133. Ilmiy bilish uslubi va uslubiyati.Tayanch atamalar: analiz, sintez, abstraksiyalar, konkretlashtirish, kumatoid, ekspriment
d) Analiz va sintez metodlari. Analiz — bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har biri nima, qanday vazifani bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo'laklar, elementlar, ularning butun tarkibi- dagi o‘mi aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi. Sintez — analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir. Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo‘laklari, qismlari, tomon- lari, elementlari o‘rtasidagi va ularning butun bilan bo‘lgan aloqa va bog'lanishlarini bilib oladi. Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ulami bir-biridan ajratib qo'llab bo‘l- maydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko‘p tomonlamadir. Tadqiqotchi o‘rganayotgan predmet yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlar, analiz va sintezlar asosida hosil bo‘lgan empirik faktlar va ma’lumotlami o‘z tafakkurida umum- lashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi.Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi. 266 www.ziyouz.com kutubxonasi
e) Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish metodlari.
Ilmiy bilishning bu metodlari faqat tafakkur jarayoniga oid bo'lib, ular ilmiy bilishning nazariy darajasiga xosdir. Umumlashtirish — barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan muayyan belgi, xususiyat hamda xossalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik jihatlarini aniqlashdan iborat. Abstraktlashtirish — tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki hodisalarga xos bo‘Igan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda'e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur bo‘Igan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltirishdir. Ilmiy bilish jarayoni umumlashtirish va abstraktlashtirish bilan tugamaydi. Konkretlashtirish — umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan oldingi belgi va xususiyatlarni yana predmet yoki hodisalar bilan bog‘lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir flkr hosil qilishdir. Umumlashtirish, abstraktlashtirish va konkretlashtirish tafakkurdagi yaxlit mantiqiy amalning turli tomonlaridir, xolos. Tadqiqotchi umumlashtirish va konkretlashtirish usullari asosida tafakkur jarayonida yangi nazariy bilimlarni hosil qiladi. Bu usullarning har uchalasi tafakkur jarayonida doimo birlikda qo‘llanib, bir-birlarini to‘ldirib keladi. Umumlashtirishdan abstraktlikka va undan konkretlikka hamda konkretlikdan umumlashtirish orqali yana abstraktlikka tomon borish — bilishning umumiy usullaridir. Ilmiy bilishning bu usullari fanlar taraqqiyotining turli davrlarida turlicha rol o'ynab kelgan. Konkretlikdan abstraktlikka borish usuli fanlarning shakllanish davrida, ularga oid turli ilmiy tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan edi. Keyinchalik, fanlar jadal rivojlanib borgan sari, predmet yoki hodisalarni chuqur bilish talabi abstraktlikdan konkretlikka ko'tarilish usulining ahamiyatini orttiradi. Shunga qaramay, ilmiy bilish jarayonida bu ikki usul doimo birlikda va o‘zaro bog‘liqlikda qo'llaniladi. Bu usullar nazariy bilishning induktiv va deduktiv metodlari bilan ham chambarchas bog‘- liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |