168 . Induktiv xulosa chiqarishga ta'rif bering. Tayanch atamalar: bir sinfga tegishli predmetlarda takrorlanish, to'liq va to'liqsiz induksiya, zaruriy aloqadorlik
Induktiv xulosa chiqarish. Yakka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba nati- jalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barcha- siga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi. Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tek- shirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsi2 induksiya. To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq induksiya miqdori cheklangan va aniq bolgan (sanaladi- gan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashti- rish yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bolib, uning xulosasi doimo aniq bo‘ladi. Toliqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga man- sub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi. Ilmiy induksiya Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuv- chi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. Toliqsiz induksiya- ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuv- chi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi. Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqa- rishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: — ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoit- da ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqa- radi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi; — sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olamdagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bolmaydi; — sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma- ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bolavermaydi; — sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bolib, muayyan sabab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi. Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqa- rishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bolishi mumkin. Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mavjud bolib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga o'xshashlik, tafovut, yo‘ldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |