1.Dunyoqarash
subyektiv voqe’likni
baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat
qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash
diniy
,
falsafiy
,
ilmiy
bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash
— dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-
oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan
odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi,
bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy,
huquqiy, estetik bilimlar, qara
shlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan
chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi
asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim
individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat
miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir
qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ
voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari
asosida individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi
orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak
darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida
rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga
tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga
kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular
voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni
aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat
hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoy
on boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U
olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy
eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari
hisoblana
di. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va
odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat,
jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning
umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi,
ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy D.ning shakllanishi va
rivojlanishi falsafaning paydo
boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat
va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham
shundadir. D.ning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. koʻlami
individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i
individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi
yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi
doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan
kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari,
hayotdagi int
ilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb
etadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |