1. Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot


x’–x dan ko‘ra sayozrok, frikativ (sirg‘aluvchi) tovush. q



Download 0,59 Mb.
bet8/18
Sana26.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#705767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Dialektologiya#039;ruza-1.2022

x’–x dan ko‘ra sayozrok, frikativ (sirg‘aluvchi) tovush.
qx chuqur til orqa, affrikat (qorishiq) tovush: k va x fonemalarini kam farq qiladigan shevalarda uchraydi.
h – bo‘g‘iz tovushi nemis tilidagi ch undoshi kabi talaffuz etiladi.
Diakritik belgilar va boshqa ifodalar. . - bir nuqta, : - ikki nuqta va :: - bir necha ikki nuqta belgidan keyin quyilib, unlining uzunligini ifodalaydi.
’– lenisg‘ ning yoniga quyilib (g‘’), talaffuzda portlashni ifodalaydi.
٬–asper, g ning yoniga qo‘yilib (g٬), spirantizatsiyani, ya’nishu tovushning sirg‘aluvchi ekanligini ifodalaydi.
َ' – akut, belgining o‘ng tomoniga qo‘yilib (l' )palatalizatsiya (yumshalish-ni) ko‘rsatadi.
X belgisi – konvergensiya (birlashish) hodisasini ko‘rsatish uchun tovushlar va formalar orasiga qo‘yiladi.
>belgisi – o‘tish hodisasini ko‘rsatadi. cach>chәch; c>ch; dep>dәp; e>ә
< belgisi – o‘zgarish hodisasini ko‘rsatadi. ilә// belgisi – tovushlarning almashinishi va ikki faktning parallel qo‘llanilishini ko‘rsatadi. –dәy//-dek
( ) qavs – shart bo‘lmagan, tushib qoladigan elementni ko‘rsatadi (gosh (t) tөr (t).
[ ] o‘rta qavs- umumiy matndan transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
~ kursiv – turli darajadagi kuchsizlanish va reduksiyani ko‘rsatadi. bilәk, tilәk, pыshыq, shira.
/ – bir shevadagi formalarning variantlarini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. -di/ -ti, -dы/ -tы.

Adabiyotlar:


1.Baskakov N.A. O proekte edinoy foneticheskoy transkripsii dlya tyurkskix yazkov. M.,1959.
2. Reshetov V.V. K voprosu o transkripsii (primenitel’no k osobennostyam uzbekskix narodnыx govorov). Uchenыe zapiski Tash GPI im. Nizami, vo‘p. 1. Tashkent 1947.
Takrorlash uchun savollar:

1. Transkripsiya deb nimaga ataladi?


2. Transliteratsiya deb nimaga ataladi?
3. Old qator unlilarni ifodalashda qaysi belgilar qo‘llanadi?
4. Orqa qator unlilarni ifodalashda qaysi belgilardan foydalaniladi?
5. Undoshlarni farqlashda qaysi harflar olinadi?
6. Diakritik belgilar deb nimaga aytiladi?

5-ma’ruza


O’ZBEK SHEVALARINING FONETIK XUSUSIYATLARI
O‘zbek xalq shevalarining vokalizmi

Reja:


  1. Adabiy til bilan shevalar o‘rtasitagi fonetik munosabatlar.

  2. O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi.

  3. O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish – lablanmaslik hodisasi.

  4. Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’,’, i) unli fonemalari.

  5. Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү, unlilari.

  6. Yuqori o‘rta ko‘tarilish lablanmagan ye,e va º, unli fonemalari.

  7. Lablangan o vaѳ unli fonemalari.

  8. Quyi ko‘tarilish unli fonemalar (ә va º , a va ).



Shevalararo unli fonemalarning son jihatidan munosabatlari. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamoa joylashgan hududga nazar tashlab, shevalar bo‘yicha fonemalarning munosabatini son jihatdan qarasak, bir qancha shevalarning yagona bir markazga – adabiy til talaffuz normalariga asos bo‘ladigan markazga qarab yo‘nalishini ko‘ramiz. Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan Toshkent shu yo‘nalishlarning asosiy punktidir. Chunonchi: 1. Toshkent-Andijon, 2. Toshkent-Buxoro, 3.Toshkent-Urganch (Xorazm), 4. Toshkent – Turkiston. Yagona markazdan uzoqlashgan sari birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda (oxirgisi Qozog‘iston hududida joylashgan) unli fonemalar soni ko‘paya boradi. Ikkinchi yo‘nalishda esa o‘zbek shahar shevalariga xos bo‘lgan unli fonemalarning tipik tarkibi asosan saqlanadi. Ammo unli fonemalarning sifat jihatdan tavsifi birmuncha boshqacharoq tus oladi. Bu yo‘nalishlarning bo‘linishi shartli deb tushunish lozimdir, chunki ko‘rsatilgan to‘rtta yo‘nalishning har biri, o‘z navbatida, bir qator cheklanishlarga ega, bu dialektologiya kursida alohida tekshriladi.
Adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi fonetik munosabatlar. Adabiy tilning shakllanishida bevosita ishtirok qilgan ba’zi o‘zbek shevalarining unlilari o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega. Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari hamda shahar shevalarining talaffuz va leksik-grammatik xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgan qishloq shevalari adabiy tilning shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida vujudga kelgan eng progressiv xususiyatlarni o‘zida aks ettirganligi sababli shahar shevalari yetakchi shevalar hisoblanadi. Aksincha, j-lovchi shevalar konservativ xarakterga ega bo‘lib, bu shevalar vokalizmida qipchoq lahjasining traditsion xususiyatlari qat’iy ravishda saqlangan. Bu ikki qutb shevalar (y-lovchi va j-lovchi shevalar) orasida fonetik va morfologik xususiyatlari jihatdan adabiy til va jonli shevalarning o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga kelgan ko‘pgina murakkab hodisalarni o‘zida mujassamlashtirgan shevalar ham bor ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgandek, o‘zbek xalq shevalari tovush tarkibi va fonetik xususiyatlariga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi. Bulardan biri j-lovchi shevalar bo‘lib, bular o‘zbek adabiy tilida so‘z boshida keladigan y o‘rniga dj fonemasini ishlatadi. M: yol o‘rniga djol, yɔmɔn o‘rniga djaman, yoq o‘rniga djoq.
J-lovchi shevalar o‘zbek adabiy tilidan boshqa fonetik xususiyatlari bilan ham farq qiladi. M: orfografik o o‘rnida til orqa a tovushi ishlatiladi.
M: ad. -orf. ota (ɔtә) j-lovchi (ata) ad. -orf. bola (bɔlә) j-lovchi (bala). Faqat ba’zi j-lovchi shevalargagina o-lash xususiyatiga ega. Bunday shevalar qatoriga Samarqand viloyatidagi qozoq-nayman shevasi, Toshkent viloyatidagi qurama shevalarining ba’zilari va boshqa shevalar kiradi. Shuningdek j-lovchi shevalar singarmonizmli bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
J-lovchi shevalarda o‘zbek adabiy tili normalaridan chetga chiqish hollari ko‘plab uchraydi. Qozoq tiliga yaqin bo‘lgan dj o‘rniga j ishlatiladigan shevalar ham j-lovchi shevalar qatoriga kiradi.
O‘zbek shevalarining ikkinchi guruhini o-lovchi va a-lovchi guruhchalarga bo‘linuvchi y-lovchi shevalar tashkil etadi. A-lovchi shevalar singarmonizmlidir. Y-lovchi guruhning a-lovchi shevalarida (Shimoliy o‘zbek, Turkiston, Iqon, Qorabuloq, Mankent va Xorazm shevalari) qadimgi turkiy cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida ishlatiladi.
O‘zbek xalq shevalarida unli fonemalarning soni. O‘zbek xalq shevalari o‘z tarkibi jihatidan murakkabdir. O‘zbek tili dialektlari kompleksi tarkibiga qorluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq va o‘g‘uz lahjalari kiradi. Bu lahjalarning har biri, o‘z navbatida, vokalizmi jihatidan, fonetik noo‘xshashliklarga ega bo‘lgan shevalarga bo‘linadi.
Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda 9-10 ta unli fonema bor. O‘g‘uz lahjasidagi shevalar esa tovush jihatdan ancha murakkab, chunki ularda ba’zi unli fonemalar sifat jihatidangina emas, balki mikdor jihatdan ham keskin farq qiladi. Bu lahjadagi shevalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bularda ma’no farqlovchi, ya’ni ma’lum semantik funksiyaga ega bo‘lgan va mustaqil fonema hisoblanadigan alohida cho‘ziq unli tovushlar mavjud. O‘g‘uz lahjasidagi shevalarning vokalizmi sistemasi mutloq cho‘ziq va mutloq qisqa fonemalardan tashkil topgan bo‘lib, bu fonemalarning soni ba’zi shevalarda 18 taga qadar boradi.
O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarda unli fonemalar soni 6-7 tadan oshmaydi. Toshkent va Samarqand shevalarining vokalizm sistemasi 6 fonemalik bo‘lib, bu fonemalarning ba’zilari sifat jihatdan farq qiladi.
Toshkent til shevalarida – ’, ye, ә, ɔ, ο, u
Samarqand til shevalarida – ’, ye, a, o, ɔ,u
Bu vokalizm (Samarqand shevalariga xos xususiyatlar saqlangan holda) Buxoro va Qarshi shevalariga ham ta’lluqlidir. Xuddi shunday xususiyatni Leninobod (Eski Xo‘jand) va Chust shevalarida ham ko‘rish mumkin.
Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida sifat jihatdan farq qiladigan ammo miqdor jihatdan farqlanmaydigan 7 fonema (’, u, ye, o, ә, a, ɔ) mavjud. Bu shevalarning unlilari sistemasida Toshkent va Samarqand unlilari sistemasidan farq qiladigan orqa qator quyi ko‘tarilish a unli fonemasi saqlangan. Shunday qilib, bu shevalarda Toshkent shevasidagi ә, ɔ Samar qand, Buxoro, Qarshi, Xo‘jand, Chust shevalaridagi a, ɔ va adabiy tildagi a va o kabi ikki unli fonema o‘rniga uch keng unli fonema a, ә, ɔ borligini ko‘ramiz. Bu shevalarda a fonemasi quyi ko‘tarilishdagi unli fonemalar o‘rtasida oraliq fonema holatini saqlab qolgan. Ammo bu uch fonemaning so‘zlardagi tarqalishi Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida bir xil emas.
Hudud jihatdan Marg‘ilonga yaqin bo‘lgan Vodil qishlog‘ining shevasi, shuningdek, Jizzax shevasi va Toshkent viloyatining atrof shevalari Toshkent shahar shevasining unlilari sistemasiga o‘xshaydi.
Andijon, Shahrixon shevalarida Farg‘ona vodiysining bir qator qishloq shevalarida (mas., Saroy), Turkiston shevasi, o‘zbek tilining qoraqalpoq dialekti, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining j-lovchi o‘zbek shevalarida, shu jumladan, Toshkent viloyat Ohangaron vodiysining qurama shevalari vokalizmi tarkibida 9,10 ta fonema mavjud.

Bu unli fonemalar tubandagilar:





Tilning ko‘tarilishi o‘rniga ko‘ra

Til oldi (oldingi qator).

Til orqa
(orqa qator)

lab ishtirokiga ko‘ra

lablanmagan

lablangan

lablanmagan

lablangan

tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra (tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra)

yuqori ko‘tarilish (tor)

и (yoki ъ)



ү



ы(yoki ь)

u

o‘rta ko‘tarilish (yarim tor)

е
э є

ө




о

quyi ko‘tarilish (keng)

ә




а

ɔ




Ko‘rinadiki, sxemadagi 12 katakchadan faqat ikkitasi bo‘sh qolgan, bular o‘rta ko‘tarilish, lablanmagan orqa qator va quyi ko‘tarilish, lablangan oldingi qator unlilar katakchasidir. Xaqiqatdan ham, o‘rta ko‘tarilish, til orqa lablanmagan va quyi ko‘tarilish, til oldi lablangan unlilar mustaqil fonema sifatida bizga ma’lum bo‘lgan o‘zbek shevalarida yo‘q.
O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish-lablanmaslik hodisasi. Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida, shuningdek, o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning lablanish holati asta-sekin kamayib, aksincha, tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra yuqori ko‘tarilish unlilarining o‘rta ko‘tarilish unlilariga va nihoyat, keng unli fonemalarga o‘tishi asta-sekin kuchayib bormoqda.
Yuqori ko‘tarilish unlilari i va u (’ va ү) ni asosiy farqi ularning lablanishi yoki lablanmasligidadir. Tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra bu ikki fonema ’, ү va adabiy tildagi i, u o‘zining kombinator variantlariga ega, bu kombinator variantlar adabiy talaffuzda ham o‘z aksini topgan. Masalan: qirq, qiz, qish kabi so‘zlardagi adabiy orfoepik i tovushi til orqa ь (qrq, qz, qsh) kabi talaffuz qilinadi. Aksincha, kul, gul, kuya, kuchuk kabi so‘zlar talaffuzida ad. -orf. u tovushi oldingi qator ү kabi talaffuz qilinadi (kүl, gүl, kүyә, kүchүk) va bu i, u unlilarining pozitsiyasiga ko‘ra til oldi va til orqa bo‘lib turishi aniq seziladi.
O‘rta ko‘tarilish unlilari ye, o dan faqat o//ad.-orf. o‘ unlisidagina ko‘rinadi. Sol., qol, kөl.
Quyi ko‘tarilish unlilarida lablanish yoki lablanmaslikka nisbatan tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra farqlanish ustun. Shu sababli o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham, Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida ham ɔ fonemasining lablanishi fakul’tativ xarakterdadir.
Farg‘ona shevalarining ba’zilari (xususan, Marg‘ilon va unga yondosh shevalar) vokalizmidagi farq yuqorida ko‘rsatilganidek quyi ko‘tarilish unlilarida uchraydi. (Marg‘ilon ә, a, ɔ//Toshk ә, ɔ//ad. -orf. a, o). Marg‘ilon shevasida uchraydigan a, ɔ keng unlilari alohida fonema bo‘lib, bir-biridan labning ishtiroki bilan farqlanadi.
9, 10 ta unli fonemaga ega bo‘lgan o‘zbek shevalarida umumnorma sifatida labning ishtiroki va tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra ajralish prinsipining qoldig‘i ma’lum darajada saqlangan ye-o va ө-o (yuqori- o‘rta ko‘tarilish); i-i, i-ү, ү-u (yuqori ko‘tarilish) va ә-a, a- ɔ (quyi ko‘tarilish) kabi juft unlilarni qiyos qiling.
O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi. Ba’zan o‘zbek shevalarida unlilar cho‘ziq-qisqaligiga ko‘ra ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. M: Iqon, Qorabuloq hamda janubiy Xorazm shevalarida cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida saqlangan.
Qorabuloq shevasi vokalizmi:
tor i/ ү i/u
yarim tor ye/ ө o
yarim keng ә a
hamda a:, o:, i: kabi mustaqil cho‘ziq unlilardan iborat. Misollar: a:t (a:d) – ot (ism), at-ot (hayvon); a:ch (a:sh) a:j – och (qornim och), ach-och (eshikni och); o:t (o:d) - o‘t (olov), ot – o‘t (o‘simlik) va boshqalar.
O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali (ikkilamchi) unlilar. O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali so‘z ma’nolarini farqlamaydigan unlilar ham mavjud. Yondosh undoshning tushishi natijasida (shәhәr >shә:әr>shә::r kabi) vujudga keladigan ikkinchi darajali cho‘ziq unlilar o‘zbek shevalarida ko‘plab uchraydi. Bular: Nam. sɔtәmәn bu sandu: n’ (Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik). Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik) o‘zbek shevalarining har birida turlicha ko‘rinishiga ega bo‘lib, fonetik fonematik bo‘lmagan hodisadir.
Namangan shevasida uchraydigan ultra cho‘ziqlik tovushlarning tushishi bilan ham, tovushlar kompleksini tushib qolishi bilan ham bog‘liq emas, bunda unlilarning uzunligi alohida jumla ohangdorligi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Mas., Mәm b’lmә: :mәn// ad. -orf. men bilmayman. Namanganliklar nutqida hozirgi-kelasi zamon fe’lining talaffuzidagi intonatsiya ko‘tarilib borib oxirgi bo‘g‘inda esa birdan pasayib ketadi. Bu intonatsion harakatni grafik usulda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: kөpә :: d’, k’rә :: d’, kelә :: d’.
Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’, i, ь) unli fonemalari.
i fonemasi. Odatdagi turkiy i – til oldi, lablanmagan, qoraqalpoq tilidagi i ga o‘xshash va qozoq tilidagi i ga yaqin unli tovush. Bu fonema turli shevalarda turli tovushlar bilan almashinadi.
i tovushi j-lovchi o‘zbek shevalarida, xuddi qoraqalpoq tilidagi kabi yuqori-o‘rta ko‘tarilish lablanmagan unli tomon rivojlangan. Shuning uchun bu unli akustik jihatdan ochiq i kabi eshitiladi va yopiq ye ga yaqinlashadi, ko‘pincha, urg‘usiz bo‘g‘inlarda ye lashadi.
O‘zbek shevalarida i/ye(e), ’//ye unlilarining almashinishi (o‘tishi) so‘z boshida, shuningdek, qo‘shma so‘z va grammatik formalarda esa so‘z o‘rtasi va oxirida sporadik holatda uchraydi.
Misollar: jl. isәp ~ xisәp~ hesәp//yl. Toshk. x’sɔp// ad.-orf. hisob.
Qorabuloq nichә// nechә// ad.-orf. necha: jl. edi//idi (djebedim– bobi dim); Nam. beros// ad.-orf. bir oz; um’t//umet// ad.-orf. umid.
i fonemasi y va sh tovushlari bilan yondosh kelganda, dj ta’sirida, oldingi qatorlik holatini saqlaydi: piyәlә//djigәr//mәshinә//ad.-orf. piyola, jigar, mashina.
Burun tovushlari m, n, ng lab tovushi b va til orqa k, g tovushlari bilan yondosh kelgan i tovushi tilning orqaroq tortilishi bilan talaffuz qilinadi. Shunday qilib, bu tovush i>i unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushga o‘tadi va eshitilishi jihatdan til orqa i tovushiga yaqin, ammo rus tilidagi i ga o‘xshamaydigan bir tovushga aylanadi: olti, ming.
’ fonemasi shahar shevalari va o‘zbek adabiy tilida oraliq (indifferent) tovush bo‘lib, i va i ning birikishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan. Qiyos qiling: yl. Toshkent. k’r//ad.-orf. kir va q’r// ad.-orf. kir: j-lovchi va singarmonistik shevalarda kir va qir.
i tovushi e va a ga o‘tadi. i>ә va i>a o‘tishi xuddi ’ >ә kabi faqat so‘z o‘zak-negizlarida emas, balki affiks va yuklamalarda ham uchraydi. tog‘r’// tuvra- to‘g‘ri; pataha- fotiha; nararax-nariroq. Bolama- bo‘ladimi? jl. nesexetti qilip; ad.-orf.yangi//yl. yeng’// Toshk. yyeng’// jl. djanga (djanga raq). Hozirgi – kelasi zamon sifatdoshi affikslarida ad.-orf. beradigan// jl. berәtig‘an: qiyos qiling: Marg‘. berәdәgɔn.
i>ә ga o‘tishi so‘z birikmalarida ham uchraydi: ad.orf. o‘n ikki// onәki, erta bilan// yl. yertә m’nәn// djl. ertәmәnәn.
Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү unlilari. u fonemasi orqa qator, qisqa unli tovushdir. Barcha singarmonizmli o‘zbek shevalarida uchraydigan u fonemasi boshqa turkiy tillardagi til oldi u unlisiga o‘xshaydi.
Bu ikki fonema singarmonizmli shevalarga bir-biridan sifat jihat dan farq qiladi, so‘z ma’nolarini farqlaydi. үch// ad.-orf. uch (son), uch// ad.-orf. uch (uchmoq fe’lining o‘zagi).
J-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda u, ү fonemalari so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi: үstә-usta, djүgan-yugan, yүgүrүp- yugurib.
Ko‘rsatish olmoshlarida u va ү unlilarining yuqori o‘rta ko‘tarilish unlilariga o‘tishi ayrim j-lovchi shevalarda va qisman qurama shevalarida aniq ko‘rinadi: ad.-orf. shu// jl. sho
u>o holati, uyg‘ur tilidagi kabi, Namangan, Qorabuloq, Toshkent va boshqa shevalarda uy, kuy (ohang) so‘zlarida ham uchraydi. Toshkent koy (yәxsh’ koyәkәn yәnә b’r chәl’ng)// ad.-orf. kuy (yaxshi kuy ekan, yana bir chaling).
ɔ u, ү fonemalari ba’zan ikkinchi darajali cho‘ziqlikka ega bo‘lishi mumkin: qq. suvurip//su:urip (sug‘urib), ɔchuvlanip//ɔchu:lanip, turuvdiq turu:dik. ad.-orf. sug‘urib, achchig‘lanib, turgan edik. su:bet, mu:tedj bolub (muhtoj bo‘lib) x ning tushishi hisobiga cho‘zilayapti.
u>i ga o‘tishi mumkin: jl: bul//bil (ish), manda (bunda) maymil (maymun), mәlim (ma’lum).
Yuqori-o‘rta ko‘tarilish unli fonemalar. O‘zbek xalq shevalarida mavjud bo‘lgan lablanmagan ye, e, є va lablangan o, ө unlilari kiradi. ye, e, є, ө unlilari old qator, o unlisi esa orqa qatordir.
ye fonemasi. Bu fonema yopiq unli tovush bo‘lib, y-lovchi shahar shevalari, shuningdek, o‘zbek adabiy tilida uchraydi.
ye fonemasi sifat jihatdan o‘zbek shevalari vokalizmidagi eng turg‘un fonemadir. Bu fonema (spontan holatda) nisbiy cho‘ziqlikka ega bo‘ladi va urg‘usiz bo‘g‘inlarda, ikki jarangsiz undosh o‘rtasida kelganda , ko‘pincha, reduksiyaga uchramaydi.
Artikulyatsion-akustik jihatdan bu unli rus tilidagi undosh tovush lardan keyin kelgan (Mas., deti so‘zidagi) ye unlisiga yaqinlashadi. Misollar: Toshk., Marg‘., Nam. yek’n, yerkәk, kengәydє; Qorabuloq.yesidin kedip, yendi goshni apchiq// ad.-orf. ekin, erkak, kengaydi, hushidan ketib, endi go‘shtni olib chiq.
Yed’, yemas to‘liqsiz fe’llarida ye unlisi tushib qolishi mumkin. Toshk., Nam., kelgәn-mәs, mәngә tushkәn-mәs( chushkәn-mәs).
e fonemasi. Bu fonema j-lovchi (singarmonizmli) shevalarga xos bo‘lib, shahar tipidagi shevalarda sporadik ravishdagina uchraydi. Sifat jihatdan є fonemasidan far qiladigan yuqori-o‘rta ko‘tarilish e tipidagi bu normal tovush og‘izning yopilish darajasi jihatdan taxminan qoraqalpoq, qozoq, no‘g‘oy, qumuq tillaridagi tipik qipchoq e tovushiga to‘g‘ri keladi. Bu tovush sifat jihatdan rus tilidagi o‘ziga o‘xshash tovushga qiyos qilinsa, deti so‘zidagi ye unlisiga nisbatan bir qadar ochiq, lekin delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan birmuncha yopiq ekanligi ko‘rinadi. Boshqacha aytganda, ruscha delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan o‘zbek tilidagi e unlisi tilning birmuncha yuqori ko‘tarilishi bilan talaffuz etiladi; bu fonema tez talaffuzda ruscha eti so‘zidagi e unlisiga yaqinlashadi, ba’zan esa o‘xshab ham ketadi. Misollar: jl. qur. men ming tebә ketemәn, kelәy, nechchә, nechә djilg‘a ketgәn, kechә g‘aytqan // ad.-orf. kecha qaytgan.
e unlisining diftonglashishi. Anlaut holatdagi e unlisining diftonglashishi j-lovchi shevalararo har xil ko‘rinishga ega. Boshlang‘ich element (forshlag)ning kuchiga qarab diftonglashish ham har xil bo‘ladi. Masalan, ba’zi j-lovchi qurama shevalarida diftonglashish hodisasi maksimal darajada bo‘lsa ham, boshqa j-lovchi shevalarda esa birmuncha kamroq ko‘rinadi.
J-lovchi shevalarda yuqori-o‘rta ko‘tarilishdagi lablanmagan e unlisi tubandagi ko‘rinishlarga ega:
ye yoki ie – maksimal darajada diftonglashish, ie sporadik holatda uchraydigan kamayib boruvchi diftonglashish (diftonglashishning bu turi forshlagning kuchi va sifatiga bog‘liq). Misollar: jl. qur. ieki, iegibdja tir, ieshshәyigә, yekki, yelliv, yertә.
e unlisining i unlisiga o‘tishi. Ad.-orf. e j-lovchi shevalarda ko‘pincha i unlisiga o‘tadi va o‘zidan keyingi undoshni yumshatadi: ad.-orf. egni> jl. qur. iyni, iynigә. Sol., qirg‘. iyin: iyinden toonu alib tashlaganday.
ye tovushi rivojida i yoki ә tovushlari uning oxirgi chegarasidir. ye>ә holati ekan, emas yordamchi fe’llarda ko‘proq uchraydi. bar ekәndә jdog‘ ekәn, shuyәmәs.
J-lovchi va y-lovchi shevalarda fakultativ-sporadik ravishda, e unlisining lablanish holati ham bor. Mas., jl. bөdәnә-bedana, turub-өde turib edi; qiyos qiling: Toshk., Nam. bottә< bettә, do:d’m(cho‘ziq o: bilan) nuchu: (cho‘ziq u: bilan) < nuchuk-nechik.
Bo‘g‘iz h yoki til o‘rta y tovushlarining tushib qolishi natijasida ravishda cho‘ziq e: tovushi paydo bo‘ladi: jl. me:nәtkәsh, me:ribәn// ad.-orf. mehnatkash, mehribon.
y tovushining tushib qolishi natijasida cho‘ziq i:Lablangan o va ө unli fonemalari
o fonemasi. Bu tovush til orqa, odatdagi turkiy o dir. toqquz yarim postun, toyde, soqim//ad.orf. so‘qim, qiyos qiling: ad.-orf. bo‘rdoqi.
ө fonemasi. Bu tovush til oldi, odatdagi turkiy ө dir. sөz, sөylәding, kөl.
J-lovchi shevalarda uchraydigan bu fonemalar anlaut holatda qozoq va qoraqalpoq tillaridagi o, ө fonemalari xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bu fonemalar ham e fonemasi kabi so‘z boshida diftonglashadi uo va үө : uon, үөrdәk, uorta ɔvil qishlag‘i, uorin, uoraq // ad.- orf. o‘rdak, o‘rin, o‘roq; үө diftongiga misollar: үөrdәk// үөrdүk, үөlәn//ad.-orf. o‘rdak, o‘lan.
Quyi ko‘tarilish unli fonemalar.
J-lovchi va y-lovchi o‘zbek shevalaridagi tubandagi unlilar kiradi.
a) old qator ə va є
b) orqa qator a va ɔ
ɔ unlisi j-lovchi va y-lovchi shevalarning barchasida ham uchrayvermaydi. J-lovchi shevalardan qozoq-nayman va qurama shevalarining ba’zilarida ɔ unlisi mustaqil fonema sifatida, boshqa j-lovchi shevalarda esa a fonemasining varianti sifatida uchraydi. Bu fonema singarmonizmli y-lovchi shevalarda, masalan, Qorabuloq, Iqon va boshqa a-lovchi guruh shevalarda yo‘q.
ɔ fonemasi sifat jihatdan shevalararo har xildir. ә, є, a, ɔ fonemalari so‘zlarda ham bir xil tarqalgan emas. Masalan, a unlisi Marg‘ilon shevalariga nisbatan Namangan shevalarida ko‘proq qo‘llaniladi. Marg‘ilon shevalarida bu fonemaning kam ishlatilishiga sabab faqat chuqur til orqa undoshlar bilan yonma-yon kelishidir. Aksincha, a unlisi Marg‘ilon shevalarida Namangan shevalariga nisbatan ko‘proq uchraydi, chunki Namangan shevasida ә unlisiga ega bo‘lgan so‘zlar ko‘pincha є tovushi bilan talaffuz etiladi. ɔ va ә unlilarining tarqalishi Namangan va Marg‘ilon shevalariga nisbatan Toshkent shevalarida ko‘proqdir.
Til oldi ə unlisi. ә fonemasi ochiq, lablanmagan tovush bo‘lib, u ma’lum fonematik holatlarda kombinator ravishda a unlisidan paydo bo‘lgan va e fonemasining maksimal keng variantidir. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida uchraydi, ammo sifat jihatdan bu fonema shevalararo bir xil emas. Qiyos qiling: Nam., Marg‘., Toshk. ә, Qorabuloq-Iqon. є, Sam., Bux., Xo‘jand a (oxirgi a ruscha dal so‘zidagi a tovushiga yaqin).
Yl. Toshk., Nam., Marg‘. mәmlәkәt, sәbz’ Xor. gәsh’r, dәrrov, Qorabu loq.shәrgә barip; jl. mәyәk, әzәmәt, pәtir.
Ko‘pgina shevalarda so‘z boshida va birinchi bo‘g‘inlarida ә unlisi ad.orf. o unlisi o‘rnida qo‘llanadi. jl. әbriyli, dәri, әdәt. ә>ye nersә, jl ming tөbәdә ishlәydi.
Jl-lovchi shevalarda ad.-orf. olmoq fe’lining o‘zagidagi o tovushi ә yoki ɔ tovushi bilan talaffuz qilinadi: ә bilan: әpkep alip kelip, әbberәdi alip berәdi // ad.-orf. olib kelib, olib beradi.
є//e//ә almashinishi hamma shevalarda so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi: jl. nersә, yєnәReduksiyalanish natijasida ә fonemasi ye ga ham o‘tadi. Namangan, yelang‘ach// (yalang‘och), yyeng’ (yangi).
Orqa qator a unli fonemasi. a fonemasi lablanmagan, sof til orqa, odatdagi turkiy a. Deyarli barcha o‘zbek shevalarida bu unli normal fonema hisoblanadi. Biroq Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda a>ɔ yoki a>ә holati keng tarqalganligidan a fonemasi juda kam uchraydi.
ch, dj, y, h undoshlari ta’sirida a fonemasi yumshalishi mumkin a>ә, masalan: ch, dj, h, y undoshlari bilan yondosh kelganda: chәch, chәy, chәchmәk // ad.-orf. soch, choy, sochmoq; djәy, djәsh, djәrag‘//ad.-orf. joy, yosh, yarog‘; bәhә, әhvәl //ad.-orf. baho, ahvol; biydәy, tәyyar// ad.-orf. bug‘doy, tayyor.
y tovushining ta’sirida a>ɔ o‘rniga a>ә vujudga kelishini ad.-orf. ayt so‘zining shevalararo talaffuzida ham ko‘rish mumkin. Qorabuloq va ba’zi bir Toshkent shevalarida ayt so‘zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan.Bu so‘z qisqarib yet formasiga kelib qolgan: ayt >әyt >yet.
Qorabuloq shevasida uchala forma ham ayt//әyt//yet mavjud. Bu xususiyat Toshkent va Qorabuloq shevalarini ayt so‘zida ay o‘zagini saqlagan j-lovchi va ba’zi Farg‘ona shevalaridan farqlaydi.
Ikki bo‘g‘inli yasama fe’llarda a>ә (ya’ni ikkala a unlisining ham ә tovushiga o‘tishi uchraydi. Toshk.ɔz <әz, lekin әzg’nә//ad.-orf. ozgina.
a unlisi yana tubandagi xususiyatlarga ega:
1. a>i. xiyal (xayol), chiyan (chayon).
2. a unlisining lablanishi, ya’ni a>o: tovaq, Toshk.sɔvɔl ad.-orf. tovoq, savol.
3. Yonma-yon kelgan undosh tovushning tushib qolishi hisobiga a: unlisi cho‘ziladi. yl. q’shla:l’g‘adam// ad.-orf. qishloqlik odam.
Til orqa ɔ fonemasi. ɔ fonemasi o‘zining artikulyatsion xususiyat lariga ko‘ra til orqa a va juda keng ɔ unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushdir.
Bu tovush mustaqil fonema sifatida a-lovchi shevalardan tashqari, o‘zbek shevalarining barchasida uchraydi. A-lovchi shevalarda ɔ tovushi faqat ayrim so‘zlardagina a fonemasining varianti sifatida uchraydi.
O-lashish hodisasining pozitsion sabablarini Toshkent shevasi materiali juda aniq yoritib beradi, j-lovchi va y-lovchi sheva materiallari esa, bu hodisaning sabablarini aniqlashda yordam beradi.
O-lashish ikki xil yo‘sinda yuzaga keladi:
Lab-lab v tovushi ishtirok etgan so‘zlarda: mas; jl. qur. kelәyatir> kelvatir>kelәvɔtir>kelәɔtir. Farg‘ona sәvz’>sovz’, brɔvd’k’>brovd’k’. Keyingi so‘zlarda a unlisi kuchli lablanib, ochiq o kabi talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: Toshkentda bɔrsәm’z>bɔrsәviz>bɔrsɔuzә yoki bɔrәm’z>bɔrɔ viz> bɔrɔuz >bɔrɔuzә.
Chuqur til orqa (q, g‘, x) tovushlari bilan yondosh kelganda, masalan, Toshkent tәrә>tәrɔq, q’shlә>q’shlɔq, sәnә>sәnɔq: jl. qilg‘ɔn, djog‘alg‘ɔn, qɔtin, qulɔq.
Bu tovushni artikulyatsion jihatdan o‘zlashtirish juda sekinlik bilan bo‘lgan. U yoki bu pozitsion holatlardan qat’iy nazar, bu tovush avval bir bo‘g‘inli so‘zlarda, keyinchalik ikki bo‘g‘inli so‘zlarda yuzaga kelgan. J-lovchi shevalarda o-lashish hodisasi faqat o‘zbek adabiy tili normalaridangina farqlanmay (mas., jl. sɔri, ɔriq // ad.orf. sariq, ariq), balki yondosh y-lovchi shevalardagi o-lashish hodisasidan farq qiladi. (mas., qozoq-nayman, djɔman, djɔqin, bɔla//Samarq. yamɔn, yaqin, bala). Bu hol o‘zbek shevalarida o-lashning har xil yo‘llar bilan vujudga kelganligini ko‘rsatadi.


Toshkent dialekti unlilar tizimi

Til oldi




Indifferent

Til orqa

Tor



(ы) u

u

Yarim tor

ye

ө

o

Keng

ә




ɔ


Farg‘ona dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Inifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarim tor ye ө




o

Keng ә







Namangan dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarimtor ye ө




o

Keng ә








Andijon dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarimtor ye ө




o

Keng ә







Qipchoq lahjasidagi unlilar tizimi

Labning ishtirokiga ko‘ra

Lablan

magan

Lablan

gan

Tilning to‘g‘ri yo‘nalishiga ko‘ra

Til oldi

Til orqa

Til oldi

Til orqa

Tilning tik harakatiga ko‘ra













Tor

i

ы

ү

u

O‘rta keng

e




ө

o

Keng

ә

a








Ohangdoshlik. Ohangdoshlik hodisasi turkiy tillarda qadimdan mavjud bo‘lib, u tovushlardagi uyg‘unlikni, o‘zaro ohangdoshlikni ta’minlaydi. Odatda, ohangdoshlik haqida gap ketganda, ko‘pincha, unlilardagi til oldilik va til orqalik, hamda lablanganlik va lablanmaganlik to‘g‘risida gapiriladi. Vaholangki, ohangdoshlik hodisasi bu bilan tugamaydi. Lablaganlik, ya’ni lab uyg‘unligi faqat unli tovushlarga xos hodisa. Ammo tanglay uyg‘unligi qonuniyatiga binoan, tovushlardagi til oldilik va til orqalik xususiyati hisobga olinadi. Bunday ajralish nafaqat unlilarda, balki tilmiz tarixiga nazar tashlasak, balki undosh tovushlarda ham mavjud bo‘lgan. Qiyoslang: qag‘anga-hoqonga, alim – olim, qarz, og‘izg‘aru-o‘g‘uzga, soqum-so‘qim, kuchug-kuchni, kozum-ko‘zim kabi.
Ohangdoshlikdagi uchinchi jarayon – bu undosh tovushlardagi jaranglilik va jarangsizlik hodisasi sanaladi. Bu jarayon ham turkiy tillar tarixining qadimgi davridan boshlab amal qilingan.
Ohangloshlik eski turkiy til davrida ham mavjud bo‘lib, turkiy tillar tarixida bu jarayon haqida dastlab M.Koshg‘ariy fikr bildirgan. Olim turkiy tillarning o‘zak xarakteriga qarab qo‘shimchalarning qattiq, yumshoqlikda farqlanganligini ta’kidlaydi.
A. M. Shcherbak eski o‘zbek tili davrida birinchi tip, ya’ni tanglay uyg‘unligining saqlangan va buzilgan hollari bor, ikkinchi tip, ya’ni lab uyg‘unligida esa buzilish holati mavjud deb ko‘rsatadi. Filologiya fanlari doktori, A. Rustamov esa XV asr o‘zbek adabiy tilida singarmonizmning har uchala qonuni, ya’ni unlilardagi tanglay uyg‘unligi hamda undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi bor degan xulosani bildiradi: atasi(rabg‘)-otasi, oturmaz(XIII)-o‘tirmas, qatla (MN)- qatla, sүlүk(Attuh fatuz)- үzlүklүk, yүzүndin(MN)-yuzingdin, tүshti(XIII)-tushdi, ulug‘lug‘ (XIII)-ulug‘lik, kөңүl(MN)- ko‘ngil kabi.
Qipchoq lahjasida ham til tarixidagi ohangdolikning har uch holati amal qiladi. Xususan, tanglay uyg‘unligiga binoan o‘zak va qo‘shimchadagi til oldilik va til orqalik holati nutqdagi qulaylik bois saqlanib qolgan: tish + tiң-tishning; qol + diң- qo‘lning, әkәsi, үkәsi, tag‘asi, ag‘asi, sindi, tindi, kәldi, kөrdi, bөldi, kөzүm, qolum(qolim, kөzim), sөzүm(sөzim), tөzүm, ulum(ulim) kabi.
Qipchoq lahjasida ayrim holatda lab ohangdoshligi buzilishi mumkin. Biroq tanglay uyg‘unligi, ya’ni til oldilik va til orqalik nutqda to‘liq saqlanadi.
Undosh tovushlardagi jaranglilik, jarangsizlik hodisasiga ham qipchoq lahjasida amal qilinadi: ish+ tәn-ishdan, үsh+tә-uchta, qish+tan-qishdan, qish + ta-qishda, kepti-kelibdi, ketti-ketdi, oqish +ta –o‘qishda, qal +di-qoldi, bar+di-bordi, bol + di-bo‘ldi, bөl +di-bo‘ldi, kөr +di-ko‘rdi, sөz+ ge, k өz+ gә e, kel +di kabi.
Odatda, ohangdoshlik hodisasi nutqda qulaylikni ta’minlash, talaffuzda bir meyorni yuzaga keltirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga talaffuzdagi o‘sha meyor nutqda ma’lum biir musiqa, ohangni shakllantirishni yuzaga keltirishga yordam beradi.
O‘zbek adabiy tilida ohangdoshlik qonuniyati aksariyat amal qiladi: Labial uyg‘unlik buzilgani bilan undoshlardagi jaranglilik, jarangsizlik va tanglay uyg‘unligi nutq ravonligi, uning musiqaviyligini ta’minlashga xizmat qiladi

Adabiyotlar:


1.. Данияров Х. Опыт изучения джекающих диалектов в сравнении с узбекским литературным языком. Т.:“Фан”. 1975.
2. Дониёров Х.. Эски ўзбек адабий тили ва қипчоқ диалектлари. Тошкент, 1976.
3. Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1978.
4. Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1977.
5. Тўйчибоев Б. Ўзбек тилининг тараққиёти босқичлари. Т.: “ Ўқитувчи”. 1996.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan?

  2. Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega?

  3. O‘g‘uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko‘rsatib bering.

  4. O‘zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega?

  5. Umlaut qanday xususiyatlarga ega?

  6. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz?

6-ma’ruza


SHEVALAR FONETIKASI
O‘zbek xalq shevalarining fonetik qununlari

Reja:


  1. Adabiy til bilan shevalar o‘rtasitagi fonetik munosabatlar.

  2. O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi.

  3. O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish – lablanmaslik hodisasi.

  4. Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’,’, i) unli fonemalari.

  5. Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү, unlilari.

  6. Yuqori o‘rta ko‘tarilish lablanmagan ye,e va º, unli fonemalari.

  7. Lablangan o vaѳ unli fonemalari.

  8. Quyi ko‘tarilish unli fonemalar (ә va º , a va ว).



Tayanch so’zlar: Singarmonizm va uning turlari. Kontrast juft unlilar. Singarmonizmdan chekinish. Umlaut. Unlilarning cho'ziqligi. Jaranglilik va jarangsizlik. "Tovush tengligi" qonuni.
Shevalararo unli fonemalarning son jihatidan munosabatlari. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamoa joylashgan hududga nazar tashlab, shevalar bo‘yicha fonemalarning munosabatini son jihatdan qarasak, bir qancha shevalarning yagona bir markazga – adabiy til talaffuz normalariga asos bo‘ladigan markazga qarab yo‘nalishini ko‘ramiz. Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan Toshkent shu yo‘nalishlarning asosiy punktidir. Chunonchi: 1. Toshkent-Andijon, 2. Toshkent-Buxoro, 3.Toshkent-Urganch (Xorazm), 4. Toshkent – Turkiston. Yagona markazdan uzoqlashgan sari birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda (oxirgisi Qozog‘iston hududida joylashgan) unli fonemalar soni ko‘paya boradi. Ikkinchi yo‘nalishda esa o‘zbek shahar shevalariga xos bo‘lgan unli fonemalarning tipik tarkibi asosan saqlanadi. Ammo unli fonemalarning sifat jihatdan tavsifi birmuncha boshqacharoq tus oladi. Bu yo‘nalishlarning bo‘linishi shartli deb tushunish lozimdir, chunki ko‘rsatilgan to‘rtta yo‘nalishning har biri, o‘z navbatida, bir qator cheklanishlarga ega, bu dialektologiya kursida alohida tekshriladi.
Adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi fonetik munosabatlar. Adabiy tilning shakllanishida bevosita ishtirok qilgan ba’zi o‘zbek shevalarining unlilari o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega. Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari hamda shahar shevalarining talaffuz va leksik-grammatik xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgan qishloq shevalari adabiy tilning shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida vujudga kelgan eng progressiv xususiyatlarni o‘zida aks ettirganligi sababli shahar shevalari yetakchi shevalar hisoblanadi. Aksincha, j-lovchi shevalar konservativ xarakterga ega bo‘lib, bu shevalar vokalizmida qipchoq lahjasining traditsion xususiyatlari qat’iy ravishda saqlangan. Bu ikki qutb shevalar (y-lovchi va j-lovchi shevalar) orasida fonetik va morfologik xususiyatlari jihatdan adabiy til va jonli shevalarning o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga kelgan ko‘pgina murakkab hodisalarni o‘zida mujassamlashtirgan shevalar ham bor ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgandek, o‘zbek xalq shevalari tovush tarkibi va fonetik xususiyatlariga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi. Bulardan biri j-lovchi shevalar bo‘lib, bular o‘zbek adabiy tilida so‘z boshida keladigan y o‘rniga dj fonemasini ishlatadi. M: yol o‘rniga djol, yɔmɔn o‘rniga djaman, yoq o‘rniga djoq.
J-lovchi shevalar o‘zbek adabiy tilidan boshqa fonetik xususiyatlari bilan ham farq qiladi. M: orfografik o o‘rnida til orqa a tovushi ishlatiladi.
M: ad. -orf. ota (ɔtә) j-lovchi (ata) ad. -orf. bola (bɔlә) j-lovchi (bala). Faqat ba’zi j-lovchi shevalargagina o-lash xususiyatiga ega. Bunday shevalar qatoriga Samarqand viloyatidagi qozoq-nayman shevasi, Toshkent viloyatidagi qurama shevalarining ba’zilari va boshqa shevalar kiradi. Shuningdek j-lovchi shevalar singarmonizmli bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
J-lovchi shevalarda o‘zbek adabiy tili normalaridan chetga chiqish hollari ko‘plab uchraydi. Qozoq tiliga yaqin bo‘lgan dj o‘rniga j ishlatiladigan shevalar ham j-lovchi shevalar qatoriga kiradi.
O‘zbek shevalarining ikkinchi guruhini o-lovchi va a-lovchi guruhchalarga bo‘linuvchi y-lovchi shevalar tashkil etadi. A-lovchi shevalar singarmonizmlidir. Y-lovchi guruhning a-lovchi shevalarida (Shimoliy o‘zbek, Turkiston, Iqon, Qorabuloq, Mankent va Xorazm shevalari) qadimgi turkiy cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida ishlatiladi.
O‘zbek xalq shevalarida unli fonemalarning soni. O‘zbek xalq shevalari o‘z tarkibi jihatidan murakkabdir. O‘zbek tili dialektlari kompleksi tarkibiga qorluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq va o‘g‘uz lahjalari kiradi. Bu lahjalarning har biri, o‘z navbatida, vokalizmi jihatidan, fonetik noo‘xshashliklarga ega bo‘lgan shevalarga bo‘linadi.
Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda 9-10 ta unli fonema bor. O‘g‘uz lahjasidagi shevalar esa tovush jihatdan ancha murakkab, chunki ularda ba’zi unli fonemalar sifat jihatidangina emas, balki mikdor jihatdan ham keskin farq qiladi. Bu lahjadagi shevalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bularda ma’no farqlovchi, ya’ni ma’lum semantik funksiyaga ega bo‘lgan va mustaqil fonema hisoblanadigan alohida cho‘ziq unli tovushlar mavjud. O‘g‘uz lahjasidagi shevalarning vokalizmi sistemasi mutloq cho‘ziq va mutloq qisqa fonemalardan tashkil topgan bo‘lib, bu fonemalarning soni ba’zi shevalarda 18 taga qadar boradi.
O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarda unli fonemalar soni 6-7 tadan oshmaydi. Toshkent va Samarqand shevalarining vokalizm sistemasi 6 fonemalik bo‘lib, bu fonemalarning ba’zilari sifat jihatdan farq qiladi.
Toshkent til shevalarida – ’, ye, ә, ɔ, ο, u
Samarqand til shevalarida – ’, ye, a, o, ɔ,u
Bu vokalizm (Samarqand shevalariga xos xususiyatlar saqlangan holda) Buxoro va Qarshi shevalariga ham ta’lluqlidir. Xuddi shunday xususiyatni Leninobod (Eski Xo‘jand) va Chust shevalarida ham ko‘rish mumkin.
Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida sifat jihatdan farq qiladigan ammo miqdor jihatdan farqlanmaydigan 7 fonema (’, u, ye, o, ә, a, ɔ) mavjud. Bu shevalarning unlilari sistemasida Toshkent va Samarqand unlilari sistemasidan farq qiladigan orqa qator quyi ko‘tarilish a unli fonemasi saqlangan. Shunday qilib, bu shevalarda Toshkent shevasidagi ә, ɔ Samar qand, Buxoro, Qarshi, Xo‘jand, Chust shevalaridagi a, ɔ va adabiy tildagi a va o kabi ikki unli fonema o‘rniga uch keng unli fonema a, ә, ɔ borligini ko‘ramiz. Bu shevalarda a fonemasi quyi ko‘tarilishdagi unli fonemalar o‘rtasida oraliq fonema holatini saqlab qolgan. Ammo bu uch fonemaning so‘zlardagi tarqalishi Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida bir xil emas.
Hudud jihatdan Marg‘ilonga yaqin bo‘lgan Vodil qishlog‘ining shevasi, shuningdek, Jizzax shevasi va Toshkent viloyatining atrof shevalari Toshkent shahar shevasining unlilari sistemasiga o‘xshaydi.
Andijon, Shahrixon shevalarida Farg‘ona vodiysining bir qator qishloq shevalarida (mas., Saroy), Turkiston shevasi, o‘zbek tilining qoraqalpoq dialekti, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining j-lovchi o‘zbek shevalarida, shu jumladan, Toshkent viloyat Ohangaron vodiysining qurama shevalari vokalizmi tarkibida 9,10 ta fonema mavjud.


Bu unli fonemalar tubandagilar:

Tilning ko‘tarilishi o‘rniga ko‘ra

Til oldi (oldingi qator).

Til orqa
(orqa qator)

lab ishtirokiga ko‘ra

lablan magan

lablan gan

lablanmagan

lablan gan

tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra (tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra)

yuqori ko‘tarilish (tor)

и (ёки ъ)



ү



ы(ёки ь)

у

o‘rta ko‘tarilish (yarim tor)

е
э є

ө




о

quyi ko‘tarilish (keng)

Ә




а

ɔ




Ko‘rinadiki, sxemadagi 12 katakchadan faqat ikkitasi bo‘sh qolgan, bular o‘rta ko‘tarilish, lablanmagan orqa qator va quyi ko‘tarilish, lablangan oldingi qator unlilar katakchasidir. Xaqiqatdan ham, o‘rta ko‘tarilish, til orqa lablanmagan va quyi ko‘tarilish, til oldi lablangan unlilar mustaqil fonema sifatida bizga ma’lum bo‘lgan o‘zbek shevalarida yo‘q.
O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish-lablanmaslik hodisasi. Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida, shuningdek, o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning lablanish holati asta-sekin kamayib, aksincha, tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra yuqori ko‘tarilish unlilarining o‘rta ko‘tarilish unlilariga va nihoyat, keng unli fonemalarga o‘tishi asta-sekin kuchayib bormoqda.
Yuqori ko‘tarilish unlilari i va u (’ va ү) ni asosiy farqi ularning lablanishi yoki lablanmasligidadir. Tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra bu ikki fonema ’, ү va adabiy tildagi i, u o‘zining kombinator variantlariga ega, bu kombinator variantlar adabiy talaffuzda ham o‘z aksini topgan. Masalan: qirq, qiz, qish kabi so‘zlardagi adabiy orfoepik i tovushi til orqa ь (qrq, qz, qsh) kabi talaffuz qilinadi. Aksincha, kul, gul, kuya, kuchuk kabi so‘zlar talaffuzida ad. -orf. u tovushi oldingi qator ү kabi talaffuz qilinadi (kүl, gүl, kүyә, kүchүk) va bu i, u unlilarining pozitsiyasiga ko‘ra til oldi va til orqa bo‘lib turishi aniq seziladi.
O‘rta ko‘tarilish unlilari ye, o dan faqat o//ad.-orf. o‘ unlisidagina ko‘rinadi. Sol., qol, kөl.
Quyi ko‘tarilish unlilarida lablanish yoki lablanmaslikka nisbatan tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra farqlanish ustun. Shu sababli o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham, Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida ham ɔ fonemasining lablanishi fakul’tativ xarakterdadir.
Farg‘ona shevalarining ba’zilari (xususan, Marg‘ilon va unga yondosh shevalar) vokalizmidagi farq yuqorida ko‘rsatilganidek quyi ko‘tarilish unlilarida uchraydi. (Marg‘ilon ә, a, ɔ//Toshk ә, ɔ//ad. -orf. a, o). Marg‘ilon shevasida uchraydigan a, ɔ keng unlilari alohida fonema bo‘lib, bir-biridan labning ishtiroki bilan farqlanadi.
9, 10 ta unli fonemaga ega bo‘lgan o‘zbek shevalarida umumnorma sifatida labning ishtiroki va tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra ajralish prinsipining qoldig‘i ma’lum darajada saqlangan ye-o va ө-o (yuqori- o‘rta ko‘tarilish); i-i, i-ү, ү-u (yuqori ko‘tarilish) va ә-a, a- ɔ (quyi ko‘tarilish) kabi juft unlilarni qiyos qiling.
O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi. Ba’zan o‘zbek shevalarida unlilar cho‘ziq-qisqaligiga ko‘ra ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. M: Iqon, Qorabuloq hamda janubiy Xorazm shevalarida cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida saqlangan.
Qorabuloq shevasi vokalizmi:
tor i/ ү i/u
yarim tor ye/ ө o
yarim kengә a
hamda a:, o:, i: kabi mustaqil cho‘ziq unlilardan iborat. Misollar: a:t (a:d) – ot (ism), at-ot (hayvon); a:ch (a:sh) a:j – och (qornim och), ach-och (eshikni och); o:t (o:d) - o‘t (olov), ot – o‘t (o‘simlik) va boshqalar.
O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali (ikkilamchi) unlilar. O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali so‘z ma’nolarini farqlamaydigan unlilar ham mavjud. Yondosh undoshning tushishi natijasida (shәhәr >shә:әr>shә::r kabi) vujudga keladigan ikkinchi darajali cho‘ziq unlilar o‘zbek shevalarida ko‘plab uchraydi. Bular: Nam. sɔtәmәn bu sandu: n’ (Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik). Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik) o‘zbek shevalarining har birida turlicha ko‘rinishiga ega bo‘lib, fonetik fonematik bo‘lmagan hodisadir.
Namangan shevasida uchraydigan ultra cho‘ziqlik tovushlarning tushishi bilan ham, tovushlar kompleksini tushib qolishi bilan ham bog‘liq emas, bunda unlilarning uzunligi alohida jumla ohangdorligi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Mas., Mәm b’lmә: :mәn// ad. -orf. men bilmayman. Namanganliklar nutqida hozirgi-kelasi zamon fe’lining talaffuzidagi intonatsiya ko‘tarilib borib oxirgi bo‘g‘inda esa birdan pasayib ketadi. Bu intonatsion harakatni grafik usulda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: kөpә :: d’, k’rә :: d’, kelә :: d’.
Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’, i, ь) unli fonemalari.
i fonemasi. Odatdagi turkiy i – til oldi, lablanmagan, qoraqalpoq tilidagi i ga o‘xshash va qozoq tilidagi i ga yaqin unli tovush. Bu fonema turli shevalarda turli tovushlar bilan almashinadi.
i tovushi j-lovchi o‘zbek shevalarida, xuddi qoraqalpoq tilidagi kabi yuqori-o‘rta ko‘tarilish lablanmagan unli tomon rivojlangan. Shuning uchun bu unli akustik jihatdan ochiq i kabi eshitiladi va yopiq ye ga yaqinlashadi, ko‘pincha, urg‘usiz bo‘g‘inlarda ye lashadi.
O‘zbek shevalarida i/ye(e), ’//ye unlilarining almashinishi (o‘tishi) so‘z boshida, shuningdek, qo‘shma so‘z va grammatik formalarda esa so‘z o‘rtasi va oxirida sporadik holatda uchraydi.
Misollar: jl. isәp ~ xisәp~ hesәp//yl. Toshk. x’sɔp// ad.-orf. hisob.
Qorabuloq nichә// nechә// ad.-orf. necha: jl. edi//idi (djebedim– bobi dim); Nam. beros// ad.-orf. bir oz; um’t//umet// ad.-orf. umid.
i fonemasi y va sh tovushlari bilan yondosh kelganda, dj ta’sirida, oldingi qatorlik holatini saqlaydi: piyәlә//djigәr//mәshinә//ad.-orf. piyola, jigar, mashina.
Burun tovushlari m, n, ng lab tovushi b va til orqa k, g tovushlari bilan yondosh kelgan i tovushi tilning orqaroq tortilishi bilan talaffuz qilinadi. Shunday qilib, bu tovush i>i unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushga o‘tadi va eshitilishi jihatdan til orqa i tovushiga yaqin, ammo rus tilidagi i ga o‘xshamaydigan bir tovushga aylanadi: olti, ming.
’ fonemasi shahar shevalari va o‘zbek adabiy tilida oraliq (indifferent) tovush bo‘lib, i va i ning birikishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan. Qiyos qiling: yl. Toshkent. k’r//ad.-orf. kir va q’r// ad.-orf. kir: j-lovchi va singarmonistik shevalarda kir va qir.
i tovushi e va a ga o‘tadi. i>ә va i>a o‘tishi xuddi ’ >ә kabi faqat so‘z o‘zak-negizlarida emas, balki affiks va yuklamalarda ham uchraydi. tog‘r’// tuvra- to‘g‘ri; pataha- fotiha; nararax-nariroq. Bolama- bo‘ladimi? jl. nesexetti qilip; ad.-orf.yangi//yl. yeng’// Toshk. yyeng’// jl. djanga (djanga raq). Hozirgi – kelasi zamon sifatdoshi affikslarida ad.-orf. beradigan// jl. berәtig‘an: qiyos qiling: Marg‘. berәdәgɔn.
i>ә ga o‘tishi so‘z birikmalarida ham uchraydi: ad.orf. o‘n ikki// onәki, erta bilan// yl. yertә m’nәn// djl. ertәmәnәn.
Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү unlilari. u fonemasi orqa qator, qisqa unli tovushdir. Barcha singarmonizmli o‘zbek shevalarida uchraydigan u fonemasi boshqa turkiy tillardagi til oldi u unlisiga o‘xshaydi.
Bu ikki fonema singarmonizmli shevalarga bir-biridan sifat jihat dan farq qiladi, so‘z ma’nolarini farqlaydi. үch// ad.-orf. uch (son), uch// ad.-orf. uch (uchmoq fe’lining o‘zagi).
J-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda u, ү fonemalari so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi: үstә-usta, djүgan-yugan, yүgүrүp- yugurib.
Ko‘rsatish olmoshlarida u va ү unlilarining yuqori o‘rta ko‘tarilish unlilariga o‘tishi ayrim j-lovchi shevalarda va qisman qurama shevalarida aniq ko‘rinadi: ad.-orf. shu// jl. sho
u>o holati, uyg‘ur tilidagi kabi, Namangan, Qorabuloq, Toshkent va boshqa shevalarda uy, kuy (ohang) so‘zlarida ham uchraydi. Toshkent koy (yәxsh’ koyәkәn yәnә b’r chәl’ng)// ad.-orf. kuy (yaxshi kuy ekan, yana bir chaling).
ɔ u, ү fonemalari ba’zan ikkinchi darajali cho‘ziqlikka ega bo‘lishi mumkin: qq. suvurip//su:urip (sug‘urib), ɔchuvlanip//ɔchu:lanip, turuvdiq turu:dik. ad.-orf. sug‘urib, achchig‘lanib, turgan edik. su:bet, mu:tedj bolub (muhtoj bo‘lib) x ning tushishi hisobiga cho‘zilayapti.
u>i ga o‘tishi mumkin: jl: bul//bil (ish), manda (bunda) maymil (maymun), mәlim (ma’lum).
Yuqori-o‘rta ko‘tarilish unli fonemalar. O‘zbek xalq shevalarida mavjud bo‘lgan lablanmagan ye, e, є va lablangan o, ө unlilari kiradi. ye, e, є, ө unlilari old qator, o unlisi esa orqa qatordir.
ye fonemasi. Bu fonema yopiq unli tovush bo‘lib, y-lovchi shahar shevalari, shuningdek, o‘zbek adabiy tilida uchraydi.
ye fonemasi sifat jihatdan o‘zbek shevalari vokalizmidagi eng turg‘un fonemadir. Bu fonema (spontan holatda) nisbiy cho‘ziqlikka ega bo‘ladi va urg‘usiz bo‘g‘inlarda, ikki jarangsiz undosh o‘rtasida kelganda , ko‘pincha, reduksiyaga uchramaydi.
Artikulyatsion-akustik jihatdan bu unli rus tilidagi undosh tovush lardan keyin kelgan (Mas., deti so‘zidagi) ye unlisiga yaqinlashadi. Misollar: Toshk., Marg‘., Nam. yek’n, yerkәk, kengәydє; Qorabuloq.yesidin kedip, yendi goshni apchiq// ad.-orf. ekin, erkak, kengaydi, hushidan ketib, endi go‘shtni olib chiq.
Yed’, yemas to‘liqsiz fe’llarida ye unlisi tushib qolishi mumkin. Toshk., Nam., kelgәn-mәs, mәngә tushkәn-mәs( chushkәn-mәs).
e fonemasi. Bu fonema j-lovchi (singarmonizmli) shevalarga xos bo‘lib, shahar tipidagi shevalarda sporadik ravishdagina uchraydi. Sifat jihatdan є fonemasidan far qiladigan yuqori-o‘rta ko‘tarilish e tipidagi bu normal tovush og‘izning yopilish darajasi jihatdan taxminan qoraqalpoq, qozoq, no‘g‘oy, qumuq tillaridagi tipik qipchoq e tovushiga to‘g‘ri keladi. Bu tovush sifat jihatdan rus tilidagi o‘ziga o‘xshash tovushga qiyos qilinsa, deti so‘zidagi ye unlisiga nisbatan bir qadar ochiq, lekin delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan birmuncha yopiq ekanligi ko‘rinadi. Boshqacha aytganda, ruscha delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan o‘zbek tilidagi e unlisi tilning birmuncha yuqori ko‘tarilishi bilan talaffuz etiladi; bu fonema tez talaffuzda ruscha eti so‘zidagi e unlisiga yaqinlashadi, ba’zan esa o‘xshab ham ketadi. Misollar: jl. qur. men ming tebә ketemәn, kelәy, nechchә, nechә djilg‘a ketgәn, kechә g‘aytqan // ad.-orf. kecha qaytgan.
e unlisining diftonglashishi. Anlaut holatdagi e unlisining diftonglashishi j-lovchi shevalararo har xil ko‘rinishga ega. Boshlang‘ich element (forshlag)ning kuchiga qarab diftonglashish ham har xil bo‘ladi. Masalan, ba’zi j-lovchi qurama shevalarida diftonglashish hodisasi maksimal darajada bo‘lsa ham, boshqa j-lovchi shevalarda esa birmuncha kamroq ko‘rinadi.
J-lovchi shevalarda yuqori-o‘rta ko‘tarilishdagi lablanmagan e unlisi tubandagi ko‘rinishlarga ega:
ye yoki ie – maksimal darajada diftonglashish, ie sporadik holatda uchraydigan kamayib boruvchi diftonglashish (diftonglashishning bu turi forshlagning kuchi va sifatiga bog‘liq). Misollar: jl. qur. ieki, iegibdja tir, ieshshәyigә, yekki, yelliv, yertә.
e unlisining i unlisiga o‘tishi. Ad.-orf. e j-lovchi shevalarda ko‘pincha i unlisiga o‘tadi va o‘zidan keyingi undoshni yumshatadi: ad.-orf. egni> jl. qur. iyni, iynigә. Sol., qirg‘. iyin: iyinden toonu alib tashlaganday.
ye tovushi rivojida i yoki ә tovushlari uning oxirgi chegarasidir. ye>ә holati ekan, emas yordamchi fe’llarda ko‘proq uchraydi. bar ekәndә jdog‘ ekәn, shuyәmәs.
J-lovchi va y-lovchi shevalarda fakultativ-sporadik ravishda, e unlisining lablanish holati ham bor. Mas., jl. bөdәnә-bedana, turub-өde turib edi; qiyos qiling: Toshk., Nam. bottә< bettә, do:d’m(cho‘ziq o: bilan) nuchu: (cho‘ziq u: bilan) < nuchuk-nechik.
Bo‘g‘iz h yoki til o‘rta y tovushlarining tushib qolishi natijasida ravishda cho‘ziq e: tovushi paydo bo‘ladi: jl. me:nәtkәsh, me:ribәn// ad.-orf. mehnatkash, mehribon.
y tovushining tushib qolishi natijasida cho‘ziq i:Lablangan o va ө unli fonemalari
o fonemasi. Bu tovush til orqa, odatdagi turkiy o dir. toqquz yarim postun, toyde, soqim//ad.orf. so‘qim, qiyos qiling: ad.-orf. bo‘rdoqi.
ө fonemasi. Bu tovush til oldi, odatdagi turkiy ө dir. sөz, sөylәding, kөl.
J-lovchi shevalarda uchraydigan bu fonemalar anlaut holatda qozoq va qoraqalpoq tillaridagi o, ө fonemalari xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bu fonemalar ham e fonemasi kabi so‘z boshida diftonglashadi uo va үө : uon, үөrdәk, uorta ɔvil qishlag‘i, uorin, uoraq // ad.- orf. o‘rdak, o‘rin, o‘roq; үө diftongiga misollar: үөrdәk// үөrdүk, үөlәn//ad.-orf. o‘rdak, o‘lan.
Quyi ko‘tarilish unli fonemalar.
J-lovchi va y-lovchi o‘zbek shevalaridagi tubandagi unlilar kiradi.
a) old qator ə va є
b) orqa qator a va ɔ
ɔ unlisi j-lovchi va y-lovchi shevalarning barchasida ham uchrayvermaydi. J-lovchi shevalardan qozoq-nayman va qurama shevalarining ba’zilarida ɔ unlisi mustaqil fonema sifatida, boshqa j-lovchi shevalarda esa a fonemasining varianti sifatida uchraydi. Bu fonema singarmonizmli y-lovchi shevalarda, masalan, Qorabuloq, Iqon va boshqa a-lovchi guruh shevalarda yo‘q.
ɔ fonemasi sifat jihatdan shevalararo har xildir. ә, є, a, ɔ fonemalari so‘zlarda ham bir xil tarqalgan emas. Masalan, a unlisi Marg‘ilon shevalariga nisbatan Namangan shevalarida ko‘proq qo‘llaniladi. Marg‘ilon shevalarida bu fonemaning kam ishlatilishiga sabab faqat chuqur til orqa undoshlar bilan yonma-yon kelishidir. Aksincha, a unlisi Marg‘ilon shevalarida Namangan shevalariga nisbatan ko‘proq uchraydi, chunki Namangan shevasida ә unlisiga ega bo‘lgan so‘zlar ko‘pincha є tovushi bilan talaffuz etiladi. ɔ va ә unlilarining tarqalishi Namangan va Marg‘ilon shevalariga nisbatan Toshkent shevalarida ko‘proqdir.
Til oldi ə unlisi. ә fonemasi ochiq, lablanmagan tovush bo‘lib, u ma’lum fonematik holatlarda kombinator ravishda a unlisidan paydo bo‘lgan va e fonemasining maksimal keng variantidir. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida uchraydi, ammo sifat jihatdan bu fonema shevalararo bir xil emas. Qiyos qiling: Nam., Marg‘., Toshk. ә, Qorabuloq-Iqon. є, Sam., Bux., Xo‘jand a (oxirgi a ruscha dal so‘zidagi a tovushiga yaqin).
Yl. Toshk., Nam., Marg‘. mәmlәkәt, sәbz’ Xor. gәsh’r, dәrrov, Qorabu loq.shәrgә barip; jl. mәyәk, әzәmәt, pәtir.
Ko‘pgina shevalarda so‘z boshida va birinchi bo‘g‘inlarida ә unlisi ad.orf. o unlisi o‘rnida qo‘llanadi. jl. әbriyli, dәri, әdәt. ә>ye nersә, jl ming tөbәdә ishlәydi.
Jl-lovchi shevalarda ad.-orf. olmoq fe’lining o‘zagidagi o tovushi ә yoki ɔ tovushi bilan talaffuz qilinadi: ә bilan: әpkep alip kelip, әbberәdi alip berәdi // ad.-orf. olib kelib, olib beradi.
є//e//ә almashinishi hamma shevalarda so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi: jl. nersә, yєnәReduksiyalanish natijasida ә fonemasi ye ga ham o‘tadi. Namangan, yelang‘ach// (yalang‘och), yyeng’ (yangi).
Orqa qator a unli fonemasi. a fonemasi lablanmagan, sof til orqa, odatdagi turkiy a. Deyarli barcha o‘zbek shevalarida bu unli normal fonema hisoblanadi. Biroq Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda a>ɔ yoki a>ә holati keng tarqalganligidan a fonemasi juda kam uchraydi.
ch, dj, y, h undoshlari ta’sirida a fonemasi yumshalishi mumkin a>ә, masalan: ch, dj, h, y undoshlari bilan yondosh kelganda: chәch, chәy, chәchmәk // ad.-orf. soch, choy, sochmoq; djәy, djәsh, djәrag‘//ad.-orf. joy, yosh, yarog‘; bәhә, әhvәl //ad.-orf. baho, ahvol; biydәy, tәyyar// ad.-orf. bug‘doy, tayyor.
y tovushining ta’sirida a>ɔ o‘rniga a>ә vujudga kelishini ad.-orf. ayt so‘zining shevalararo talaffuzida ham ko‘rish mumkin. Qorabuloq va ba’zi bir Toshkent shevalarida ayt so‘zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan.Bu so‘z qisqarib yet formasiga kelib qolgan: ayt >әyt >yet.
Qorabuloq shevasida uchala forma ham ayt//әyt//yet mavjud. Bu xususiyat Toshkent va Qorabuloq shevalarini ayt so‘zida ay o‘zagini saqlagan j-lovchi va ba’zi Farg‘ona shevalaridan farqlaydi.
Ikki bo‘g‘inli yasama fe’llarda a>ә (ya’ni ikkala a unlisining ham ә tovushiga o‘tishi uchraydi. Toshk.ɔz <әz, lekin әzg’nә//ad.-orf. ozgina.
a unlisi yana tubandagi xususiyatlarga ega:
1. a>i. xiyal (xayol), chiyan (chayon).
2. a unlisining lablanishi, ya’ni a>o: tovaq, Toshk.sɔvɔl ad.-orf. tovoq, savol.
3. Yonma-yon kelgan undosh tovushning tushib qolishi hisobiga a: unlisi cho‘ziladi. yl. q’shla:l’g‘adam// ad.-orf. qishloqlik odam.
Til orqa ɔ fonemasi. ɔ fonemasi o‘zining artikulyatsion xususiyat lariga ko‘ra til orqa a va juda keng ɔ unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushdir.
Bu tovush mustaqil fonema sifatida a-lovchi shevalardan tashqari, o‘zbek shevalarining barchasida uchraydi. A-lovchi shevalarda ɔ tovushi faqat ayrim so‘zlardagina a fonemasining varianti sifatida uchraydi.
O-lashish hodisasining pozitsion sabablarini Toshkent shevasi materiali juda aniq yoritib beradi, j-lovchi va y-lovchi sheva materiallari esa, bu hodisaning sabablarini aniqlashda yordam beradi.
O-lashish ikki xil yo‘sinda yuzaga keladi:
Lab-lab v tovushi ishtirok etgan so‘zlarda: mas; jl. qur. kelәyatir> kelvatir>kelәvɔtir>kelәɔtir. Farg‘ona sәvz’>sovz’, brɔvd’k’>brovd’k’. Keyingi so‘zlarda a unlisi kuchli lablanib, ochiq o kabi talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: Toshkentda bɔrsәm’z>bɔrsәviz>bɔrsɔuzә yoki bɔrәm’z>bɔrɔ viz> bɔrɔuz >bɔrɔuzә.
Chuqur til orqa (q, g‘, x) tovushlari bilan yondosh kelganda, masalan, Toshkent tәrә>tәrɔq, q’shlә>q’shlɔq, sәnә>sәnɔq: jl. qilg‘ɔn, djog‘alg‘ɔn, qɔtin, qulɔq.
Bu tovushni artikulyatsion jihatdan o‘zlashtirish juda sekinlik bilan bo‘lgan. U yoki bu pozitsion holatlardan qat’iy nazar, bu tovush avval bir bo‘g‘inli so‘zlarda, keyinchalik ikki bo‘g‘inli so‘zlarda yuzaga kelgan. J-lovchi shevalarda o-lashish hodisasi faqat o‘zbek adabiy tili normalaridangina farqlanmay (mas., jl. sɔri, ɔriq // ad.orf. sariq, ariq), balki yondosh y-lovchi shevalardagi o-lashish hodisasidan farq qiladi. (mas., qozoq-nayman, djɔman, djɔqin, bɔla//Samarq. yamɔn, yaqin, bala). Bu hol o‘zbek shevalarida o-lashning har xil yo‘llar bilan vujudga kelganligini ko‘rsatadi.


Toshkent dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ъ

(ы) у

у

Yarim tor е

Ө

о

Keng ә




ɔ


Farg‘ona dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Inifferent

Til orqa

Tor ү

ъ ь

у

Yarim tor е ө




о

Keng ә




а ɔ


Namangan dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү

Ъ

у

Yarim tor е ө




о

Keng ә




а ɔ


Andijon dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү

ъ ь

у

Yarim tor е ө




о

Keng ә




а ɔ


Qipchoq lahjasidagi unlilar tizimi

Labning ishtirokiga ko‘ra

Lablan

Lablanmagan

Lablangan

Lanlangan

Tilning to‘g‘ri yo‘nalishiga ko‘ra

Til oldi

Til orqa

Til oldi

Til orqa

Tilning tik harakatiga ko‘ra













Tor

i

ы

ү

u

O‘rta keng

э




ө

о

Keng

ә

а






Ohangdoshlik. Ohangdoshlik hodisasi turkiy tillarda qadimdan mavjud bo‘lib, u tovushlardagi uyg‘unlikni, o‘zaro ohangdoshlikni ta’minlaydi. Odatda, ohangdoshlik haqida gap ketganda, ko‘pincha, unlilardagi til oldilik va til orqalik, hamda lablanganlik va lablanmaganlik to‘g‘risida gapiriladi. Vaholangki, ohangdoshlik hodisasi bu bilan tugamaydi. Lablaganlik, ya’ni lab uyg‘unligi faqat unli tovushlarga xos hodisa. Ammo tanglay uyg‘unligi qonuniyatiga binoan, tovushlardagi til oldilik va til orqalik xususiyati hisobga olinadi. Bunday ajralish nafaqat unlilarda, balki tilmiz tarixiga nazar tashlasak, balki undosh tovushlarda ham mavjud bo‘lgan. Qiyoslang: qag‘anga-hoqonga, alim – olim, qarz, og‘izg‘aru-o‘g‘uzga, soqum-so‘qim, kuchug-kuchni, kozum-ko‘zim kabi.


Ohangdoshlikdagi uchinchi jarayon – bu undosh tovushlardagi jaranglilik va jarangsizlik hodisasi sanaladi. Bu jarayon ham turkiy tillar tarixining qadimgi davridan boshlab amal qilingan.
Ohangloshlik eski turkiy til davrida ham mavjud bo‘lib, turkiy tillar tarixida bu jarayon haqida dastlab M.Koshg‘ariy fikr bildirgan. Olim turkiy tillarning o‘zak xarakteriga qarab qo‘shimchalarning qattiq, yumshoqlikda farqlanganligini ta’kidlaydi.
A. M. Shcherbak eski o‘zbek tili davrida birinchi tip, ya’ni tanglay uyg‘unligining saqlangan va buzilgan hollari bor, ikkinchi tip, ya’ni lab uyg‘unligida esa buzilish holati mavjud deb ko‘rsatadi. Filologiya fanlari doktori, A. Rustamov esa XV asr o‘zbek adabiy tilida singarmonizmning har uchala qonuni, ya’ni unlilardagi tanglay uyg‘unligi hamda undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi bor degan xulosani bildiradi: atasi(rabg‘)-otasi, oturmaz(XIII)-o‘tirmas, qatla (MN)- qatla, sүlүk(Attuh fatuz)- үzlүklүk, yүzүndin(MN)-yuzingdin, tүshti(XIII)-tushdi, ulug‘lug‘ (XIII)-ulug‘lik, kөңүl(MN)- ko‘ngil kabi.
Qipchoq lahjasida ham til tarixidagi ohangdolikning har uch holati amal qiladi. Xususan, tanglay uyg‘unligiga binoan o‘zak va qo‘shimchadagi til oldilik va til orqalik holati nutqdagi qulaylik bois saqlanib qolgan: tish + tiң-tishning; qol + diң- qo‘lning, әkәsi, үkәsi, tag‘asi, ag‘asi, sindi, tindi, kәldi, kөrdi, bөldi, kөzүm, qolum(qolim, kөzim), sөzүm(sөzim), tөzүm, ulum(ulim) kabi.
Qipchoq lahjasida ayrim holatda lab ohangdoshligi buzilishi mumkin. Biroq tanglay uyg‘unligi, ya’ni til oldilik va til orqalik nutqda to‘liq saqlanadi.
Undosh tovushlardagi jaranglilik, jarangsizlik hodisasiga ham qipchoq lahjasida amal qilinadi: ish+ tәn-ishdan, үsh+tә-uchta, qish+tan-qishdan, qish + ta-qishda, kepti-kelibdi, ketti-ketdi, oqish +ta –o‘qishda, qal +di-qoldi, bar+di-bordi, bol + di-bo‘ldi, bөl +di-bo‘ldi, kөr +di-ko‘rdi, sөz+ ge, k өz+ gә e, kel +di kabi.
Odatda, ohangdoshlik hodisasi nutqda qulaylikni ta’minlash, talaffuzda bir meyorni yuzaga keltirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga talaffuzdagi o‘sha meyor nutqda ma’lum biir musiqa, ohangni shakllantirishni yuzaga keltirishga yordam beradi.
O‘zbek adabiy tilida ohangdoshlik qonuniyati aksariyat amal qiladi: Labial uyg‘unlik buzilgani bilan undoshlardagi jaranglilik, jarangsizlik va tanglay uyg‘unligi nutq ravonligi, uning musiqaviyligini ta’minlashga xizmat qiladi

Adabiyotlar:


1.. Данияров Х. Опыт изучения джекающих диалектов в сравнении с узбекским литературным языком. Т.:“Фан”. 1975.
2. Дониёров Х.. Эски ўзбек адабий тили ва қипчоқ диалектлари. Тошкент, 1976.
3. Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1978.
4. Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1977.
5. Тўйчибоев Б. Ўзбек тилининг тараққиёти босқичлари. Т.: “ Ўқитувчи”. 1996.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan?

  2. Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega?

  3. O‘g‘uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko‘rsatib bering.

  4. O‘zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega?

  5. Umlaut qanday xususiyatlarga ega?

  6. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz?

7- Ma’ruza


O‘ZBEK XALQ SHEVALARIDA FONETIK JARAYONLAR
(undoshlar va unlilar misolida)

Reja:


  1. Lab undoshlari: p, b, f, v, m.

  2. Til oldi shovkinli undoshlar. t,d,s,z,sh,j,ch,dj

  3. Til oldi sonor tovushlar. n, l,r

  4. Til o‘rta fonemasi. y

  5. Sayoz til orqa undoshlar k, g, ң (ng)

  6. Chuqur til orqa undosh fonemalar q,h,g‘.

  7. Bo‘g‘iz tovushlar h (_’_)



Tayanch so’zlar: Assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza. Reduksiya, spontan o'zgarishlar, sandhi, spirantizatsiya, geminatsiya, tovushlar tushishi, orttirilishi. Sinerezis.

O‘zbek shevalaridagi undosh fonemalarga umumiy tavsif. Xilma-xil bo‘lgan o‘zbek shevalarining konsonantizm sistemasini fonologik jihatdan, ya’ni prinsipial farq qiladigan undosh fonemalarni aniqlash va ularning talaffuz qilinish xususiyatlarini belgilash uchun avvalo ma’lum guruhdagi shevalar o‘zaro qanday xususiyatlari bilan bir-biriga yaqin yoki, aksincha, bir-biridan nimalar farq qilishini aniqlash lozim.


1. Bir-biridan prinsipial farq qiladigan undosh fonemalarning miqdori va ularning sifat jihatdan tavsifiga ko‘ra, y-lovchi shevalar o‘zbek adabiy tiliga birmuncha yaqin turadi. Ammo Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda uchramaydigan, biroq j-lovchi singarmonizmli y-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan h fonemasi bundan mustasnodir.
Janubiy Xorazm shevalaridagi k, g undoshlari ham birmuncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuningdek,til orqa burun ng tovushi ham shevalararo bir xil emas.
2. Barcha j-lovchi shevalardagi undosh fonemalar sistemasi deyarli bir xil.
Chuqur til orqa x tovushining sifat jihatdan tavsifi va bu tovushning mavjud bo‘lish- bo‘lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizm tarkibi jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq guruhidagi turkiy tillarga birinchi navbatda qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillariga yaqin turadi.
3.J-lovchi shevalardagi dj affrikati o‘rniga j fonemasini qo‘llaydigan shevalar j-lovchi shevalarning alohida guruhchasini tashkil qiladi. Bu sheva vakillari genetik jihatdan qozoqlar bilan aloqador bo‘lgan, shu sababli ham bu shevaning konsonantizmi qozoq tili konsonantizmiga o‘xshaydi.
Y fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo‘llaniladi, chunki bu shevalarda qadimgi turkiy y tovushi so‘z boshida dj yoki j tovushi bilan almashadi.
4. J-lovchi shevalar portlovchi undoshlar hamda affrikat tovushlar artikulyatsiyasida nutq organlarining nisbatan kuchsiz harakat qilishi bilan y-lovchi shevalardan,shuningdek, o‘zbek adabiy tilidan farq qiladi. Bunga o‘xshash holat qoraqalpoq tilida ham mavjud. Bu hodisa barcha j-lavchi shevalarda uchraydi va birinchi navbatda,portlovchi hamda affrikat tovushlarni sporadik ravishda sirg‘aluvchi tovushlarga almashtiradigan dissimilyatsiya hodisalarining sodir bo‘lishiga olib keladi.
5. J-lovchi (a lashgan guruh) shevalar qipchoq guruhidagi ba’zi turkiy tillardagi,masalan, qozoq, qoraqalpoq tillaridagi kabi chuqur til orqa x fonemasining uchramasligi bilan xarakterlanadi.
6.Singarmonizmli va j-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan frikativ bo‘g‘iz h tovushi qozoq tilidagi kabi dj o‘rniga j ishlatuvchi shevalarda ham uchramaydi. Shu xususiyati bilan bu shevalar j-lovchi shevalardan farq qiladi. J-lovchi shevalar esa h fonemasining mavjudligi bilan y-lovchi Farg‘ona shevalariga, shuningdek, sirg‘aluvchi bo‘g‘iz tovushi mustaqil fonema hisoblanadigan qoraqalpoq tiliga yaqindir.
7. O‘zbek adabiy tili barcha shevalardan(hali shevalarga to‘la kirmagan) ayrim fonemalarga f, j, s egaligi bilan farq qiladi.Bulardan f fonemasi faqat Samarqad-Buxoro guruh shevalaridagina mavjud. Rus tilidagi j tovuigaa teng keladigan j fonemasi va q fonemalari ko‘pincha baynalminal so‘zlarda uchraydi. F fonemasi qadim qabul qilingan so‘zlar tarkibida uchrasa-da, ammo barcha sheva vakillari talaffuzida(Samarqand-Buxoro shevalarini mustasno qilganda) p fonemasiga aylanadi, shuningdek, ruscha j tovushi ham, asosan dj tarzida talaffuz qilinadi.
O‘zbek shevalarida quyidagi undosh fonemalar bor.
1.Lab undoshlari: p, b, f, v, m. 2. Til oldi undoshlari: t,d,s,z,ch, (j), sh, dj (j), n,l//l,r. 3. Til o‘rta: y. 4. Til orqa: k, (k/x), g (g/g), ng (ng//ng), x,k,g, (g). 5. Bo‘g‘iz: x, ’.
O‘zbek shevalaridagi undosh fonemalar va ularning kombinator-pozitsion variantlari tavsifi.
Lab undoshlari: p, b, f, v, m.
p fonemasi lab-lab, portlovchi, jarangsiz, undosh fonema bo‘lib, barcha o‘zbek shevalarida so‘zlarning barcha bo‘g‘inida uchraydi.
J-lovchi shevalarda p tovushi intervokal holatda, ba’zan esa so‘z oxirida jaranglilashadi va bu tovush b va p tovushlari o‘rtasidagi yarim jarangli portlovchi tovush kabi eshitiladi. Ba’zan shevalarda p o‘rniga b qo‘llanadi. Jl. tepә>tebә, tөbe//tәbә//tәvә; kәpәk>kәvәk//kebәk, gәp>gәbim, djip>djibi, jl chap>chɔvamiz, ariq chɔvamiz.
Samarqand-Buxoro tipidagi shevalardan boshqa barcha o‘zbek shevalarida f tovushi p tovushiga o‘tadi: pәz’lәt, pәlәk, pursәt//ad.-orf. fazilat, falak, fursat.
b fonemasi. lab-lab, portlovchi, jarangli undosh. Lab-lab b undoshini talaffuz qilganimizda tovush paychalari birmuncha titraydi. Bu xususiyatiga ko‘ra b tovushi p tovushidan farq qiladi.
Ba’zi so‘zlar boshidagi ad.-orf. b (y-lovchi shevalardagi b tovushi kabi) j-lovchi shevalarda muntazam ravishda p tovushiga o‘tadi: pitkәn, pitti, pichtim, putun//ad.-orf. bitkan, bitdi, bichdim, butun.
J-lovchi shevalarda b>v holati uchraydi: xәyvәtli, ɔlvɔtti// ad.-orf. hayvatli, olayapti.
O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan barcha shevalarda b//m tovushlarining almashinishi uchraydi, lekin adabiy forma sifatida so‘z boshida m tovushi emas, balki b tovushni qo‘llash qabul qilingan.
J-lovchi shevalarda progressiv assimilyatsiya hodisasi mavjud: jl. djummaq
f undosh tovushi. Bu fonema o‘zbek adabiy tili va Samarqand-Buxoro tilidagi shevalarda qo‘llanilib boshqa shevalarda asosan f ning o‘rniga p ishlatiladi. jl. payda. yl. pɔydә, nәp, pursәt// ad.-orf. foyda, naf, fursat.
Adabiy-orfografik f undoshi j-lovchi shevalarda faqat jarangsiz p bilangina emas, balki jarangli b bilan ham almashinadi. Masalan: әbzәl, shabdali// ad.-orf. afzal, shaftoli. Bu misolda faqat f>b emas, balki t>d holatini ham ko‘ramiz.
v fonemasi. Bu fonema boshqa turkiy tillardagi kabi sirg‘aluvchi, lab-lab undoshdir.
Shevalararo v tovushining sifat jihatdan ikki tipini uchratish mumkin.
1. Tipik turkiy, lab-lab v tovushi. Bu tovush j-lovchi singarmonizmni saqlagan va y-lovchi shevalarda uchrab bo‘g‘in hosil qilmaydigan u kabi talaffuz qilinadi. Ingliz tilidagi W tovushi talaffuzini qiyos qiling.
2. Y-lovchi shevalarda faqat so‘z boshida lab-lab v va lab-tish v tovushlari o‘rtasidagi oraliq tovush uchraydi. Bu tendensiya, ya’ni tipik turkiy lab-lab v tovushining indefferent tovush bilan almashinishi shahar shevalarigagina xos. Bu tovush xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo‘lib, uni talaffuz qilganda, qandaydir noaniq, lab-lab frikativ v va lab-tish v tovushlari oraligidagi bir tovush eshitiladi.
v undoshi so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida va har xil pozitsiyalarda keladi. Misollar: jl. tevәrәk, әvlɔd, vәy-boy// ad.-orf.voy-voy: djavlik// ad.-orf. jamlik: quvurmach// ad.orf. qo‘g‘urmoch: tavaq: ɔv//av// ad.-orf. ov.
Adabiy orfografik v shevalararo b yoki p fonemasi bilan almashinadi: ad.-orf. suvamoq>jl. sibamoq-shibamoq: ad.-orf. tarvuz>tarviz//tarbuz: ad.-orf.uval>jl. obal, ad.-orf. tovoq>jl. tabaq.
Namangan tipidagi ba’zi y-lovchi va j-lovchi shevalarda v>y hodisasi uchraydi. M., suyun’// ad.-orf. suvini, jl sүymәk// ad.orf. sevmoq, sүyikli- sүygili// ad. -orf. sevikli.
m fonemasi. Lab-lab, portlovchi undosh bo‘lib, burun rezenasi bilan talaffuz etiladi. So‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida keladi: jl. va sing. yl qamish, mәrәkә, mәrәb, djetimnәr// ad.-orf. yetimlar.
Ba’zi so‘zlarda m fonemasi i bilan almashinadi: jl. bәynә// ad.-orf. mayna:bөldjәl//ad.-orf. mo‘ljal: sɔban//ad.-orf. somon.
So‘roq yuklamasidagi m tovushining n ga o‘tishi m>n Qorabuloq shevasi uchun xosdir: bar-na// ad.-orf. bormi? aldim-na//ad.-orf. oldimmi? keldi-nә//ad.-orf. keldimi?
Shevalararo m tovushi progressiv assimilyatsiyaga ham uchraydi. Mas., ad.-orf. topmay// jl. tappay, chopmaydi// jl chappaydi, topmaslar//jl. toppas lar.
Til oldi t, d, s, ch, j, sh, dj, n, l, r undosh fonemalari
Til oldi undoshlari ovozning va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ikkiga – shovqinlilar(t, s, d, z, ch, dj, sh, j) va sonorlar (n, r, l) ga bo‘linadi.
Til oldi shovqinli undoshlar
Bu undoshlar jarangli-jarangsiz bo‘lishiga ko‘ra tubandagi juft fonemalarga bo‘linadi: t – d, s – z, sh – j, ch – dj.
s, z va ch, dj undoshlarining talaffuzida (Toshkent – Farg‘ona tipidagi shahar shevalarida) tilning yon tomoni ko‘proq ishtirok qiladi. t, d, n tovushlari esa artikulyatsion va akustik jihatdan rus tilidagi o‘ziga mos yumshoq unlilarga emas, balki qattiq undoshlarga yaqin turadi.
t fonemasi. Til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi.
Ko‘pgina o‘zbek shevalarida t fonemasi jaranglilashadi va d tovushiga o‘tadi. Mas., j-lovchi shevalarda so‘z boshida t tovushi sporadik ravishda jaranglilashadi: jl. davush//davish, davshi, miltiqting davshi chiqti// ad.-orf. tovush, tor dog‘ushup// ad.orf. to‘qishib.
Janubiy Xorazm shevalarida so‘z boshidagi t tovushining jarangli lashishi normal hodisadir: dag‘, dil, demir, dәrәk// ad.-orf.tog‘, til, temir, terak.
t>d hodisasi so‘z o‘rtasida d ham uchrashi mumkin, mas, jl badraq// bәdrәk//ad.-orf. batrak: Qorabuloq, qirilip kedәr- әkә// ad.-orf. kirilib ketar ekan.
Ko‘pchilik shevalarda t>ch hodisasi ham yuqoridagidek, sporadik xarakterga ega: tush-chush, tish//t’sh-chish//ch’sh. Misollar: jl. chushmәsin// ad.-orf tushmasin. yl. Namanganda chush kodd’m-chush kord’m// ad.-orf. tush ko‘rdim.
d fonemasi. Portlovchi t fonemasining jarangli juftidir.
d tovushi barcha o‘rinlarda: so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, qisman esa, so‘z oxirida keladi. dәrd, dәri, bәdr’ng, q’d’r, oldirmoq.
s fonemasi. Til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshdir. Sporadik ravishda so‘z oxirida s tovushining jaranglilanishi uchradi: jl. miraz// ad.-orf. meros.
Ba’zi so‘zlar boshida (ch//s) tovushlari almashadi: ad.-orf.soch// jl. chech//yl. sɔch//chɔch: ad.-orf. sichqon// jl. ch’chqɔn, ch’shqan, yl. s’chqɔn~ch’chqɔn.
s>sh tovushlari almashadi: ad.-orf. supurgi// jl.shipirgi, ishbitki. Qiyos qiling: Marg‘ilonda sh’p’tk’// Namanganda shupurg’// Xorazmda s’psә.
So‘z boshida s tovushi dj bilan almashadi: ad.-orf. sovchi// jl. djavchi.
s>t bilan almashadi: ad.-orf. sirpanchiq//Toshk., t’rpanch’q-t’yg‘әnchuq.
st>ch bilan almashadi: ad.-orf.qistamoq//jl. qichamaq, qichɔv// ad.-orf. qistov.
z fonemasi. Sirg‘aluvchi s undosh fonemasining jarangli jufti. So‘zlarning hamma bo‘g‘inida keladi. azg‘ana, o‘zak, zor, yl. Toshkentda bɔrɔ v’s, kelɔv’s.
z tovushi assimilyatsiyaga uchrashi mumkin: yl.Toshkentda, q’zz’-q’zn’, sizz’- sizning. jl. achchilik-azchilik.
z>y tovushi y bilan almashadi: jl. soyladim, sөylәtkәn.
sh fonemasi. Jarangsiz, sirg‘aluvchi tovush bo‘lib, rus tilidagi sh tovushiga nisbatan yumshoq talaffuz qilinadi va palatallashgan sh kabi eshitiladi.
sh fonemasi o‘zbek shevalarida so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi.
Ayrim shevalarda sh fonemasi ba’zan s tovushi bilan almashadi, jl. bash//bas, tash//tas, bәsh//bәs.
sh fonemasi regressiv assimilyatsiya uchraydi: jl. ishchi>ichchi, qoshchi>qochchu, qoshsa>qossa.
sh tovushi tushib qoladi. jl. ishshә//xishә//ad.-orf. shisha, mag‘an ishshәngdi bәr// ad.-orf. menga shishangni ber.
Fakul’tativ sporadik holatda uchraydigan hodisalarda j-lovchi shevalardagi tәylәgәn-tashlagan// ad.-orf.tashlagan, djaynadi-yashnadi //ad.-orf. yashnadi fe’llaridagi sh>y hodisasini ko‘rsatish mumkin.
ch fonemasi. Til oldi, jarangsiz, affrikat undosh bo‘lib, birmuncha palatallashgan holda sh kabi talaffuz etiladi. Bu tovush y-lovchi va j-lovchi shevalarda uchraydi va statistik normal fonema hisoblanadi: jl. qur. cheshuvun cheship bersang, chechivini tɔving; Toshk. chɔch, әchchu,chɔy, qulɔch.
ch-sh bilan almashadi: bu hodisa ko‘pincha t tovushidan oldin kelganda yuz beradi. Jl. ishti//yl.’sht’-ichti//ad.-orf.ichdi. ɔ
Ko‘pchilik shevalarda ch tovushining assimilyatsiyaga uchrashi ko‘rinadi. Misollar: jl. ussomnan-uch somnan// ad.-orf.uch so‘mdan, assin-achsin.
j undoshi tovushi. Bu tovush o‘zbek shevalarida mustaqil fonema sifatida uchramaydi. Bu tovush o‘zbek adabiy tilida rus tilidan va rus tili orqali kirgan so‘zlarda uchraydi. SHevalarda j tovushi odatda dj affrikati bilan almashadi.
Sirg‘aluvchi jarangli j fonemasi deyarli barcha o‘zbek shevalariga endi kirib kelayotgan fonemadir.
dj fonemasi. Til oldi jarangli affrikat, ya’ni elementlari alohida-alohida talaffuz etilmasdan, bir tovush kabi talaffuz qilinadigan tovushdir d+j.
Y-lovchi shevalarda so‘z boshida keladigan y tovushi o‘rniga j-lovchi shevalarda dj tovushi qo‘llaniladi, shu xususiyatiga ko‘ra bu shevalar j-lovchi shevalar deb yuritiladi. yl. yur// jl. djur.
Ba’zi o‘zbek shevalarida esa so‘z boshida (dj) o‘rniga (j) tovushi qo‘llaniladi. Bu shevalarning shakllanishi tarixida qozoq tili elementlarining ta’siri borligini ko‘rsatadi.
dj>y tovushi bilan almashadi. Meylis- majlis. Sporadik ravishda dj>sh xususiyati uchraydi. xurush// ad.-orf. xuruj.
Til oldi sonor tovushlar. Til oldi sonor tovushlarga n, l, r, tovushlari kiradi.
n fonemasi. Til oldi, burun undoshidir. n tovushi bilan boshlangan so‘zlar asosan, boshqa tillardan, qisman arab va fors tillaridan kirgan bo‘lib, asrlar davomida tilimizga singib ketgan.
Ko‘pgina shevalarda sporadik ravishda l//n almashinishi uchraydi: jl. ladan//nadan// yl. nɔdɔn// ad.-orf. nodon: yl. koynәk//kөylәk//ad.-orf. ko‘y lak.
Sandxi holatda k va q undoshlaridan oldin: jl. meng keldim, kүң kech, djaqing qaldi//yaqing qaldi.
n fonemasi m tovushiga o‘tishi mumkin. n>m bu xususiyat sandxi holatda ikkinchi so‘z boshidagi b yoki p tovushlari ta’sirida yuz beradi. Bunda ikkala so‘z ham deyarli birikib, bir pauza bilan aytiladi. Misollar: jl. mag‘am-bermә<-magan bermә, esam bosamSo‘z oxirida uchraydigan n fonemasi ko‘pchilik hollarda assimilyatsiyaga uchraydi.
regressiv assimilyatsiya: jl. degәllәr progressiv assimilyatsiya: jl. kunnәriShevalarda ayrim morfologik kategoriyalar (qaratqich va tushum kelishiklari affiksi va shu kabilar) da n>d va n>t hodisasi ro‘y beradi: jl. jdibәktning//ad.-orf. ipakning: bizdiki// ad.-orf.bizniki, yl. Farg‘. nɔnd’// ad.-orf. nonning.
n>t holati ad.-orf. hech nima birikmasida ham mavjud: hech nima- xesht’mә, Nam., hech-t’mә>x’sht’mә>’sht’mә>hech n’mә. Marg‘. xesht’mә op kelmәd’, xesh t’mә qomәpt’.
l fonemasi. l fonemasining til oldi l' va til orqa l tovushlari bor. Agar til oldi unli tovushlaridan keyin kelsa til oldi l', boshqa vaqtlarda til orqa l varianti ishlatilaveradi. kүl', qul; kul bop qaldi. l>n hodisa si m yoki ng burun undoshlaridan keyin uchraydi: jl. kәmnik// ad.-orf. kamlik: jdәmnәdi// ad.-orf. jamladi.
Spontan ravishda l tovushi n tovushi bilan almashadi: masalan, ad.-orf. lekin// jl. nekin: nɔdɔn, la’nat jl. lɔdɔn, ne:let. Toshk. bɔr’yluk// bɔr’ynuk, ber’ynuk: Nam. ɔvge ch’qaynug; Qorabuloq, kezәynung, suzәynung.
Namangan shevasida l>n holati, keyinchalik esa ng>y holati vujudga kelgan. Masalan, keltүrүnglәr > keltүrүngnә// kelt’r’ngnә> keltүrүynә// kelt’r’ynә > keltүrү:nә//kelt’r’:nә.
J-lovchi shevalardagi ko‘plik (son) affiksida burun tovushlaridan keyin l>n holati umumiy hodisadir. Misollar: adamnar, qattinnar// ad.-orf. odamlar, xotinlar.
l ning assimilyatsiya hodisasiga uchrashi: jl. tayinnap ketti// ad.-orf. tayinlab ketdi. dushmannarg‘a// ad.-orf. dushmanlarga Qorabuloq. yaqinnagg‘anda l>n hodisasi faqat affikslardagina emas, balki so‘z o‘zaklarida ham uchraydi: jl. allap// ad.-orf. aldab, mәmnaket, mangnay, kongning// ad.orf. mamlakat, manglay, kungling.
Regressiv assimilyatsiya: jl. b’mmәnd’m, ayrimmaydi// ad.-orf. bilma dim, ayrilmaydi, yl. Samarqand, Qarshi, qɔll’, kell’// ad.-orf. qoldi, keldi.
Bir bo‘g‘inli fe’llar o‘zagidan morfologik formalar yasalganda, o‘zakdagi l tovushi muntazam ravishda tushib qoladi.
O‘tgan zamon ravishdosh formasi yasalganda, o‘zidan keyingi unli tovush bilan birgalikda tushib qoladi: ad.-orf. qilib, qilgan (jl. qib, qigan, ad.-orf. olib kelib// jl. әpkeb: yl. kel>ke, Toshk. kevɔtt’ >kelvɔtt’, Nam. kemutt’ < kelmutt’. Qorabuloq sәtni qoluma a:dim Ko‘plik son qushimchasidagi l tovushi ham tushib qolishi mumkin: jl.bizәr, sizәr// Toshk. b’zә ad.-orf. bizlar, sizlar.
r fonemasi. Til oldi, titroq tovush. J-lovchi shevalarda so‘z o‘rtasida ba’zan cho‘ziq r tovushi keladi. M: korr’ – kar:’ – kar’.
r fonemasi fakultativ – sporadik ravishda quyidagi tovushlarga almashishi mumkin:
a) y: yl. yomәl// ad.-orf. romɔl, And. yөpәrә// ad.-orf. ro‘para:
b) l jl. әndjil// ad.-orf. zanjir, yl. zәlәl – zәrәr// ad.-orf. zarar. Toshk. dɔvɔl // Nam. dәvɔl// dәvәl// ad.-orf. devol.
Y-lovchi shevalarda r tovushining y tovushiga o‘tish hollari uchraydi: Nam. yopәrәmdә olturgәn // ad.-orf. ro‘paramda o‘tirgan. Toshkentda yomɔl – romәl// ad.-orf. ro‘mol. Qorabuloq bi:r >biy// ad.-orf. bir: undan keyin biy (bi:r) nog‘ay olar әkә, bir ba:r әkә, biy yo:q әkә, biy bayingki biy q’:z’ ba:r әkә.
r fonemasi progressiv va regressiv assimilyatsiyasiga uchraydi: jl. mәttә sүnnәy, әttәn//ad.-orf. marta, surnay, ertalab. Nam. tүdd’ < turd’, bɔzɔllүShevalararo sporadik ravishda r>v hodisasi uchraydi. Nam. duvɔdgәrgә yus tәngә ber’p//ad.-orf. duradgorga yuz tanga berib.
r fonemasi o‘zaklarda, shuningdek, affikslarda ham tushib qolishi mumkin.jl.tәkrә qilip//ad.-orf. takror qilib. Namangan, Toshkent shevala rida r tovushining tushib qolishi ko‘plab uchraydi.
Til o‘rta y fonemasi. y tovushi tilning o‘rta qismining qattiq tanglayga qarab ko‘tarilishidan paydo bo‘ladi.
Y- lovchi shevalarda y fonemasi so‘zlarning istagan o‘rinlarida kela oladi. So‘z boshida y-dj hodisasining uchramasligi bu shevalarning xarakterli xususiyatlaridandir.
J-lovchi shevalarda dj, ba’zilarida esa j tovushi bilan almashadi. y// dj//j tovushlari so‘z boshida kombinator-fakultativ ravishda almashadi. Misollar: jl. qaytayn, qaytsin//ad.-orf. qanday qilayin, qanday qilsin. yl. mәydә, ’nәy-k’nShevalarda yy hodisasi ko‘proq uchraydi. yl. key’n//keg’n. So‘z boshida, shuningdek, so‘z oxiridagi y tovushi sporadik ravishda tushib qolishi mumkin: y’l >’l, abri< abriy//ad.-orf. obro‘y.
Til orqa undosh fonemalar
Til orqa undosh tovushlar: sayoz til orqa: k(k//x' ), g(g//g' ),ng va chuqur til orqa : x, q, g‘ (g‘' ).
Sayoz til orqa undoshlar
k fonemasi. Bu tovush sayoz til orqa, portlovchi undosh tovush bo‘lib, hamma shevalarda, so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida keladi:
SHevalararo k tovushi ko‘proq sirg‘alishga moyil bo‘ladi: k-x', k-y, k-v.
k >x' hodisasi so‘z oxirida va so‘z o‘rtasida ro‘y beradi:
a) so‘z o‘rtasida: jl. kөx'lәm//ad.-orf. ko‘klam: yl. mәx':tәp//ad.-orf. mak tab:
b) so‘z oxirida: jl. nәrәrәk//nәrәrәx': bolәx// b’lex//ad.-orf. nariroq, bo‘lak.
k>y hodisasida so‘z oxiridagi k tovushi y tovushiga o‘tadi k>y Misollar: yl. yet’yLab undoshlaridan oldin, sandxi holatda k tovushi v tovushiga o‘tadi: jl. tүzүvJanubiy Xorazm shevalarida so‘z boshidagi k undoshining jarang lilashi normal hodisadir, masalan: gөr, gel~gәl, gәch, gөz//ad.-orf. ko‘r, kel, ko‘z.
k>g sandxi holatda: jl. bөlәg adam < bөlәk adam. Bu holat deyarli barcha o‘zbek shevalarida uchraydi.
Ba’zi so‘zlar oxirida k undoshining jaranglilashishi Toshkent, Namangan va ba’zi bir boshqa y-lovchi shevalarda sponton holatda uchraydi. Nam. sүyәg< sүyәk, Toshk. tɔshkәll’g g al mashinishi tarixiy jihatdan qarluq dialektining xarakterli fonetik xususiyatlaridan biri bo‘lgan.
Qipchoq shevalarida so‘z oxiridagi k tushib qoladi. k’ch’ g fonemasi. g fonemasi jarangsiz k fonemasining jarangli ekvivalentidir. g fonemasi sayoz til orqa portlovchi undosh bo‘lib bo‘lib, so‘zlarning barcha bo‘g‘inida kela oladi: jl. ch’g’t, djig’t, yl. gәlmәgәl, gosh (t).
Sirg‘aluvchi g' tovushi g fonemasining kombinator-fakultativ varian tidir: jl. eshәg'l’, sәvdәg'ar.
g – g’ tovushlari Janubiy Xorazm shevalarida juda ham yumshoq bo‘lib, sifat jihatdan y tovushiga yaqinlashadi: g’elg’єn ~ g’єlєyєn//ad.-orf.kelgan.
Xeva shevasidagi yosh avlod tilida g tovushi y tovushiga teng keladi va ozarbayjon tilidagi kabi g//y almashinishi uchraydi.
g tovushi o‘rnida ko‘pincha til o‘rta jarangli y tovushi qo‘llanadi. Bu g>y hodisasi yuqoridagi g>g' ga nisbatan ko‘proq uchraydi jl.tiysә, tiymәgәn, yl. Nam. xat qɔlugә teyd’, jl. jүyүrәdi//ad.-orf.tegsa, tegmagan, xat qo‘liga tegdi, yuguradi; siyir, iymәdi, tiyirmәn//ad.-orf. tegsa, sigir, egmadi, tegirmon.
Ba’zi shevalarda g tovushi tushib qoladi va ikkilamchi darajali cho‘ziqlik hosil bo‘ladi. i:nә//ad.-orf. igna.
ng fonemasi. ng fonemasi shevalarda bir xil emas.
1. J-lovchi va singarmonistik y-lovchi shevalarda qipchoq guruhiga taal luqli turkiy tillardagi kabi ng tovushining ikkita kontrast varianti – til oldi unlilari bilan uchraydidigan ng' va til orqa unlilari bilan uchraydigan variantlari bor.
2. Singarmonizmsiz y-lovchi shevalarda birgina ng fonemasi bor. Bu fonema artikulyatsion eshitilish jihatdan ng va ng' tovushlari o‘rtasidagi oraliq tovush bo‘lib, ma’lum fonetik sharoitlarda yo ng kabi, yoki ng' kabi eshitiladi: jl. enәng, keling, ming, beringiz. Bunda ng tovushi yarim palatallashgan boshqa turkiy tillardagi ng fonemasiga o‘xshaydi.
Shevalararo ng fonemasining sifat jihatdan tavsifi tubandagicha:
a) j-lovchi va singarmonistik y-lovchi shevalarda ng fonemasi sof til orqa burun tovush bo‘lib, boshqa turkiy tillardagi ng fonemasiga o‘xshaydi;
b) ba’zi y-lovchi shahar shevalarida ng fonemasi maxsus qo‘shimcha g yoki gk tovushlari bilan birgalikda keladi. Bu xususiyat asosan, Samarqand-Buxoro shevalarida, qisman Toshkent shevasida anlaut(so‘z oxirida) holatda uchraydi. Marg‘ilon shevasidagi ng fonemasi hech qanday qo‘shimcha tovushlarga ega emas, Toshkent shevasida esa, sof ng va qo‘shimcha tovushga ega bo‘lgan ngg dubletlari mavjud. Lekin Toshkent shevasidagi ng tovushiga qo‘shiladigan qo‘shimcha g tovushi Samarqand va Buxoro tip shevalardagi ngg >nggk kabi ng tovushining tarkibiy qismini tashkil qilmaydi.
Xuddi o‘zbek adabiy tilidagi kabi ko‘pchilik shevalarda ham so‘z o‘rtasida (ikki tovush orasida ngg tovushlari birikmasi ko‘plab uchraydi: yl.yә ngg’, rәngg’, otәngg’z, kөnggul, tәnggә.
Y-lovchi shevalarda ng tovushi y tovushiga o‘tadi: keld’ym’J-lovchi shevalarda ng tovushining o‘rnida y tovushining qo‘llanilishi va ng tovushining tushib qolishi va gn>v va ng>v hodisasi uchraydi: kөvnүdә < kongnү dә//ad.-orf. ko‘nglida; sen keldinJ-lovchi shevalarda burun tovushi ng fakul’tativ ravishda o‘z tarkibidagi portlovchi g tovushini yo‘qotib odatdagi burun tovushi n ga aylanishi mumkin. Mas., miltixtin og‘iday// ad.-orf. miltiqning o‘qiday.
Chuqur til orqa q, g‘, x undosh fonemalari
q fonemasi. Chuqur til orqa portlovchi tovushdir. U turkiy tillardagi q tovushiga mos keladi. J-lovchi shevalarda bu tovush spirantizatsiyaga uchrab, x yoki qx kabi talaffuz qilinadi. O‘zbek shevalarida so‘zlarning barcha o‘rinlarida keladi: yl. jl. qush, quda, chuqur.
q tovushi so‘z o‘rtasida (unli orasida), yoki sandxi holatda jarangli lashadi va g‘ tovushiga o‘tadi. Bu q>g‘ j-lovchi shevalari uchun xarakterlidir. Y-lovchi shevalarda va o‘zbek adabiy tilida q>g‘ hodisasi q tovushi bilan tugagan so‘zlarga unli bilan boshlanadigan affikslar qo‘shilgandagina yuz beradi: misollar: ad.-orf. o‘rtoq>o‘rtog‘im, quyruq>quyrug‘i jl. tag‘dir>taqdir, djog‘atmә//ad.-orf. yo‘qotma. J-lovchi shevalarda q>v almashadi: ayuv, qamavli//ad.-orf. ayiq, qamoqli. Qipchoq guruhidagi tillarda so‘z oxiridagi q tovushi(shuningdek k tovushining ham) tushib qolaishi kuzatiladi. Bu holat j-lovchi o‘zbek shevalarida ham bor: jl. tari, quru, sari, achchi//ad.-orf. tariq, quruq, sariq, achchiq.
Qiyos qiling: yl. q’rQipchoq guruhidagi tillar konsonantizmida, shu jumladan, j-lovchi o‘zbek shevalarida ham q>x hodisasining vujudga kelishi va x undoshining singib borishi bu guruh tillar konsonantizmida tarixiy-fonologik jihatdan progressi hodisadir.
q ning spirantizatsiyasi q>x bir xil darajada bo‘lmasa ham, barcha j-lovchi shevalarda uchraydi. Bu jihatdan j-lovchi shevalarning a-lovchi guruhlari va qozoq tilidagidek dj o‘rniga j talaffuz qiluvchi shevalar qipchoq konsonantizmini intakt holatda saqlashi jihatdan konservativ xususiyatga ega. Bu shevalarda q>x hodisasi faqat fakultativ – kombina tor ravishda jarangsiz undosh tovushlardan oldin ro‘y beradi.
Boshqa j-lovchi shevalarda esa bu hodisa so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida uchraydi. Bu xususiyat y-lovchi shevalarga ham xos: jl.toxsan, chixti, maxsat, qirx, Nam. qoxmastan//ad.-orf. to‘qson, chiqdi, maqsad, qirq.
Toshkent tipidagi shevalarda q tovushining tushib qolishi o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan: yo: uyәmәs// ad.-orf. yo‘q, u emas; ɔy’ng qәyɔ:dәx fonemasi. Bu undosh jarangsiz sirg‘aluvchi tovush bo‘lib, portlovchi q tovushining jufti. Bu fonema ham barcha shevalarda uchraydi. Y-lovchi shevalarda x fonmasi o‘zbek adabiy tilidagi kabi mustaqil bir tovush bo‘lsa, j-lovchi shevalarda u q bilan almashadi.Ammo j-lovchi shevalarning a-lovchi guruhchasida q fonemasi shevalarga kirayotgan ba’zi so‘zlarda x tovushining paydo bo‘lishiga va uning q tovushi bilan almashmasligiga olib kelmoqda, masalan,poxol, paxta so‘zlaridagi kabi.
Shunga qaramay, bu shevalarning anchagina qismida hali x tovushi mustaqil fonema emas. Ko‘pchilik hollarda j-lovchi shevalardagi x tovushi qx affrikati kabi talaffuz qilinadi.Misollar: qxat, qxatin, kxalayiq, kxojayindi qizig‘a//ad.-orf. xat, xotin, xaloyiq, xo‘jayinning qiziga.
x fonemasi q fonemasiga o‘tadi: jl. qur. qiyal//qayal, qatin, qizmet qil//ad.-orf. xayol, xotin, xizmat qil. Nam. masqara q’l’p//ad.-orf. masxara qilib. Qiyos qiling: Nam. daraqqa// ad.-orf. daraxtga.
J-lovchi shevalarda sporadik ravishda x>v hodisasi uchraydi. Misollar: jo‘xori// jl. djүvәri.
g‘ fonemasi. q fonemasi kabi chuqur til orqa undosh, lekin q kabi portlovchi emas, balki sirg‘aluvchi tovushdir: jl.tag‘i, ag‘ir, qalmadig‘a, djalg‘iz.
Ba’zan j-lovchi shevalarda g‘ tovushi talaffuzda tushib qoladi, bunda g‘ tovushining ikkala tomonidagi unli tovushlar bir cho‘ziq unli kabi talaffuz etiladi yoki faqat bittagina unli tovush bo‘lib, boshqasi tushadi: jl. u:li, ɔvlɔn<ɔg‘lɔn//ad.-orf. o‘g‘li, o‘g‘lon, jl. u:rluq ~ urluq// ad.-orf. o‘g‘rilik, jl tuvdi, tuvup //ad.-orf. tug‘moq.
Barcha j-lovchi shevalarda g‘>v hodisasi uchraydi: djavdi, achchuvi >ach:uvi, aviz// ɔviz//ɔviz, tuvra, bavir, ɔvir, djuvan, buv, ɔvriq//ad.-orf. yog‘di, achchig‘i, og‘iz, to‘g‘ri, bag‘ir, og‘ir, yo‘g‘on, bug‘, og‘riq.
J-lovchi shevalarda g‘ tovushi y tovushiga g‘>y o‘tadi: djiyin siymaydi, siyindi//ad.-orf. yig‘in, sig‘maydi, sig‘indi. Shuningdek, g‘>v va g‘>y hodisalariga nisbatan g‘>x hodisasi kam uchraydi. Misollar: Ixvagar, dax// ad.-orf. ig‘vogar, dog‘.
g‘ undoshi sporadik ravishda m, ng burun tovushlaridan so‘ng portlovchi g‘' ga ham o‘tadi: jl. djamg‘'ir djavdi(qiyos qiling: Marg‘.qɔrangg‘'’n), jl.qarag‘'’, Marg‘. yɔngg‘aq, jl. angg‘'ir-tungg‘'ur, Nam. tongg‘'uzday.
BO‘G‘IZ TOVUSHLARI
Bu kategoriyadagi undoshlarga ikki tovush: sirg‘aluvchi h (mustaqil fonema) va etimologik jihatdan arab tiliga taalluqli bo‘lgan hamda o‘zbek shevalarining hech birida mustaqil fonema sifatida uchramaydigan portlovchi ( ’ ) tovushi kiradi.
h fonemasi. Jarangsiz, sirg‘aluvchi bo‘g‘iz tovushi bo‘lib, arab va fors so‘zlaridan hoyi havvaz va hoyi hutti o‘rnida ishlatiladi.
Shevalararo h fonemasi tubandagi o‘rinlarda keladi:
Y-lovchi va j-lovchi shevalarda arab tilidan kirgan so‘zlardagi hoyi havvaz h bilan ifodalanadi. (Bu xususiyat boshqa turkiy tillarda ham mavjud). Mas: baha, ha:va, behi.
h tovushi ko‘pincha undov so‘zlarda uchraydi. uh, ah, uh tɔrtt’. h tovushi j-lovchi shevalarda unli bilan boshlangan so‘zlar oldidan ham orttirilishi mumkin. hәrrә, hәyvan// ad.-orf. arra, hәyvan.
Qozoq tilidagi kabi ayrim j-lovchi o‘zbek shevalarida h tovushi fonema sifatida qo‘llanmaydi.
h tovushining mavjud bo‘lish-bo‘lmasligiga qarab y-lovchi shevalarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
a) mustaqil fonema sifatida ishlatiladigan h tovushiga ega bo‘lgan shevalar. Bu shevalar qatoriga Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shevalar kiradi;
b) h fonemasi h va x tovushlari o‘rtasidagi oraliq bir tovush, ya’ni rus tilidagi palatallashgan x – x ga yaqin x' tovushiga ega bo‘lgan shevalar. Bu shevalar qatoriga Toshkent va unga yondosh y-lovchi shevalar kiradi. Misollar: hәrnә, hәmmә yl. hɔv’z//jl. haviz// Toshk. h'ɔvuz, hәsәn, hәdәp hurmәt jl. hәvli// ad.-orf. hovli.
h tovushi j-lovchi shevalarda talaffuz etilishi ham, ba’zilarida talaffuz etilmasligi ham mumkin. h tovushining tushib qolishi j-lovchi shevalar uchun odatdagi hodisalardan bo‘lib, bu xususiyat qisman y-lovchi shevalarda ham uchraydi.
a) so‘z boshida: jl. qur. isәp Ad.-orf. ham (hәm) so‘zidagi h tovushi ham ko‘pincha talaffuzda tushiriladi: jl. senәmb) so‘z o‘rtasida h tovushining tushib qolishi o‘zidan oldingi tovushning cho‘ziq yoki yarim cho‘ziq tovush kabi talaffuz qilinishiga sabab bo‘ladi. misollar: yl.hәr shә: әrdәv) ba’zan so‘z oxiridagi h tovushi tamomila tushib qoladi: jl. gүnәBa’zi j-lovchi va y-lovchi shevalarda so‘zlar boshida h tovushi orttiriladi. Jl- hәrrә; hәptik, haptamab’l//ad.-orf. arra, apteka, avto mobil.
J-lovchi shevalarda sporadik ravishda h>v hodisasi uchraydi. suvbәt Ba’zan h>v, h>y hodisalari uchraydi. ad.-orf. ilohim//jl. iloqim// iloyim.
Regressiv assimilyatsiya: jl. mәssi-mahsi. Yl. jl. mәkkәm-mәhkәm.
Portlovchi bo‘g‘iz ( ’ ) tovushi. Bu tovush arab tilidagi ayn tovushi o‘rnida, shuningdek, hamza o‘rnida qo‘llaniladi.
Ayn va hamza ә unlisidan va undosh tovushlaridan oldin kelganda y-lovchi shevalarda cho‘ziq ә: kabi talaffuz qilinadi: yә:n’, mә:no//ad.-orf. ya’ni, ma’no.
Ayn va hamza o‘rnida keladigan ikkinchi darajali cho‘ziqlik sporadik ravishda j-lovchi shevalarda ham uchraydi, lekin ko‘pchilik hollarda bu undosh j-lovchi shevalarda tushirilib talaffuz qilinadi. Misollar: jl. inam, vәdә, nәlәt, tas’r, tәzim, mәlim, mәnisi//ad.-orf. in’om, va’da, la’nat, ta’sir, ta’zim, ma’lum, ma’nosi.
J-lovchi shevalarda hamza va ayn o‘rniga tubandagi tovushlar almashinishi mumkin:
a) lab-lab (v): duva, muvәllim// ad.-orf. duo, muallim.
b) bo‘g‘iz h shәrihәt// ad.-orf. shariat.
So‘zning fonetik tuzilishi
So‘z tilning tovush tomonini va real ma’no birligini o‘zida mujassamlantirgan konkret til birligidir. Morfologik jihatdan so‘z o‘zak va affikslarga, fonetik jihatdan esa bo‘g‘in va tovushlarga bo‘linadi.
Bo‘g‘in bir yoki bir necha tovushlardan – tovushlar kompleksidan tarkib topgan, bir nafas chiqarish bilan talaffuz etiladigan taktning bir bo‘lagidir.
So‘zning fonetik jihatdan bo‘g‘inlarga bo‘linishi bilan morfemalarga bo‘linishida farq bor. Masalan, ko‘r-a-di (ko‘-ra-di), stu-dent-miz (student-miz), o‘-qi-ta-man (o‘qi-t-a-man).
Til ixchamlikni yaxshi ko‘radi. Natijada tilda turli o‘zgarishlar yuz beradi.
Og‘zaki nutq quyidagi xususiyatlarga ega:
Akkomodatsiya. Unli va undosh tovushlar o‘rtasida vujudga keladigan akkomodatsiya hodisasi bir tovush talaffuzining ikkinchi tovush talaffuziga moslashishidir. y, u, u indifferent unlilari til orqa undoshlar bilan moslashadi. Bu unlilar sayoz til orqa k va g tovushlariga yondosh yoki yaqin holatda kelganda ularga moslashib, oldingi qator tovushlarga tomon ishlaydi. Kiyim (k’y’m ~k’:’m), sigir(s’g’r ~s’y’r ~s’:’r), ko‘l (kol~kөl).
Aksincha, xuddi o‘sha unlilar chuqur til orqa q, x, g‘ tovushlari bilan yondosh kelganda, ularga moslashib, bir qadar til orqa holatga ega bo‘ladi: qirq (qirq), biqin (biqin), qiliq (qiliq), g‘ulom (g‘ulɔm), ulug‘ (ulug‘) qo‘sha (qosha), qo‘chqor (qochqɔr), xitob (xitɔb).
Assimilyatsiya – o‘xshatib olishdir. Agar keyingi tovush o‘zidan oldin kelgan tovushga o‘xshasa progressiv assimilyatsiya: ketdi (ketti), ɔtdan (attan), yurakga (jurәkkә) aksincha, oldingi tovush o‘zidan keyin kelgan tovushga o‘xshasa regressiv assimilyatsiya yigitcha (yigichchә), uch sum (ussom) deyiladi.
Regressiv assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisbatan nutqda kamroq uchraydi, chunki assimilyatsiyanig bu turida keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga moslashtiradi.
Progressiv assimilyatsiya hodisasiga singarmonizm ham taalluqlidir.
Singarmonizm unlilarning garmoniyasi (uyg‘unlashishi)dir. Bu hodisa ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
1) lingval garmoniya (tanglay garmoniyasi) unlilarning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra garmoniyasi (ohangdoshligi);
2) labial garmoniya unlilarning lablanish va lablanmasligiga ko‘ra garmoniyasi (ohangdoshligi).
Unlilarning lingval garmoniyasi singarmonizmli o‘zbek shevalarida to‘liq saqlangan. Bu qonunga muvofiq bir so‘z tarkibidagi barcha unlilar (qisman undoshlar ham) bir xil: oldingi qator yoki orqa qator bo‘lishi shart: Masalan, әkәmә, kөrgәnnәr, tezrɔq, qizillar, bɔrgich.
Unli tovushlaridagi lab garmoniyasi so‘zlarning ikkinchi va undan keyingi bo‘g‘inlarida uchraydi. masalan, djolung, uyum.
Dissimilyatsiya – o‘xshashning buzilishidir, ya’ni assimilyatsiyaga qarama-qarshi bo‘lgan fonetik hodisadir. O‘zbek shevalarida, odatda sonor tovushlariga ega bo‘lgan so‘zlar dissimilyatsiya hodisasiga uchraydi. misollar: zarar ~ zәlәl, zәril, intipaq, devor ~devɔl/ devɔl.
Sandxi holatda tovush o‘zgarishi ikki so‘zning tutashgan joyida vujudga keladigan fonetik hodisadir. Masalan, hәyrɔmbold’m ~ xәyrɔn bold’m, bolәk ɔdәm ~bolәg әdәm, ɔlti ɔygәchә ~ɔltɔygeche, yekqolini~ikki kolini.
Spirantizatsiya – biror portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatini yo‘qotib, sirg‘aluvchi tovushga utishidir. Masalan, jl. djolbars ~djolbars, hisob// hisap~hisәbәt, jduvәrdi// yl. yuvɔrd’// ad.-orf. yubordi. chay// shay ~ shәy, chash~chach, ash~ach, qush~kuch.
Sponton o‘zgarishlar tovushlarning kombinator o‘zgarishlari natijasida emas, balki ichki sababiyatlariga ko‘ra vujudga keladigan tovush o‘zgarishlaridir.Misollar: Nam. sүyәg, terig, g‘arg‘a, q’rg‘//ad.-orf. suyak, tirik, qarg‘a, qirq; Marg‘. ɔdɔg‘~ɔdɔq.
Eliziya – unli va undosh tovushlarning tushib qolishi.
a) so‘z o‘zak- negizida (alohida talaffuz qilinadigan o‘zak-negizlarda): o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda o‘zak so‘zning oxiridagi unli tovush tushadi. ɔlti+ɔv- ɔltɔv// ad.-orf. oltov, iki+әv- ikәv// ad.-orf. ikkov;
b) o‘zak- negiz yoki affiks boshidagi undosh tovushlar tushadi. masalan, shishә –ishә, bizәr-bizlәr, tәrәdi- tәrәddud;
v) so‘z o‘rtasida undosh tovush tushadi. djupqa – djuqa (yupqa), ottiz-otiz (o‘ttiz);
g) o‘zak-negiz yoki affiks oxirida undosh tovushlar tushib qoladi: gunә- gunәh,giyɔ-g’yɔh, pәs-pәst.
So‘z formalarining torayishi (tortilishi). Bu jarayon talaffuzni maksimal darajada osonlashtiradi. Bunda bir bo‘g‘in yoki bo‘g‘inlardagi unli va undosh tovushlar tushirilib talaffuz qilinadi. So‘z formalarining torayishi o‘zbek shevalarida ko‘p uchraydi.
So‘z o‘zak- negizlaridagi torayish: jl. nәsi< nimasi? hәrnәO‘zak-negiz va affiks hisobiga bo‘ladigan torayish: jl. qipAffikslar hisobiga torayish: jl.bolmayimIkki so‘z qo‘shilganda vujudga keladigan torayish: jl. shүytupmәngnәr//ad.-orf. bun day qilmanglar, aladim < alar edim. Toshkentda bettә//bottәUnli va undosh tovushlarning orttirilishi. So‘zdagi tovushlar miqdorini ko‘paytiradi va shu bilan birga uzaytiradi. Bu hodisa, bir tomondan, talaffuzni osonlashtiradi, ikkinchi tomondan, aksincha tilning tarixiy fonetik evolyutsiyasi nuqtai nazaridan ba’zi so‘zlarda orttirilgan tovushlar talaffuzini qiyinlashtiradi.
1. Unli tovushlarning orttirilishi:
a) so‘z boshida: jl. ilayb) so‘z oxirida: jl. lapi2. Undosh tovushlarning orttirilishi: djildam Tovushlarning o‘rin almashishi (metateza). DәyrәXulosa qilib aytganda o‘zbek tili shevalarida fonetik hodisalar amalda bo‘lib turadi. Tovushlarning tushmshm va ortishi hodisalari tez-tez qo‘llanib turadi


Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,Shoabdurahmonov Sh . “O’zbek dialektologiyasi” , Toshkent,“O’qituvchi”,1978 -yil
2.Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O’zbek shevashunosligi” Toshkent, “O’qituvchi” 1996- yil.
5.Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoarealtalqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 -yil.

Takrorlash uchun savollar:


1. O’zbek xalq shevalarida undoshlar tasnifi?..
2. Shevalarda fonetik hodisalar?..
3. Assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza hodisasi tahlili?..
4. Reduksiya, spontan o'zgarishlar, sandhi, spirantizatsiya hodisasi...
5. Geminatsiya, tovushlar tushishi, orttirilishi. Sinerezis hodisasi haqida umumiy ma’lumot bering.



Tayanch tushunchalar :

Vokalizm – unlilar tizimi.
Konsonantizm – undoshlar
Fonetik qonuniyat – o’zbek shevalarida amal qilinadigan tovush talaffuzi va u bilan
bog’liq aql bilan boshqarilmaydigan fonetik hodisalar.
Singormanizm – unlilar uyg’unligi .
Lingval singormanizm – old qator va orqa qator unlilar uyg’unligi.
Labial singormanizm – lablangan unlilar uyg’unligi.
Assimilyatsiya – unli va undoshlarning o’xshab ketishi yoki bir-birlariga singishi.
Dissimilyatsiya – undosh tovushlarda noo’xshashlik.
Unlilar Cho’ziqligi – unlilarning boshqa tovush ta’sirida va uning ta’sirisiz
cho’zilishi.
Diftong va diftongoid – bir tovush xususiyatlarining bo’lishi va shunday tovush .
Kontrast unli –old qator va orqa qator xususiyatlariga ko’ra zidlangan unlilar .
Tovush mosligi – so’z ma’nosiga putur yetkazmaydigan tovush o’zgachaliklari.
Spirantizatsiya – nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg’aluvchi variantga ega
bo’lishi.
Sandhi – bunda ikki so’zning talaffuzi jarayonida oldingi so’z nihoyasidagi undosh
keyingi (boshlanuvchi so’z) tovushga moslashadi yoki dastlabki so’zning oxirgi tovushi
keyingi so’z unli bilan boshlansa jaranglashadi.
Umlaut – bu qonuniyat fanda unlilarning regressiv assimilyatsiyasi deb ham
yuritiladi.Bu qonuniyatga ko’ra affikslardagi old qator unlisini o’z xarakteriga moslab
oladi.
Metateza – o’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni
o’zaro o’rin almashishi .
Anakopa – so’z oxirida keluvchi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir.
Proteza – ma’lum fonetik sabablarga ko’ra so’zning boshida tovush orttilishi.
Prokopa – so’z boshidagi tovushning tushishi .
Epenteza – so’z ichida tovush orttirilishi .
Epiteza – ma’lum fonetik sabablarga ko’ra so’zning oxirida tovush orttirilishi .
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so’zga unli bilan boshlangan so’zning qo’shilishi
natijasida oldingi unlining tushishi .
Sinkopa – so’z tarkibidan tovush yoki tovushlar guruhining tushishi ; singilimsinglim, arslon-aslon.
Apokopa – so’z oxiridagi tovush yoki tovushlarning tushib qolishi; kel-ke, to’rt-to’r

Qo’shimcha ma’lumotlar.




Adabiy til va shevalarni o’rganish ilmiy - nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan
ham unli tovushlar tarkibi bilan mustahkam bog’langan. Tilshunoslikning hamma
bo’limlarini bir - biriga bog’lab o’rgangandagina ularning taraqqiyot qonunlarini to’g’ri
tushunish mumkin. Morfologiyadagi egalik kategoriyalari, ularning turlanish, so’z yasash,
leksikasida esa so’zlarning ma`nolarini o’rganish, so’zlarning turli – tuman shakllarini
aniqlash kabi masalalarni fonetik qonunlarini hisobga olmasdan turib tasavvur etish
qiyin. Bu hol, ayniqsa shevalar uchun muhimdir.Qarluq - chigil – uyg’ur lahjasida unli tovush uyg’unligi yoki ohangdoshlikhodisasi uchramaydi.Shuning uchun ham ulardagi unlilar miqdori ko’p emas, unlilarfonemasining soni 6-8 dan oshmaydi. Jumladan, Toshkent shevalarida oltita („, e, u, o),
Namangan shevasida sakkizta (`, a, o, u, e, `), Marg’ilon shevasida ettita unli (`, a, o,u, e) fonema bor. Bu shevadagi unli fonemalar sifat jihatidan farqlanadi. o’zlariga xosxususiyatlar alohida qayd etiladi. Buxoro, Urgut, Qarshi, Xo’jand, Chust shevalariningunlilar tarkibida ham oltitadan unli fonema bo’lib, ular miqdori jihatdan Toshkent vaSamarqand shevalardagi holatga tengdir. Vodiy va Jizzax shevalari, Toshkent atrofidagiayrim (Parkent, Piskent, Chinoz) va Qarnob shevalarida unlilar Toshkent shevasidagisingaridir, Qo’qon va Marg’ilon shevalarida esa unli fonemalarning soni yuqoridan
keltirilgan shevalardan bitta ortiqdir. Unda a fonemasi ham ishlatiladi.Yuqorida qayd etilgan shahar shevalaridagi unlilarning ko’plari g’arbiySamarqand qarluq – chigil – uyg’ur shevalarida ham qo’llaniladi, ba`zilarida esauchramaydi.
A) Bu guruh shevalaridagi … fonemalarining qo’llanilishi Toshkentshevasidagi fonemalarning qo’llanilishiga mos keladi;
B) Yuqoridagi guruhni tashkil etuvhi shevalardagi ikki unli fonema o’rnidaMarg’ilon shevasida uch fonema ( . . a ) qo’llaniladi;


V) `, e, o, u fonemalari yuqoridagi shevalarning hammasida ham bir xilishlatiladi.


G) Namangan shevasidagi .. unli fonemasi g’arbiy Samarqand, Toshkent,
Marg’ilon shevalarida uchramaydi.Qipchoq shevalarida 10 ta unli fonema qo’llaniladi:a - e, o - e, u - u, iu - i, s - e. Bu shevalarda unlilar ohangdoshligi hodisasi saqlangan,lab va qisman ohangdoshligi mavjud. Shunga ko’ra, unli fonemalarning sakkiztasi juftholda qo’llaniladi. Bu o’zbek tilining hamma qipchoq shevalari uchun umumiyxususiyatga ega. Bunda ularning ba`zilarida hali s fonemasining to’la shakllanibetmaganligini qayd etish mumkin. Natijada s va a unlilarning almashinib qo’llanishholatlari ko’zga tashlanib turadi. Shunday qilib,shevalarning materiallarida tovushlarningo’zgarishi jaranglashish yoki jarangsizlanish, tushib qolish yoki orttirilish, o’rin almashishyoki kuchsizlanish kabi hodisalarning nutq jarayonida hosil bo’lishi, ohangdoshlik,undoshlarning o’rin almashishi, assimilyasiya, dissimilyasiya, qo’sh undosh kabilarniqamrab oladi


FONETIK JARAYONLAR. PROTEZA
Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang’it, Xitoy, Qirq, Saroy,Nayman, usmjniy - turk, Xo’jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg’ur,qipchoq hamda o’g’uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbushevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(r hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar) so’zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug’dirishi uchun titroq r va boshqa xilsirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi.Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf,`r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq)kabilar. Adabiy tilda ro’mol, r o’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzidaqo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal,roza tarzida qo’llaniladi.Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`nistol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari alaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va usterdeb qo’llaniladi.Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlabo’tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariqtumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so’zning oldida birunli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi,Vodil, Parkent singari o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi.
EPITEZA
Epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda mavjud bo’lib, ular Qarnob, Ispanza,
Baxmal, Saroy, Qirq, Mang’it, Parkent, Vodil, Andijon, Kattaqo’rg’on kabi shevalar
vakillarining talaffuzida aniq seziladi.Masalan, o’zbek adabiy tilidagi bank va propusk so’zlari Urgut va Ispanze shevasidabanka, propuska tarzida qo’llaniladi, yoki Qarnobliklar bu so’zlarni benke, proposke debtalaffuz etadilar. Parkent shevasining vakillari bonke hamda propuske tarzida talaffuz
etadilar.O’zbek tilining Mang’it hamda Vodil shevalarida mazkur hodisa bir muncha
chegaralangandir. Masalan, Vodil shevasi vakillirining talaffuzida boshqa shevalardagi
kabi otpuskege elbete boremen, bonkeden piuld`old`zm` kabi so’zlardagina uchraydi.Epiteza hodisasi Samarqandda: ucheske - uchastka, otpuske - otpusk, kabi;Qarnobda: `sp`ske - spisok – ruyxat, benke - bank, k`eske - uchastok singari; Urgutda;kiyeska - kiosk, otpuska - otspuk,banka- bank kabi.
Yuqoridagilar kabi epiteza hodisasi Andijon shevasi vakillarining nutqida hamuchraydi. Masalan, otspuk (ad. imloda: ta`til) – etpuska, uchastok – uchestke - uchesteke,kios - k`eske, propusk - p`ropuske.
Epiteza hodisasini qator o’zbek shevalarida uchratganimizdek, o’zbek adabiytalaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog’imiz lozim. So’z oxirida qatorlashibkelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo’shib talaffuz qilinadi. Bu hol ko’pinchaundoshlarning sk, nk.shakllaridan so’ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank -blanka, tank - tanka, bank- banka kabi.Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o’zbek tili imlosi me`yori qonunlashganigaqadar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so’zlar faqat lahjava shevalar bilan bog’lanar edi. 1956 -yildan boshlab o’zbek adabiy tili qoidasi qabul qilindi va to’la rasmiy tus oldi.Qisqasi, epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda ko’proq mavjud bo’lib, o’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi.


EPENTEZA
Epenteza hodisasi o’zbek tilining hamma shevalarida qo’llaniladi. ayniqsa,Qarnob, Xo’jatug’, Qang’li, Baxmal, Mang’it, Ming kabi shevalarda esa u yanadaoydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so’zi Qarnob shevasida esa duvir shaklidauchraydi.Qiyos kiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot, tirektir,tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay.O’zbek tilining Kattaqo’rg’on va uning atrofidagi shevalarda ham xuddiQarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli saqlangan. Masalan,`skelet - skalad, kensert - koncert kabi.Yuqoridagilar singari fonetik hodisalarni G’allaorol tumani Qang’li qishloqshevasida ham ikki undosh o’rtasida bir i unli fonemasining orttirilib talaffuz qilinishiniko’ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft- kepit kabi.Shuningdek, o’zbek tilining qipchoq shevalari vakillarining talaffuzida ham i, a,
u unlilari chetdan qabul qilingan so’zlarda orttirilib talaffuz qilinishi xosdir. Masalan,rus tilidan qabul etilgan traktor - tirektir taraktiur, krovat` – kerevot kerevet, plenum -pilinum pul`num, zveno - zuvine z`v`ve kabi so’zlarda ko’rinadi.Epenteza hodisasi birgina o’zbek xalq shevalari uchun xos bo’lib qolmasdan,balki boshqa turkiy tillar uchun ham xosdir. Masalan, yoqut tilida birat - mladshiy brat,
kilass – klass, kulus – klyuch, kiurabaat – krovat`, yoqut tili shevalarida esa ispiravka –spravka, pumala - smola kabilar uchraydi.Epinteza bir shevada ko’proq mavjud bo’lsa, ikkinchisida nisbatan kamroq bo’ladi.Ma`lumki, o’zbek adabiy tilida yonma - yon kelgan ikki undosh tovush
o’rtasida qipchoq shevalarida, ayniqsa, Mang’it shevasida `, a, u, singari unlitovushlarni qo’shib talaffuz qilinadi. Masalan, aks - ekis, asl-es`l, kasr - kos`r, akl - akiul,krovat` - kerevet kabi.Biroq, o’zbek tilining Vodil shevasida esa bu hodisa nisbatan kamroq uchraydi. Boriham so’z o’rtasi va so’z oxirida yonma-yon kelgan undoshlar orasiga bir unli qo’shibtalaffuz etish natijasida vujudga keladi. Masalan, o’g’limni konspekt daftari yo’q kabi.Qisqasi, epenteza hodisasi maktab, maorif va matbuotning ta`siri tufayli o’zbekxalq shevalarida tobora chegaralanib bormoqda. Ular hozirgi kunda keksalar nutqida uchraydi. O’quvchi, talaba va boshqa ma`lumotli kishilar nutqida borgan sari kamayib bormoqda.


SINKOPA
Sinkopa hodisasining hosil bo’lishi bevosita urg’u masalasi bilan bog’langan bo’ladi.
Urg’usiz bo’g’inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi.
Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O’zbek tiliningKattaqo’rg’on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang’it kabi shevalarini va o’g’uz lahjasiniolaylik. Bu shevalar vakillarining talaffuzida ayrim so’zlardagi ba`zi tovushlarniishlatmaslik hollari (sinkopa) ko’plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona –biblioteka – bubleteke, billiard – bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo’llaniladi.Shuningdek, hozirgi-kelasi zamon fe`llarining ikkinchi bo’g’inidagi i, iu, u, u unlilar talaffuzda bevosita tushib qolishi natijasida vujudga keladi. Masalan, chaqiraman –chaqraman, yuguraman – yugremen, o’tiraman – otraman kabi.Yuqoridagi kabi buyin, og’iz, egin, burun, korin kabi so’zlarning ikkinchibo’g’inidagi unli tovush shu so’zlarga yangi bo’g’inlarga egalik qo’shimchasi qo’shilgach, urg’uning bevosita yangi bo’g’inga ko’chishi bilan kuchsizlanadi va tushib
qoladi. Bu adabiy til uchun xosdir. Masalan, buyin – buyni, og’iz – og’zi, egin – egni,burun – burni, o’rin – o’rni, qorin – qorni kabi. O’zbek xalq shevalari materiallarida buhodisa keng ko’lamda ishlatiladi.Sinkopa hodisasi o’zbek tilining qipchoq hamda qorluq-chigil- uyg’ur lahjalari
materiallarida ko’p hollarda bir xil xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, adabiy tilde «xaridor» so’zi qipchoq shevalarida hardar – hariudar, Toshkent shevasida xerder,Namangan shevasida xerdor shakllariga ega bo’ladi.Shuningdek, so’z o’rtasida yonma-yon kelgan ikki unlidan biri kuchsizlanadi va ikkinchisi cho’ziq talaffuz qilinadi. Yuqoridagi holatlar turli o’zbek shevalarimateriallarida uchraydi. Lekin sinkopa o’zbek adabiy tili tarixi taraqqiyoti bosqichidamavjud bo’lib, adabiy til uchun o’ziga xos xususiyat hisoblanadi.


APOKOPA
So’z oxirida tovushlarning tushib qoldirilishi urg’uning odatdagidan boshqacha
bo’lganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda so’z oxirida urg’usiz unli
yoki bo’g’in talaffuzda kuchsizlashadi va tushib qoldiriladi. Bu apokopa hodisasidir.Ma`lumki, apokopa odisasi butun o’zbek shevalari uchun xos hodisa sanalib,qisman o’zbekcha, ayniqsa, baynalminal so’zlarda ko’plab uchraydi. Shuningdek,Payshanba, Uyshun, Nayman, Qarnob, Xo’jatug’, Chuvallok, Parkent, Mang’it kabishevalarda bu fikr yanada oydinlashadi.O’zbek tilining qipchoq shevasida o’zlashtirilgan ayrim so’zlarda unli tovushlarso’z o’rtasida ham, tushib qoladi. Masalan, minuta – minit, gazita – gezit, mashina –mashiun, apteka – aptik kabi. Urgut shevasida ham mino’t, gazit, meshin, eptik tarzidaishlatiladi. Masalan, gazetti elli, mashin minan elip kelli kabi.Shuningdek, gazeta – gez`t, mino’ta – m`n`t, mashina – mesh`n, kvartira – kuvert`r, telegramma – telegrem kabi apokopa hodisasi Qarnob, Chuvalloq, Kattaqo’rg’on tumani ayrim jamoa xo’jaliklaridagiqishloq shevalarida hamda Uyshun shevasi vakillari talaffuzida bir a unlisining tushibqolishdan hosil bo’ladigan o’ziga xos xususiyat hisoblanadi. 1905 – 1917 yillardagiadabiy til materiallarini olaylik. Bu davrda ham, tarixiy manbalarning ko’rsatishicha,apokopa hodisasi yuz bergan. Jumladan, o’sha yillarda rus tili orqali kirib kelgan kvartira,palata, fabrika, granat, kontora, minuta so’zlari kuvartir, palat, pabrik, giranat, kontor,mino’t shakllarida qo’llanilgan.


ELIZIYA
Eliziyaning hamma turlari o’zbek lahja va shevalari uchun xos bo’lib, ularningdeyarli hammasi uchraydi:
A) eliziyaning birinchi turiga: o’ta olmaydi – otolmayd`// otelmeydu,shu erda –she:r, bu yokka – beke,shu yoqqa –sheqe, bu er – be:r kabilar kiradi;Men sheqe boremen ( Marg’ilon), sen shatte turetur (Jizzax), beke ke, akke kett` –kettene, ettete (Uychi) kabi. eliziyalanish hodisasini Urgut va Samarqand shevalaridaham ushratamiz: bora olmay – borolmay, bu yoqdan – baxdan, olti oy – oltoy, yoza oladi –yozoladu, yozayotgan – yozotkan, kila oladi – k`loladu so’zlarida u va a unlilari to’liqeliziya hodisasiga uchrayapti. Masalan, bizlar kecha borolmay qolduk; she:ga//she:rgabizardi tushurdi, sogra buyozotkan kishi aytti; be:rga kel ( Samarqand); oltoygacha oshinxaydamayman;she:k karap kelaverdi. Mardonqul xatti yozoladu ( Urgut) kabi.Bu hol Kattaqo’rg’on tumani qipchoq shevalarida ham mavjud.Masalan,shaxta,manaxta, sheke, biyeke, ketuvdii, ekkilevdi, eytkendim kabilar Navoiy viloyati Xatirchitumanidagi Nayman shevalari vakillarining talaffuzida ham unli tovush bir vaqtdayonma-yon kelsa, biri tushib qoladi. Masalan, bora oladi – baraladi; qola oladi – qalaladikabilar;
B) ikkinchi turiga: bu erga – bu:rda, u er – u:r, qaysi er – qe:r (Qarnob) kabilarniko’rsatish mumkin;
V) eliziya hodisasining bu turi ham o’zbek xalq shevalari materiallarida uchrabturadi. Bu to’liqsiz fe`llarning mustaqil so’zlar bilan birikma holda kelishi bilanbog’liqdir: bo’lar ekan – boleyken, bir edi – b`rd`,shuning uchun –shun`ychun, olgan edim– olgend`m kabilar. Shevadagi kelgan edim – kelgend`m, yuvib kel – yubke, o’qir ekan– ak`yken kabilar ham eliziya hodisasiga xosdir.Yuqoridagi singari xususiyatlar o’zbek tilining Poyariq tumanidagi qipchoqshevalarida ham uchraydi; bunday paytda birinchi so’zning oxiridagi unli fonema tushibqoladi va har ikki so’z va o’zagi, bir bosh urg’u bilan aytiladi. Masalan, to’liq ot, torat –toriat; Solih aka – Soli aka – Salaka, Malla aka – Melleyeke – Meleke kabilar deyarlihamma qipchoq shevalari uchun xosdir.Bunday xususiyatlar arab tilidan kirgan va birdan ortiq o’zakdan yasalgan kishiotlarida ham uchraydi. Masalan, Abdusattor –Epsetter – Epsettor, Podsho Ali –Poshsheli// Posheli, Abdualim – Abdalim// Ebdelim, Abdulla aka// Ebdelem singari.Yuqoridagilardan tashqari, o’zlarining paydo bo’lish yo’llari xarakterli bo’lgan eliziya hodisasining mavjudligi ham ko’zga tashlanib turadi. Masalan, Toshkent,Jizzax,Shahrisabz, Qo’qon kabi shevalarda ene shu – ensh` tarzida uchraydi. Andijonshevasida esa one shu - ensh`/esh` shakliga ega bo’ladi. O’g’uz guruh shevalarimateriallarida ene shu/ enshu deb ishlatiladi. Qipchoq shevalaridagi nimish – nima ish,bag’da ochiugan – bog’da ochilgan, ekqoliuniu – ikki qo’lini, shakkarap –shu yokkaqarab kabilar ham eliziya hodisasi bilan bevosita bog’liqdir.V. V. Reshetov o’zbek tilining qipchoq shevalarida eliziya hodisasining bir munchakengroq qo’llanilishini alohida ta`kidlaydi. Chunonchi: hardar – haridar, Namanganda –xordor, adabiy tilda – xaridor; xemsha – xemishe, adabiy tilda – hamisha. qorluq-chigiluyg’ur shevalarida esa olt`ov – oltov;eliziya hodisasi boshqird, turkman, tatar tillari materiallarida ham mavjud. Chunonchi,boshqird tillarida kilgeynom – kelgennem, turkman tilida: meninchun – meninuchin, tatartilida: nerse – neirse kabi. Shuningdek, ozarbayjoncha: abri – abiri, anri – anari, grov –girov; no’g’ay xalq shevalarida: burni – buruni, vaqti – vaqio’ti; brev – biravi, oturshi – oturushi kabi.


UNDOSHLAR TARKIBI.
O’zbek shevalaridagi undosh fonemalar, asosan, adabiy tildagi holatga mos keladi.
Unda hozirgi adabiy tildagi ba`zi undoshlar qo’llanil-maydi.Shevadagi c, f, j undoshlari
shular jumlasidandir. O’zbek adabiy tilidagi c undosh tovushi bu shevalarda ham ts yoki s
undoshlari tarzida ishlatiladi. Shevalarda mustaqil fonema sifatida k o’zga tashlanmaydi
va p undoshi bilan almashinib keladi. U ba`zi bir yachiy hamda undov so’zlarda hamda
o’zlashtirilgan bir necha so’zlarda ham uchraydi, holos. Samarqand – Buxoro shevalari
esa bundan mustasnodir. Adabiy tilimizdagi j undoshi shevada j va j deb ikki xilda
qo’llaniladi.
J – undoshi boshqa tillardan fors, arab va rus tili orqali kirib kelgan ba`zi bir
so’zlardagina keladi. J undoshi qipchoq guruhi shevalarida ko’proq ishlatiladi. Qipchoq
guruhini tashkil etuvchi shevalarning ayrimlarida x tovushi o’rnida k, boshqa bir xildagi
shevalarda esa k undoshi o’rnida k undoshi keladi. qolgan undosh tovushlarning
hammasini o’zbek adabiy tilidagi holatdan deyarli farq qilmaydi. Ularda uchraydigan
ayrim o’zgarishlarga duchor bo’lib turadi.



FONETIK JARAYONLAR.
ANAKOPA.
Anakopa so’z oxirida keluvChi undosh tovushlarning tushib qolish hodisasidir. Bu
fonetik hodisa o’zbek lahja vaShevalarida mavjud. Jumladan, AndijonShevasida ll, ss,
mm, zd, st kabi undosh fonemalar o’zaro birikib kelganida, o’sha biriktirilgan
undoshlardan biri tushirib talaffuz qilinadi. Masalan, gramm – g`rem, poyezd – poy`z
kabi. Ba`zi shevalarda bir bo’g’inli so’zlar oxirida ham anokopa hodisasi uchraydi: to’rt
– to’r, qasd – qas, rost – ros, kel – ke, do’st – do’s, g’isht – g`sh kabi.O’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida qator unlilarning so’z oxiridakeladigan t undoshi talaffuzda tushib qolishi xosdir. Samarqand viloyatidagiUyshun shevasida: dust – dos, gusht – gosh, YomShevasida: gusht – gosh, poytaxt – poytax; Vodil shevasida: Toshkent – Toshken, juft – jup; Farg’ona, Andijon,Qo’qon shevalarida: kaft – kep; Urgut shevasida: gusht – gosh, payvand – payvan;Samarqand shevasida: Samarqan, posh`s, darax; Bulung’ur tumani YangiravotqishloqShevasida: pas – pes, gisht – giush, Toshkent – Teshken, gusht – gosh tarzidatalaffuz qilinadi.


ASSIMILYATSIYA.
Assimilyatsiya hodisasi undoshlarning yon tovush ta’siridayumshalishi, jarangli va jarangsiz bo’lish, paydo bo’lish o’rniga ko’ra o’zgarishinatijasida yuzaga keladi. Assimilyatsiyani progressiv va regressiv, to’liq va qisman debfarqlarga ajratish mumkin. Assimilyatsiya hodisasini shu tariqa guruhlashtirish odattusiga kirib kelgan, barcha darslik va qo’llanmalarda shu holga rioya qilinadi.
1. Progressiv assimilyasiya. Bunda so’zlarda oldingi tovushning bevosita ta`siri
natijasida keyingi tovush o’z xususiyatini o’zgartiradi va oldingiga o’xshash tovushgaaylanadi. Masalan, ld – ll: soldat – sollat, td – tt: o’tdi – o’tti, nd – nn:shundan –shunnan –unnan kabilar.
Ular Toshkent, Namangan, Qarnob, Yom, Nayman, Xorazm, Uychi, Baxmal,Burko’t, Qang’li, Urgut, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Ispanza, Yangiravot kabishevalarda ishlatilishi bilan ajralib turadi. Biroq mazkur hodisaning tarqalish doirasi bir xil emas.
Qorluq-chigil-uyg’ur guruhi shevalarida Kattaqo’rg’on shevasi vakillariningtalaffuzida esa mazkur hodisa ko’proq uchraydi. hatto, Shevachilikda eng kam tajribagaega bo’lgan kishi ham buni tezda farqlay oladi. Masalan, bo’ldi – boll`, oldi –oll`,shunday –shunnayey, nonday – nonney, indamay – innemay, bu yokka – bakka,sandan – sennen, jondan – jonney, sanday – senney kabilar.
Progressiv assimilyatsiya Samarqand viloyati Ming hamda Uyshun shevalarivakillarining talaffuzida ham mavjud. Masalan, aldadi – elledi, soldat – sollat; Saroy,Mang’it, Xitoy, Nayman shevalarida: ishim tuvriu dep mani allama; avkattiu tes – tesjeger; jetti olchep bir kes degan maqol bor; exmet xemme nerselerni sattiu va boshqalarqipchoq hamda o’g’uz guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbushevalarda ikki yoki undan ortiq undosh tovushlar(r hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar) so’zning boshida kelganda, talaffuz qulaylik tug’dirishi uchun titroq r va boshqa xilsirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u, y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi.Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq uchraydi.


Masalan, ishkep-shkaf,`r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete, sirga – isirga (qipchoq)kabilar. Adabiy tilda ro’mol, r o’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal, oraza tarzidaqo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal,roza tarzida qo’llaniladi.Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi, ya`nistol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va usterdeb qo’llaniladi.Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlabo’tadi. Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming(Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariqtumani) shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so’zning oldida birunli tovush orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi,Vodil, Parkent singari o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi.



Urgut shevasi

Burkut shevasi

Adabiy til

Chomma
Ottiu
Ottei
Sotti
Etti

Choppa
Atti
Attei
Sotti
Jetti

Chopma
Otni
Otdan
Sotdi
Etti


DISSIMILYASIYA.
Bu hodisa ham o’zbek shevalarida ma`lum darajada uchrab turadi. Qarnobshevasida: zarur – zaril, kassir – kest`r, amma – embe, zarar – zelel; Urgut shevasida:zarur – zalul, bilan – minen; Parkent shevasida: zarar – zalal kabilar.Dissimilyasiya hodisasi Yom, Xorazm, Niyozboshi, Ming kabi sheva vakillaridanisbatan kam uchraydi. Masalan, zarar so’zi Xorazmda zelel, Niyozboshi, Mingshevalarida zelel/zerel shakllariga ega bo’ladi.Qipchoq lahjasida dissimilyasiya hodisasi apcha keng tarqalgan. Masalan, nodon –leden, zarur – zeril, biror – biuran, kassir – kestir, mumkin – munkin kabi.
Dissimilyaciya hodisasi assimilyaciya kabi ikki xil: progressiv va regressive dissimilyasiya shaklida bo’ladi.
Progressiv dissimilyasiya: zarar – zerel//zelel, zarur – zerul//zeril kabi.Regressiv dissimilyasiya: cht >sht: uchta – ushte, pochta – poshte ( qorluq-chigiluyg’ur); gu > vu: bugdoy – buvday; gm > ym: tugma – tiyme, tegma – tiyme; gn > yn:igna – iyne, egnim – iynim (qipchoq) kabilar.

METATEZA.


O’zbek tilida metateza u yoki bu so’z tarkibidagi undosh tovushlarni o’zaro o’rin
almashishidir. Masalan, qarluq-chigil- uyg’ur lahjasida: tuproq – turpok, yomgir –yogm`r, aylanay – eyleney, daryo – deyre//dere, supra – surpe, dunyo – duyne, devor –devol shakllari uchraydi.Bu fonetik hodisa til taraqqiyotining yaqin davrlari ichida paydo bo’lmasdan, balki
juda qadimgidir. Chunonchi, «Devoni lug’otit turk» da ham metateza hodisasi mavjud
bo’lib, uning qadimiyligini ko’rsatishga xizmat qiladi. Ushbu borada MahmudQoshg’ariyning quyidagi so’zlari muhimdir: «Kajo qabilasi bug’doy so’zini budg’oytalaffuz qiladi. U qabila kishisini bilish uchun shu so’zni ayttirib ko’rish ham odat edi»(II, 9 - bet).Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi o’rgan so’zi «Devoni lug’otit turk» va « Qutadg’ubilig» da ug’ran shaklida ishlatilganligini ko’ramiz.Shuningdek, yomg’ir so’zi XI asryozma yodgorliklarida yog’mir < yog’mir deb ishlatilganligi aniqdir.

SPIRANTIZASIYA.


Spirantizasiya hodisasi bir portlovchi undosh tovushning portlovchilik xususiyatiniyo’qotib, sirg’aluvchi tovushga o’tishi natijasida sodir bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda,bu hodisani undoshlarning yumshoqroq talaffuz etilishi deyish o’rinlidir.Qipchoq shevalarida: f > p: fabrika – pebrike, fo’tbol – po’tbal; k > x: kunori –kexneri//ke:neri, maktab – mektep; k > y: eshagiga – eshsheyine//eshshegiga; b > v: sabrqildi – sevir kildi; ch >sh: uch – ush, chuchka – choshka, och – ach//ash, kuch – qo’sh; k>x: ekinner gulge kiredigen vax bop kavdiu: erpe talkanniu//talxanniu tuyup mekkegeketedi kabi.Qorluq-chigil-uyg’ur shevalarida: k > x: k`z eytt`k`, undey mexsed`n`zbose eytt`n;
qol`n`z b`len y`n; eltoy saxlan bersay`r ded`; ch >sh: kochdi – kasht`, ichdi – `sht`; t > ch:
tish – ch`sh ( Marg’ilon); k > x:shoy` koylekt` k`y`p Toshkan bormoxch` voll`m: kal kattaakas`ya xurmayi kat`x alip borgan chokka yolga yogmir yokkan ( Qarshi); u kishinan menikorketkon jey`m yox; kob don kimesulle; qolini pichox kesip ketipto (Shaxrisabz); menbutun bel`xler` podshos` ed`m (Namangan); ishka chixtillama ( Urgut); exm`lt`x, koremm`lt`x ot`shem`s yor – yor ; dolege ch`x degende, bezgey kur`sh kiled` ( Farg’ona)kabilar.

QO’SH UNDOSHLILIK.
Bu fonetik hodisa so’zlarning o’rtasida ikkita bir xil undoshlarning qo’shaloq holda
kelishidan hosil bo’ladi. Bu xususiyatni o’zbek adabiy tilidagi so’zlarda ham, o’zbek
xalq shevalaridagi so’zlarda ham uchratish mumkin. Shevalarda ularning hosil bo’lishi
turli xil fonetik o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham, o’zbek xalq shevalari
materiallarida undoshlarning qo’shaloq holda kelishi adabiy tildagiga qaraganda ko’proq
uchraydi. Masalan, kassir, chinni, ittifoq kabi so’zlar qator shevalarning materiallarida
kest`r ( qorluq-chigil- uyg’ur), chinni, intiupak (qipchoq) deb qo’llaniladi va o’zidagi,
ya`ni qo’shaloq kelish xususiyatini yo’qotadi. Shuningdek, adabiy tildagi «tizza» so’zi
ko’pincha shevalarda t`z (Qarnob) deb qo’llaniladi. Janubiy Xorazmda dyz debqo’llaniladi. Demak, adabiy tildagi geminaciya, ya`ni qo’sh undoshlik hodisasihisoblangani holda, sheva materiallarida o’z xususiyatini yo’qotadi: tok`o – to’qqiz,chaqan – chaqqon, mekejuver` – makkajo’xori, sek`s – sakkiz, onek` – o’n ikki (Farg’ona), dadam ikkovgayam koylayliy optila ( Qarshi), koyd`n ushtas`n` soyd` (
Marg’ilon).O’zbek adabiy tili va xalq shevalarida quyidagi grammatik usullar va so’z
yasalishlar bilan geminatsiya hodisasi yuzaga keladi:
A) sifatning kuchaytiruv shakli orqali: ok – oppok, sog-sog – soppa sog, (ad. imlo);ak-ak – appak, sag-sag – sappa –sag (qipchoq) kabi;
B) juft so’zlarning yasalishi natijasida: bitta yarimta, opten-soppon, oppon-s`ppon,shartta-shurtta – shertte-shurte ( qorluq- chigil- uyg’ur);
V) tasviriy so’zlar vositasida: ukki, kakku, pirra, chippa-chippe, ushshaymok
(ad.imlo); ikki, kekki, pirre, chippe-chippe, ishsheymok (qipchoq) va hokazo.Qo’sh undosh ma`noni farqlash xususiyatining mavjudligini alohida qayd etishgato’g’ri keladi. Masalan, qorluq-chigil- uyg’ur shevalarida: qoteq (kishilar iste`molqiladigan sut maxsuloti), qatiq/qott`q ( yumshoqning aksi, qattiq), kalla (organizmning birqismi, kele jamlovchi son qo’shimchasi, ikkalamiz), sallox sifat, ism, solox, Xayriddin Salox, oppe sifatning kuchaytiruvchi shakli, oppa-oydin (qarindoshlik atamasi) va
boshqalar.Shunday qilib, qo’sh undoshlarning so’z o’rtasida kelishini kurdik. Ularso’zlarning oxirida ham o’zbek adabiy tili va shevalarida uchramaydi.

Takrorlash uchun savollar:



1.Qorluq – chigil –uyg’ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan ?
2.Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega ?
3.O’g’uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko’rsatib bering.
4.O’zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega ?
5.Singormanizm nima , uning qanday turlari bor ?
6.Umlaut qanday xususiyatlarga ega ?
7.Unli va undoshlar bilan bog’liq yana qanday qonuniyatlarni bilasiz ?
8.Unlilar cho’ziqligining qanday sifat turlari bor ?
9.Diftong va diftongoid nima ?
10. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz ?

8 -ma’ruza


O‘ZBEK SHEVALARINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Reja:


  1. O‘zbek shevalarida grammatik son kategoriyasi.

  2. O‘zbek shevalarida va egalik kategoriyasi.

  3. O‘zbek shevalarida kelishik kategotiyasi.

TAYANCH SO’ZLAR: O'zbek shevalarida otga xos belgilar. Grammatik son, kelishik, egalik shakllari. So'z shakllaridagi affikslarning variantlari va ularning morfonologik xususiyatlari.



O‘zbek shevalari adabiy tildan o‘ziga xos morfologik xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Bu xususiyatlar ayniqsa turlanish, tuslanish va (yangi) so‘z yasalishida yaqqol ko‘rinadi.
Turlanish
O‘zbek xalq shevalaridagi turlanishga xos xususiyatlar kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarining shevalararo qo‘llanishida ko‘rinadi.
Kelishik kategoriyasi
Ma’lumki kelishik ot yoki otlashgan so‘zning fe’lga, otga bo‘lgan munosabatini, tobeligini ifodalaydigan formadir.
O‘zbek adabiy tilida kelishiklar 6 ta bo‘lib, ularning shakli va ma’no xususiyatlari prof. A. G‘ulomovning «O‘zbek tilida kelishiklar» asarida mufassal yoritilgan. O‘zbek shevalarida kelishiklar turlicha: ba’zilarida oltita, ba’zilarida beshta, ba’zilarida to‘rtta. Besh yoki to‘rt kelishikli shevalarda ikki kelishik funksiyasini birgina affiks bajaradi. Masalan, Toshkent shevasida tushum va qaratqich kelishiklari unlidan so‘ng -n’ affiksi, undoshdan so‘ng assimilyativ formalari bilan 19 xil shakl orqali ifodalanadi. Shuningdek, Qarshi shevasida tushum va qaratqich kelishiklari -n’, -d’//-t’ affiksi orqali, o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklari -ya, -ga//, -ka//, -qa affaksi orqali ifodalanadi.
O‘zbek shevalarida kelishiklar bilan turlanish paradigmasi quyidagicha:
Qiyos qiling: dj-lovchi shevalarda:

Kelishiklar

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

B.k.





Q.k.

-nыng//-ning

-dыng//-tыng-ding//-ting

T.k.

-nы//-ni

-dы//-tы -di//-ti

J.k.

-g’а//-gә

-qа//-g’а ~-gә//~-kә~ -а//-ә
-nа//-nә

O‘-p.k.

-dа// -dә

-dа//-tа ~ -dә//-tә

Ch.k.

-dаn//-dәn

-dаn//-tаn~-dәn//-tәn ~-nаn//-nәn

Y-lovchi shevalarda (masalan, Toshkent):

Kelishiklar

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

B.k.





Q.k.

-nъ

ng, v, y undоshlаridаn so’g spоrаdik ravishdа -nъ, qоlgan hоllardа o’zak-nеgiz охiridаgi undоshgа moslashadi: -mъ, -lъ, -shъ, -zъ, -gъ

J.k.

-ge

-gә//-kә ~ -kә

O’-p.k.

-dә

-dә//-tә

Ch.k.

-dәn

-dәn//-tәn

Farg‘ona shevalarida:

Kelishiklar

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

B.k.

-

-

Q.k.

-nъ

-dъ//-tъ

J.k.

-gә

-gә//-kә//-kа

O’-p.k.

-dә

-dә//-tә

Ch.k.

-dәn

-dәn//-tәn

O‘g‘uz guruh shevalarida (masalan, Xiva-Urganch)

Kelishiklar

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

B.k.

-

-

Q.k.

-nы//ni

-nы//-ni

J.k.

-gа//-gә//-yә

-а//-әnа//-nә

O’-p.k.

-dа//-dә

-tа//-dә

Ch.k.

-dаn-dәn

-tаn//-dаn

Qarshi shevasida:

Kelishiklar

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng

B.k.

-

-

Q.k.

-nъ

-nъ// ~ -dъ//-tъ

J. va u-p.k.

-yа

-gа//-kа//-kа

Ch.k.



-dan
-dan//-tan//nan




Bosh kelishik. Bu kelishikning o‘zbek shevalarida ham adabiy tildagi kabi grammatik jihatdan shakllanmagan bo‘ladi.


Qaratqich kelishigi. O‘zbek shevalaridagi qaratqich kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda farq qiladi. J-lovchi shevalarda qaratqich kelishigi affiksi quyidagi shakllarda ifodalanadi. Unlilardan so‘ng: a) qattiq o‘zak-negizlarda -ning: bɔlaning oyinchɔg‘i; b) yumshoq o‘zak-negizlarda -ning: Hәmә nersәning gөshidәn tɔtip koripti.
Undoshlardan so‘ng. a) jarangli undosh bilan tugagan qattiq o‘zak- negizlarda -ding: tɔvding bɔshi, tumambop djɔtir. Yumshoq o‘zak-negiz larda -ding (uyding); b) jarangsiz undosh bilan tugagan qattiq o‘zak- negizlarda -ting (chiraqting), yumshoq o‘zak-negizlarda -ting (itting).
Qaratqich kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab, -nung, -nүng; -dung, -dүng; -tung, -tүng shaklida bo‘lishi ham mumkin: qozunung, үrүshtүng, djoldung, burүnүng, koktung.
Y-lovchi shevalarda esa qaratqich kelishigi -n’, -d’//-t’ affikslari orqali ifodalanadi (bu affikslar ayni vaqtda tushum kelishigini ham ifodalaydi). -n’ affiksining qaratqich kelishigi vazifasida yoki tushum kelishigi vazifasida kelganligi kontekstdan anglashiladi: agar bu affiks ot bilan otning munosabatini bildirsa, qaratqich kelishigi bo‘ladi, ot bilan fe’lning munosabatini bildirsa, tushum kelishigi bo‘ladi: p’chaqt’ sɔp’. CHɔyy’ quy, s’zn’ өz’i’zgә munәs’p, ulard’ uch og‘l’ bɔr.
Toshkent shevasida qaratqich kelishigi affiksi -n’ o‘zi qo‘shiladigan o‘zak-negizning qanday undosh bilan tugashiga qarab bir necha xil assimilyativ formaga ega bo‘ladi. ng, v, y, undoshlardan so‘ng kelganda esa sporadik ravishda (umumiy qonunga buysunmaydigan) -n’ ham saqlanadi: suvv’// suvn’, toyy’//toyn’.
Ba’zi o‘zbek shevalarida (masalan, Iqon, Qorabuloq va Hazorasp) qaratqich kelishigi unlilardan so‘ng: -ning -ning, undoshlardan so‘ng: -ing, -ing tarzida ifodalanadi: Qorabuloq, ating, iting, Hazorasp, dashing, koping: Kөping risqi kөl. Gүngәlәkning dilinәәnәsi chushinәr. (Gungalak (soqov) ning tiliga onasi tushunadi). Gәrәk dashing ag‘rami yoq. Si: nәmәgәn ating sirtinnәn өtmә.
Tushum kelishigi. O‘zbek shevalaridagi tushum kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda unlidan so‘ng qattiq o‘zak-negizlarda -ni (boboni) yumshoq o‘zak-negizlarda -ni (әkәni) kabi. Saparbay әkәni chaqirip ke// ad. -orf. Safarboy akani chaqirib kel.
Tushum kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab -nu,-nү shaklida bo‘ladi: qozunu, tүlkүnү. Borү tүlkүnү aldap, qozunu djep ketti.
Undoshlardan so‘ng: a) jarangli undosh bilan tugagan qattiq o‘zak negizlarda -di (bizɔvdi), yumshoq o‘zak-negizlarda -di (uydi): Suvdi meh mannardi ɔldig‘a qoydi//ad.-orf. Suvni mehmonlarning oldiga qo‘ydi; Dji gitlәrdi uygә votqazdi// ad.-orf. Yigitlarni uyga o‘tqazdi.
Yumshoq o‘zak-negizlarda -di: eldi: b) jarangsiz undosh bilan tugagan o‘zak-negizlarda -ti: atti; yumshoq o‘zak-negizlarda -ti: itti; Aqqiz ɔtti ushlap turuptu//ad.-orf. Oqqiz otni ushlab turibdi. Miynәtkәshti tuvra djolg‘a solg‘on//ad.-orf. mehnatkashni to‘g‘ri yo‘lga solgan.
Bunday pozitsiyada tushum kelishigi affiksi o‘zak-negizda lablangan tovushlarning bo‘lishiga qarab, -du, -dү; -tu, -tү shaklida keladi: djoldu, qoshuqtu:
Tuvra joldu kөrgәn әvәzqan attin djүrүshүnү tezlәtti//ad.-orf. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rgan Avazxon otning yurishini tezlatdi.
Y-lovchi shevalarda tushum kelishigi -n’,~-d’//-t’ affikslari orqali ifodalanadi. Andijonda. Sen bash’yn’ tartәsәn//ad.-orf. sen boshingni tortasan. Devaldan tush atti m’nәsәn// devordan otni minasan.
Toshkent shevasida tushum kelishigi affiksi -n’ o‘zi qo‘shiladigan o‘zak-negizning qanday undosh bilan tugashiga qarab, bir necha xil assimilyativ formaga ega bo‘ladi: p(p + -p’: qɔpp’, k’tɔpp’// ad.-orf. qopni, kitobni. Bogәn gәpp’ yet’p ber’pt’// bo‘lgan gapni aytib beribdi. Kәmp’rr’ tuyәgә mind’r’p yubәrd’// kampirni tuyaga mindirib yubordi.
Toshkent shevasida -n’ affiksi ng, v, y undoshlaridan so‘ng kelganda sporadik ravishda saqlanishi ham mumkin: tɔyy’//toyn’ m’n’p kett’// ad. -orf. toyni minib ketdi. ɔshpәz zәkk’//zәngn’ chәld’// ad.-orf. oshpaz zangni chaldi. Bu xususiyat Namangan shevasida ham uchraydi. Toshkent shevasida -n’ affiksi ng, v, y undoshlaridan so‘ng kelganda soradik ravishda saqlanishi ham mumkin: tɔngng’, suvv’, chɔyy’//ad.-orf.tongni, suvni, choyni.
Jo‘nalish kelishigi. j-lovchi shevalarda quyidagicha shakllanadi: qattiq o‘zak-negizlarda: unli va jarangli undoshlardan so‘ng -ga (qimizga) jarangsiz undoshdan so‘ng -ka (qishka).
Yumshoq o‘zak-negizlarda: unli va jarangli undoshlardan so‘ng -gә (djergә), jarangsiz undoshlardan so‘ng -kә (ishkә).
I-II shaxs egalik affikslardan so‘ng bu shevalarda jo‘nalish kelishigi affiksi qattiq o‘zak-negizlarda –a (atama, atang‘a) yumoq o‘zak-negizlarda -ә (ishimә, ishingә) formasida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, III shaxs egalik affikslaridan so‘ng qattiq o‘zak-negizlarda –na(bolasina), yumshoq o‘zak-negizlarda -nә formasida bo‘lishi mumkin: matyaqip dukәnnәn өzinә, ukәsinә dәptәr, qalam apkeldi// ad.-orf. Matyoqub do‘kondan o‘ziga, ukasiga daftar, qalam olib keldi.
J-lovchi shevalarda shaxs va ko‘rsatish olmoshlari jo‘nalish kelishigi bilan turlanganda mag‘an// sag‘an// seg‘an, og‘an, shog‘an kabi formalarni oladi.
F.T. Ishoqov o‘zining “Olmosh” (sravnitelnaya grammatika tyurkskix yazikov, II. Morfologiya) maqolasida shaxs olmoshlarining birlikda jo‘nalish kelishigi bilan turlangan mag‘an, sag‘an, ug‘an; og‘an kabi formalarida uchraydigan -gan affiksi oxirida n ning paydo bo‘lishi hozircha noma’lum ekanini qayd etsa-da, uning paydo bo‘lishini quyidagicha uch xil variantda taxmin qiladi. 1) -g‘an < g‘ar; 2) og‘anBu qarashlardan ikkinchisi to‘g‘riroq bo‘lib, bunda Ishoqov aytganidek, -gan affiksidagi n va g‘ almashgan emas, balki o‘zak oxiridagi n va g‘a affiksi o‘rin almashtirgandir; n+g‘a n+g‘a ma+g‘a+n
san+ga > sa+ga+n
un+ ga > u+ga+n
So‘ng bo‘g‘inlar haqida qayta bo‘lingan deydi.
man + g‘a > ma+g‘an
san + g‘a > sa+ g‘an
un + ga > u + g‘an
Y -lovchi shevalarda jo‘nalish kelishigi affiksi bir necha xildir: Masalan, Toshk., Farg‘.-gә(Toshk. oygә~ Farg‘.үygә, -kә, -qa (boqqә) -ga (qurvaqaga - Xorazmda), -yә (tәngәyә), -a (dosa), -ә (өkizә), -na (yanina), -nә (әrkinә), dos dosә mәdәt// ad.-orf. do‘st do‘stga madad. Qorabuloq shevasida ham Xorazm shevasidagidek holdir.
Samarqand-Buxoro shevaalarida, shuningdek Qashqadaryo vodiysi, Surxondaryo shevalarida jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining affikslari almashtirib qo‘llash holdati uchraydi. Bu hodisa Jizzax shevasida ham uchrab turadi6 oz’ngge yoq olamga yoq //ad.-orf. o‘zingda yo‘q, olamda yo‘q.
O‘rin – payt kelishigi. O‘rin-payt kelishigi ifodalanish jihatdan y-lovchi va j-lovchi shevalarda ma’lum darajada farq qiladi. Qattiq o‘zak-negizlarda a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng –da (qo‘luda) b) jarangsiz undoshlardan so‘ng –ta (qishlaqta), yumshoq, o‘zak-negizlarda –dә, -tә (үydә, bүrgәttә).
Samarqand – Buxoro shevalarida o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklarini almashtirib, -da o‘rniga -ga; -ga o‘rniga -da va aksincha almashtirib qo‘llash uchraydi. Bu ɔdamlar san’ ɔld’ngga n’ma q’lad’. Man үygә yed’m. uydә bɔraman.
Shuni ham aytish kerakki, bu shevalarda jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi funksiyasini asosan -ga affiksi bajaradi. Ammo -ga affiksi ning -da affiksiga almashinishi yo‘nalish ma’nosini bildirmagandagina sodir bo‘ladi. Bu odamlәr sәn’ eld’ngdә n’mә q’lad’. Maktab shu q’shloqqa.
Bu hol Qashqadaryo vodiysi shevalarida ham mavjud. Lekin bu shevalarda o‘rin-payt kelishigi vazifasini ham faqat jo‘nalish kelishigi affiksi bajaradi. Masalan, Qarshi shevasida u katta akas’ya xurmaya qat’x ɔl’p bɔrgan chɔqqa yolga yɔg‘m’r yɔqqan (u katta akasiga xurmada qatiq olib borayotgan chog‘da yo‘lda yomg‘ir yoqqan).
Ko‘rinadiki, bu shevalarda o‘rin-payt kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi affkisini qo‘llash ustun bo‘lib, bu kelishikning o‘z affiksi asosan qo‘llanmaydi: yl. Qarshi: Yolga ravɔna bolgan: yolga chopɔn uchragan. Samarqandga bɔruvduk. Samarqandga yashayd’.
Chiqish kelishigi. Chiqish kelishigi ifodalanish jihatidan y-lovchi va j-lovchi shevalarda ma’lum darajada farq qiladi. Adabiy-orfografik –dan affiksi o‘zbek shevalarida bir necha fonetik variantlarga ega.
J-lovchi shevalarda chiqish kelishigi quyidagi shakllarda ifodalanadi. Qattiq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dan (tavdan), b) jarangsiz undoshlardan so‘ng -tan (ottan). Yumshoq o‘zak-negizlarda: a) unli va jarangli undoshlardan so‘ng -dәn, (tebәdәn), jarangsiz undoshlardan so‘ng -tәn (ishtәn); qattiq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik affikslaridan keyin -nan, (tamnan, qaddingnan), yumshoq o‘zak-negizlarda sonor m, n, ng tovushlaridan va egalik affikslaridan so‘ng -nәn (djүzүmnәn, sүygәnnәn).
Y-lovchi shevalarda ham chiqish kelishigi affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan o‘zak-negizning qanday tovush bilan tugashiga qarab, bir necha xil fonetik variantlarda bo‘ladi. Masalan, Toshk. -dәn//tәn (yerdәn, dәrәxtәn): Farg‘ona shevalarida: -dan//-den, - tan//-tәn (Farg‘. qoldan, Nam. kөpruktәn); Xorazm shevalarida -dan//-dәn//-tan, -tәn//-nan//-nәn (Urg. yɔpraqidәn, dәmirdәn, pa:chasinan).
O‘zbek tilining Turkiston, Iqon va Qorabuloq shevalarida chiqish kelishigi affiksi –din, din//-tin, -tin (tamdin, betidin, ziya:pattin, Chimgәttin) kabilar. Chimgәttin kelәdugɔn a:dam ba:ma? (Chimkentdan keladigan odam bormi?).
Ko‘plik kategoriyasi
Otlarning birdan ortiq ekanligining grammatik jihatdan ifodalanishi ko‘plik kategoriyasi deb yuritiladi.
SHevalarda ko‘plik asosan morfologik va sintaktik usul bilan ifodalanadi. Adabiy tilda ko‘plikni ifodalovchi affikslar bo‘lib, shevalarda uning turli variantlari qo‘llanadi: -lәr, -lar, -lә,-la, - dәr -dar, -nar, -nәr, -әr, -aq va boshqalar.
Edәmlә, ellә (yellar) kәlxochch’lә (Toshkent) bizәr (Park). sizәr.
Maldar, attar//ad.-orf. mollar, otlar: ukәmnәr, bɔrgannar//ad.-orf. ukamlar, borganlar; uәzingәr, boringar (Surxon)// o‘zinglar, boringlar.
J-lovchi shevalarda ko‘plik affiksining qo‘llanilishi o‘zak-negizning qattiq – yumshoqligiga bog‘liq.
Agar o‘zak-negizda til orqa unlilar bo‘lsa -lar, -nar, -ar, -aq, -dar affikslari qo‘llaniladi.Masalan, qishlaqlarO‘zak-negizda til oldi unlilari bo‘lganda esa -lәr, -nәr, -әr affikslari ishlatiladi. nersәlәr, gүllәr, ellәr//ad.-orf. narsalar, gullar, ellar.
Toshkent, Farg‘ona tip ylovchi shevalarda ko‘plikni ifodalovchi affikslar, asosan -la (~ -lә), -lar ( ~-lәr), janubiy Xorazm shevalarida esa-la (~ -lә), -lar ( ~-lәr), sporadik ravishda -a ( ~-ә), dir.Misollar: yl. Toshk. Yelgә bersәng ɔsh’yn’ yellә: s’lәr bɔsh’yni; Xor. Sizni өyө meymәllә gәldilә.
J-lovchi shevalarda ko‘plik affiksi hurmatni ifodalaydi. Men, sen olmoshlari ham ko‘plik formasini olishi mumkin, lekin bunda ko‘plik ma’nosi emas, balki mensimaslik, pisand qilmaslik, o‘zini yuqori qo‘yish ma’nolarini bildiradi. Sәllәyәm boresәmmi?//ad.-orf. senlar ham borasan mi? (ko‘plik).
O‘zbek shevalarida ko‘plik affiksi ot, olmoshlarga qo‘shilib kelganidek, fe’llarga ham qo‘shilib keladi. Bunda ular bajaruvchi yoki bajartiruvchi shaxsning ko‘p ekanligini ifodalaydi.
Fe’ldagi -lar affiksi birdaniga o‘zakka qo‘shilmaydi, balki shaxs-son, zamon affikslaridan keyin qo‘shilib keladi. Adabiy tilda -lar fe’llarning uchinchi shaxsida uchrasa, shevalarda esa, ikkinchi va uchinchi shaxslarda ham uchraydi. Bunda -lar affiksi -z (-iz) o‘rnida keladi.
Fe’llarda -lar affiksidan tashqari -k (keldik), -q (dj.bardq) affikslari birinchi shaxs ko‘plikni ifodalaydi. J-lovchi ɔldiq//ad.-orf. olinglar kabi.
Toshkent shevasida – m’z – vuz affikslari I shaxs (old’m’z – ɔlduvuz – ɔldu:z) ko‘plikni ifodalaydi -z (-iz) affiksi esa jl. shevalarda ikkinchi shaxs ko‘plikni ifodalaydi. Keldingiz.
Toshkent shevasida -lug affiksi ham hurmat, ham ko‘plikni ifoda laydi.
Toshk. ozlug’, Farg‘. өzler’, Toshk. qөylug’n’ bɔq’shvɔtt’//ad.-orf. qo‘ylarini boqishayapti.
J-lovchi shevalarda ko‘plik qo‘shimchasi tartib jihatdan adabiy tildagidek, asosan, boshqa turlovchilardan oldin keladi. Ammo bu bir qator y-lovchi shevalarda ko‘plik qushimchasi egalik affiksidan so‘ng keladi.
Toshk. bɔlәylә-bɔlәnglә, uzum’ylә. Jiz. uylәr’ng Farg‘. uzumlәr’ng p’sht’m’?
Surxondaryo qipchoq shevalarida ko‘plikning o‘ziga xos -aq1 formasi mavjud bo‘lib, u Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, SHerobod tumanlarining qishloqlarida yashovchi aholi nutqida qo‘llanadi. Masalan, bizaqtiqqa kiringizaq, vөzinizaq kengizaq. Sizaqti kelәttep qimillamay votiripti// ad.-orf. Sizlarni keladi deb qimirlamay o‘tiribdi.
(Bu haqda akad. A. P. Kononov, A. M. Shcherbaklarning ijobiy fikr lari e’lon qilingan).
Egalik kategoriyasi
Predmetning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini ko‘rsatuvchi affikslar y-lovchi Farg‘ona va Xorazm shevalarida, asosan, adabiy tildagiga mos kelsa-da, boshqa y-lovchi (Toshkent, Jizzax: Parkent) shevalarida shuningdek, j-lovchi shevalarda o‘ziga xos xususiyatga egadir.
J-lovchi shevalarda egalik affikslari o‘zak-negizning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra bir necha variantlarga ega:
Unli bilan tugagan o‘zak-negizda:

Shaxs

O‘zak-negiz

Birlik

Ko‘plik

I
II
III


lablanmagan
unlili




-m (аtаm)
-ng (аtаng)
-sы (аtаsы

-mыz (аtаmыz)
-ngыz (аtаngыz)
-lары (аtаlары)

I
II
III

lablanmagan
unlili




-m (әkәm)
-ng (әkәm)
-si (әkәsi)

-miz (әkәmiz)
-ngiz (әkәngiz)
- lәрi (әkәlәрi)

I
II
III

lablangan
unlili




-m (tоqlum)
-ng (tоqlung)
-sу (tоqlusu

-muz (tоqlumuz)
-nguz (tоqlunguz)
-lары(tоqlulаrы)

I
II
III

lablangan
unlili




-m (tүlkүm)
-ng (tүlkүng)
-sү(tүlkүsү)

-mүz(tүlkүmүz)
-ngүz(tүlkүngүz)
-lәri (tүlkүlәri)

Undosh bilan tugagan o‘zak-negizda



Shaxs

O‘zak-negiz

Birlik

Ko‘plik

I
II
III

lablanmagan


unlili

-ыm (qыshlаg’ыm)
-ng(qыshlаg’ыng)
-ы (qыshlаg’ы)

-ыmыz(qыshlаg’ыmыz)
-ыngыz (qыshlаg’ыngыz)
-lаrы//-nаrы//-dаrы//- tары(qыshlаqlаrы)

I
II
III

lablanmagan
unlili

-im (elim)
-ing (eling)
-i (eli)

-imiz (elimiz)
-ingiz (elingiz)
-lәri//-nәri//-dәri//- tәri (ellәri)

I
II
III

lablangan
unlili

-um (qushum)
-ung (qushum)
-u (qushu)

-umuz (qushumuz)
-уngуz (qushunguz)
-lаrы//-nаrы//-dаrы//- tаrы(qushlаrы)

I
II
III

lablangan
unlili

-үm (djүzүmүm)
-үng (djүzүmүng)
-ү(djүzүmү)

-үmүz(djүzүmүmүz)
-үngүz(djүzүmүngүz)
-lәri//-nәri//-dәri//- tәri (djүzүmlәri)


Y-lovchi Xor. atam, atang, atasi, atamiz, atangiz, atasi (atalari). Jiz. b’lәy’m, b’lәy’ng, b’lәy, b’lәy’m’z, b’lәy’z, b’lәy’; Tosh. bɔg‘m, bɔg‘ng, bɔg‘, bɔg‘uvuz//bɔg‘uz, bɔg‘y’z// bɔg‘z, bɔg‘.
Y-lovchi shevalardan Toshkent shevasida egalik affikslarining ishlatilishi va ularning variantlari quyidagicha:

Shaxs

Unlidan so‘ng

Undoshdan so‘ng




Birlik

Ko‘plik

Birlik

Ko‘plik

I

-m

-vuz//-vuzә//-uzә

-ъm

-uvuz//-u:z//-uz//uvuzә//- uvzә//-u:zә//- uzә

II

-ng

-uъz//-ulә

-ъng

-ъuъz//-ъ:z//-ъz//-ъulә

III

-sъ

-sъ//-lәrъ



-ъ//-lәrъ



Hunәr’ yo: k’sh’n’, mәzәs’ yo: ’sh’n’ (Maqol): bɔlәu’z//bɔlәulә keld’ m’? //ad. -orf. bolalaringiz keldimi?
Toshkent tip shevalarida oxiri, (ɔ) bilan tugagan so‘zlarga egalik af fiksi qo‘shilganda I va II shaxsda(birlik ham,ko‘plik ham) turlangan shu so‘z bilan egalik orasida (y) tovushi orttiriladi.
Birlik Ko‘plik
I sh. pәrvɔy’m pәrvɔyuz//
ɔyuvuz
II sh. pәrvɔy’ng pәrvɔy’z
III sh. pәrvɔs’ pәrvɔs’
Ayrim so‘zlarning III shaxsida egalik affiksi ketma-ket qo‘shilishi mumkin: s’yn’s’, yәrm’s’, un’s’ kabi.
Toshkent shevasida qaratqich-qaralmish munosabatida birinchi shaxs ko‘pligida (bizin ul, b’zz’ og‘l). Jizzax shevasida esa ikkinchi shaxsda egalik affiksi tushishi mumkin: b’zd’ mәktәp, s’zd’ q’shlɔg‘ kabi.
Abstrakt egalik shevalarda -n’k’, -d’k’ -’k’ vositasida hosil qilinadi. Jizzax shevasida esa ikkinchi shaxsida egalik affiksi tushishi mumkin: mәn’k’, b’zd’k’// ad.-orf. meniki, bizniki. Bu abstrakt egalik Qorabuloq shevasida o‘zining kelib chiqish formasi (-ning~-nini + ki) ni saqlagan ya’ni qaratqich kelishigi affiksi va -ki affiksi bilan ifodalanadi. balaningki, itingki, meningki Qorabuloq bu chapak meningki, bu qag‘az unungki.
Konkret egalik affiksidagi so‘z gapla qaralmish bo‘lib kelsa, abstrakt egalik affiksi olgan so‘z gapda kesim bo‘lib keladi: Toshk. Bu yyellә (< yyerlәr) – kәlxɔss’k’, qәlәmlә mәn’k’; Jizzax. әnɔv kor’n’p turgәn mәkkәy’ әxmәtt’k’; Qorabuloq. Bu chapan meningki, bu qag‘az unungki.

Adabiyotlar:



  1. Аbdullayev F. O‘zbеk tilining qipchоq shеvаsi (o’zbek diаlеktоlоgiysidаn mаtеriаllаr, Tоshkеnt 1957).

  2. Аliyеv А.Y. O‘zbеk tili Uychi shеvаsining ba’zi lеksik vа mоrfоlоgik хususiyatlаri hаqidа (Nаmаngаn, 1957).

Takrorlashuchunsavollar:


1.O‘zbek shevalaridagi morfologik xususiyatlar qaysi turkum va kategoriyalarda namoyon bo‘ladi?
2.Ko‘plik affiksining adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarni aytib bera olasizmi?
3.Egalik affikslaridagi adabiy tildan farq qiladigan o‘rinlarni aytib bera olasizmi?
4.Turlovchi affikslarning qo‘llanish doirasini ko‘rsatib bera olasizmi?
5.Qaysi shevalar besh kelishikli, qaysilari turt kelishikli?

9 -ma’ruza


O‘ZBEK SHEVALARIDA FE’LLARNING XUSUSIYATLARI

Reja:
1. O‘zbekshevalaridatuslanishtizimi.


2. Tuslovchiaffikslarning 3 tipi.
3. Shevalardamaylvazamonshakllari.
TAYANCH SO’Z VA IBORALAR: Fe'l va uning funksional shakllari. Tuslanish tizimi. Tuslovchi affikslarning uch tipi. Mayl va zamon shakllari. O'zbek shevalaridagi adabiy tildan jiddiy farq qiluvchi fe'l shakllari. So'z yasalishi.

Shevalarda tuslanish


O‘zbek adabiy tilidagi kabi xalq shevalarida ham shaxs-son, zamon va mayl formalari tuslovchilardir.
Tuslovchi affikslar, masalan, jl, -di + m (fonetik variantlari bilan)~ yl-d’ + m ( fonetik variantlari bilan) ham zamon, ham shaxs-sonni ko‘rsatadi: jl. keldim ~yl. keld’m (o‘tgan zamon birinchi shaxs birlik) kabi. Tuslovchi affikslar shevalararo ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Qiyos qiling: zamon va shaxs-son tuslovchilar: jl -diq (qaradiq)~yl. And. d’k (keld’k) – Toshk. -duv(zә), kelduv(zә). Jiz. -t’y (kutt’y). Jl-. vatirman (keliva tirman) – yl. Toshk. vɔmmәn (borvommәn)~And. yәppәn (baryәppәn) ~Park. -vɔtt’m (vɔrvɔtt’m)~Samarqand. -ɔmmәn ~Nam. Utt’mәn (bɔrutt’mәn).
Mayl va shaxs-son affikslari ham shevalararo fonetik variantga ega. qiyos qiling: yl. Park. -’y (kel’y) jl. -(a) yin turayin.
-g’n (keg’n) – g‘in//-g‘un// - g‘in (turg‘un//turg‘in).
-s’n (kes’n) –sin// -sun// sin (tursun// tursin). Tuslanish fe’lidan boshqa so‘zlarda ham uchraydi. Masalan: yl Toshkent. sɔ:mәn, sɔ:sәn, sɔ:m’z, sɔ: s’lә//ad.-orf. Sog‘: ’shch’mәn, ’shch’sәn, ’shch’m’z ’shch’s’lә (//ad.-orf. ishchi) kabi.
J-lovchi va y-lovchi shevalarda fe’llarning tuslanishi:
O‘tgan zamon aniq fe’lining tuslanish paradigmasi quyidagicha:
J-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik Birlik Ko‘plik
sindirdim sindirdiq kordim kordik
sindirding sindirdingiz kording kordingiz
sindirdi sindirdi kordi kordi.

Y-lovchi shevalarda:


Birlik Ko‘plik
And. keld’m keld’k (Toshkent. kelduv/zә)
keld’ng keld’ynәr (Toshkent. keld’ylә)
keld’ kel’sht’
Jizzax. kutt’m kutt’y
kutt’k kutt’y’z
kutt’ kutt’(lә)
O‘tgan zamon fe’lning yasovchi ad.-orf. -di affiksi o‘zbek xalq shevalarida di//-di//-du// -d -ti// -ti// -tu// -t kabi fonetik variantlari uchraydi.
Bu affikslarning -d’// -t’ variantlari asosan shahar tip shevalarda:
-di//-di//-ti //-ti kabi variantlar qipchoq shevalari hamda singarmo nizmni saqlagan ayrim shevalarda ishlatiladi.
Samarqand, Buxoro tip shevalarida (Shahrisabz, Qarshi va boshqa sheva lar) hamda Janubiy Tojikiston qorluq shevasida -di affiksi l undoshi bilan tugagan shevasida fe’l o‘zaklariga qo‘shilganda assimilyatsiyaga uchrab l bilan talaffuz qilinadi –ld//l, әl-lum, qil-lum.
Shahrisabz shevasida m, n, ng undoshlaridan so‘ng -di affiksi ko‘pincha –ni shaklida talaffuz qilinadi: d-n konnim, yonnim.
O‘tgan zamon fe’lining bu formasi –k//q (//y//g‘//x) –v, -miz affikslari yordamida yasaladi.

Tarixiy o‘tgan zamon fe’li


J-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
tinchig‘anman>tinchig‘amman tinchig‘anmiz>tinchig‘ammiz
tinchig‘ansan tinchig‘ansiz
tinchig‘an tinchig‘an
alg‘anman> alg‘amman alg‘anmiz>alg‘ammiz
alg‘ansan alg‘ansiz
alg‘an alg‘an
Y-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
Tosh. bɔrgәnmәn borgәnvuz// borgәnvuzә
bɔrgәnsәn borgәns’lә
bɔrgәn bɔrishkәn
And. bar gәnmәn bargәnm’z
bargәnsәn bargәns’le
bargәn bar’shkәn

Uzoq o‘tgan zamon fe’li


J-lovchi shevalarda:


Birlik Ko‘plik
barg‘an edim >barg‘andim barg‘an edik> barg‘andiq
barg‘an eding >barg‘anding barg‘an edingiz >barg‘andingiz
barg‘an edi >barg‘andi barg‘an edi >barg‘andi

Y-lovchi shevalarda:
Birlik
djurg‘an ekәnmәn >djurg‘anekәmmәn
djurg‘an ekәnsәn >djurg‘anekәnsәn
djurg‘an ekәn >djurg‘anekәn
Ko‘plik
djurg‘an ekәnmiz >djurg‘anekәmmiz
djurg‘an ekәnsiz >djurg‘anekәnsiz
djurg‘an ekәn >djurg‘anekәn
Birlik
Tosh. turgәn’d’m And. taqkqan’d’m
turgәn’d’ng taqkqan’d’ng
turgәn’d’ taqkqan’d’
Ko‘plik
Tosh.turgәn’duv// And. taqqan’d’k
turgәn’duv//
turgәn’duzә
// turgәn’du:zә
turgәn’d’ylә taqqan’d’ynәr
tur’shkәn’d’ taq’shkәn’d’
O‘tgan zamon hikoya fe’li
J-lovchi shevalarda:
Birlik
kelib edim >kelivedim >kevedim//kebedim
kelib eding >kelivedim >keveding//kebeding
kelib edi >kelivedi>kevedi//kebedi
Ko‘plik
kelib edik >kelivedik >kevedik//kebedik
kelib edingiz >kelivedingiz >kevedingiz//kebedingiz
kelib edi >kelivedi >kevedi//kebedi
Y-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
Tosh. Jizzax. Tosh. Jizzax
ɔluvd’m yɔzu:dum ɔluvd’m yɔzu:dum
ɔluvd’ng yɔzu:dung oluvduvzә// eluvd’ylә
ɔluvd’ yɔzu:d’ ol’shurd’ yozu:d’ (lә)
O‘tgan zamon eshitilganlik fe’li
J-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
qoyuppan chөguppan qoyuppiz chөguppiz
qoyupsan chөguspan qoyupsiz chөgupsiz
qoyuptu chөguptu qoyuptu chөguppti
Y-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
Kepmәn> kemmәn kepm’z//kemm’z
Kepsәn keps’lә
Kept’ kel’sh’pt’
Tugallanmagan o‘tgan zamon fe’li
J-lovchi shevalarda:
Birlik
voynar edim>voynaredim>voynardim
voynar eding>voynareding>voynarding
voynar edi>voynaredi//voynardi
Ko‘plik
voynar edik>voynar yediq>voynardiq
voynar edingiz>voynar yedingiz>voynardingiz
voynar edi>voynar yedi>voynardi
Birlik Ko‘plik
voynag‘ich yedim>voynag‘ichidim voynag‘ich yediq
voynag‘ich yeding>voynag‘ichiding voynag‘ich yedingiz
voynag‘ich yedin>voynag‘ichidi voynag‘ich yedi

Y-lovchi shevalarda:


Birlik Ko‘plik
Toshk. Bɔrәrd’m >bɔrә:d’m bɔrәrduv (zә)> bɔrә:duv (zә)
Bɔrәrd’ng > bɔrә:d’ng bɔrәrd’ylә > bɔrә:d’ylә
Bɔrәrd’ > bɔrә:d’ bɔr’shәrd’ > bɔr’shә:d’


Birlik Ko‘plik
Qorabuloq. berdim yedi berdүgүdүk ( berding yedi berdingiz yedi
berdi yedi berdi yedi
Shevalarda o‘tgan zamon fe’lining yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud.

Hozirgi zamon


Ma’lumki, o‘zbek tili tarixan uch lahjaga, ya’ni qorluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq va o‘g‘uz lahjalariga mansub qabila va urug‘larning tili asosida shakllangan. Shunga ko‘ra o‘zbek tili dialekt va shevalarida ayrim hozirgi zamon fe’li formalarining va boshqa til faktlarining yaqin qardosh turkiy tillar faktlariga o‘xshash, boshqa turkiy tillarda qo‘llanmaydigan, faqat o‘zbek tilining o‘zigagina xos bo‘lgan formalar ham majud.
O‘zbek tili dialekt va shevalarida boshqa fe’l formalari singari hozirgi zamon fe’li formasini yasovchi qo‘shimchalar ham rang-barang ko‘rinishlarga ega.
Hozirgi zamon fe’lining -yәp affiksi o‘zbek adabiy tiliga asosiy morfologik belgi sifatida qabul qilingan va joylarda turli fonetik variantlarda qo‘llanadi.
Andijon, Vodil, Marg‘ilon, Qo‘qon.
Hozirgi zamon
Konkret hozirgi zamon fe’li
Birlik Ko‘plik
Toshk. bɔrvɔmmәn bɔrvɔmm’z//bɔrvɔmm’zә
bɔrvɔssәn bɔrvɔss’lә
bɔrvɔtt’ bɔr’shvɔtt’
And. baryәppәn baryәpp’z
baryәpsәn baryәps’lar
baryәpt’ bar’shyәpt’
Park. bɔrvɔtt’m Sam.bɔrvɔmman
bɔrvɔtt’ng bɔrɔpsan
bɔrvɔtt’ bɔrɔptu
Nam. bɔrutt’mәn Mirishk. bɔrɔ:tummәn
bɔrutt’sәn bɔrɔ:tuvәn
bɔrutt’ bɔrɔ:tti


Birlik
Qorabuloq. qilaytma kәl'әytmә
qilaytsa(//qilayssa) kәl'әytmә(//kәl'әyssә)
qilayti kәl'әytti

Ko‘plik
qilәytmiz(//qilaytmis kәl'әytmiz (//kәl'әytmis)
qilәytsilar(//qilayssilar) kәl'әytmә(//kәl'әyssilәr)
qilәytti kәl'әytti
Forishda. kelyәtt’mәn kelyәt’m’z
kelyәtt’sәn kelyәtt’s’z
kelyәtt’ kel’shyәtt’

Birlik Ko‘plik


Mankent kelyәtmәn//kelyәppan kelyәtm’z
baryatman//baryappәn kelәyts’z
kelyәtsәn//kelyәssәn
baryatsan//baryassan
kelyәtti//baryapti kelәytti
Samarqand -Buxoro shevalarida hozirgi zamon formasi sifatida -yәp (-ɔp) affikslari qo‘llanadi.
Bux. ’shlaypman, kelәpman
Qarshi.bɔrɔpman (bɔrɔmman)
Shaxr. ɔlɔmmәn, ’shlәmmәn, ok’yɔmmәn.
Yana: Qarshi.bɔrɔtumman bɔrɔtumm’z
bɔrɔtupsa bɔrɔtups’z
bɔrɔtuptu bɔrɔtuptu
Toshkent. korvɔmmәn
kurvɔssәn
kurvɔtt’
Piskent. q’vɔtt’m q’vɔtt’g
q’vɔssәn q’vɔss’z
q’vɔtt’ q’vɔtt’
Yana Namangan. bɔrutt’m’z
Uchqo‘rg‘on. kevɔtt’m kevɔtt’k
Qoraqalp. (Beruniy): barvatirman; Xo‘jayli: baratirman; Xo‘jand, Qo‘ng‘irot. baradjatirman
Hozirgi -kelasi zamon
Hozirgi- kelasi zamon formasi barcha o‘zbek shevalarida –a/-ә yoki y af fiksli ravishdosh formasiga shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shib tuslash orqa li yasaladi.
O‘zbek xalq shevalari hozirgi kelasi zamon fe’li 1sh. ko‘plik formasi ning qo‘llanishi bo‘yicha o‘zaro farqlanadi.
a) -miz//-m’s li forma va b) –vuz li forma –vuz affiksli guruhga Toshkent shevasi, ohangarondagi Aqcha, Tut, Qoraxitoy, Bekabod tumanidagi Taqachi qishloq shevalari, Qarshi, Beshkent guruh shevalar, Karpot, Jizzax dagi Forish shevalari kiradi.
Birlik Ko‘plik
Tosh. kөramәn kөrәvuz//kөrәvzә
kөrasәn kөrәs’z// kөrәs’lә
kөrad’ kөr’shәd’//kөrәd’lә
Forish. baramәn baraviz, alaviz
barasәn alasiz//alasiller
barad’ alasiz//alasiller
Qolgan joylardagi shevalar (-miz) affiksini qo‘llaydilar.
Qo‘qon. yɔzәmәn yɔzәm’z
yɔzәsәn yɔzәs’z
yɔzәd’ yɔzәdi

KELASI ZAMON GUMON FE’LI


J-lovchi shevalarda:
Birlik Ko‘plik
qararmәn ichәrmәn qararmiz ichәrmiz
qararsәn ichәrsәn qararsiz ichәrsiz
qarar ichәr qarar(lar) ichәr(lar)

Y-lovchi shevalarda:


Birlik


And. barәrmәn Tosh. barәrmәn > barә:mәn
barәrsәn barәrsәn > barә:sәn
barәr barә:
Ko‘plik
And. barәrm’z Tosh. borәrvuz >borә:vuz(ә)
barәrs’lәr borәrs’lә >borә:s’lә
bar’shәr bor’shәr
chәkki – 1. suzma; 2. noqulay bo‘lmoq, yopishqoq, shilimshiq (soz tuproq).
Qo’shimcha ma’lumotlar…
Fe’l – so’z turkumi.
Fe`l narsa – buyumning harakat va holatini ifodalovchi so’zturkumisanaladi. Fe`llar
shaxslar va narsalar harakatini bildirish bilan birga turli holatni, belgining o’zgarishini
ham harakat tarzida anglatadi: bu odamnikida to’rt yildan beri ishlayman;
o’zi bir kunjazosi tortar, bir kun izo bo’lar. So’z turkumlari ichida eng kattasi va murakkablaridan biri fe`ldir. Navoiyshunoslarning statistik ma`lumotlariga ko’ra, Navoiy asarlarida qo’llanilgan so’zlrning umumiy soni 26 mingdan ko’proq bo’lib, ularning 1000 ga yaqini fe`l va fe`l shakllarini tashkil etadi. Fe`llar gap tuzishda kuchli uyushtiruvchilik xususiyatiga ega bo’lib, ko’pgina boshqa so’zlarini o’ziga ergashtirib keladi. Otning kelishiklar bilan turlanishi, asosan, fe`lda ifodalangan ma`no talabiga qarab bo’ladi. Masalan, Bahor keldi, gullar ochila boshladi, men ishdan kelyapman, bu yil maktabni tamomlayman. Gap bo’laklaridan hol va to’ldiruvchi, asosan, fe`lga bog’lanadi. Ular fe`lda nutq qismlarini birlashtiruvchilik xususiyati – sintaktik holatning kuchli ekanligini ko’rsatishdan iborat. Otda turlanish, fe`lda esa tuslanish asosiy morfologik belgilardan biridir. Bunda leksik jihatdan o’zgarish yuz bermaydi, faqat shaxs - son, zamon singari ma`nolarni ifodalaydi, kesimlik ham ko’rsatilidi. Fe`lning asosiy sintaktik vazifasi kesimlik bo’lib, o’zining turli vazifalarida (sifatdosh, ravishdosh, harakatnomi) gapning boshqa bo’laklari – ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol vazifalarida ham kela oladi.Fe`l zamon, mayl , shaxs - son, nisbat, bo’lishli - bo’lishsiz kategoriyalari, vazifadoshlik shakllariga ega bo’lib, ularning aksariyati fe`lning ma`nosi bilan bog’liq va faqat unga xos kategoriyalardir.

Tuslanish


O‘zbek adabiy tilidagi kabi xalq shеvalarida ham shaxs-son, zamon va mayl shakllari tuslovchilardir. Bu mavzuning talqini doirasida Sh. Shoabdurahmonov, Yo.G‘ulomov, K.Usmonov,Q.Muhammadjonov, T.Yo‘ldoshyev singari olimlar tomonidan jiddiy tadqiq etilgan va zarur ilmiy-nazariy xulosalarga kеlingan. Tuslovchi qo‘shimchalar, masalan jl.-di /-m (fonеtik variantlari bilan); yl. -dъ/-m (fonеtik variantlari bilan) ham zamon, ham shaxs-sonni ko‘rsatadi: jl kеldim.
yl. kеldъm - o‘tgan zamon, birinchi shaxs birlik).
Tuslovchi qo‘shimchalar shеvalararo ozmi-ko‘pmi farq qiladi:



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish