72. Fan va axloq. Tayanch atamalar:fan va axloqning o‘zaro ta'siri va o‘ziga xos xususiyatlari, Sokrat, Platon bilim va axloq haqida, Farobiy aqliy va axloqiy tarbiya haqida.
Aflotun (yunoncha Platon, miloddan avvalgi 427—347-yillar) axloqshunosligi uchun, aksincha, g‘oyalar va ruh haqidagi ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko'ra, bizga ko‘rinib turgan, biz harakat qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojiz. Inson g‘or devoriga kishanband qilib qo'yilgan tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu o‘lmas ruh mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doimo gunohkor yerga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlarbaland kelganda ruh (qalb, nafs, jon) g‘oyalar dunyosi yuksakligidan vujudga yiqiladi va inson tug‘iladi. Insonning tug‘ilishi, natijada, ruhning gunohga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir: ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlarining ba’zilarini eslaydi va vujuddagi hayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan. Aflotun donishm andlikni oliy fazilat, ruhdagi aqliy qismning namoyon bo'lishi deb biladi va davlatni boshqarishga loyiq yagona toifa sifatida donishm and-faylasuflarni tan oladi. Yovqurlik — qo‘riqchilarga, davlatni himoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning hirsli qism i bilan bog‘liq bo'lgan m o‘tadillik hunarm and-kosiblar, dehqonlarga, ya’ni xalqqa xos. Ular awalgi tabaqaga bo'ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Qullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan, ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunning fikriga ko‘ra, adolat — shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. Shu sababdan u tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning har biri faqat o‘z yumushi bilan shug‘ullangan davlatnigina tan oladi. Shuningdek, tijorat fuqarolami yo‘ldan ozdiradigan soha bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shug‘ullanishi kerak.
Suqrot (yunoncha Sokratos, miloddan avvalgi 470—399-yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq bilan huquqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: nimaiki qonuniy bo‘lsa, o ‘sha adolatdandir. Ikkala mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jasorat va beta’ma xizmat namunalarini o‘z davlatlari o‘tmishidan topadi. Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas: ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati — o‘zgarmas va abadiy asl fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti- harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruhni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb hisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qiziquvchanlik zararli. Chunki, m a’budlarga o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarning tadqiq etilishi yoqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |