1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Ijtimoiy hayot va estetik nazariya. Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet63/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Bog'liq
falsafa

71. Ijtimoiy hayot va estetik nazariya. Tayanch atamalar: Estetika va adabiy-badiiy tanqid, estetika va san'atkor dunyoqarashi, estetika va san'at iste'molchisi, estetika va badiiy jarayon.

Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va estetika fanlari shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. Chunki insonning xatti-harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafo- satga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. Shu sababli Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni - ichki go‘zallik, nafosatni - tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning xatti-harakati, qilmi- shi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan xatti-harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go‘zallik esa, o‘zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko‘kaldosh mad- rasasi. U hech qachon- harakat qilmaydi, lekin go‘zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go‘zalligiga putur yetmaydi. Bundan tashqari, axloqning qonun-qoidalari, nasihatlar, hikmat- lar umumiylikka, barchaga bir xilda taalluqlilik xususiyatiga ega. Estetika esa muayyanlikni, aniqlikni yoqtiradi. Masalan, axloq- shunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasi hammaga — ayolga ham, erkakka ham, yosh-u qariga ham tegishli bo'lishi mumkin. Estetikada esa «go‘zal odam» tushunchasi yo‘q; yo «go‘zal yigit», yo «go‘zal qiz» degan tushunchalargina mavjud. Demak, axloq uchun — umumiylik, nafosat uchun esa — muayyanlik mavjudlik sharti hisoblanadi. Estetika psixologiya (ruhshunoslik) bilan uzviy bogliq. Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. Go‘zallikni, san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy xarsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l urganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura bosh- laydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. Boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o‘zi tomoshabinga yetkazishni maqsad qilib qo‘ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. Agar ijodkor — haykaltarosh ana shu hissiyotlarni o‘zi moljallagan darajada tomoshabinga yetkaza olsa va tomoshabinda o‘sha hissiyotlarga yo aynan, yo monand tuyg‘ular uyg‘ota olsa, mazkur haykal haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Estetika haykaltaroshdan haykalga, haykaldan tomoshabinga o‘sha hissiyotlarning qay darajada o‘ tgan- o‘ tmaganligini, ya’ni, badiiy qiyofa qanchalik puxta yara- tilganligini o‘rganadi va shu asosda asarni baholaydi. Ruhshunos- lik esa ana shu hissiyotlarning o‘zini o‘rganadi. Bundan tashqari, ruhshunoslik asar g‘oyasidan tortib, to badiiy asar — estetik qadri- yat vujudga kelgunga qadar bo‘lgan ijodkorning hissiyotlar olami- ni tadqiq etadi. Albatta, bunday tadqiq va tahlillar o‘rganishlar alohida-alohida, muxtor holda emas, balki ikkala fanning bir-biri bilan hamkorligi, birining ikkinchisi hududiga o‘tib turishi vosi- tasida ro‘y beradi. Shu bois, ruhshunoslikka ham, estetikaga ham teng aloqador bo‘lgan san’at ruhshunosligi va badiiy ijod ruhshu- nosligi deb atalgan yo‘nalishlar mavjud.

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish