1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot



Download 0,59 Mb.
bet17/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022

Tayanch so‘zlar va iboralar:
Lingvistik geografiya usuli: izoglassa, izofonema, izomorfema;
Monografik usul: tovush tushunchasi, grammatik shakl, leksik belgi, grammatik belgi; dialekt, lahja, sheva tushunchalari, lingvistik xarita, lingvistik atlas, mos hodisalar, areallar, til lanshafti, aralash zonalar, innovatsiya markazi, irradiatsiya, kartalashtirish, regional atlas, zonal atlas, areal lingvistik prinsip, dialektologik prinsip.
Lingvistik geografiya nima? Uning shevalarni o‘rganishning boshqa usullaridan afzalliklari nimada? Lingvistik geografiyaning o‘rganish obyekti. Lingvistik geografiya. (lingvo-geografiya) – tilshunos likning bir bo‘limi bo‘lib, u ma’lum hududda tarqalgan til hodisalarini (tovushlar, grammatik formalar, so‘zlar) ni aniqlaydi, ularning o‘sha joy (makon) ga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi, hududiy til xususiyatlarini hozirgi xalq tarixi, til tarixi bilan aloqador holda qiyoslab, tushuntirib kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham hududiy dialektlarni o‘rganadi. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri ko‘rgazmaliligi bo‘lib, unda til hodisalarining o‘rni va tarqalishi chegarasi kartalar yoki atlas vositasida aniq belgilab beriladi. Karta ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo‘llarini, konkret dialektlarning paydo bo‘lishi va ularning milliy tilga bo‘lgan munosabati, o‘zaro aloqasi masalalarini tushuntirib berishdan iboratdir.
Lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni, ya’ni tilda lahja, dialekt, shevalar mavjud bo‘lsa, ularning xususiyatlari va bu xususiyatlar nimalari bilan chegaralanishi, dialektlarning umummilliy tilga bo‘lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog‘i kerak.
XX asrning 60-yillariga qadar o‘zbek tilshunosligida shevalar monografik usulda o‘rganib kelingan, bu jarayon hozirga qadar davom etib kelmoqda. Biroq 60 – yillardan so‘ng o‘zbek shevalarini o‘rganish ikki xil yo‘nalishda: 1) monografik usul; 2) lingvogeografik asosida o‘rganila boshlandi.
Monografik usul bilan o‘rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o‘zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so‘zlar tovush va qo‘shimchalar bilan qiyoslanar edi.
Bu usulda og‘zaki nutqni transkripsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash, dialektal xususiyatlarni o‘rganish, dialektal lug‘atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat.
O‘zbek dialektologiyasida yirik monografik asarlarning paydo bo‘lganligi monografik tadqiqot mevasi bo‘lib, endilikda shevalarimizni qiyosiy-tarixiy, tipologik tadqiqotining hozirgi zamon aniq va izchil usuli (metodi) til hodisalarining tarqalish chegaralarini aniqlab beruvchi lingvistik geografiya va areologiya asosida ilmiy tekshirishni taqozo qiladi hamda o‘zbek xalq shevalari atlasini yaratish masalasini navbatdagi vazifa qilib kun tartibiga qo‘yadi.
Monografik usul asosida shevalarni o‘rganishda ko‘proq dala sharoitida – qishloqlarda yurib ish olib boriladi. Lingvogeografiya unga qaraganda aniq xususiyatga ega. Chunki lingvogeografiya materiallari bilan laboratoriyalar va kabinetda shug‘ullaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda morfologik usul bilan shevalar o‘rganilib bo‘lingach, lingvogeografik tadqiqot uning materiallarini ilmiy laboratoriyalarda tadqiq etishdan, uning davomchisidek, undan o‘sib chiqqan deb faraz qilinadi.
Lingvistik geografiyaning asosiy o‘rganish obyekti – til hodisalari:
1.Izoglassalar, izofonema va izomorfema. 2. Lingvistik atlaslar. 3.Mos hodisalar. 4.Areallar. 5.Lingvogeografik kartalar va kartalashtirish. 6. Til landshafti. 7.Aralash zonalar. 8. Innovatsiya markazi. 9. Irradiatsiya va boshqalar.
1. Izoglassa – mos hodisalarning u yoki bu a’zosi, bo‘lagi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq. Boshqacha aytganda u yoki bu til hodisasining hududiy tarqalishini ko‘rsatuvchi lingvistik kartaga tushirilgan belgi “Izoglassa”- (gr.isog-o‘xshash, glossa-til hodisasidir) (izofonema – fonetik belgi, izomorfema – morfologik belgi, izoglassa – leksik belgi) tushunchasidan iborat.
2. Lingvistik atlaslar – maxsus dastur (programma) – so‘roqlik asosida tayyorlangan, ma’lum til va shevalarga xos xarakterli xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettiruvchi lingvistik kartalarning albom shaklidagi izchil to‘plamidir. Lingvistik atlaslar 2 xil bo‘ladi: 1. Regional atlas. 2. Zonal atlas.
3. Mos hodisalar – umummilliy til tizimining zveno (a’zo) lari bo‘lib, har xil dialektlarda o‘zining turli bo‘laklari (a’zolari) bilan ishtirok etgani holda shevachilik farqlarini vujudga keltiradi. Shunga ko‘ra mos hodisalar har vaqt ikki a’zoli va ko‘p a’zoli bo‘ladi. Masalan, ɔnә, ɔy’, ɔpә, әyә, b’y’, bүv’ kabi shevalararo farqlanib, o‘zbek adabiy tilidagi ona (tuqqan ona) tushunchasini bildiradi.
4. Areallar – lotincha arealis so‘zidan bo‘lib, maydon, bo‘shliq ma’nolarini bildiradi. Mos hodisalar ayrim bo‘laklarining lingvistik kartada tarqalish zonasini, ya’ni tilning dialektal farqlanishini anglatadi.
5. Lingvogeografik kartalar va kartalashtirish – lingvogeografik tadqiqotning asosiy nuqtasi. Sinxronik tadqiqot natijasi hisoblangan lingvistik kartada til tarixining hamma davri o‘z aksini topishi mumkin. Kartalashtirish – til hodisalarining hududga tarqalishini tasvirga (kartaga tushirish). Jonli tildagi har bir lingvistik hodisa o‘zining tarqalish chegarasiga, o‘z hududiga ega. Shu hudud, chegaradagi so‘z – izoglassa, izofonema va izomorfemalarni grafik shaklda qog‘ozga tushirishdan iborat.
6. Til lanshafti – deyilganda biror til uchun ma’lum bo‘lgan izoglassalar yig‘indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri tushuniladi.
7. Ayrim zona – bir til yoki dialekt ichida boshqa bir til yoki elementlarining mavjud bo‘lishi. O‘zbek shevalarida tojik tili elementlari aralagan zonalarning O‘zbekiston va Tojikiston hududida barqarorligi aralash zona sanaladi.
8. Innovatsiya markazi – u yoki bu til yoki shevalarining markazi. Masalan, -vɔt,-vuz(bɔvɔtt’, kelɔvuza) markazi Toshkent shahar shevasi bo‘lib, bu o‘sha innovatsiya markazidan boshqa atrof shevalarga tarqalgan.
9. Irrodiatsiya – hodisaning tarqalish tushunchasi bo‘lib, arealning xarakterli belgilaridan biri. Masalan, o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi -da Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo shahar tip shevalariga adabiy til ta’sirida to‘siqlarga uchramasdan kirib borish yo‘li bilan tarqalgan. Lekin qaratqich kelishigi qo‘shimchasi (-ning) ning kirib borishi aytarli natija bermayotir. Chunki adabiy tilga asos bo‘lgan shahar shevalari talaffuzida -ning qo‘shimchasi mavjud emas.
Til hodisalari, dialektal hodisalarni tadqiq qilishda ko‘pincha yondosh tillar va ularning shevalari materiallari bilan solishtiramiz. Bu to‘g‘ri usul bo‘lib, qshni tillar va shevalardagi lingvistik hodisalar bir-biriga doimo o‘tib turadi.
Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo‘lishi va asoschilari.
Lingvistik geografiya XIX asrning o‘rtalarida, dialektologik kuzatishlar rivojlangan, dialektologlar, dialektlar va ularning xususiyatlari to‘g‘risida yetarli faktik materiallar to‘plangan joylarda paydo bo‘ladi. Lingvistik geografiya yuzasidan olib borilgan birinchi tajribalar– tilni bu yangi metod orqali o‘rganish qanchalik natijali ekanini ko‘rsatdi. Lingvistik geografiya tilshunos olimlarga yangi faktlar berdi o‘z davrida turg‘un bo‘lib qolgan (masalan; dialektning mohiyati, shevalar orasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakteri haqidagi) tushunchalarni yangicha baholashga, yangicha hal qilishga da’vat etadi.
Tilshunoslikdagi bu yangi yo‘nalish (lingvistik geografiya) ning rivojida, dialektologik fikrning keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropa lingvo– geografiyalarning belgili xizmatlari bor. Lingvistik geografiyaning asoschilari: Fransiyada Jan Jilyeron, Germaniyada Georg Venker, F.Vrede, P.Meyyerlar, Russiyada I.I.Sreznevskiy kabilar.
Mazkur olimlarning asarlari tufayli lingvistik geografiyani fan sifatida asosiy o‘rni, predmeti va vazifasi belgilandi, shu bilan birga u yoki bu til hodisasining hududiy tarqalishini ko‘rsatuvchi lingvistik kartaga tushurilgan belgi – «izoglossa» (izofonema – fonetik belgi, izomorfema – morfologik belgi, izoglossa – leksik belgi) tushunchasi kiritildi.
Russiyada lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va rivoji I.I.Sreznevskiyning nomi bilan bog‘liq. I.I.Sreznevskiy o‘tgan asrning 50-yillaridayoq bu sohani o‘rganish va rivojlantirish masalasini qo‘ydi va bu yangi sohaning o‘rni va vazifalarini belgilovchi asarlar yaratdi.
Rus lingvistik geografiyasining keyingi (XIX asrning oxiri XX asrning boshi) taraqqiyoti akad. A. I. Sobolevskiy va akad. A. A. Shaxmatov nomi bilan bog‘liq. Akad. A. A. Shaxmatov o‘z tekshiruvlari bilan lingvis tik geografiya taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shibgina qolmay, balki rus dialektologlarining bu sohadagi ilmiy – tadqiqot ishlarini tashkil etishda ham bosh bo‘ladi.
Keyinchalik rus shevalarini lingvo – geografik metod bilan o‘rganish sohasida akad. Korsh boshliq Mosvka dialektologik komissiyasi (keyin dialektografik komissiya) katta ishlar qiladi.
1935-yilda sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi «Rus tili atlasi» ni tuzishga kirishdi. Bu davrda tilshunoslardan B.A.Larin, F.P.Filin bosh bo‘lgan dialektologlar gruppasi mazkur atlasni yaratish planini, so‘roqligini tuzdilar va bu atlas uchun material to‘plash ishlarini uyushtirdilar.
1944 yilda tilshunoslardan R.I.Avanesov va B.A.Larin boshchigilida «Rus dialektologik atlasini tuzish bo‘yicha materiallar to‘plash programmasi» yaratildi va shu programma asosida rus dialektlari atlasini tuzish ishlari boshlandi. 1951 yilda «Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» tugallandi va u 1957 yilda nashr etildi. Hozirgi kunda barcha rus tili shevalari bo‘yicha materiallar to‘plash, to‘plangan materiallarni kartalashtirish tugallangan.
Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o‘rganish Ukraina va Belorussiyada, Gruziya va Ozarbayjon, Turkmaniston va Qozog‘istonda ham ham yaxshi rivojlangan bo‘lib, bu mamlakatlarda shevalar atlasini tuzish tugallandi va nashr etildi.
MDHda tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar –“Moskva sharqida gi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi”(1957 yili nashr etilgan), “Shimoliy– g‘arbiy oblastlar rus xalq shevalari atlasi”(nashrga tayyorlangan) va respublikalarda nashr etilgan “Ukrain tili xalq shevalari atlasi”, “Belorus tili xalq shevalari atlasi va boshqalar mavjud.
O‘zbekistonda esa lingvo-geografik metod bilan shevalarni o‘rganish 1940 yillarda boshlandi va bu sohada ish davom etmoqda.
Dialektologik atlaslar. Biror til yoki dialektga xos xarakterli lingvistik xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettirgan albom yoki kitob shaklida nashr qilingan kartalar yig‘indisi dialektologik atlas deyiladi.
Dialektologik atlaslar biror xalq tili va xalq tarixini, uning millat bo‘lib shakllanishini o‘rganishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yaratilgan.
Yevropada tuzilgan eng muhim dialektologik atlas quyidagilar: Venker va Vredelarning «Nemis tili atlasi» (1876- 1926 yillar mobaynida yaratilgan); Marburgdagi nemis dialektologiyasi markaziy instituti nashr etgan «Nemis leksikologik atlasi»; Jilyeron va Edmonning 12 jildli «Fransuz tili atlasi» (1902-1912 yillar mobaynida yaratilgan); Yaberg va Yudning 8 jildli «Italyan-shveytsar atlasi» (1928-1940) sobiq SSSRda tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar «Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» (1957); «Shimoli – g‘arbiy oblastlar rus xalq shevalari atlasi» va respublikalarda nashr etilgan «Ukrain tili xalq shevalari atlasi», «Belarus tili xalq shevalari atlasi va boshqalar».
O‘zbek tilshunosligining hali yosh sohalaridan biri o‘zbek dialek tologiyasi o‘zining boshlang‘ich etapi – dialektografiya bosqichini o‘tab, endi u to‘plangan boy material – baza asosida hozirgi zamon dialektologiyasining nazariy masalalarini ishlash, shu bilan birga lingvistik geografiya masalalari bilan shug‘ullangan bosqichiga o‘tdi.
O‘zbekistonda dialektologik ishlarni boshqarib boruvchi yagona ilmiy markaz O‘zbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Dialektologiya sektori hozirgi vaqtda, asosan uch yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ish olib bormoqda. Bular: 1) o‘rganilmagan o‘zbek shevalarini monografik tadqiq qilish; 2) o‘zbek shevalari lug‘atini tuzish; 3) o‘zbek tili dialektal atlasini yaratishdir.
O‘zbekiston shevalarini monografik o‘rganish sohasida anchagina ishlar qilindi. Bunday kuzatishlarning natijalari maxsus monografiyalar, maqolalar va to‘plamlarda e’lon qilindi. Ayrim tekshirishlarda keltirilgan leksik materiallar va ekspeditsiyalarda to‘plangan materiallar asosida o‘zbek shevalarining lug‘ati tayyorlandi va nashr etildi.
O‘zbek shevalarini lingvistik geografiya metodi bilan o‘rganish ishi 1944 yilda boshlangan edi. prof. A.K.Borovkov o‘zbek tili shevalari atlasini yaratish maqsadida «O‘zbek sheva – lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar» anketasini tuzdi. Shu anketa asosida 1945-1950 yillar mobaynida Farg‘ona vodiysi shevalaridan materiallar to‘plandi. Lekin o‘sha vaqtlarda respublikada dialektologik ishlarni birlashtiruvchi yagona markazning yo‘qligi bu materiallarni ishlab chiqish va kartalarga ko‘chirish imkonini bermadi. Oradan 20 yil o‘tgandan keyin 1965 yildan boshlab, o‘zbek shevalari xususiyatlarini kartalashtirish ishi yana kun tartibiga qo‘yildi. Ma’lum programma va so‘roqlik tuzildi, shu asosda dialektal materiallar to‘plana boshlandi.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, rus, ukraina, belarus va shuningdek, boshqa turkiy tillar dialektologiyasining shevalar atlasini yaratish sohasidagi boy tajribalardan o‘rgangan hamda butun o‘zbek jamoasi yashaydigan hudud bo‘ylab to‘plangan lingvistik materiallar ma’lum darajada o‘zbek shevalari atlasini tuzish uchun sharoit yaratdi.
O‘zbek dialektlarini kartalashtirish ishini prof. V.V.Reshetov boshlab berdi. U Toshkent viloyatining bir qismini lingvistik tekshirdi va Ohangron vohasidagi shevalarda uchraydigan fonetik, leksik va grammatik farqlarni kartaga ko‘chirdi. O‘zbek dialektologiyasida birinchi marta o‘zbek qurama shevalarining 49 ta lingvistik kartasini tuzdi.
Prof. V.V.Reshetov o‘zi o‘rgangan hududdagi izoglossalarning tarqalishini o‘rganib, ayrim sheva vakillarining etnogenezini aniqlashga va shuningdek, real til faktlari asosida qurama shevalarining aniq tasnifini berishga muvaffaq bo‘ldi. Taxminan 150 kartadan iborat “Toshkent viloyati shevalari atlasi”ni tuzish ishlari 1980 yilda yakunlandi.
Prof.V.V.Reshetov tuzgan lingvistik kartalarda quyidagi fonetik,grammatik va leksik belgilar olingan.
Fonetika bo‘yicha karta № 1 “dj”lash va “y”lash djoq~ joq ~yoq; o lash va a lashning tarqalishi № 2 bar, bɔr; № 3,4,5. diftonglashish үөrdүk ~ үөrdәk ~ ordәk; von ~ үon ~ on; № 6,7,8,11. ү//ө//u//o, a//e, a/ә, є //e unlilarining hamda q//x, ch//sh undoshlarining almashinishi; үy// өy, uy//oy; atlar//yytlәr//iytlәr; qatin ~ qotin ~ xatin ~ xɔtin ~ xatun ~ xɔtun ~ xɔt’n; chay ~ chәy ~ chɔy//shay ~ shәy; № 9,22. so‘z boshida h va dj ning sponton paydo bo‘lishi ayvon ~ hayvan ~ ayvon; arra ~ harra; uzum ~ djuzum ~ uzum; № 10. so‘z oxirida tor unlilardan keyin k va q undoshlarining tushishi yoki saqlanishi sariq ~ sari ~ saruq ~ sariq, kichik ~ kichi ~ k’ch’k;
№12,13,14. unlilar orasida k,q,p ning va so‘z boshida t undoshining jaranglilashishi aq ~ aqip ~ ag‘ip, ek ~ ekip ~ egip, qap ~ qapi~ qabi diyirman ~ tiyirman ~ teg’rmɔn; №15,16,17,18. p> v, g‘> v, kq> y, g/g‘> y, ng> y hodisalari tap tapaman >tavaman; tag‘> tav//tɔg‘> tɔv, tegdi~ tegd’> tiydi ~t’yd’, atangiz~ ɔtang’z>atayiz ~ɔtay’z; №19 aq ~ ɔq> ax ~ ɔx, kөk~ kok>kөx'~kox'; № 20, 21. to‘liq progressiv va regressiv assimilyatsiya qush sh’< qushn’, onn’m Morfologiya bo‘yicha: № 24,25,26,27. So‘roq yuklamasi -mi//-mi//-m’//-ma//-mә, ko‘plik affiksi -lar//-lәr//-lә//-nar//-nәr//-әr; q.k.-ning va t.k.-ni affikslarining farqlanishi; №28. j.k.-ga ning variantlari -a,-ә -ya: atama~ atamg‘a~ɔtәmgә, enәmә enәmgә,shahara, dalaya; j.k. dagi shaxs va ko‘rsatish olmoshlari: mengә // mәngә//mag‘an, sengә//sәngә//sag‘an, ungә//ug‘an;
№ 29. bilan, keyin ko‘makchilari: bilәn//minәn//minәm//mәn; keyin //song// sog‘ra//sog‘un// sig‘in;
№ 30-37. kartalar fe’l, sifatdosh va harakat nomlari formantlari ning tarqalishiga bag‘ishlangan. Ularda 1sh.ko‘plikdagi buyruq-istak fe’l larining ifodalanishi bɔrayluv, bɔrayl’k, bɔrayli, barali, bɔraynuk, bɔraynung; hozirgi-kelasi zamon fe’lining ifodalanishi bɔram’z, bɔravuz, baramiz; 1sh. ko‘plikdagi o‘tgan zamon aniqlik fe’lining ifodalanishi: bɔrdik, barduq, bardiq, bɔrd’m’z, bɔrduvuz. Konkret hozirgi zamon fe’lining ifodalanishi: bɔryapt’, bɔrayatir, bɔradjatir, bɔrɔtti, bɔrvɔt’, bɔrvәtt’, bɔrutt’, bɔrɔt’pt’, barayatti, bɔrɔptu; -d’gәn//-turg‘an//-tug‘an//-d’g‘ɔn bɔrәdigan baraturg‘an//boratug‘an, shuningdek -әr//-ar//-ur djәk//-djaq әs’//-gus’ formalari kelәr, kelur, kelәdjәk, kәlәs’, kelgus’. Harakat nomlari kelmoq, kel’sh, keluv//kerәk. Ko‘makchi fe’llarning ishlatilishi kelә ɔlmәd’, kelә bilmәdi va boshqalar.
Leksika bo‘yicha: № 38. mәyәk~ yimirtә~ tuxum; №.39. dug‘ava~ dog‘ava //kәsә~kɔsә; №.40. yenәk~ ’nәk ~’nәy//sigir ~siyir; № 41. tam~ tɔm//үy~ oy; №.42. bөlә ~xɔlәvәchchә; № 43. djezdә//pɔchchә; № 44. chәqәlɔq//chaqalaq ~ bөbәk // bүvәk; №.45. chәkki ~suzma; № 46. kүrrә ~xotik; № 47. nүri~ gөng va shu kabi sun’iy sug‘orishga oid terminlar, asbob, hayvon, qush, hasharot va tana a’zolarining nomlari, qarindosh-urug‘ terminlari kartalashtiriladi.
V.V.Reshetov o‘zi o‘rgangan hududdagi izoglassalarning tarqalishini o‘rganib, ayrim sheva vakillarining etnogenezini aniqlashga va shuningdek, real til faktlari asosida qurama shevalarning aniq tasnifini berishga muvaffaq bo‘ldi.
1955-yilda M.Mirzayev “Buxoro viloyatidagi o‘zbek shevalarini o‘rganish uchun anketa”, 1964-yilda prof A.Aliyev “Namangan dialekti bo‘yicha material to‘plovchilar uchun anketa”, 1976-yilda professorlar A.G‘ulomov, A.Aliyev, K.Nazarovlar tomonidan “O‘zbek tilining mahalliy shevalari bo‘yicha material to‘plovchilar uchun metodik qo‘llanma” yaratdilar.
Xorazm shevalari kartasini prof. F.A.Abdullayev, Buxoro gruppa shevalari kartasini prof. M.M.Mirzayev, Namangan gruppa shevalari kartasini A.Aliyev, Qashqadaryo gruppa shevalari kartasini A.SHermatovlar tuzib chiqdilar.
O‘zbek xalq shevalari atlasi hozirgi zamon o‘zbek tili shevalarining rang-barang xususiyatlarini kartalarda ifodalaydi. Lingvistik kartalarda ko‘rsatilgan dialektal xususiyatlar va ularning tarqalishi, tilshunoslarga ayrim til hodisalarining tarixiy taraqqiyoti va o‘zbek milliy tilining kelib chiqishi kabi masalalarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, atlas materiallari tarixchilar, etnograflar uchun ham foyda lidir.
O‘zbek tili dialektologik atlasi quyidagi vazifa-maqsadlarni ko‘zda tutadi.
Hozirgi zamon adabiy tili ma’lum shevalarga tayanadi. U o‘zining imlo va talaffuz normalarini, shuningdek, fonetik sistemasi, grammatik tuzilishi, leksik tarkibini normalashtirishda asosan, Toshkent-Farg‘ona tip shevalariga asoslansa ham, ayrim hollarda bu shevalar materiallari adabiy til normalariga mos kelmaydi. Dialektologik atlasning obyektiv natijalari (xulosalari) bu masalaga to‘liq aniqlik kiritadi. Xaqiqatan ham, shevalarga xos dialektal xususiyatlarning butun o‘zbek tili hududida tarqalishi va uning chegaralarini faqat dialektologik atlas zaminidagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin.
Dialektologik atlas materiallari o‘zbek shevalarining mavjud tasniflarini to‘ldirish, mukammalashtirishga, ularga aniqlik kiritishga yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek shevalarining paydo bo‘lishida qatnashgan turkiy va turkiy bo‘lmagan etnik gruppalarning o‘zaro aloqalari natijasida ro‘y bergan juda murakkab etnolingvistik taraqqiyot jarayonini ham belgilab beradi.
Adabiy til va tayanch shahar shevalarining kundalik ta’siri o‘zbek xalq shevalarida til faktlarining aralashuvi va tekislasha borish jarayonini tezlashtirdi. Chunki o‘zbek xalqining ekonomikasi va madaniyati mislsiz darajada yuksalishi bilan o‘zbek adabiy tilining qo‘llanish doirasi kengaydi. Adabiy tilning barcha o‘zbek shevalararo normalasha borishi asta-sekin dialektal nutqni qisib, og‘zaki – so‘zlashuv nutq doira siga ham kirib bordi.

O‘zbekistonda lingvistik geografiyaning rivojlantirilishi.


Bu soha o‘tgan asrlarda Yevropada yaxshi rivojlangan. XIX asrda fransuz dialektologi Jan Jilyeron butun fransiyani velosipedda aylanib chiqib, fransuz tilining dialektal atlasini yaratgan. O‘zbekistonda ham dialektologik atlas yaratish ishi ancha rivojlangan. Bu sohada Sh.Shoabdurahmonov, K.Muhammadjonov, A.Jo‘rayev, A.SHermatov, Y.Ibrohi movlarning tadqiqotlari mavjud. Akademik Sh.Shoabdurahmonov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib shevalar atlasini yaratishning nazariy qoidalarini ishlab chiqdi. Professorlar K.Muhammadjonov Shimoliy o‘zbek shevalarini, A.Shermatov Quyi Qashqadaryo shevalarini, dotsent Y.Ibrohimov esa Orol bo‘yi o‘zbek shevalarini kartalashtirgan.
Ayniqsa o‘zbek shevalarini lingvo-geografik metod asosida ilmiy tadqiq qilishda A.SHermatov samarali hissa qo‘shdi.U “Qashqadaryo guruh shevalari kartasi”ni tuzib chiqdi. Bu tadqiqot 167 karta bilan o‘z yakunini topdi.
O‘zbek dialektologlari o‘z milliy tillari atlasini yaratish bilan birga “Turkiy tillar atlasi” ni ham tuzmoqdalar. Bunday atlasni tuzish akademik V.M.Jirmunskiy tashabbusi bilan boshlangan edi. Uning so‘roqligi va programmasi 1960-70-yillarda bir necha bor muhokama qilinib, tasdiqlandi.
Har 3-4 yilda turkiy tillar atlasini yaratish bo‘yicha Xalqaro miqyosda konferensiyalar, yig‘inlar o‘tkazilib turilmoqda.
Umumturkiy lingvistik atlasning yaratilishi, turkiy xalqlar tili haqida yangi ma’lumotlar beradi, qardosh tillarning taraqqiyoti fikrimizni kengaytiradi, unga ilmiy nuqtai nazaridan aniqliklar kiritadi.
Adabiyotlar:
1.Аванесов Р.И. Лингвистическая география и история руссого языка, “Вопросы языкознания” № 6 1952.
2.Шообдурахмонов Ш. Ўзбек тилининг диалектологик атласи. “Ўзбек тили ва адабиёти” №3 Тошкент, 1969.
3.В.В.Решетов, Ш. Шообдураҳмонов Ўзбек диалектологияси, Тошкент, Ўқитувчи. 1978.
4.Шерматов А. Лингвистик география нима? Тошкент, “Фан” нашриёти, 1981. 49-53 бетлар.
5.Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги, Тошкент, “Ўқитувчи”, 1996.

Takrorlash uchun savollar:


1.Lingvistik geografiya nima?
2.Lingvistik geografiya qachon va qayerda paydo bo‘lgan?
3.Dialektologik atlas nima?
4.O‘zbek shevalari kimlar tomonidan kartalashtirilgan?


Qo’shimcha ma’lumotlar…

MAVZU LINGVISTIK GEOGRAFIYA. LINGVISTIK


GEOGRAFIYA HAQIDA QISQACHA MA`LUMOT.

Reja
1.Lingvistik geografiyaning mohiyati.
2.Milliy til va uning shevalarga ta’siri.
3.Shevalarni yozib olib o’rganish.

Adabiyotlar.


1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent,“O’qituvchi” , 1978-yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbekShevashunosligi”Toshkent, “O’qituvChi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoarealtalqini”,Toshkent , “Fan” 2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.
7.Shermatov A “Lingvistik geografiya nima”,Toshkent, 1981- yil


Lingvistik geografiya til hodisalarining tarqalish o’rinlarini, ularda tarixiytaraqqiyot jarayonida yuz bergan o’zgartirishlarni o’rganish uchun xizmat qiladi.Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so’z ketganda, til egalarining tarix takozosibilan muayyan o’zgarishlarni o’z boshlaridan keChirishlari, turli joylardan ko’chibyurishlari va hozirgi vaqtda o’troqlashib qolish sabablarini o’rganish tushuniladi.Jumladan, Turkiyadagi aholining qadimda Turkistonda, ya`ni Sirdaryo buylarida yashab, so’ngra hozirgi zaminga ko’chib kelganliklari va muqim hayot kechirishga o’tibqolganliklari, skiflarning ham tarixan turkiy xalqlardan bo’lib, eramizgacha bo’lgandavrning oxirlari va eramizning boshlarida zaminimizdan, jumladan, Movarounnahrdan
ko’chib borib, hozirgi joylarida – Vengriya, Bolgariya kabi Bolqon davlatlari yerlaridao’troqlashib qolganliklari fikrimizning dalilidir.
Lingvistik georafiya lahja vaShevalarni o’rganishda ham ahamiyatlidir. Chunkiularning tarixiy taraqqiyot yo’llarini belgilashda, fonetik, grammatik va leksikxususiyatlarni o’rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalgan joylari bilano’zviy bog’liq holda olib tekshiriladi. Masalan, o’zaro umumiy xususiyatga ega bo’lganToshkent, Parkent, Piskent, Qarnob kabi shevalarning yoki janubiy Xorazm,ShimoliyBuxoro, Forish-Bog’don,Shimoliy o’zbekShevalari vakillari kabilarning turli joylardao’troqlashib qolish sabablari, ulardagi umumiy til xususiyatlari tarixi qabilalarni hisobgaolish va o’ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini Chizib berish hamdalingvistik atlasini yaratish muhimdir. Bunday ishlarning amalga oshirilishi ko’rgazmalitavsifiy qurol vositasini o’taydi.Tillarning,jumladan, ularning quyi tarmoqlari hisoblangan lahja va shevalarninghozirgi vaqtdagi tarqalish holati turli belgilar bilan ko’rsatiladi. Ana shunday belgilarbilan til yoki lahjaning joylashgan o’rinlari ifodalab erilishiga umumiy lingvistikgeografiyada yunoncha «izoglassa» deb yuritiladi va bir xil, o’xshash, teng kabitomonlarni bildirishga xizmat qiladi. Bunda fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni
aniq ko’rsatish uchun har xil belgilar ishlatiladi.Qisqasi, lingvistik geografiya lahja va shevalarning tarixiy taraqqiyoti yo’llarinianiqroq belgilashga, ularda so’zlashuvchi xalqlarning hozirgi joylarda o’troqlashibqolish sabablarini, guruhlarga aloqadorligini, til taraqqiyoti va xalq tarixi bilanaloqasini to’laroq aniqlashga, ular to’g’risida ishonchli ma`lumotlar berishga xizmat
qiladi.Turkiy tillar geografiyasi ma`lumotlari M. Qoshg’ariy, A. Navoiy, G’ozi OlimYunusov, A. K. Borovkov, U. Tursunov, V. V. Reshetov, S. Ibrohimov,Sh.Shoabdurahmonov, B. Jo’rayev, A. Aliyev, X. G’ulomov, X. Doniyorov, A.Shermatov,A. Jo’rayev, M. Mirzayev, K. Nazarov singari zukko olimlarning nomlari bilanbog’langan. Ular o’zbek xalq shevalarini o’rganish, ularning o’ziga xos xususiyatlariniyozib olish, tahlil etish va ularni xaritalarga tushurib, shevalarimiz atlasini yuzagakelishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

LAHJALARNING BOSHQA TIL KATEGORIYASIGA


MUNOSABATI. MILLIY TIL VA MAHALLIY
LAHJALAR.
Tillar o’zaro hamkorlik, bir-birini boyitish yo’li bilan rivojlanib bormoqda. Faqat
qardosh turkiy tillar emas, balki boshqa tillar ham bir- birlarini boyitishi, bir-birlari bilan
oziqlanishiga turli yo’llar bilan harakat qiladilar. Xuddi shu sababli ona tilimizga turli
tarixiy davrlarda so’zlar, atamalar va ular tarkibida qo’shimchalar, grammatik
xususiyatlar o’zlashgan. O’z navbatida o’zbek tili boshqa tillarga samarali ta`siri borligi
sezilib turadi. Chunki A. Qodiriy aytganidek, «Tillar bir-birlaridan qarz olmasdan yashay
olmaydilar».
Movarounnahrdagi eng qadimgi xalqlardan biri hisoblangan o’zbeklar o’zining
ko’p asrlik hayoti davomida boy adabiyot va madaniyatni vujudga keltirdi. Ular o’zining
ona tili – o’zbek tilini asrlar davomida ardoqlab va taraqqiy ettirib kelgan. O’zbek tilihamda uning lahja va shevalari jamiyat taraqqiyoti tufayli vaqt o’tishi bilan o’zgarib,taraqqiy etgan va turli shakllarga ega bo’lib kelgan. Bu fikr taraqqiyotning so’nggidavrlarida vujudga kelgan milliy tilga ham bevosita aloqadordir.Milliy tilning shakllanib borishi feodalizmning emirilishi va kapitalizmning yuzagakelishi bilan bog’liq bo’lsa ham, uning unsurlari uzoq vaqtlar shakllangan va rivojlanibkelgan.Tarixiy ma`lumotlarning dalolat berishicha, o’zbeklarda VII asrgacha urug’-urug’ bo’lib yashaganlar. Urug’chilik davri kishilik jamiyatining kichik, oddiy va boshlang’ich uyushmasi sanalar edi. Shu bilan birga, u davrlarda kabilalarga xos belgilar ham paydo bo’la boshlagan. O’zbeklar VII – IX asrlarda esa qabila- qabila bo’lib hayot kechirganlar.Bu qabilalarda qabilalar ittifoqiga xos bo’lgan ko’pgina belgilarning shakllanganligima`lum. O’sha tarixiy davrlarda qabilalarning har biri o’zlariga xos tillarga ega bo’lgan.Har bir lahja mohiyat e`tibori bilan bir qabilaning tili bo’lib xizmat qilgan. Qadimgizamonlarda ajdodlarimiz urug’-urug’, qabila- qabila bo’lib hayot kechirgan ekanlar, ularboshqa urug’lar va qabilalardan farq qiluvchi o’z tillariga ega bo’lganlar. Qabilalarningkeyinchalik bir-birlari bilan aralashib, qo’shilib ketishlari natijasida ularning tillari hamaralashib, qo’shilib ketgan. Bu, avvalo, qabilalar ittifoqlari tillari va so’ngra xalqtilining shakllanishiga olib kelgan. Bu o’z navbatida o’zbek adabiy tili, so’ngra milliytilning shakllanishi va taraqqiyot jarayonini belgilab berdi.O’zbek millati va milliy tilning tashkil topish jarayoni XIX asrning ikkinchi yarmiva XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. O’tgan asrning 60 – yillaridan boshlabMovarounnahrda millat va milliy tilning yuzaga kelishiga zamin hozirlandi. ChunkiO’zbekistonda amalda feodal tarqoqlik barham topdi. Xonliklar (Xiva, Buxoro, Qo’qonxonliklari) tugatildi. Bu o’z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy zamin birligini ta`minlashdaasosiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston va umuman Movarounnahrga temiryo’l
o’tkazilib, xalqlar o’rtasidagi aloqa apcha keng darajada yoyila boshladi. O’zbekistondapaxta etishtirishni rivojlantirish vaShu bilan bevosita bog’liq holda paxta va yog’ zavodlari singari sanoat tarmoqlari vujudga keltirildi.Sharqshunos olimlar o’z asarlari bilan fanning turli tarmoqlarini rivojlantirishgasalmoqli hissa qo’shdilar. O’zbek milliy tilining shakllanishiga zamin hozirlashdaMuqimiy, Furqat, Zavqiy, H. H. Niyoziy, A. Qodiriy, Fitrat, Cho’lpon kabi shoir vayozuvchilarning g’oyat katta xizmatlari bo’lganligini qayd etish lozim. Bu sohada E.
Bertel`s, E. Polivanov kabi olimlarning ham hissalari bor.Shunday qilib XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyo, jumladan,O’zbekistonda xo’jalik, madaniyat va adabiyot sohalarida birmuncha o’sish varivojlanish ko’zga tashlandi.

O’ZBEK ADABIY TILI VA UNING


ShEVALARGA MUNOSABATI.
Xalqimiz o’zining ko’p asrlik hayoti davomida boy madaniyat va adabiyotni
vujudga keltirdi. O’zbek xalqi boy an`analari asosida o’zining adabiy tilini yaratdi.Adabiy til xalq tili asosida shakllandi, o’zining fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi valug’at boyligini ma`lum bir me`yorga kiritdi va qoidalarga bo’ysundirdi.Adabiy tilning ikki asosiy shakli – og’zaki adabiy til va yozma adabiy til ko’rinishimavjud. Yozma adabiy til ham, og’zaki adabiy til ham o’zining boy an`analariga ega.Lekin og’zaki adabiy til yozma adabiy tildan ilgari paydo bo’lgan.Yozma adabiy til materiallari sifatida qo’llangan so’zlar umum xalq tili asosidaadabiy tilning shakllanishiga xizmat qiladi va uzoq vaqt iste`molda bo’ladi, ularninngayrimlari vaqt o’tishi bilan tarixiy so’zlarga aylanib qoladi.«Adabiy til» atamasi ikki ma`noda qo’llaniladi. Bu, bir tomondan, feodal tarqoqligidavrida davlat idoralarida ish yuritish, adabiyot, din, ilm-fan kabilar uchunishlatiladigan til bo’lsa, ikkinchi tomondan, adabiy asarlar tilidir. Shu bilan birga, turliiqtisodiy-ijtimoiy va tarixiy sabablarga ko’ra, adabiy til ma`lum lahja asosida tashkiltopgan yozma adabiy til yoki majburan qabul qildirilgan boshqa adabiy til sifatidamavjud bo’lishi mumkin.XI – XI asrlardan boshlab, Markaziy Osiyodagi va boshqa zaminlardagi turkiytillarning, jumladan o’zbek tilining ahamiyati kuchaya bordi. Bu esa o’z navbatida o’zbekadabiy tilining shakllanishini o’zida aks ettira boshladi. U jonli xalq tili asosida vujudgakeldi. Demak, o’zbek xalqining tashkil topishi bilan asta-sekin adabiy tilga xosxususiyatlarShakllana boshladi. Biz bu holni o’sha davrda maydonga kelgan M.Qoshg’ariyning mashhur «Devoni lug’otit turk» nomli lingvistik asari Y. X. Hojibning «Qutadg’u bilig», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» kabi ilmiy va badiiy asarlarinamunasida ko’ramiz. Yuqoridagi kabi asarlar o’zbek xalq tili va adabiy tilitaraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shilgan nodir durdonalardir.A. Navoiydan so’ng ham o’zbek adabiy tili rivojlanib keldi. Masalan, XVII asrdayashab ijod etgan Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk»asarlari o’zbek adabiy tili tarixini o’rganishda ayniqsa qimmatlidir. Muallif o’z asarlaritilini xalq tiliga yaqinlashtirib, sodda bir holda ifoda etishga harakat qilgan, mumkinqadar chet tillar xususiyatlarini qo’shmaslikka uringan. Bu esa uning «Besh yashar og’lonham tushunsin uchun» degan so’zlaridan ham ko’rinib turibdi.O’zbek adabiy tili XVIII– XIX asrlarda ham boyidi va taraqqiy etdi.

MAHALLIY LAHJALAR VA IJTIMOIY


JARGONLAR.


Mahalliy lahjalarni atroflicha o’rganish, ularning farqlarin ko’rsatish va adabiy tilga
bo’lgan munosabatini aniqlash o’zbek tilshunosligidagi hozirgi muhim masalalardan biri
hisoblanadi.Mahalliy lahjalar umum xalq tilining quyi bosqichini tashkil etadi.Ular ma`lum
davrda milliy tilga asos bo’lishi va rivojlanib milliy til darajasiga ko’tarilishi mumkin.
Ularning grammatik qurilishi va asosiy lug’at boyligi mavjud. Bu holat ularning milliy
adabiy til uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatuvchi omil bo’lib xizmat
qiladi.Ijtimoiy jargonlar esa milliy tilning buzilgan, tubanlikka vachirishga yuz tutgan
shaklidir. Ularning rivojalnib, mustaqil milliy til darajasiga ko’tarilishi haqida mulohaza
yuritmasa ham bo’ladi.Chunki ular xalq ommasiga emas, balki ba`zi bir ijtimoiy
qatlamlarga, ayrim guruh kishilariga (o’g’ri, savdogar, qassob kabi) xizmat qiladi. Buning
ustiga jargonlar grammatik qurilishga va lug’at boyligiga ega emas. Ularda chet tillardan
kirgan yoki umum xalq tilidan olinib, boshqacha ma`noda ishlatiladigan ayrim so’zlar
uchraydi, xolos.

KASB - HUNAR LEKSIKASI VA IJTIMOIY


JARGONLAR.
Kasb-xunar egalariga oid so’zlar xalq xo’jaligining turli ishlab chiqarish
sohalarida xalqimiz tomonidan uzoq yillar, hatto bir necha asrlar davomida, ularning
mehnat jarayonida bunyod qilinadi. Bunday so’z va atamalar har xil kasb egalarida turli
ma`nolarda qo’llaniladi. Bunda leksik farqlardan tashqari, fonetik va morfologiko’zgarishlarning ham mavjudligi Shubhasizdir. Masalan, chaydish – choydish (choyjush);abdasta – obdasta; pichaq – pichoq; ketman – ketmon; nay – noy; parma – parmi; chumak– jumak; ko’zliy uzuk – ko’zli uzuk – ko’zli jujuk; bilag o’zuk – bilarzik – bilanzik –ilovzik; do’ppi – kalavach – kalapush – kalavash – to’ppi va boshqalar shularjumlasidandir.Kasb-xunar leksikasida u yoki bu buyumlar yoki narsalarning nomlari butun turlaribo’yicha ifoda qilinadi. Ma`lumki, adabiy tilda bularning umumiy nomi yoki qismiaytiladi, holos. Chunki kasb-xunar egalari o’z sohalaridagi har bir narsani, uning maydachuydalarigacha nomlash va o’zlari ishlab chiqargan joyi bilan bog’liq bo’lgan hayotdagibuyum va narsalarning atroflicha tushuntirishga harakat qiladilar. Jumladan qulfningturlari: burama qulf, zanjirgar qulf, katta qulf, kichik qulf, kishan qulf, o’roq-bolg’a
qulf, shkaf qulf, sandiq qulf, darvoza qulf, kalitsiz qulf. Yoki qaychi so’zini olib
qaraylik: latabur qaychi, mashina qaychi, uy qaychi. Dukart, dukartcha, tokbur, tok
qaychi, katta qaychi, Qirqlik va boshqalar.

SHEVALARNI O’RGANISH, YOZIB OLISH,


MATERIAL TO’PLASH USULLARI.


XI asrda hayot kechirgan mashhur olim M. Qoshg’ariy (uning to’liq ismi Mahmud
Ibnul Xusayn ibn Muhammad-il Qoshg’ariydir)turkiy tillarning dastlabki tasnifini
yaratgan. Bu turkiy tillar sohasidagi yagona tasnif edi. Mahmud Qoshg’ariygacha turkiy
tillar tasnifi bilan maxsus shugullangan olimni uchratmaymiz.Shuning bilan birga u o’z
davrining ulug’Shevashunos olimi sifatida chindan boshlab, butun Movarounnahr,
Xorazm, Buxoro, Farg’ona kabi keng zaminda yashagan urug’ – kabilarning tillarini
sinchiklab o’rgangan.Mahmud Qoshg’ariyning bu ishi turkiy tillar, jumladan, shevashunoslik tarixidatung’ichva yagona bo’lib, uni yakka holda tekshirish usuli bilan qilingan ish deb
aytishimiz mumkin. Demak, yakka holda shevalarni o’rganish tirixi Mahmud Qoshg’ariy
nomi bilan chambarchas bog’lanadi.Lahjalar va shevalarni yakka holda o’rganishni istagan har bir shaxs o’ziniqiziqtirgan shevani tekshirish asosini tanlab olishi mumkin.Shevashunos tekshiriladiganjoyga borib, mahalliy sharoit va aholi bilan tanishadi hamda sheva ustida kuzatish
ishlari olib boradi.Shevalarni tekshiruvchilar o’zlarini qiziqtirgan sohalarga alohida
e`tibor beradilar va uning o’ziga xos xususiyatlarini yozib olishga kirishadilar. Ba`zan
savol- javob usulidan ham foydalanish qimmatli materiallar yig’ishga yordam beradi.
Ishning muddati tadqiqotchining oldiga qo’ygan maqsad va rejasi bilan belgilanadi.
Masalan, Mahmud Qoshg’ariy o’z ishi uchun 15 yilcha vaqt sarflagani ma`lum.M. Qoshg’ariydan so’ng o’zbek xalq shevalarining maxsus holda tekshirilganligianiq emas. Bu usul bilan material yig’ish XIX asrning XX yarmi va XX asrningboshlarida bir muncha rejali yo’lga quyildi. Shevalarni shu tariqa o’rganish 20 – 30 –yillarda, ayniqsa, keng miqyosga ega bo’ldi. Bu sohada G’ozi Olim Yunusov, Ulug’Tursunov, E. D. Polivanov, Sobirjon Ibrohimov, V. V. Reshetov, Abdurauf Fitrat,Shonazar Shoabdurahmonov-larning ajoyib tadqiqotlari bor.Shevalarni yakka holdao’rganishda respublikamizdagi ko’pgina oliy o’quv yurtlari va ilmiy- tadqiqotinstitutlarining ilmiy xodimlari faol ishtirok etmoqdalar.Shunday qilib o’zbek xalq shevalarini o’rganishda qo’llaniladigan usullarning engmuhimlari uch xil ekan, degan xulosaga kelish mumkin:
a) yakka holda o’rganish;
b)tajriba o’tkazish usuli;
v) savol-javob usuli.
Kuzatish joyini tanlash. U tadqiqotchining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari
bilan bog’liq bo’ladi. Agar shevashunos o’z oldiga tarixiy vazifalarni yoritib berishni
maqsad qilib qo’ygan bo’lsa, u vaqtda muayyan shevaning tarixiga oid materiallarni
to’plashi lozim. Shu bilan birga, mahalliy xalq ichidagi eng eski an`anaviy shevalarni
ham tasvirlab berishi kerak.An`anaviy shevalar o’zlarining joylashgan o’rinlariga qarab, bir-birlaridan tarixiy,hozirgi nuqtayi nazaridan apcha farq qiladi. Agar biz an`anaviy shevalarni o’rganmoqchibo’lar ekanmiz, birinchi navbatda ularning asosiy xususiyatlarini tashuvchi shevalar ustidaish olib boramiz. Shuningdek, xalqning ilg’or guruhi – yoshlar va qishloq, faollarning ham nutqi ustida ish olib borishi lozim bo’ladi. Bunday kuzatishlar lahjalardagi
xususiyatlarning saqlanganligi, ilg’or aholi nutqida yangi so’zlarning paydo bo’lishi vaaksincha, ba`zi bir so’zlarning yo’qolib borishini ko’rsatib beradi.Biroq shevani tasvirlash o’z oldiga boshqa vazifalarni ham qo’yadi,ya`niShevalarning tarixiy va kelib chiqish tomoniga e`tibor bermay, hozirgi zamon shaharva qishloq shevalarining xususiyatlarini o’rganishni ham o’z oldiga maqsad qilibkuyadi. hozirgi zamon shevalarini tekshirganda, kariyalar va yoshlar, xotin-kizlar,erkaklar va turli kasb egalari bo’lgan kishilarning nutqlari ustida tadqiqot ishlari olib
boriladi. Bir guruh aholining o’zida turli uslublar va lahja turlari bo’lishi mumkin. Ularning turmushdagi erkin suhbatlari, majlislardagi nutqlari, xalq og’zaki ijodimateriallarining tili turlicha bo’ladi. Bunday hollarda ularning har biriga xos bo’lganmuhim til xususiyatlari ham alohida hisobga olinadi.Shevalarni o’rganishning asosiy yo’llaridan biri shu shevada so’zlashuvchilarningnutqlari ustida ko’zatish ishlari olib borish va ularni yozib borishdan iborat.
Shevashunosning ishi juda og’ir va mas`uliyatlidir. Undan ko’p harakat qilish,ehtiyotlik bilan ish ko’rish talab qilinadi. U o’ziga ishonch tug’dirishdan tashqari, xalqbilan do’stona munosabatda va mustahkam aloqada bo’lishi lozim. Qishloq faollari orqalikeng mahalliy xalq bilan aloqani bog’lanadi. Biroq bu aloqa hali etarliemas.Shevashunos mahalliy xalq bilan aloqani kuchaytirish uchun qishloqningijtimoiy va ishlab chiqarish hayotidan uzilib qolmasligi lozim.Tadqiqotchining qishloqdagi ishi. tadqiqotchi qishloqqa kelgach, ko’p yozishgao’rinishi shart emas. Aksincha, u bir qapcha vaqt shu shevaning xususiyatlarini tinglashiva kuzatib borishi kerak. Ana shundan so’ng tasodifiy kishilarning nutqiga e`tiborqilmay,shu shevaga oid vakil shaxslarning nutqini o’rgana oladi. Boshlang’ich davrninguzoq va qisqaligi shevashunosning yoz oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalari bilanbelgilanadi.
Shevashunoslik materiallari to’plash uchun qishloqning tarixi, o’lkashunoslik, ishlab
chiqarish va turmushga oid mavzular bo’yicha suhbat qilinadi. Odatda, bir kishi suhbat
o’tkazadi, ikkinchi kishi yozib boradi. Materiallar ko’proq butun hayoti shu erda
o’tayotgan, ko’p vokealarni boshdan kechirgan kishilarning nutqidan yozib olinadi.
Chunki, ularning nutqi bo’zilmagan hamda ularda urganilayotgan shevaga xos xususiyatlar saqlangan bo’ladi.Shuningdek, yoshlar, maktab o’quvchilari, qishloq ziyolilari, jumladan, o’qituvchilarning nutq jarayonini ham ko’zatish va yozib olishmaqsadga muvofiqdir.Sheva vakillarining nutqini kamida 2 – 3 kun k o’zatib boish maqsadga muvofiqdir.Shundan so’nggina yozib olishga kirishiladi. Shevalarning xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallarni yozib olishda 2 – 4 kishidan iborat kichik guruhishtirok etadi. Ulardan bir-ikkitasi suhbatni boshqarib boradi, qolganlari suhbatmateriallarini tezlik bilan yozib olishga harakat qiladi.Shu yo’l bilan ko’plab materiallaryozib olinadi va bu ma`qul usul hisoblanadi.Materiallarni o’z vaqtida ishlamasdan, safardan so’ng bir necha kundan keyin ishga kirishiladigan bo’lsa, ba`zi materiallarni to’ldirish qiyin bo’ladi, ayrimlari esa uchib ketishi ham mumkin. Bunday vaqtda sheva xususiyatlarini yozib olishga ikkinchi marta borishga to’g’ri keladi.Sheva materiallari bir kishi tomonidan yozib olingan bo’lsa, uning o’zi tomonidanishlanadi va ilmiy yozuv bilan ta`minlanadi. Agar bunday materiallar jamoa tomonidanyozib olingan bo’lsa, uning ishlanish jarayoni jamoa tomonidan bajariladi4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi”Toshkent, “O’qituvchi” 1996 -yil.5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoarealtalqini”,Toshkent , “Fan” 2007- yil6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.7.Shermatov A “Lingvistik geografiya nima”,Toshkent, 1981- yilLingvistik geografiya til hodisalarining tarqalish o’rinlarini, ularda tarixiytaraqqiyot jarayonida yuz bergan o’zgartirishlarni o’rganish uChun xizmat qiladi.
Masalan, turkiy tillar geografiyasi haqida so’z ketganda, til egalarining tarix takozosi
bilan muayyan o’zgarishlarni o’z boshlaridan keChirishlari, turli joylardan ko’Chib
yurishlari va hozirgi vaqtda o’troqlashib qolish sabablarini o’rganish tushuniladi.
Jumladan, Turkiyadagi aholining qadimda Turkistonda, ya`ni Sirdaryo buylarida yashab,
so’ngra hozirgi zaminga ko’Chib kelganliklari va muqim hayot keChirishga o’tib
qolganliklari, skiflarning ham tarixan turkiy xalqlardan bo’lib, eramizgaCha bo’lgan
davrning oxirlari va eramizning boshlarida zaminimizdan, jumladan, Movarounnahrdan
ko’Chib borib, hozirgi joylarida – Vengriya, Bolgariya kabi Bolqon davlatlari yerlarida
o’troqlashib qolganliklari fikrimizning dalilidir.Lingvistik georafiya lahja vaShevalarni o’rganishda ham ahamiyatlidir. Chunkiularning tarixiy taraqqiyot yo’llarini belgilashda, fonetik, grammatik va leksikxususiyatlarni o’rganishda xalq tarixi va til tarixi bilan ularning tarqalgan joylari bilano’zviy bog’liq holda olib tekshiriladi. Masalan, o’zaro umumiy xususiyatga ega bo’lganToshkent, Parkent, Piskent, Qarnob kabiShevalarning yoki janubiy Xorazm,Shimoliy
Buxoro, Forish-Bog’don,Shimoliy o’zbekShevalari vakillari kabilarning turli joylarda
o’troqlashib qolish sabablari, ulardagi umumiy til xususiyatlari tarixi qabilalarni hisobga
olish va o’ziga xos tomonlarini asos qilib olib, ularning xaritalarini Chizib berish hamda
lingvistik atlasini yaratish muhimdir. Bunday ishlarning amalga oshirilishi ko’rgazmali
tavsifiy qurol vositasini o’taydi.Tillarning,jumladan, ularning quyi tarmoqlari hisoblangan lahja va shevalarninghozirgi vaqtdagi tarqalish holati turli belgilar bilan ko’rsatiladi. Ana shunday belgilarbilan til yoki lahjaning joylashgan o’rinlari ifodalab berilishiga umumiy lingvistik
geografiyada yunoncha «izoglassa» deb yuritiladi va bir xil, o’xshash, teng kabi
tomonlarni bildirishga xizmat qiladi. Bunda fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarnianiq ko’rsatish uchun har xil belgilar ishlatiladi.Qisqasi, lingvistik geografiya lahja va shevalarning tarixiy taraqqiyoti yo’llarinianiqroq belgilashga, ularda so’zlashuvchi xalqlarning hozirgi joylarda o’troqlashibqolish sabablarini, guruhlarga aloqadorligini, til taraqqiyoti va xalq tarixi bilan
aloqasini to’laroq aniqlashga, ular to’g’risida ishonchli ma`lumotlar berishga xizmat
qiladi.
Turkiy tillar geografiyasi ma`lumotlari M. Qoshg’ariy, A. Navoiy, G’ozi Olim
Yunusov, A. K. Borovkov, U. Tursunov, V. V. Reshetov, S. Ibrohimov,Sh.Shoabdurahmonov, B. Jo’rayev, A. Aliyev, X. G’ulomov, X. Doniyorov, A.Shermatov,A. Jo’rayev, M. Mirzayev, K. Nazarov singari zukko olimlarning nomlari bilanbog’langan. Ular o’zbek xalq shevalarini o’rganish, ularning o’ziga xos xususiyatlariniyozib olish, tahlil etish va ularni xaritalarga tushurib, shevalarimiz atlasini yuzagakelishiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

15-ma’ruza


O‘ZBEK SHEVALARINING TASNIFLANISHI

Reja:
1. Qadimgi turkiy va o‘zbek adabiy tili yodgorliklari tilining hozirgi o‘zbek shevalariga munosabati masalasi.


2. Qadimgi turkiy elat adabiy tilining (XI-XII asrlar) uyg‘urlar va o‘zbeklar asosini tashkil qilgan qorluq ittifoqdosh qabilasi lahjasi (tili) negizida shakllanishi. qoraxoniylar davridagi qadimgi turk adabiy tilining shakllanishida dastlabki yozuv yodnomalari.
3.“Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘otit turk” asarlarining yaratilishi. “Devonu lug‘otit turk” asarining o‘zbek tili tarixiy dialektologiyasini o‘rganishdagi ahamiyati. “Tafsir”, “Qissasi Rabg‘uziy”, “Xusrav va Shirin”, “Muhabbatnoma”, “O‘g‘uznoma” asarlarining shevalarga xos xususiyatlari.
4. Navoiy asarlarining tilida XV asrdagi umumxalq tili leksikasi.
5. Zarubin tasnifi
6. K.K. Yaduxin tasnifi
7. Y. D. Polivanov va A. K. Barovkov tasnifi
8. V. V. Reshetov tasnifi
9. G’. O. Yunusov va A. Jo‘rayev tasnifi

Ma’lumki, ajdodlarimiz dastlabki davrlarda guruh-guruh, urug‘-urug‘ bo‘lib yashaganlar. Bulardan qabilalar va qabila ittifoqlari, so‘ng esa xalq va millatlar paydo bo‘lgan. Har bir xalq yoki elatning o‘ziga xos tillari mavjud edi. SHevalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi urug‘ hamda qabilalarning, milliy tillarning yuzaga kelishi va taraqqiyoti esa qabilalar hamda qabila ittifoqlari va xalqlarning aniq tarixi bilan izohlanadi.


Turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilashda, o‘tmishdagi urug‘, qabila va qabila ittifoqi tillarini o‘rganishda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holni u o‘z asarida alohida ta’kidlab ko‘rsatgan: “Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor, men bulardan asosiysini yozdim, shaxobchalarni taxladim”
Keyinchalik esa qabilalarning bir-biri bilan aralashib, qo‘shilib ketishlari natijasida, ularning tillari ham aralashib, qorishib ketgan. Bunday birlashishlar qarindosh qabilalarning o‘zaro qo‘shiluvidan iborat bo‘ladi va qabila ittifoqlarining a’zolari uchun umumiy bo‘lgan tillari ham vujudga keladi. Qabilalar o‘zlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun birlashar edilar. Jamiyatning shundan so‘nggi taraqqiyot bosqichidan qabilalar va qabila ittifoqlari o‘zaro birlashish jarayonini o‘z boshidan kechira boshladilar. Shunga qarab, ularning tillari ham bir-birlariga yaqinlashib, qo‘shilib bordi. Natijada, o‘zbek xalqi va xalq tili kelib chiqdi.
Ana shu turkiy qabilalar va qabila ittifoqlaridan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlari va ularning tillari paydo bo‘lgan va rivojlanib, hozirgi holatga yetib kelgan. Shuning uchun, Urxun – Enasoy daryolari yoqasidan topilgan yozma yodgorliklar boshqa turkiy xalqlar tillari bilan bir qatorda, o‘zbek tilining ham eng qadimgi yozma manbalaridan deb qaraladi. Chunki ma’lum bir zaminda bir qancha qabila birlashmalari yuzaga keladi. Ana shu qabila ittifoqlarining birlashishi o‘z navbatida xalq va xalq tilining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Sinfiy jamiyatning shundan keyingi taraqqiyotida madaniy va savdo markazi sifatida shaharlarning ahamiyati osha boradi, xalqlarning shakllanishi davom etadi, feodal yerlari va feodal davlati paydo bo‘ladi.
IX-X asrlar davomida va undan keyin ham Markaziy Osiyoda turkiy tilda so‘zlashuvchi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar yashagan. Xususan, O‘zbekiston shaharlaridagi aholi qadimdan, asosan, turkiy tilda so‘zlashadi. Ular ko‘chmanchi turkiy hamda o‘troq eron tilida so‘zlashuvchi xalqlar (xususan, tojiklar) bilan doimiy aloqada bo‘lgan. IX-XI asrlarda o‘troq turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar asosida o‘zbek xalqi va tili shakllanadi.
O‘zbeklar xalq bo‘lib shakllanayotgan bir vaqtda turli xil turkiy va turkiy bo‘lmagan qabila ittifoqlari aralash holda yashar edi. Binobarin, o‘zbeklarning xalq bo‘lib shakllanishida hozirgi O‘zbekiston yerlaridagi turkiy xalqlardan tashqari, eron qavmlari ham turkiy xalqlar bilan bir xil iqtisodiy sharoitda hayot kechirgan, tashqi dushmanlarga qarshi birgalikda kurash olib borgan edilar. Ular o‘zbeklarning urf-odati, madaniyati va tilini qabul qilib, birgalikda yashay boshladilar. Boshqacha qilib aytganda, eroniy qavmlardan bo‘lgan so‘g‘diylarning o‘zbeklashuvi, mo‘g‘ullarni o‘zbeklarning tarkibiy qismiga aylanib ketishi, ulardagi etnografik birlik saqlanib qolmaganligi kabilarni aytish mumkin.
Turkiy tillar tasnifi. Yer sharida 30 dan ortiq turkiy tilli millatlar va elatlar mavjud bo‘lib, 70-yilning boshlarida ularning umumiy soni sobiq Ittifoqda 70 millionga yaqin hisoblanardi. Ayrim manbalarda esa turkiy tillarning miqdori 51 ta deb ko‘rsatiladi. Bunda qoraxoniy – uyg‘ur tili, xorazm – qarluq tili, mumluk-qipchoq tili, X-XI asrlardagi ug‘o‘z tili, Urxun-Enasoy yozuvlari tili, turklar tili, xuroson turkiy tili, chig‘atoy tili, uyg‘ur tili, sariq uyg‘ur tili, qadimgi uyg‘ur tili kabilar alohida turkiy tillar nomlari bilan beriladi. Bularni hozirgi vaqtda aholida turkiy xalqlar tillari deb ajratish o‘rinli bo‘lmasa kerak.
Masalan, uyg‘ur tilini qadimgi uyg‘ur tili va qoraxoniy – uyg‘ur tili deb ajratishga hech qanday hojat yo‘q. Buning ustiga «sariq uyg‘ur» deb ishlatilishi ortiqchadir. Bularning hammasi ham uyg‘ur tilining turli bosqichlaridagi ko‘rinishlaridir. «Chig‘atoy tili» deyish esa umuman ma’qul emas. Chunki bunday tilning o‘zi bo‘lmagan. Lingvistik adabiyotlarda «Chig‘atoy tili» atamasining paydo bo‘lishi Xerman Vamberining «Chig‘atoy tili dasrligi» (1867) chiqishidan boshlab rasmiy tusga kirib qoldi(chig‘atoy adabiyoti kabi). Bu atama N.I.Ilminskiy (1822-1891) va boshqa turkologlarda ham ishlatiladi. U Sulaymon Buxoriyning (1921-1882) lug‘atida ham qo‘llanilgan. Bu lug‘atda o‘zbek urug‘lari va shevalari 92 ta deb ko‘rsatib o‘tiladi. G‘ozi Olim Yunusovning “O‘zbek lahjalarining tasnifidan bar tajriba” (1935) tadqiqotida ham o‘zbek urug‘-qabilalari va ularning tillari 92 ta deb qayd etiladi. Xalqimiz tarkibi va har bir tarkibiy qismning tillari-shevalari haqidagi raqamlar 92 ta deb belgilanishi turli shajaralar va so‘nggi ayrim tafsilotlarda o‘z ifodasini topib kelmokda.
Turkiy xalqlardan 12 tasi (tatar, qozoq, qirg‘iz, boshqird, qoraqalpoq, qo‘miq, qrim-tatar, qorachoy, balqar, oltoy, no‘g‘ay, qaraim) 15 milliondan ko‘proq bo‘lib, ular qipchoq guruhi turkiy tillarni tashkil etadi. Turkiy tillardan 11 tasi (turk, ozarbayjon, turkman, afshar, qashqar, Eronning janubi-sharqidagi turkiy xalqlar, shaxsevon, gagauz, qaraparax, kadjor, krimchak) 37 milion kishini o‘z ichiga olgan bo‘lib, turkiy tillarning o‘g‘uz guruhiga kiradi. 55 millionli turklar (Turkiya) ham o‘g‘uz guruhiga taalluqlidir.
5 xalq (o‘zbek, uyg‘ur, salar, sariq uyg‘ur, xo‘tan) 15 milliondan ortiqdir. Bular turkiy tillarning qarluq guruhini o‘z ichiga oladi. Chuvashlar (1,7 million) bulg‘or guruhini va 8 xalq (yoqut, tuva, hakas, tog‘li oltoyliklar, sho‘r-shor, do‘lg‘an, ko‘k cho‘lutanlar, tofalar-karagas) Sibir guruhi (0,6 million) deb yuritiladi.
Bular 1980 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlardir (123,3 mln). Oradan 15 yilcha vaqt o‘tgach, turkiy xalqlar qariyb 200 million kishi deb hisoblanmokda. Aholining bunchalik tez ko‘payishining sababi, bir tomondan, aholining o‘sishi va ikkinchi tomondan, chet ellardagi turkiy xalqlar xaqidagi ma’lumotlarning aniqlanib borishi bilan bog‘liqdir. Masalan, 1979 yilda O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklar 13mln. ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib 19 milliondan oshdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududida 22 mln dan ko‘proq kishi yashaydi. Ma’lumki, turkiy xalqlarning yarmidan ortig‘i sobiq Ittifoq hududida hayot kechiradi. Ularning soni 100 millionga yaqindir. Turkiy xalqlarning 100 milliondan ko‘prog‘i chet mamlakatlarda yashaydi.
Demak, turkiy xalqlarning umumiy sonini 200 mln. va undan ham ko‘proq deb belgilashga to‘g‘ri keladi. Ularning 19 milliondan ko‘prog‘ini o‘zbeklar tashkil etadi. O‘zbeklarning o‘zlari singari tillarining tarixi ham qadimiydir. Ularning yozuvlari ko‘p asrlik tarixga ega. Bu tarixni kamida 2400-2500 yil deb belgilash mumkin.
Yozuvlarning eng qadimiysi so‘g‘d yozuvidir. U bir qancha ko‘rinishlarga ega bo‘lib, tarixan oromiy yozuvlari belgilari bilan bevosita aloqadordir. So‘g‘d yozuvining moniy va suryoniy turlari turkiy xalqlarda keng ishlatilib kelinganligi tarixdan ma’lumdir. Ular eramizgacha bo‘lgan V-IV asrlarga borib taqaladi. Xorazm yozuvi va dulbarjin yozuvlarining ahamiyati ham kattadir. Bularni shartli ravishda yozuvlarni qo‘llashdagi birinchi davr deyish mumkin. Ikkinchi davr arab va uyg‘ur yozuvlari bilan bog‘lanib ketadi. Nihoyat, lotin yozuvi va amaldagi kirill yozuvidan foydalanishni uchinchi davr deb yuritish o‘rinlidir. Bular shartlidir, albatta.
Turkiy tillarni o‘rganish sohasida Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ulug‘ Tursunov, Mamed og‘a SHeraliyev, Smit og‘a Kenesboyev, Ayyub G‘ulomov, A.N.Kononov, Solih Mutallibov, Olim Usmonov, N.A.Baskakov, Dilora Tumasheva, Farhod Zaynalov, Muhammad Isayev, G‘ani Abdurahmonov, Alibek Rustamov, Hamid Ne’matov, Bozor O‘rinboyev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Ergash Fozilov va boshqa ko‘pgina tilshunos olimlarning o‘zlariga yarasha xizmatlari bor. Ularning ayrimlari mavjud turkologiya manbalariga asoslangan holda o‘z tasniflarini ham taqdim etmoqdalar. Bu jihatdan ozarbayjonlik professor Farhod Zaynalovning xizmati alohida ko‘zga tashlanib turadi.
Turkiy tillarni quyidagicha tasniflarga ajratish mumkin: Mahmud Koshg‘ariy tasnifi; N.A.Baskakov tasnifi; Farhod Zaynalov tasnifi; Muhammad Isayev tasnifi; Olim Usmon tasnifi; Ulug‘ Tursunov tasnifi; G‘ani Abdurahmonov tasnifi; Hamid Ne’matov tasnifi.
Muhammad Koshg‘ariy tasnifi. Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy yashagan XI asrda turkiy qabilalar va qabilalar ittifoqi o‘zaro birlashib, xalqni shakllantira boshlagan davr edi. Olimning to‘liq ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn Muhammadil Koshg‘ariydir. U til, madaniyat, tarix va adabiyot kabi turli sohalarga oid ko‘plab qimmatli ilmiy asarlar yaratgan buyuk olim edi. Uning («Turkiy tillarning nahv qoidalari») va «Devonu lug‘otit turk» («Turkiy tillarning lug‘atlari qomusi») asarlari mavjud. Afsuski, mazkur ilmiy asarlarning birinchisi avlodlarimizga yetib kelmagan. 1960 yilning boshiga kelib Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari arab alifbosi va arab tilining bilimdoni Solih Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Tajriba jarayonida olimning «XI asr yozma yodgorliklarida fe’l kategoriyasi» (1955), «Leksika va morfologiya tarixidan qisqacha ocherk» (1959) kabi bir qancha ilmiy asarlari yuzaga keldi.
«Devonu lug‘otit turk» ning ilmiy qimmati beqiyosdir. Chunki, «Devon» ni yaratish uchun muallif uzoq yillar davomida turkiy xalqlar yashaydigan shaharlar va qishloqlarni kezib chiqdi, materiallar to‘pladi va ularni chuqur qiyosiy tahlil qildi. «Men bu ishlarni, - deb yozadi Mahmud Koshg‘ariy, - til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim…» (44-bet)
Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillar va lahjalarini yigirmata qabilaga mansub deb ko‘rsatib, ulardan har birining son-sanoqsiz urug‘lari borligini qayd etadi. Demak, yigirmata qabila va ko‘plab urug‘larning tillari ham saqlanib qolgan. «Devon» da ana shu yigirmata til birma-bir sanab o‘tiladi: bәjәnәk, qipchoq, o‘g‘uz, yәmek, bashg‘irt, basmiil, qay, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘ma igraq, yaruq, yumul (ba’zan chumul va jumul shakllarida ham uchraydi), uyg‘ur, tungut, xitoy, tabgach (64 bet).
Yana kitobning turli sahifalarida yuqoridagi yigirmata turkiy tillar va lahjalar hisobiga kiritilmagan boshqa qabilalar tillari ham tilga olinadi: pramut (157-bet), bulg‘or (68-91-betlar), bulak (360-bet), kanjak (66-bet), suvorlar (67-68-betlar), qarluq (86-43-betlar), argu (488-bet), turk (484-bet) kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ayrim hollarda turkiy qabilalarning yashaydigan joylarini ham aniq ko‘rsatadi. Masalan, chigillarning Barsag‘an quyisidagi Quyas shaharchasida, Tiroz yaqinidagi shaharchada va Koshg‘ardagi bir qancha qishloqlarda yashashlarini ko‘rsatib o‘tgan. (374-bet).
«Devon»da o‘g‘uz qabilasi turklarning bir qabilasi deb ta’kidlanadi. So‘ngra, shu o‘g‘uz qabilasining tarkibida 22 ta urug‘ borligi aytiladi, ularning nomlari va mollariga qo‘yilgan tamg‘alar birma-bir sanab o‘tiladi (89-91-betlar).
Birinchi turkolog, xususan lug‘atshunos, etnograf va xalq og‘zaki ijodchisi, tarixchi va jug‘rofiya bilimdoni Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asari bilan turkologiyaga asos soldi. U birinchi bo‘lib turkiy tillarning qoidalarini yaratadi. Bu asar turkiy tillarning qiyosiy grammatikasini o‘rganishda yagona manba bo‘lishi bilan diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» nomli ko‘p qirrali asarida turkiy tillarning dastlabki tasnifini bergan. U turkiy tillar va lahjalarini tasnif qilganda, ikki ilm-fan qoidalariga asoslanib ish ko‘rgan: 1) qabilalar va qabila ittifoqlari tillarining sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra: 2) qabilalar va qabila ittifoqlari tillaridagi fonetik va morfologik farqlarga ko‘ra.
Mahmud Koshg‘ariy tillarning sofligi tushunchasi deganda, turkiy bo‘lmagan tillarning ta’sir darajasini tushunadi, shunga ko‘ra, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganadi: a) sof turkiy til: b) aralash turkiy qabila tillari.
Sof turkiy tilda fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan yag‘mo, tuxsi va itl (Volga), yamar (Irtish) daryolari bo‘ylaridan boshlab, uyg‘ur shaharlarigacha bo‘lgan zaminlarda yashovchi qabilalar va «Xoqoniy turkchasi» tilini kiritadi. Bundan tashqari, qirg‘iz, o‘g‘uz, chigil, iroq, jaruq, bulg‘or, suvor, pecheneg qabilarining tilida ham turkiy bo‘lmagan tillarning ta’siri sezilmaydi (DLT, 1,66-bet).
Aralashgan turkiy qabila tillarini Mahmud Koshg‘ariy o‘z navbatida ikki guruhga bo‘ladi:
Bu guruhga so‘g‘d tili ta’sirida sugdak, kanjak, argu qabilalarining tilini kiritadi. Bundan tashqari, Bolosog‘un, Tiroz, Madinatulbayzo shaharlari aholisi tili kiritiladi.
Ikki tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari: xo‘tanliklar, tibetliklar (tubut) va tangutlar tillari bu guruhga kiritiladi (DLT, 1,165-bet). Ular turkiy tilni yaxshi tushunadilar. Lekin erkin gaplasha olmaydilar. Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillarning boshqa tillar ta’siri darajasiga ko‘ra tasnifi asoslari hozir ham shevalar tasniflarida qo‘llaniladi.
U turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning jug‘rofiy tarqalish asoslarini ham ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik asoslarni hisobga olib, turkiy tillarni ikki guruhga bo‘ladi:
Chigil, yag‘mo, tuxsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab, yuqori Chingacha (Mochin-Chingacha) bo‘lgan qabilalar tillari.
O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, yamaq, suvor va rusdan Vizantiyagacha (Rimgacha) joylashgan qabilalar tillari.
Shartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy tillar deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turkiy qabilalar tillari orasida bir qator fonetik hamda morfologik farqlar mavjud. Bu shaklda tasnif qilish 1969 yilda tilshunos olim Hamid Ne’matov tomonidan tavsiya etilgan edi. Shundan so‘nggi nashrlarda uning mulohazalari asos qilib olindi.
Fonetik jihatdan sharqiy turklar tilida so‘z boshida jarangsiz t tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida d tovushi keladi; tag-dag, tuya-duya kabi. Sharqiy turklar tilida i tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida j tovushi bilan i tovushi juft qo‘llaniladi: yinju-jinju, yyelkin-jelkin kabi.
Sharqiy turklar tilida lab-tish v tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida lab-lab v (w) tovushi keladi: tovar-towar kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, sharqiy guruh tillari uchun tor unlilar (bardim, sen, tevay), g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar xosdir (bardim, san, tavay). Maxmud Koshg‘ariyning ta’kidlashicha, ayrim sharqiy turklar tilida so‘z oxirida y tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tarkibiga kiruvchi arg‘ular tilida n keladi: qoy-qon, yig‘ay-yig‘an (DLT, 1, 67).
Morfologik jihatdan sharqiy va g‘arbiy turklar tilidagi quyidagi farqlar ko‘rsatiladi:
Zamon, makon va qurol nomi sharqiy guruh tillarida – g‘u,-gu,-qu,-ku qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruh tillarida –asi, - әsi qo‘shimchasi bilan yasaladi: bargu-barasi, kelgu-kelәsi (DLT, 1,69:11,71).
Shaxs oti sharqiy turklar tillarida, -g‘uchi, -guchi, -kuchi, -kuchi qo‘shimchasi bilan yasalsa, g‘arbiy guruhlarda –dachi, -dәgi, -tachi, -tәchi, qo‘shimchasi bilan yasaladi: barg‘uchi –bardachi, turguchi-turdәchi kabi (DLT,II, 56-58).
Sharqiy tillardagi –gan, -gәn, -kan, -kәn sifatdosh shakliga g‘arbiy guruhlarda –(y) an, -(y) әn shakli muvofiq keladi: bargan-baran kabi (DLT,II, 57-58).
Sharqiy guruh tillarida o‘tgan zamon –di va shaxs –son ko‘rsatkichlari bilan yasalsa, g‘arbiy guruhdagi turli shaxslarda sifatdoshning –dYk, -duk shakli bilan aralash tarzda keladi: mәn yay qurdum – bәn yay qurduq.
Shunday qilib, axmud Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy tillar va lahjalar tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bu esa mashhur turkologning turkiy tillarning asosiy xususiyat larini, ular orasidagi o‘xshashlik va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarining uchala kitobida ham lug‘atshunoslik asosiy o‘rinni egallaydi.
«Devon» da tillar va lahjalarga oid so‘zlar aniq aytilib, ba’zan ularning qaysi manbaga taalluqliligi ham ko‘rsatib o‘tiladi. Demak, ona tilimizning hozirgi holati uchun uni takror-takror o‘rganish foydalidir. Ayniqsa, til tarixi, shevashunoslik, etimologik va umuman filologik lug‘at tarzi uchun mazkur asarning qimmati g‘oyat kattadir.
Asarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati ham bundan kam emas. Hatto, olimning birgina f, x undoshlariga doir mulohazalari, fe’lning o‘zagi to‘g‘risidagi aniq fikri, XI asrda tilda faol ishlatiladigan lug‘at qatlami haqida aytganlari, umuman, tilni uning xususiyatlariga qarab, uchga bo‘lib o‘rganishga doir tavsiyalarining o‘zi ham buni ochiq-oydin isbotlab turibdi. Biz o‘z navbatida bu durdonani o‘rganish, mutolaa qilish orqali quyidagicha guruhlarga bo‘lib, tasnif etib ko‘rishga harakat qildik: qarluq-chigil-uyg‘ur guruhi, qipchoq guruhi, o‘g‘uz guruhi.
1. Qarluq –chigil-uyg‘ur guruhiga kiruvchi tillar va lahjalar: chigil (chigil/jigil), yag‘mo, ig‘roq, jaruq/yaruq, to‘xsi(turklarning bir toifasi), tungut, uyg‘ur, qarluq, arg‘u, aramut, tavg‘ach, barxan, tubut, qashg‘ar, barsag‘on, turk, ko‘chat, tat, sug‘dak, uch ayg‘ir.
Namunalar: ezgish/ekzish, xalach, urzulanib, yuksәk tag‘in og‘laq, chatar, uyg‘ur tanin yufg‘a alib yumg‘in satar. – Tog‘ tepasiga joylashib, har vaqt echki bolasini ko‘ziga birlashtiradi, ya’ni u cho‘pon bo‘lgani holda uyg‘urlarga bosqinchilik qiladi. Ulardan bir narsalar olib sotadi (II,340-341).
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida Chin, ya’ni Xitoy uch qismdan iborat ekanligi qayd etilgan: Yuqori Chin, O‘rta Chin va Quyi chin. Barxan Quyi Chin ma’nosida kelib, o‘sha yerda yashayotgan kishilar ma’nosini ham bildiradi.
O‘zbek shevalarini tasnif qilish tomoyillari.O‘zbek asosan 20-30 yillardan boshlabilmiy asosda o‘rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo‘laboshladi.Inqilobgacha bo‘lgan davrda V Nalivkin, M Nalivkina, A Starchevskiy, AVishnegorskiy, Z Alekseyev, N Ostroumov, T G’iyosbekovlar jonli til faktlari asosida o‘zbek tili lug’ati,qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritgan ishlarni amalgaoshirganlar.Ularni sof dialektologik ishlar deb ham , adabiy til faktlari deb ham qarashqiyin, inqilobdan keyingi yillarda o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘ladigan sheva vadialektlarni aniqlash , milliy tilning imkoniyatlarini belgilash shiori bilan o‘zbek shevalarikeng miqyosda o‘rganila boshlandi.Shu jarayonda o‘zbek shevalari tasnif qilindi.
O‘zbek shevalarini tasnif qilishda bir necha tomoyillardan foydalaniladi. Ular
quyidagilar:
- o‘zbek (turkiy) tilga xos bo‘lgan unli va undosh tovushlarning mavjudligiyoki amalda bo‘lishi;
-ma’lum fonetik qonuniyatlarga amal qilishi jumladan singormanizm vaumlaut.
- tarixiy qatlamga oid leksik birliklarning miqdori, o‘zlashgan qatlamso‘zlarining ishtirogi.
- o‘zbek shevalariga qarindosh va qarindosh bo‘lmagan til va shevalarningta’siri.
- shevaning asosiyxususiyatlarini belgilovchi xarakterga ega bo‘lgan tovush vafonemaning tarqalish darajasi.
- so‘zga affikslarning qo‘shilish xususiyatlari, so‘zning fonetik strukturasi vaboshqalar.

O‘zbek shevalarini tasnif qilishda bir qator olimlar qatnashgan.O‘zbek shevalarini I.I.Zarubin ham, tasnif qilishga harakat qilgan va uning Xiva, Farg’ona, Toshkent va Samarqand-Buxoro kabi to‘rt guruhga bo‘linishini ta’kidlaydi, lekin ularga xos bo‘lganasosiy tamoyillarni bayon qilmaydi va hatto “j” lovchi va shimoliy o‘zbek shevalari uninge’tiboridan chetda qoladi.


O‘zbek shevalarini dastlab professor K.K.Yudaxin tasnif qilishga Musharraf bo‘ladi.U o‘zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singormonizmni saqlash darajasiga ko‘ra tasnif qilib,4 guruhini belgilaydi:



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish