1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Estetika fanining predmeti va vazifalari. Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet61/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184
Bog'liq
falsafa

69. Estetika fanining predmeti va vazifalari. Tayanch atamalar: Baumgarten, «Estetika», «hissiy idrok etish», go‘zallik haqidagi fan, san'at, voqyelikni estetik o‘zlashtirish.

Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Le- kin faqat XVIII asr o‘rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos — his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf makta- bining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba’zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va uning san’atda yorqin namoyon bolishini ko‘rsatib berdi. Dastlab estetika «San’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» si- fatida talqin etilgan. Chunki, san’at estetikaning obyekti bo‘lib, unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Estetika ba- diiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi — idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ular- dan nazariy xulosalar chiqaradi. Lekin, san’at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda estetika dizayn, atrof- muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammo- lar bilan ham estetika shug‘ullanadi. Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutUqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmal qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy aha- miyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kunda- lik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olish- lari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jami- yatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Estetikaning falsafiy mohiyatini uning san’at asariga yon- dashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot obyektiga uch tomonlama — nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‘lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositala- rini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayon- lar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy ja- rayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san’atda ham va boshqa san’at turlarida ham shunday. Estetikada esa tadqiqot obyektiga yondashuv uch emas, birgina nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham na- zariyaga bo‘ysundiriladi.




Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish