1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot


Takrorlasb uchun savollar



Download 0,59 Mb.
bet15/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022

Takrorlasb uchun savollar:
1.O’zbek shevalarining lug‘at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
2.O’zbek shevalaridagi dialektal so'zlar fonetik xususiyatlariga ko‘raqanday guruhlarga bo’linadi?
3. Dialektal so‘zlami ma’no xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlashmumkin?
Tayanch tushunchalar:
Dialektal so‘z [Dialectal word] - ma’lum shevagagina xos bo‘lgan so‘z.
Shevalarning leksik tarkibi [Lexic structure of dialects] - ma’lumbir shevadagi barcha so‘zlar yig‘indisisi.
Jargon [slang] - ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos so‘zlari. Masalan,tartibot, savdo xodimlari.
Leksik qatlam [lexic layer] - tildagi (shevadagi) tub va o‘zlashganso'zlarning guruhlari.

Asosiy adabiyotlar.


1. Rajabov N. O`zbek shevashunosligi. – Toshkent: O`qituvchi, 1996.
2. Reshetov V. V., Shoabdurahmonov Sh. O`zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O`qituvchi, 1978.
3. To`ychiboyev B., Hasanov B. O`zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.
4. Ashirboyev S.O`zbek dialektologiyasi. – T:.”Navro`z”, 2016.
5. Ashirboyev S. O`zbek dialektologiyasi. – Toshkent: TDPU, 2011, 2013.
6. yenazarov T., Karimjonova V. va boshqalar. O`zbek dialektologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2012.

Qo`shimcha adabiyotlar


1. Aliyev A.Y., Nazarov K.N. O`zbek tilining mahalliy shevalari bo`yicha material to`plovchilar uchun metodik qo`llanma. – Toshkent: 1976.
2. Ashirboyev S. O`zbek dialektologiyasi (YAngi o`zbek yozuvida). – Toshkent: 2011.
3. Begaliyev M.Q. O`zbek tilining Qorabuloq shevasi leksikasi. –Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2007.
4. Dialectology. J.K. Chambers and Peter Trudgill. Cambridge University Press.- 2004.
Djurayev A.B. Teoreticheskiye osnovы arealnogo issledovaniya uzbekoyazыchnogo massiva. – Tashkent: 1991.
5. Jo`rayev B. O`zbek adabiy tili va dialektlari. – Toshkent: Fan, 1963.
6. Ishayev A. Qoraqalpog`istondagi o`zbek shevalari. – Toshkent: Fan, 1977.
7.Murodova N. O`zbek adabiy tili va shevalar leksikasining qiyosiy tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2005.
8. Nafasov T. Qashqadaryo o`zbek xalq so`zlari. – Toshkent: Muharrir, 2011.
9. Rajabov N. O`zbek shevashunosligi. – Toshkent: O`qituvchi, 1996.
10. Reshetov V.V. O`zbek dialektlarini monografik o`rganish // O`TA.1960. 1-son.
11.Reshetov V.V., SHoabdurahmonov SH. O`zbek dialektologiyasi. –Toshkent: O`qituvchi, 1962.
12. Reshetov V.V. O`zbek shevalarining klassifikatsiyasi // O`TA, 1966.
13.Shoabdurahmonov Sh.Sh. O`zbek adabiy tili va o`zbek xalq shevalari. – Toshkent: O`qituvchi, 1962.
14. Shermatov A. Lingvistik geografiya nima? – Toshkent: Fan, 1981.
15. SHoimova N. Qashqadaryo o`zbek qipchoq shevalari leksikasi. – Qarshi: Nasaf, 2000.

13-ma’ruza


O‘ZBEK ADABIY TILI VA SHEVALARI

Reja:
1. Milliy til, umumxalq tili va adabiy til tushunchalari.


2. Milliy tilning paydo bo‘lishi. Milliy til tushunchasining yuzaga kelishi.
3. Adabiy tilning paydo bo‘lishi.
4. Adabiy til formalari (og‘zaki, yozma).
5. Milliy til va adabiy tilning o‘zaro munosabati.
6. Adabiy til va mahalliy dialektlarining o‘zaro munosabati.
7. O‘zbek tili adabiy tilining uch dialekt asosida tashkil topganligi (qarluq – chigil – uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz).
8. Qarluq – chigil – uyg‘ur lahjasining ba’zi xususiyatlari.
9. Qipchoq lahjasining ba’zi xususiyatlari.
10. O‘g‘uz lahjasining ba’zi xususiyatlari.
11. O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalar va ularning muhim xususiyatlari.


Tayanch so‘zlar va iboralar:
Qorluq-chigil-uyg‘ur,chig‘atoy, turk-barlos, o‘rta-o‘zbek, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi, Andijon shevasi, Namangan shevasi, Jizzax shevasi, Buxoro shevasi , qarshi shevasi, qorluq lahjasining fonetik xususiyatlari, qorluq lahjasi leksikasi, qorluq lahjasining morfologik xususiyatlari, qorluq lahjasidagi so‘zlarning o‘z shevangizgi munosabati, hozirgi o‘zbek adabiy tilga munosabati.
Qipchoq lahjasi,adabiy til, hozirgi o‘zbek adabiy til, eski o‘zbek tili, qipchoq lahjasi haqida umumiy ma’lumot, tovush va harf munosabati, qipchoq lahjasidagi unlilar tizimi, ularning eski o‘zbek tiliga munosabati, qipchoq lahjasidagi undoshlar tizimi, ularning eski o‘zbek tiliga munosabati. Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, fonetik jarayonlar, eski o‘zbek tiliga munosabati, ohangdoshlik, qipchoq lahjasidagi ohangdoshlik ,ohangdoshlikda qipchoq lahjasi va eski o‘zbek tili munosabati, ohangdoshlikda qipchoq lahjasi va hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Janubiy Xorazm, Urganch- Xiva guruh shevalari, Xozarasp-Yangiariq guruh shevalari, unlilardagi cho‘ziqlik, birlamchi cho‘ziqlik, ikkilamchi cho‘ziqlik, O‘g‘uz shavalarida qisqa cho‘ziq unli, O‘g‘uz shevalarining fonetik xususiyati, morfologik belgilari, shevada sifat va miqdor jihatdan farqlanuvchi fonemalar.O‘g‘uz lahjasining leksik xususiyatlari. O‘g‘uz lahjasidagi so‘zlarning o‘z shevangizga munosabati, adabiy tilga munosabati.
Milliy til, umumxalq tili va adabiy til tushunchalari. Milliy til, umumxalq tili va adabiy til tushunchalari tilning qirralari (aspekt)ga oid tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro umumiylikka ega va bir-birlari bilan uzviy bog‘langandir. Lekin ular orasida o‘zaro ma’lum darajadagi farq va o‘ziga xos tomonlar ham mavjud.
Milliy til tushunchasi umumxalq tili tushunchasiga baravardir. U hozirgi davrning umumxalq tilidir. Ularning farqi shundaki, umumxalq tili tushunchasi til taraqqiyotining hamma davrlariga xos tushuncha bo‘lsa, milliy til ma’lum davrga xosdir, ya’ni til kapitalistik munosabat larning paydo bo‘lishi va millatlarning tashkil topishi davrida millatning asosiy birligini tashkil qiluvchi sifatida yuzaga kelgan.
Demak, milliy til tushunchasi yuzaga kelishining asosiy sharti kapitalistik munosabatlarning yuzaga kelishi va millat tushunchasining paydo bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda milliy til tushunchasi kapitalizm davrida yuzaga keladi. Umumxalq tushunchasi esa qadimdan mavjud bo‘lib, u hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va u hozirgi vaqtda milliy til tushunchasi bilan baravar qo‘llanadi.
Milliy til tushunchasi hozirgi vaqtda umumxalq tili tushunchasiga teng keladi va ko‘pincha uning sinonimi sifatida qo‘llanadi. Bu tushunchaning chegarasi keng bo‘lib, shu tilda gaplashuvchi jamiyat a’zolari faoliyatining hamma tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Milliy til tushunchasiga adabiy til ham kiradi, chunki adabiy til tushunchasi milliy til yoki umumxalq tili tushunchasiga nisbatan ancha torroqdir.
Shuningdek, milliy til tushunchasi doirasiga mahalliy dialektlar, shevalar va hatto sotsial jargonlar vulgar so‘zlar ham kiradi. Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, adabiy til, milliy til yoki umumalq tilining qayta ishlangan, silliqlashtirilgan va muayyan normaga solingan qismi. Shunga ko‘ra, u milliy til yoki umumxalq tilining yuqori formasi bo‘lsa, mahalliy dialekt va shevalar shu umumxalq tili va milliy tilning quyi formalari bo‘lib hisoblanadi. Sotsial jargonlar yoki argolarni umumxalq tilining inqirozga yuz tutgan yoki buzilgan formasi deyish mumkin.
Milliy tilning yuzaga kelishi kapitalistik munosabatlar yoki kapitalizm formatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, adabiy til tushunchasining yuzaga kelishi yoki shakllanishi esa rivojlangan yozuv va yozma adabiyotning mavjudligi bilan bog‘liq.
Adabiy til yozuv bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni yozuv bor bo‘lgan sharoitdagina adabiy til yuzaga kelishi mumkin va uning taraqqiyoti ham adabiyotning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Binobarin, adabiy tilning holatini, shakllanish va taraqqiyot yo‘lini belgilashda yozuv tili, yozma nutq asos bo‘ladi.
Milliy til tushunchasi bilan adabiy til tushunchalarining yana bir farqi bor, u ham bo‘lsa adabiy til yozuv paydo bo‘lishi bilan ya’ni millat, milliy til paydo bo‘lishidan oldin, kapitalizm formatsiyasidan oldin, hatto feodalizm formatsiyasi davrida ham paydo bo‘laveradi.
Ma’lumki, adabiy tilning odatda ikki formasi: og‘zaki va yozma formalari bo‘ladi. Adabiy tilning og‘zaki formasi uning yozma formasiga nisbatan qadimiyroq bo‘ladi. Shu og‘zaki forma asosida tegishli sharoit mavjud bo‘lgan taqdirda yozma forma yuzaga keladi.
Adabiy tilning yozma formasi yuzaga kelmagan, shakllanmagan xalqlarda ko‘pincha uning og‘zaki formasi ana shu yozma formaning vazifasini ham bajaradi.
Bu ba’zan ust dialekt forma (naddialekt forma) yoki dialektlararo forma deb ham ataladi.Adabiy tilning og‘zaki formasi yozma formasiga nisbatan o‘zgaruvchanroq va progressivroq hisoblanadi.
Xalq og‘zaki so‘zlashuv tili, xalq shevalari va xalq og‘zaki ijodining til xususiyatlari adabiy tilning boyishida asosiy manbalardandir.
Milliy til tushunchasi bilan adabiy til tushunchasining yana bir farqi shundan iboratki, milliy tillarning ayrim asoschilari bo‘lmaydi. Milliy tilning asoschisi shu tilning egasi bo‘lgan xalqdir. Adabiy tilning esa (to‘g‘rirog‘i, kapitalistik formatsiyaga bo‘lgan adabiy tilning) o‘z asoschisi bo‘lishi mumkin va ko‘pincha shunday bo‘ladi ham. Masalan, eski o‘zbek tilining asoschisi o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutaffakiri Alisher Navoiy bo‘lganidek, rus adabiy tilining asoschisi A.S.Pushkindir.
Shunday qilib, adabiy til umumxalq tilining yoki milliy tilning shoirlar va so‘z ustalari tomonidan qayta ishlangan, ma’lum normaga solingan va standartlashtirilgan qismidir.
A.M.Gorkiy adabiy tilni qayta ishlagan til /yazik obrabotaniy/ deb baholanganda xuddi ana shu holni nazarda tutgan.
Milliy til va adabiy tilning o‘zaro munosabati. Adabiy til va milliy til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Adabiy tilning o‘zi umumxalq til bazasida quriladi va uning bazasida rivojlanib takomillasha boradi.
Demak, milliy til adabiy tilning mustahkam poydevori, tayanchi bo‘lib hisoblanadi. Masalaga shu nuqtai nazardan qaraganda umumxalq milliy tilisiz adabiy tilning o‘zi ham bo‘lmaydi. Chunki milliy til barcha ma’lumotlarni unga beradi.
Milliy tilning quyi formalari bo‘lgan mahalliy dialektlar va xalq shevalarining ham adabiy til bilan bog‘liqlik jarayoni va o‘zaro aloqasi doimiy hodisa sifatida davom etib turadi. Mahalliy dialektlar va xalq shevalaridan ba’zi formalar doimiy asta-sekinlik bilan adabiy tilga o‘ta boradi, uni to‘ldiradi va boyita boradi.
Shunday qilib, mahalliy dialekt va xalq shevalari adabiy tilning ichki rivojlanish imkoniyatlarini tashkil qiladi, adabiy tilning yoki milliy adabiy tilning taraqqiyotiga xizmat qiladigan ichki manba, tayanch hisoblanadi.
Mahalliy dialekt va shevalar har biri o‘ziga yarasha grammatik qurilishi, o‘ziga xos leksik tarkibi va ichki imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin, ular ana shu imkoniyatlar asosida taraqqiy etadi va milliy adabiy tilga xizmat qiladi. Vaqti kelganda ana shunday xususiyatlariga ko‘ra mahalliy dialekt yoki xalq shevalaridan birortasi alohida rivojlanib borib, hatto milliy adabiy tilning yuqori formasi darajasiga ko‘tarilishi, ya’ni adabiy tilga asos bo‘lishi ham mumkin. Har bir adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, o‘zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma’lum shevalar adabiy til uchun asos tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya’ni o‘zbek adabiy tili muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlarini adabiy til fakti sifatida oladi hamda o‘sha sheva va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etishi, chunki sheva jonli til bo‘lib, u doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda taraqqiy etib boradi, aksincha adabiy til o‘zining tayanch dialektiga ega bo‘lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib ketadi. Muomaladan chiqqan til fanda «o‘lik til» degan termin bilan yuritiladi. Tillar tarixida «o‘lik tillar» mavjudligi haqida ma’lumotlar ko‘p.
Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma’lum va mezonga – maromga ega bo‘ladi,shuningdek,jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bera oladi(jonli til esa yozuvga ega emas).Adabiy tilning asosida yotadi.Adabiy til shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘ymaydi, uni til qoidalari asosida tartibga soladi.
O‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining tarkibi uchta komponent, uchta katta lahjaning birlashuvi asosida yuzaga kelgan. Bu haqda YE.D.Polivanov shunday degan edi: «O‘zbek tili (o‘zbek dialektlarining bir butun yig‘indisi sifatida) yagona sistemaning dialektologiyasi parchalanishi yo‘li bilan emas, balki til sistemalarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan».
O‘zbek tili adabiy tilining uch dialekt asosida tashkil topganligi (qarluq – chigil – uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz)va uning ba’zi xususiyatlari.
Ma’lumki, o‘zbek milliy tili tarkibida uch katta lahja bordir. Bular qarluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq, o‘g‘uz lahjalaridir. Bu lahjalarning har qaysisi o‘ziga xos ma’lum fonetik va leksik – grammatik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. Bu lahja shahar shevalarini va boshqa shahar tipidagi qishloq shevalarini o‘z ichiga oladi. Xususiyatlari:
6 unli fonemaga ega.
so‘z boshida t tovushi ch bilan almashadi: chusht’// (tushdi) ch’sh (tush);
o‘zak va affikslarda so‘z oxiridagi k/q – g/g‘ undoshlarining saqlanishi: kichik/ tәr’q; sәr’g‘, tәr’g‘
turli holatda ham q/x undoshlarining almashinishi: Tosh. Nam. toqta// toxta, baqtuk// baxtuk;
l//n undoshlarining almashinishi: kөynek// kөylәk// kөnglek. Toshk. koynәk//koylәk//koynәy;
to‘liq progressiv assimilyatsiya: Toshk. oshsh’-oshn’//oshn’ng;
qaratqich va tushum kelishiklari uchun bitta -n’ affiksining mavjudligi;
hozirgi zamon davom fe’li formasi: Toshk. borvotmәn; Nam. borut t’mәn; And. baryәppәn; Samarq. Boropman; Park. Boovott’m.
Qipchoq lahjasi.
9 unli mavjud. Singarmonizmli shevalar bo‘lganligi uchun kontrast juft unlilarning borligi. u/ү, o/ө, i/i, a/ә
so‘z boshida kelgan o‘rta ko‘tarilish unlilarning diftonglashuvi ie, ue, uo, (iet,uot,uet);
so‘z boshida y ning dj, v < g, y < g o‘tishi: djigit < yigit, djɔsh b, q>g‘ ning jaranglashuvi: qabiso‘z oxirida k, q ning tushib qolishi. kichchiMorfologik xususiyatlari:
a) 6 ta kelishik mavjud. Qaratqich va tushum kelishiklari affiksida i\d\t tovushlarining (affiksida) almashinishi. -ning//-ning, -ding//-ding, -ting//-ting, -ni//ni -di//-di, -ti//-ti;
b) shaxs olmoshlarining jo‘nalish kelishigi shakli: meңe, seңe, voңa (darsliklarda mag‘an, sag‘an, ug‘an) deb beriladi;
v) hozirgi zamon davom fe’li formasi -yɔtir- yәpti (darsliklarda – djatir (man) deb berilgan).
O‘g‘uz lahjasi.
1) kontrast juft unlilar mavjud. Qisqa va uzun unlilarning farq lanishi, qadimgi turkiy uzun unlilar (birinchi darajali cho‘ziq unlilar) ning mavjudligi. at (hayvon), a:d (ism): ot (o‘simlik), o:t (olov);
2) so‘z boshida t va k tovushlarining jaranglashishi: dil, gel – ad.-orf. til, kel;
jo‘nalish kelishigi affiksining -a/-ә-yә formasida ishlatilishi: uyinә vɔr;
4) qaratqich kelishigi affiksining -in// -ing formasida ishlatilishi koping riziqi kol;
5) bol fe’lidagi b ning tushishi:bol - ol kabilar.
O‘zbek adabiy tiliga asos qilib yuqoridagi sanab o‘tilgan lahjalardan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi Toshkent shevasi fonetik tomondan, Farg‘ona tip shevalari esa morfologik tomondan asos qilib olingan, deb hisoblanadi.
Lekin o‘zbek tiliga bo‘lgan lahjalar haqida gap ketganda hamma lahjalar ham baravar ishtirok etganligini ta’kidlash o‘rinli.
O‘zbek tili turkiy tillar tasnifiga ko‘ra turkiy tillarning uch gruppasiga kiritilgan. Buning sababi o‘zbek tili o‘zining fonetik strukturasi, grammatik qurilishi va lug‘at tarkibiga ko‘ra turkiy tillar bilan umumiy xususiyatlarga va shuningdek, u tillardan farq qiladigan o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarga ham egadir.
O‘g‘uz lahjasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra turkiy tillarning janubiy-g‘arbiy guruhiga kirsa, qipchoq lahjasi shimoliy-g‘arbiy guruhiga kiradi. Shahar shevalariga asoslangan qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi esa janubiy-sharqiy guruhiga kiradi.
O‘zbek adabiy tilida 6 unli tovush bor, boshqa turkiy tillarda esa 9 ta unli mavjud. Qirg‘iz, qozoq tillarida singarmonizm hodisasi kuchli, qirg‘iz tili (koldor, tulku tulkulore), o‘zbek tilida esa singarmonizm hodisasi yo‘q.
Undoshlar tizimi bilan ham o‘zbek tili boshqa tillardan farqlanadi. M., O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan y tovushi qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalarda dj va j tovushi bilan beriladi. O‘zb. yol, yoq. qoz. jol, joq; qirg‘, djol,joq.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan t tovushi turk, ozarbayjon, turkman va boshqa tillarda d bilan beriladi: o‘zb. t’l, tosh; turkm, ozarb, turk, dil, dash.
O‘zbek tilida so‘z boshida keladigan k tovushi o‘g‘uz guruhidagi tillarda g bilan beriladi: o‘zb. koz, kel; turkm, ozarb, turk, gөz,gel; o‘zb. tɔg‘, bɔg‘; qoz. tau, bau; qirg‘. too, boo.
Ayrim so‘zlar oxirida keladigan sh tovushi qozoq va qoraqalpoq tillarida s tovushi bilan beriladi: o‘zb. bɔsh, tɔsh; qoz, qq. bas, tas.
O‘zbek tilidagi ch tovushi esa qozoq, qoraqalpoq tillarida sh bilan beriladi: o‘zb. ɔch, kuch; qoz. qq. ash, qush kabilar.
Ayrim urug‘ va qabilalar orasidagi qardoshlik aloqalarining mavjudligi, xalqlarning uzluksiz ravishda aralashib turishi murakkab etno – lingvistik taraqqiyotga va ayrim millatlar tili bilan birinchi navbatda o‘zbek tilidagi dialektlarni turli-tuman bo‘lishiga olib keladi.
Turkiy va turkiy bo‘lmagan tillar orasida til aloqasi mavjud bo‘lib va kengayib borishi shu jarayon natijasida turkiy tillarda paydo bo‘lgan ba’zi bir fonetik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida Mahmud Koshg‘ariy ham juda to‘g‘ri ko‘rsatib bergan edi. O‘zbek shevalarining boshqa sistemasidagi tillar bilan, birinchi navbatda tojik tili bilan o‘zaro munosabati juda ham muhim masalalardan biridir.
Turkiy bo‘lmagan tillar ta’siri natijasida tipik turkiy vokalizmda yuz bergan o‘zgarishlar asta-sekin singarmonizmning zaiflashuviga, sanoat markazlari bo‘lgan ilg‘or shaharlar shevalarida esa singarmonizmning butunlay yo‘qolib, turkiy tillarning fonologiya sistemasiga xos bo‘lmagan tovushlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konvergensiya (orqa va oldingi qator unlilarining birlashishi) o‘zgarishlari singarmonizmlar shevalarga xos bo‘lgan oldingi qator ә, ү, i hamda orqa qator o,u,i kabi turg‘un juft unlilarining vazifasi jihatidan birlashishlariga olib keladi. Natijada Toshkent shevasi tipidagi ilg‘or shahar shevalarining unlilar sistemasi tojik tilining unlilar sistemasiga yaqinlashdi.


O‘zbek tili singarmonizmning qisman borligi, kam saqlanib qolganligi bilan barcha turkiy tillardan farqlanadi. Shuningdek, boshqa turkiy tillarda 9(to‘qqiz)ta unli bo‘lsa, o‘zbek adabiy tilida esa 6(olti)ta unli mavjud. Adabiy til hamma shеvalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma‘lum qoida va mеzonga - maromlarga ega bo‘ladi, shuningdеk, jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bеra oladi (jonli til esa yozuvga ega emas). Adabiy tilning asosida yotadi. Adabiy til shеvalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, uni til qoidalari asosida tartibga soladi. Lekin shevalar adabiy til uchun asos hisoblanadi.
Masalan: Fе’lning -digan formasi shеvalarda turlicha talaffuz etilishiga qaramay, uning adabiy tilda yagona shakli mavjud (boradigan) :

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish