O’zbek shevalari leksikasi keng tushuncha bo‘lib, u quyidagi ma’nolarda tushunilishi mumkin:
1. O’zbek tilining shevalaridagi lug‘at qatlamining barcha sohalariga oid so‘zlar yig‘indisi.
2. Muayyan shevaga xos barcha so‘zlar yig‘indisi.
3. Har bir shevaning o‘ziga xos so‘zlari. Bunday so‘zlar o‘zbek adabiy tilida qo’llanmaydi, lekin ular adabiy tilning boyish manbalari hisoblanadi. O’zbek shevalari o‘zbek tilining mahalliy ko‘rinishi sifatida unda bo’lgan barcha qatlamlarni va aksariyat so‘zlarni o‘zida birlashtiradi,
binobarin, o‘zbek shevalari quyidagi leksik qatlamlardan iborat bo‘ladi:
1. Umumturkiy so'zlar.
2. O’zlashgan so‘zlar:-arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
-forsiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar;
-rus tili va u orqali o'zlashgan so‘zlar.
3. O ‘zbek tili sharoitida yaratilgan so‘zlar.
4. Shevalarning maxsus so‘z!ari.
Umumturkiy so‘zlar barcha turkiy tillarda va shevalarda qo'iianadi hamda ular o‘zbek shevalarida adabiy tildagi talaffuzini saqlashi ham mumkin yoki kuchli va kuchsiz fonetik o‘zgarishga uchrashi ham mumkin. Bunga yer/jer, ish is, bash/ bas kabi va boshqa turli ohalarga oid so‘zlar taalluqlidir. Shevalar lug’at tarkibining salmoqli qismini umumturkiy so‘zlar tashkil etadi.
O’zbek tiliga so‘zlar, asosan, uch manbadan: arab, fors-tojik, rus tilidan o‘zlashgan, lekin kamroq bo‘las-da. boshqa tillardan ham o‘zlashgan so‘zlar bor. Bu so‘zlar shevalarda fonetik ulaylashtirilgan holda iste’molda bo‘ladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari shuni ko'rsatadiki, shevalar lug‘at tarkibida forscha-tojikcha so‘zlar ko‘proq,arabcha so‘zlar unga nisbatan kamroq, ruscha-baynalmilal so‘zlar judakam uchraydi, bu esa bunday so‘zlarning o‘zlashish jarayoni ko'proq vaqttalab qilishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. O’zbek tili tarixiy taraqqiyoti davo’lida turkiy va turkiy bo‘lmagan tilunsurlari negizida yangi so‘zlar ham yasalgan. Bu ayniqsa, fan-texnika, bozor iqtisodi bilan bog‘liq so‘z va terminlaming yasalishida ko‘rinadi.Ulaming asosiy qismi boshqa tiilarga xos, lekin yasovchi unsure (elemetlari) o'zbek tiliga oid bo‘ladi va u yasama so‘z o‘zbek tilidaginaqo‘llanadi, masalan, ishxona, bizneschi, tasvirchi va boshqalar. Bular,albatta, shevalarda ham ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan qo’llanadi vasheva mulki bo’lib qoladi. Shevalarning maxsus so‘zlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratishmumkin:
1. O'zbek adabiy filida uchram aydigan, faqat shevalarda qaydqilinadagan so‘z!ar. Bunday so‘z!ar badiiy adabiyotlarda sheva koloritiniberish jarayonidagina qo’llanadi. Bu toifaga aksariyat hollarda qarindoshurug‘chilikka oid so‘zlami kiritish mumkin: kelin oyi ~ гэлънбъйъ~galin biji, tog‘a ~ нагачь ~ nayac'i, oyi ~ эчэ~ аса, pochcha ~ дамад ~damad. Shuningdek, boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarning shevadako‘chma ma’no kasb etishi ham muayyan shevaga xos so‘zlarni tashkiletadi: вэдж ~ vaz - javob so‘z, gap (aslida vaj - bahona), jam ~ zat -narsa, predmet (aslida kelib chiqish ma’nosida), кэсэ~ kasa –payola (aslida kosa ovqat qo‘yiladigan idish) va h.o.
2. Kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar: tashqi ~ дыиан ~dbishan (Xorazm), tuproq ~ йорпак, ~yorpaq (shim. o‘zb. sh.), qirq ~ цьх~ qbx, obkash ~ ейнагаш~ ejnayas, aqalli ~ ащал ~aqqal, тахт, тайёр ~тац ~ taq (qipchoq), гилоф~ гьлп ~ y'ilp (shim. o‘zb. sh.) va boshqalar.
Shevalardagi so‘zlarning o‘ziga xos ma’no munosabatlariniquyidagicha guruhlashtirish mumkin:
a) ayni bir predmet va tushunchalar shevalarda turli so'zlar bilanyuritiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |