131. Qаdimgi Turоndа diniy-fаlsаfiy qаrаshlаrning vujudgа kеlishi vа rivоjlаnishi. Таянч атамалар: Zаrdushtiylik. Аvеstоning diniy-fаlsаfiy tаhlili. Mоniylik. Buddizm g’оyalаrining O’rtа Оsiyogа qаdimgi dаvrdа tаrqаlishi.
Zardushtivlik Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik paydo bo'lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqtriya, Xorazm) va Eronni (Midi^a) ko'rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan oldingi 3-2-mingyilliklar) eramizdan oldingi 1-mingyillik o'rtalarigacha bo'lgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy tasawurlari aks etgan
“Avesto” kitobiga binoan Koinot yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo'lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va ob- havo, yil fasllari bilan bog'liq bo‘lgan yetti qismdan iboratki, bu bobillik- larning yetti shamollar haqidagi qadimgi tasawurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh Xudo Axura-mazdaninghadani sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar. Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasawurlari Injil va Qur’ondagi afsonalar bilan o'xshab ketadi. Avesto bo'yicha birinchi odam Yimadir — barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davroltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, Xudo Axuramazda abadiy bahor yaratgan bo'lib, kishilar farovonlik va baxt saodatda yashar edilar. Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta’qiqlangan mol go'shtini yeb qo'ydilar. Ziyonkor ruh Anxra Maynyu ularga sovuq va qor yubordi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy qurib, unga barcha tirik jonzoUardan bir juftdan yashirdi. Bu afsona Shumer, Bobil, Injil va Qur’ondagi Butun dunyoni to'fon bosganligi haqidagi alsonaga ochiqdan ochiq o'xshashdir. Tarixning birinchi davri bo'lgan oltin davr shunday tugallanib, ikkinchi davr bo'lgan yaxshiHk bilan yomonlik o'rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya’ni insoniyat kelajagi Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi or/ulari sifatida tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi kurashda Xudo Axuramazda g'alaba qiladi va o'shanda yaxshilik saltanati barqaror bo'ladi. O'liklaming tirilishi va mashhar kuni haqidagi tasawurlar ham mavjud. Avestoning eng qadimgi davrlarga oid qatlamlarida sinfiy jamiyatdan oldingi davrlarga xos bo'lgan demokratik g'oyalar va dehqon jamoalari manfaatini himoya qilish mayllari ko'zga tashlanadi. Keyinchalik unda quldorlar (Ahmoniylar davri) va feodallar (Sosoniylar davri) manfaati o'z ifodasini topdi. Eramizdan oldingi VI asrga taalluqli bo'lgan Zaratushutra la’limoti islohotchilikka urinish bo'lib, o'z ifodasini qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlar g'oyasida topdi. Quldorlik munosabatlarining rivojlanish jarayonida dehqon jamoalarining xonavayron bo'lishi davom etdiki, ular manfaatini Zaratushutra himoya qilgan edi. Zaratushutra xalqning zo'ravonlik va talon- tarojdan azob chekayotganligini ham dardlik bilan qayd etib, qonun va tartibga rioya ctishga chaqiradi. Aynan qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlar g'oyasi uchun Zaratushutraga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqdilar. U qonundan tashqari deb e’lon qilindi, jamiyatdan haydaldi, uning mol-mulki musodara qilind
Zaratushutradan keyin, Avestoning keyin yozilgan qismlarida ilk demokratik g'oyalar yo'qolib, uning o'miga ko'proq murosasozlikka asoslangan fikrlar paydo bo'ladi, boylik va hokimiyat sharaflanadiki, zardushtiylikni shakllanayotgan hukmron sinf boigan quldorlar manfaati uchun tadrijiy ravishda o'zgara borganligidan guvohlik beradi. Zardushtiylikda o‘sha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi o'z aksini topgan. Zardushtiylikning qonunlar majmuasida halollik, mehnatsevarlik, adolatlilik, fikr, so'z va amalda xolislik yuqori axloqiy me’yor asosi sifatida oldinga suriladi. Zardushtiylikning asosiy e’tiqodi uchlik qoidasida o'z aksini topgan; xayrli fikr (gumata), xayrli so‘z (gukta)va xayrli ish (gvarishta). Bir qator
Do'stlaringiz bilan baham: |