqidagi ta’limotda Gegel voqyelikni «mohiyat va mavjudlikning birligi» sifatida tavsiflaydi. Mohiyatning o’zi – «mavjudlik asosi»dir. Mohiyat haqidagi ta’limotning dastlabki boblaridan boshlab Gegel uni bilish mumkin emas degan tasavvurni rad etadi. Borliq va mohiyat sohasidagi rivojlanish jarayonlarini belgilovchi zaruriyat tushunchada o’z aksini topadi. Bunday zaruriyat erkinlikka aylanadi, «erkinlik esa – bu anglab yetilgan zaruriyat»dir. Shu tariqa «Mantiq» tushunchaga o’tadi. Bunda Gegel falsafiy metod sifatidagi formal mantiq va metafizikani tanqid tig’i ostiga oladi va umumiylik, alohidalik va yakkalik dialektikasini ishlab chiqadi. Ayni vaqtda u haqiqat tushunchasini fikrning obyekt bilan mos kelish jarayoni sifatida tahlil qiladi. Bunga g’oyada erishiladi. Faqat g’oya tushuncha va narsaning shak-shubhasiz birligi hisoblanadi. Mantiqdan Gegel tabiat falsafasiga o’tadi. Unda g’oya tabiat bunyodkori hisoblanadi. Aynan u o’zining «o’zga borlig’i» - tabiatni yaratadi. Tabiatning rivojlanish bosqichlari: mexanizm, ximizm, organizm. Gegel o’z dialektik tafakkurining teranligi va kuchi yordamida «Tabiat falsafasi»da

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish