Hukm (mulohaza) Reja: 1. HUkm borliqni aks ettirishning mantiqiy shakli sifatida. 2. Oddiy hukmlar. 3. Murakkab hukmlar. 4. Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar. 5. Hukmlarning modalligi. 6. Savol va javobning muhokama yuritishdagi tutgan o’rni. 7. Norma va hukm. Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida turli abstraksiyalar hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |