39.
Tabiat
— odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman
— bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda — tabiat
fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi.
Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib,
tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi
tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat
(mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini
oʻzgartiradi. Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli
ravishda "ikkinchi tabiat" deyiladi. Mas., vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element
tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam
yaratayotgan atom va yadro energiyalari "ikkinchi T."ga kiradi. Odamning T.ga munosabati tarixda
oʻzgarib va rivojlanib bordi. Antik falsafada T.ga stixiyali kuchlar (Demokrit), ideal dunyoning inʼikosi
(Platon), uygʻun jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaralgan. Diniy taʼlimotlarda T. ruxiy
ibtidoning moddiy gavdalanishi deb xisoblangan va xudo T.dan yuqori turadi deb tushunilgan.
Uygʻonish davrida T.ga hamma tabiiy uygʻunlik va mukammallikning yuzaga chiqishi sifatida karaldi.
Yangi davrda T.ga boʻlgan munosabat T.ning ilmiy oʻrganish obʼyektiga aylanishida katta rol oʻynadi.
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir.
Tabiat – bu butun
moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki
bo‘lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun
ijtimoiy hayot,
ishlab chiqarish
, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar.
Bu borada
jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli
yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni
tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim,
qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiayatda foydalaniladigan barcha narsalar
ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi.
40.
Ong
— psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati
masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida
tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratg
an moʻʼjiza tarzida talkin
qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida
tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab
tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati
deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: