167. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarishga misol keltiring.
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o’zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o’rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo’ysunish munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning taxliliga ko’ra xulosa chin bo’lgan quyidagi holatlarni ko’rsatish mumkin.
1.Asos mulohaza va xulosa chin bo’lgan : A→I, Ye→0.
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo’lgan:I→O, O→I
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
I.Ba’zi mustaqil davlatlar BMT ga a’zo.
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning mohiyatini to’g’ri tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko’rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |