Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng taraalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bar-doshli, oq rangli, asbest-sement mah-sulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. ortlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning kanchalik mayin tuyilganligiga bog‘lik. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chikariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |