Tayanch tushunchalar:
O’zbek dialektologiyasi – o’zbek shevalarini ilmiy ravishda o’rganadigan fan.
Sheva – o’zbek tilining kichik territoriyadagi muomala vositasi.
Dialekt – o’zaro bir-biriga yaqin shevalar tizimi.
Lahja –shakllanish jihatidan umumiy tarixga ega bo’lgan dialektlar yig’indisi.
Qarluq – chigil – uyg’ur lahjasi – o’zbek tilining shu nom bilan ataladigan urug’-
qabila ittifoqi negizida shakllangan sheva va dialekt uyushmasi.
O’g’uzxon – afsonaviy podshoh. “Shajarai turk”da aytilishicha undan olti nafar o’g’li
bo’lgan .Har o’g’lidan to’rttadan nabira ko’rib,jamisi 24 ta. Shulardan tarqalgan avlodlar
o’g’uzlar nomni olgan deb rivoyat qilinadi.
Qipchoq – qadimgi turkiy tilda ichi qo’sh yog’ochni qipchoq deyishgan.Rivoyatda
keltirilishicha, shu daraxt orasida tug’ilgan bolaning ismini Qipchoq deb qo’yishadi.
Avlodlari qipchoqlar deyilgan.
Qorluq – baland tog’likda yashagan aholini O’g’uzxon shunday atashni buyurgan.
Qipchoq lahjasi – o’zbek tilining asosan qipchoq urug’ va qabilalari negizida
shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
O’g’uz lahjasi - o’zbek tilining asosan o’g’uz urug’ va qabilalari negizida
shakllangan sheva va dialektlar uyushmasi.
Tavsifiy (sinxron) metod –shevaning hozirgi holatini yozib olish metodi.
Qiyosiy-tarixiy metod - tillarni ham tarixiy taraqqiyot,ham boshqa yondosh tillarga
qiyoslab o’rganish metodi ,bu metoddan shevalarni o’rganishda ham o’rganiladi
4 - ma’ruza
TRANSKRIPSIYA VA TRANSLITERATSIYA
REJA:
Transkripsiya haqida umumiy ma’lumot.
Unli tovushlarda qo‘llanadigan transkripsion belgilar.
Undosh tovushlarda qo‘llanadigan trankripsion belgilar.
Diakritik belgilar.
Transkripsiya. Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovush-larning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llaydigan ma’lum belgilar tizimidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qilgan yozuv – transkripsiya (lotincha transc-cviptio- qayta yozish) deb ataladi.
Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi lotin, rus, o‘zbek alfaviti kabi) traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. SHuning uchun ham transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi.
Transkripsiya ikki xil bo‘ladi:
1.Xalqaro transkripsiya. Bu transkripsiya lotin alifbosiga asoslanadi.
2. Milliy transkripsiya. Bu har tilning amalda bo‘lgan yozuv tizimiga asoslanadi. O‘zbek shevalarini yozib olishda qo‘llanadigan transkripsion tizim professor V.V.Reshetov tomonidan ishlab chiqilgan va u rus alifbosi asosida o‘zbek grafikasiga asoslanadi, lekin o‘zbek dialektologlari garchand V.V.Reshetov transkripsiyasiga asoslansalar-da, shevalarni yozib olishda har doim ham unga to‘la rioya qilmaydilar, chunki shevalardagi tovushlarni belgilashda har bir tadqiqotchi ma’lum darajada erkinlikka erishishlariga ruxsat etiladi.
Transkripsiya til tarixini o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Bunda yodgor-liklarda u yoki bu tovushning talaffuz me’yorini belgilash zaruriyatidan kelib chiqadi.
Transkripsiyaning fonetik transkripsiya, fonematik yoki fonolo-gik transkripsiya kabi turlari bor.
Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar bo‘yicha ishlatiladigan trans-kripsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas.
Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug‘atlar, turli til matnlaridan namunalar va shu kabilar) ni nashr etganda transliteratsiyadan foydalanishsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda mavjud alfavitdan foydalanilsa, bu yodgorliklar dialektal qimmatini yo‘qotadi. SHuning uchun ularning talaffuz xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkripsiya qo‘llanadi.
Transkripsiya chet tili va ona tili orfoepiyasiga oid ishlarda ham keng qo‘llanadi.
Mohiyat jihatidan eng aniq transkripsiya fonetik transkripsiyadir. Bu transkripsiya umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetik transkripsiya uchun tanlangan alfavit orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Fonetik transkripsiyaning vazifasi – tilda mavjud bo‘lgan hamma tovushlarni yozuvda aks ettirishidir. Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya – fonologik transkripsiya deyiladi.
Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni (masalan, arab alifbosida yozilgan eski o‘zbek tili yodgorliklarini) nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash translitera-siya deb ataladi. Demak, transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir.
Transkripsiyaning tuzilishi. Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llana-digan lotin alfaviti asosida tuzilgan transkripsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodnыy foneticheskiy alfavit – MFA) nomi bilan yuritiladi.
Rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyalar turkshunos va russhu-noslarning ishlarida keng tarqalgan bo‘lib, transkripsiya belgilarini qo‘llaganlar, lekin o‘zbek tilining dialekt va shevalarini o‘rgangan turkolog va o‘zbekshunoslar o‘z ilmiy ishlarida turlicha transkripsiya belgilarini qo‘llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo‘lsa (E.D.Poliva-novning ishlarida), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan transkrip-siyalardan foydalangan (A.K.Borovkov, V.V.Reshetovlar)
SHevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkripsiyada ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkripsiya sistemalari bu talabga to‘liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona imkoniyatlarini hisobga olib, bir tovush uchun 2 harf ishlatilishi ham uchraydi. Masalan: ng va dj mustaqil fonemalarining 2 harf bilan berilishi kabi.
Kitobda ishlatilgan transkripsiya. Kitobda ishlatilgan transkrip-siya sitemasida o‘zbek alfavitidagi e, yo, yu, ya dan tashqari hamma harflar qo‘llanadi. YOlashgan harflar transkripsiyada tovushlar birikmasi orqali quyidagicha beriladi:
e - ye, ye, yє.
yo - yɔ.
yu - yү, yu.
ya - yә, ya.
Boshqa alfavitlardan (ү, ө, ә, ы) belgilar olindi. Bulardan ү va ө belgilari shu unlilarning oldingi qator ekanligini, yumshoqligini ko‘rsatadi. gүl, kөl kabi; (ә) esa umum o‘zbek shevalariga xos bo‘lgan oldingi qator keng unli tovushni ifodalaydi: lәttә, әrәvә.
Transkripsiyada undosh tovushlarning yumshoqligi ham alohida belgi bilan ifodalanadi. Masalan, l' - yumshoq l.
Unlilar. Unli tovushlarni ifodalash uchun quyidagi transkripsion belgilar olingan:
Tilning ko‘tarilish o‘rniga ko‘ra
|
Oldingi qator (til oldi)
|
Indefferent oraliq tovushlar
|
Orqa qator til orqa
|
Labning ishtirokiga ko‘ra
Tilning ko‘tarish darajasiga ko‘ra
|
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Lablan-magan
|
Lablangan
|
Yuqori ko‘tarilish
|
i
|
ү
|
(‘‘)
|
|
ы
|
u
|
O‘rta ko‘tari-
lish
|
Yuqori o‘rta ko‘tarilish
|
|
ө
|
|
(o‘)
|
|
o
|
Quyi o‘rta ko‘tarilish
|
є
e
|
|
|
|
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |