1. Dunyoqаrаsh tushunchаsi


Qadimgi Hitoy falsafasida qanday muammolar qo‘yilgan?Tayanch atamalar



Download 310,56 Kb.
bet162/184
Sana31.12.2021
Hajmi310,56 Kb.
#274267
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
Bog'liq
falsafa

177. Qadimgi Hitoy falsafasida qanday muammolar qo‘yilgan?Tayanch atamalar:

Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o’ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo’ligi o’tgan. Bu hokimiyat eraimzdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushurtirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.Bunday ruhdagi falsafiy g’oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfusiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfusiy ta’limotida umum insoniy qadriyatlarning Xitoy xalqi turmush tarzda namoyon bo’lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezoniylar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g’oyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sirt ko’rsatgan. U hozir Xitoyda ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.Konfusiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi-taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfuyesiy nuqtai-nazariga ko’ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «lu» tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib duyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib-insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfusiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfusiy ta’limotida insonninghayotidagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’rishi lozim.qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan bir Lao Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, «Si», ya’ni beshta unsur-olv, suv, havo, yer va yog’och yokimetall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hyech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harkatsiz holda bo’lishi mumkin emas.Daosimga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar qo’rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat-bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Inva Yan o’rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turushi, o’zini qurshabturgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko’rsatishi lozim. Bo’lmasa, Dao qoneuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o’rinda ekologik halokatni nazarda tutgan. «kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan o’ch oladi,degan ediLao-Szi. Buni ekologik halokatlar avj olib berayotgan bugungi kun voqyeligi ham tasdiqlaydi.Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo’ljal olgani bois, unda inson borlig’iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko’proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o’z aksini topgan. Keyinroq «O’zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.



Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish