64. Qonun tushunchasi. Tayanch atamalar: Falsafa qonunlarining asosiy shakllari. Qarama-qarshilik va ziddiyat. Uning аsоsiy tаmоyillаri, tаrаqqiyotgа bоg’liqligi.
b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi. Borliqdagi har bir narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomon- laming birligidan iborat bo'ladi. Ana shu bir-birini taqozo etuvchi va o'zaro bir-birini inkor qiluvchi tomonlar o'rtasidagi munosabat ziddiyat deb ataladi. Xuddi shu ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kurash, rivojlanishning sababi, uning manbayi hisoblanadi. Falsafada qarama-qarshilik deb borliqdagi narsa, hodisa va jarayonlarning bir-birini istisno qiladigan, shu bilan birga, bir- birini taqozo etuvehi tomonlari, tamoyillari va kuchlarining o'zaro munosabatlari tushuniladi. Umuman, qarama-qarshiliklarni, ular orasidagi ziddiyatlarni o'rganish harakat, o'sish, o'zgarish, rivojlanishning sabablarini bilishda muhim ahamiyatga ega. Har qanday narsa va hodisalarning o'zgarishi, rivojlanishi ulardagi mavjud ziddiyatlar birligi va kurashi natijasida yuz beradi# Ziddiyatlar rivojlanib, keskinlashgan holatida hal qilinmasa, konfliktga aylanishi mumkin. Ziddiyatlaming hal qilinishi o'zgarish va rivojlanishga, eski narsa yoki hodisa o'miga yangi narsa va hodisa paydo bo'lishiga olib keladi. Organik, noorganik olam, ijtimoiy hodisalardagi o'z-o'zini boshqarish, tashkil etish imkoniyatlari ham muayyan ziddiyatlar yuzaga kelishi bilan bog'liq. Ziddiyatlar juda xilma-xildir. Ular narsa va hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha rol o'ynaydi hamda har xil vazifani bajaradi. Ular, odatda, ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo'lmagan antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarga bo'lib o'rganiladi. Ichki ziddiyat — narsa va hodisalarning o'z ichidagi qarama- qarshi tomonlar, kuchlar o'rtasidagi ziddiyatlardir. Tashqi ziddiyat esa, bir-biridan nisbatan mustaqil narsalar va hodisalar o'rtasidagi ziddiyatlardir. Ichki va tashqi ziddiyatlarni bunday bo'lish nisbiy xarakterga ega. Chunki, bir munosabatda ichki ziddiyat, boshqa munosabatda tashqi ziddiyat bo'lishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlat- lararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa, ular ichki ziddiyatlardir. Rivojlanish jarayonida ichki va tashqi ziddiyatlar bir xil rol o'ynamaydi. Rivojlanishning mohiyatini asosan ichki ziddiyat belgilaydi.Tashqi ziddiyatlar rivojlanishga bilvosita, ya’ni ichki ziddiyatlar orqali ijobiy yoki salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Narsa va hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilab beradigan ziddiyat asosiy ziddiyat deyiladi. Asosiy ziddiyat taraqqiyotda hal qiluvchi rol o‘ynaydi va boshqa barcha ziddiyatlarga ta’sir ko'rsatadi. Asosiy bolmagan ziddiyatlar esa narsa va hodisalarning ma’lum bir taraqqiyot bosqichida mavjud bolib, ularning mohiyatini belgilamaydigan, rivojlanishini o'zgartirish kuchiga ega bo‘lmagan ziddiyatlar bolib, ta’siri konkret vaqtga va sharoitga bog'liqdir. Ziddiyatlarning qaysi biri asosiy va asosiy emasligini aniqlash rivojlanishning sabablarini to‘g‘ri belgilashning yo‘lidir. Asosiy ziddiyatni mavjud ziddiyatlar orasidan topish uchun ziddiyatlarni vujudga keltirgan sharoitni, vaziyatni, bundagi qarama-qarshi tomonlami va ular birligidan tashkil topgan narsaning mohiyatini, har bir ziddiyatning shu mohiyatga bolgan munosabatini aniqlash lozim. Asosiy ziddiyatlarni aniqlash esa, ijtimoiy amaliyot natijalarini tafakkur orqali analiz va sintez qilish natijasida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |