62. Imkоniyat vа vо’qеlik, tаsоdif vа zаruriyat tushunchаlаri. Tayanch atamalar: O’zgаrish vа tаrqqiyot jаrаyonidа imkоniyat vа vо’qеlik. O’zbеkistоnning mustаqilligini mustаhkаmlаshdа imkоniyat vа vо’qilikning uyg’unligi. Vо’qеlikdаgi zаruriy vа tаsоdifiy jаrаyonlаr.zаruriyat vа tаsоdifning nаmоyon bo’lish хususiyatlаri.
i) Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik narsa va hodisalarning o'zgarishi, rivojlanishi jarayonidagi ikki davrni, holatni, ularning o'zaro munosabatini ifodalovchi kategoriyalardir. Voqelik — hozir real mavjud bo‘lib turgan narsa va hodisa- lardir. Lekin, bu hodisalar rivojlanish jarayonida hozirgi holatda bo'lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo'lib, ular o‘zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik paydo bo'lishidan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo'ladi. Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. Shu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaravchi, rivojlanishning obyektiv va subyektiv shart- sharoitlari tarzida ham namoyon bo'ladi. Ya’ni, imkoniyat obyektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, lekin ular turli subyektlar tomonidan yaratilishi ham mumkin. „Imkoniyat" va „voqelik" kategoriyalarini, ularning o'zaro dialektikasini chuqur bilib olish, kishilarning amaliy faoliyatida, ilmiy-tekshirish ishlarida katta ahamiyatga ega. „Imkoniyat" va „voqelik" kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi obyektiv olamdan olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi o'zaro dialektik munosabatdadirlar. Shuning uchun imkoniyat va voqelikni bir-biridan farq qilish lozim, chunki ularni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o'zgartiruvehi faoliyatini tushunmaslikka, amaliyotning ahami- yatini yo'qqa chiqarishga, yo'q narsani bor, deb bilishga, yangining kurash jarayonida eski ustidan g'alaba qilishini ko'rmaslikka olib keladi. Jamiyatdagi imkoniyatlar yangi — endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski — umrini tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo'lishi mumkin. Eskilikni ifodalovchi imkoniyat, rivojlanish jarayonida voqe- likka aylanib qolishi ham mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo'lishi vaqtin- chadir. Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, awalo, kurtak shaklida mavjud bo'lib, so'ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shart-sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko'ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o'rganiladi. Quruq, fikriy izchillik jihatidangina to'g'ri bo'lgan, lekin real asosga ega bo'lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat obyektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham, u hech qachon voqelikka aylan- maydi. Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to'liq yetilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo'lgan, narsa va hodisaning o'zgarish va rivojlanish mantiqidan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yetilganda real imkoniyatga aylanadi. Real imkoniyat — rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi hozirgi sharoitda uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo'lgan imkoniyatdir. Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatning voqelikka aylanishida obyektiv shart-sharoit hal qiluvchi rol o'ynaydi. Obyektiv shart- sharoitlar — inson ongidan tashqarida mavjud bo'lgan shart- sharoitlardir.'Biroq, jamiyatdagi real imkoniyatlami voqelikka aylantirishda ongli faoliyatning roli ham g'oyat kattadir. Buning ma’nosi shuki, jamiyat imkoniyatlarining voqelikka aylanishida subyektiv omil muhim ahamiyatga ega. Subyektiv omil — bu xalq ommasi, uning ongliligi va faol amaliy faoliyatidan iborat hodisa. Umuman,dialektikada yuqoridagi deterministik aloqadorliklami ifodalaydigan kategoriyalar o'zaro bir-birlari bilangina emas, balki boshqa barcha kategoriyalar bilan ham chambarchas bog'liqlikda o'rganishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |