65. Sаbаb vа оqibаt kаtеgоriyalаri. Tayanch atamalar: Sаbаb tushunchаsi. Оqibаt tushunchаsi. Sаbаb vа оqibаt diаlеktikаsi. Fаlsаfа tаriхidа sаbаb vа оqibаt kаtеgоriyalаri.
g) Sabab va oqibat. Narsa va hodisalar o‘zlarining paydo bo‘lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog‘lanishlarda bo‘lishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat boladi. Ularning o'zaro bunday aloqadorligi sababiy boglanish deyiladi, Bu sababiy bog‘lanishda har bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi. Xo‘sh, sabab va oqibat nima? Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga kcltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo‘llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo‘llarimiz qiziydi. Bu yerda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bolib turibmiz. Lekin, bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bolishiga sabab boimoqda. Demak, ishqalanish — sabab, issiqlik — oqibat bolmoqda. Odatda, borliqdagi har bir hodisaning paydo bo‘lishida, rivojlanishida o‘z sababi bo'ladi va, ayni vaqtda, muayyan oqibatni namoyon qiladi. 0 ‘z navbatida, bu oqibat boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ularni umumiy aloqa- dorlikdan ayirib olishimiz hamda alohida-alohida tekshirishimiz lozim. Bunday holda bir-biri bilan almashinib turuvchi harakat- lardan biri sabab, tarzida, boshqasi oqibat tarzida,ko‘z oldimizda namoyon boladi. Sabab bilan oqibatning o‘zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog'lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi „sababiyat" kategoriyasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o'rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo'lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo'ladi. Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo'q va bo'lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o‘z sababi bor. „Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi“, deydi xalqimiz. Aniqroq qilib aytganda, kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo'ladi, degan tasavvur ularning amaliyoti asosida kelib chiqqan. Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin, borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog'lanishda bo'lavermaydi. Masalan, qishdan so‘ng bahor, bahordan so‘ng yoz, yozdan so‘ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog‘lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning ro‘y berishi Yerning Quyosh atrofida o‘z holatini o‘zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo'ladi. Odatda, sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan oldin sodir bo'ladigan biror hodisa yoki voqea bo'lib, u o‘z mohiyati bilan oqibat sifatida ro'y bergan hodisaning haqiqiy va asosiy sababi bo'la olmaydi, Bunda bahona sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki bo'lishi, oqibatning sodir bo'lish jarayonini tezlatuvchi omil rolini o'ynashi mumkin. Masalan, bunga Rossiya Federatsiyasida 1991-yil 19—21-avgustdagi davlat to'ntarishi qilishga uringan Favqulodda davlat komitetining faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bu o'rinda sobiq Ittifoq yemirilishi, uning o'miga yangi mustaqil davlatlar paydo bo'lishi- ning sabablari butunlay boshqa narsalar edi. Borliqdagi sababiy bog'lanishlaming murakkab zanjirida zaruriy va tasodifiy aloqadorliklar ham muhim rol o'ynaydi. Bunday aloqadorliklarni „zaruriyat" va „tasodif' kategoriyalari ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |