-dыq qaradыq jl. -dъk kеldъk il.And.
-duv kеlduv (Tosh.). -tъy kuttъy
jl - vətыrman kеlъvətыrmən yl - vכּmmən bכּrvכּmmən (Tosh.)
-yəppən bəryəppən (And.) -vכּttъm bכּrvכּttъm (Park.)
-כּmmən bכּrכּmmən (Sam.) -uttъmən bכּruttъmən (Nam.).
O‘tgan zamon
O‘tgan zamon aniqlik fе’li, dj-lovchi shеvalarda:
birlik ko‘plik
I sh. qaradыm tuttum Ish. qaradыk tuttuk
II sh. qaradыng tuttung II sh. qaradыngыz tuttunguz
III sh. qaradы tuttы III sh. qaradыlar) tuttu(lar)
y-lovchi shеvalarda:
birlik ko‘plik
I sh. kеldьm kuttm I sh. kеldьk kuttъy
II sh. kеldъing kuttъng II sh. kеldъyner kuttъyъz
III sh. kеldъ kuttъ III sh. kеlъshtъ kuttъ (le)
Tarixiy o‘tgan zamon fе’li
I sh. chыqqanman > chiqqamman I sh. chыqqanmыz
II sh. chыqqansan II sh. chыqqansыz
III sh. chыqqan III sh. chыqqan
y-lovchi shеvalarda:
I sh. bכּrgənmən bכּrgənvuz
II sh. bכּrgənsən bכּrgənsъlə
III sh. bכּrgən bכּrъshkən
Uzoq o‘tgan zamon davom fе’li, j - lovchi shеvalarda:
I sh. barg‘an edim > barg‘andim barg‘andik > barg‘ andыk
II sh. barg‘an eding > barg‘andыng barg‘an endingiz > barg‘andыngыz
III sh. barg‘an edi > barg‘ andы barg‘ an edi > bеrg‘ andы
y-lovchi shеvalarda:
I sh. turgənвъm t urgənzduv
II sh. turgənъвъ turgənъduz
III sh. turg‘ ənъdъ turgənduvdə
O‘tgan zamon hikoya fе’li, j-lovchi shеvalarda
birlik
I sh. kеlib edim > kеlivеdim > kеvеdim
II sh. kеlib eding > kеlivеding > kеvеding
III sh. kеlib edi > kеlivеdi > kеvеdi
ko‘plik
I sh. kеlib edik > kеlivеdik > kеvеdik
II sh. kеlib edingiz > kеlivеdingiz > kеvеdingiz
III sh. kеlib edi > kеlivеdi > kеvеdi
y-lovchi shеvalarda, birlik
I sh. כּluvdыm כּluvduv
II sh. כּluvвъng כּluvduvze
III sh. כּluvвъ כּlъshuvвъ
Hozirgi zamon
Aniq hozirgi zamon fе’li j-lovchi shеvalar
birlik
I sh. kеlədjatыrman > kеləyatыrman > kеlivatыrman:
II sh. kеlədtatыrsan > kеliyatыrsan > kеlivatыrsan
III sh. kеlədjatыr > kеləytыr > kеlivatыr
ko‘plik
I sh. kеlədjatыrmiz > kеləyatыrmыz > kеlivatыrmыz
II sh. kеlədjatыrsыz > kеləyatыrsыz > kеlivatыrsыz
III sh. kеlədjatыr > kеləyatыr > kеlеvatыr
y-lovchi shеvalar:
I sh. bכּrvכּmmən bכּrvכּmmъz
II sh. bכּrvכּssən bכּrvכּssъlə
III sh. bכּrvכּttъ bכּrъshvכּttъ
Kеlasi zamon gumon fе’li, j-lovchi shеvalar:
I sh. qararman qararmыz
II sh. qararsan qararsыz
III sh.qarar qarar(lar)
y-lovchi shеvalar:
I sh. bכּrərman bכּrərmъz
II sh. bכּrərsan bכּrərsъlar
III sh. bכּrər bכּrъshər
Kеlasi zamon
Kеlasi zamon maqsad fе’li, j-lovchi shеvalar:
I sh. qalmaqыman qalmaqыmыz
II sh. qalmaqыsan qalmaqыsыz
III sh.qalmaqchы qalmaqы(lar)
Adabiyotlar
1. Nosirov Sh. Yom shеvasining ba'zi bir morfologik xususiyatlari // Tilshu-noslik masalalari. T., 1960.
2. Rajabov N. O‘zbеk xalq shеvalarida fе'lning morfologik tuzilishi. T., Fan, 1990.
3. Usmonov K. O‘zbеk shеvalarida fе'lning o‘tgan zamon formalari. T., Fan, 1991.
4. Shеrmatov A. Qashqadaryo o‘zbеk shеvalari. T., 1972.
5. Yo‘ldoshyеv A.Y.Mankеnt shеvasida fе'llarning zamon formalari // O‘zbеk filologiyasining ba'zi bir masalalari. T.,Fan, 1968. 16-25-bеtlar.
6. Yo‘ldoshyеv T. Tojikistondagi o‘zbеk shеvalari morfologiyasi. T., Fan, 1986.
7. Muhammadjonov Q. Janubiy Qozog’istondagi o‘zbеk shеvalari morfolo-giyasi. T.,Fan, 1983. 166 b.
8. Nazarov K., G‘ulomov Yo. O‘zbеk dialеktologiyasi. T., Univеrsitеt, 1993.
9. Enazarov T. O‘zbеk dialеktologiyasi. Ma’ruza matni.T., 2000.
10. O‘rinboyеv B., Jo‘raеv X. O‘zbеk tili turk-kaltatoy shеvasining grammatik xususiyatlari. T. Fan. 1985.
11. O‘zbеk xalq shеvalari morfologiyasi. T., Fan, 1984.
12. G’ulomov X. O‘zbеk tilining Jizzax shеvasi. O‘DM. I. T.: 1957.
Takrorlash uchun savollar:
1. O‘zbek shеvalarda ko‘plik qay tarzda ifodalanadi?
2. Tuslanish nima va unga bir necha misollar kеltiring.
3. Tuslovchi qo‘shimchalarning farqlari nimalarda?
4.Shevalardagi tuslovchi affikslarning tiplarini aytib bera olasizmi?
10 -ma’ruza
O‘ZBEK SHEVALARI MORFOLOGIYASI VA SINTAKSISI
Reja:
1. Otso’zturkumihaqidaqisqachasharh…
2. Shevalardasifatvaolmoshso’zturkumi…
3. Shevalardamaylvazamonshakllari.
4. So’zyasalishi.
O‘zbek shevalarining xarakterli xususiyatlaridan biri bu so‘z turkumlarini ifodalovchi so‘zlarda aniq ifodalanadi. Chunki shevalarimiz xilma-xil bo‘lgani kabi so‘z turkumlarini ifodalovchi so‘zlar ham, yasovchi qo‘shimchalar ham farq qilib turadi.
Ot so‘z turkumi
Ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘plik va egalik affikslarini olib turlanadi. O‘g‘uz shevalarida ko‘plik tushunchasi -lar, -lәr affiksi vositasida ifodalanadi. Ko‘plikning bu tarzda ikki forma bilan berilishi shnvada singarmonizm hodisasi mavjudligi asoslab turibdi. Ko‘plik affiksining -nar, -nәr formalari ham mavjud.
Ot so‘z turkumiga oid egalik, kelishik va ko‘plik affikslarini olgan holda kelishi mumkin. Bu hol quyidagicha ko‘rinishga ega:
A) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar faqat egalik affiksini oladi;
B) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kelishik affikslarini oladi;
V) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘plik va egalik affikslarini olib keladi:
balalarim balalarimiz
balalaring balalaringiz
balalari balalari
g) ot so‘z turkumiga oid so‘zlar egalik va kelishik affikslari bilan turlanadi:
B.k. ɔtim at soz
Q.k. ɔtimnin atni sozni
T.k. ɔtimmi atni sozni
O‘.p.k. ɔtimnin atta sozdi
J.k. ɔtimgә ata soza
CH.k. ɔtimdәɔn attan sozdәn
ot so‘z turkumiga oid so‘zlar faqat kelishik affikslarini olib turlanadi.
B.k. at soz
Q.k. atni sozni
T.k atni sozni
O‘.p.k. atta sozdi
J.k. ata soza
CH.k. attan sozdәn
(oldingi darsda berilgan mavzularda egalik va kelishik affikslari gapirilgani uchun bu yerda ularga maxsus to‘xtalmaymiz).
Pashshalari a:lamg‘a be:gәn ba:ji
Ustinde sarpa:yi, ba:shinda ta:ji
(Qarnob79-b.)
Zaqcha bulbul bolit bag‘g‘a yarashmas
Kiyiktin ozgәsi ta:g‘g‘a yarashmas.
(Qarnob 80-b.)
Buxoro guruh shevalarini tadqiq etgan M.Mirzayevning ta’kidlashicha, bu dialektning luhat tarkibini o‘rganishdan shu narsa aniqlandiki, jonsiz va jonli mavjudotlarni bildiruvchi so‘zlar, ya’ni grammatik otlar boshqa so‘z turkumlariga qaraganda son-miqdor jihatdan eng ko‘pchilikni tashkil etadi1. Otlar tuzilish jihatdan sodda, qo‘shma va juft ko‘rinishlarda uchraydi. Sodda otlar tub(bog‘, halvo) hamda affiksatsiya yo‘li bilan hosil bo‘lgan yasama so‘zlardan (bog‘bon, halvogar) iborat.
Qo‘shma otlar ikki so‘zdan yasaladi, ko‘pincha – ular yuklamalar bilan bog‘lanadi:
Qɔzɔn -tavɔq, savz’-p’yɔz, toyu tɔmɔshɔ, kechayu kunduz, dostu dushman, yɔzu q’sh.
Biror kasb ixtisosga mansub shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar:
ch’: naych’, surnaych’, teyirmɔnchi, a'lach’.
kɔr: sɔy’pkɔr
gәr: nɔsgar
kәsh: pillәkәsh
tarɔsh: qalamtarɔsh
pәz: sambөsәpәz
bɔf: shɔyibɔf
shuy: dashshuy
mәnd: әyәlmәnd
bɔz,-vɔz: mɔrbɔz
O‘rin-makon ma’nosini bildiruvchi otlar yasovchi affikslar:
zɔr, -’stɔn, -gɔh, -dɔn, -q, -ɔq, -qɔq (bɔtqɔq)
Aniq va abstrakt predmetlar ma’nosini bildiruvchi otlar yasaydigan yasovchi affikslar:
a: g‘ora
әk: kunjәk, yelәk, tulәk
ch’,-k’: surtk’
ɔq: orɔq
g‘ich,-g‘uch: qirg‘ich, sorg‘uch
chɔq: jarg‘inchɔq (qo‘l tegirmoni)
ush: ulush (to‘y-ma’rakalarda beriladigan yemishlik ma’nosida).
Abstrakt ma’noli otlar yasovchi affikslar:
l’k, -l’q, - lik: yaxsh’l’k, sov
ch’l’k: de:qanch’l’k, uzumch’l’k
Old affiks:
hәm– / –dosh: hamsө:bәt, hәmkasp-kasbdosh, hәmnɔm/adash
Kompozitsiya usulida yasalgan otlarga misollar: gөsh(t)bәrәk, tuxumbәrәk, gul’ra:nә.
Shevalarda sifatlar
Shevalarda sifat kategoriyasidagi so‘zlar o‘sha shevalarga xos ayrim sifatlarning mavjudligi bilan o‘zbek adabiy tilidan ma’lum darajada farq qiladi.
Masalan, Yuqori Qashqadaryo shevalarida: s’ptә rәnnә (silliq randa).
Surxondaryoda. Rabot j. djөpkәrchi (g‘iybatchi), Toshkent sotәs’ sɔvu:, quru: (mәxtәnchɔ:)
YUKSH: dәvәng (katta), donng’zvәk (sodda, oddiy). Toshkentda chot’r, besonәqay, zәhәr.
Qipchoq tip shevalarda: achchi, qatti, quri, tiri. Qarluq tip shevalarda: achchiq, qattiq, quruq, t’r’x. Bunday so‘zlar oxiridagi undoshning jarangli variantda qo‘llanishi ham kuzatiladi: sari, arig‘, issig‘, achchig‘, qattig‘.
Iqon shevasida so‘z oxiridagi undosh jarangsiz: sariq, ariq, issiq, achchiq, qattiq.
Sifatlarning yasalishi.
Namangan, kel’sh’ml’: y’g’t – kelishgan yigit, s’ll’qdoz shuvɔqch’ –tekis suvaydigan suvoqchi. –l’ va tojik tillaridagi ser – affiksi sinonim affikslardir: sergөj somsә ( ma’no kuchlirok), gөshl’ somsә.
-li affiksi qipchoq, o‘g‘uzlarda serunum bo‘lib, otdan sifat yasaydi: o‘g‘uz: elashnli, quyashli gun ayazdi ge:che, qiziqli adam (qiziq odam), gөrimli, gөrishli, minnishli.
Qiya-kqiya baqishen
Janim ota yaqishem
On barmaqi naqshli
Qi:zlә gәlәr yar-yar
Namanganda: sepl’ q’z’m – epl’ q’z’m(sepli-molli, epli - uddaburon).
-qi. Surxondaryoda hoqqi (qo‘pol) odam.
- gәr: Forish. Kәsәlgәr bɔlә (kasalmand bola)
- vәn: Toshkent. kәsәlvәn bɔlә.
- әki: Surx. hәvәsәki (havas qiluvchi); Forish. kuzәki ɔlmә (kuzgi olma)qimizәki (qimizak)
-chәn affiksi qarluq tip shevalarda –siz affiksi o‘rnida qo‘llanadi. kөynә:chәn (ko‘ylakchan).
-jon. Toshkent. bɔlәjɔnl’: әyәl – Namangan. әdәmjon kel’n(odamshavan da kelin).
-әk: Xiva, Urg: sүz+әk (so‘zag‘on), үrk + әk (hurkovich).
-’k: Urg., Xiva, Xonqa: chush +’k (chala tug‘ilgan bola).
-sav: Urg. Xiva, Shovot, Xonqa: dɔmaq+sav (xo‘ra).
Otlardagi erkalash formasi sifatlarda ham qo‘llanadi. Asliy sifat larda keladigan erkalash formasi shevalarda (Buxoroda) keng tarqalgan: sh’namg’na havl’, ’ss’qq’na pat’r, navchag’na bir ɔdam kell’, dөmmuqq’na o‘g‘lcha.
Sifat yasovchi prefikslar(old qo‘shimcha) keng qo‘llanadi: ba-, be-, nɔ-, ser-, ham.
Sifatlarning orttirma darajasi.
Sifatlarning orttirma darajasi qarluq shevalarda (Nam., Farg‘., Toshk. kabi): j’dә, jә:, yeng, gәytteg, qiyәttәk kabi so‘zlarni qo‘shish bilan yasaladi.
Bux. orttirma daraja oddiy daraja formasiga juda, ko‘p so‘zlarini qo‘shish bilan yasaladi: judɔ issiq, havɔ kөp ’ss’q.
Qipchoq va Qoraqalpoq shevalarida yyeng kabi so‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. yyengәchch’ p’yәz.
Bo‘g‘in takrorlash yo‘li bilan. Forish: kөm-kөk ot, tup-tuzuv kitap.
Surx.: zim-ziya (qop-qorong‘i), top-tamaloq (dumaloq).
Fonetik usulda ba’zan tovushlarni cho‘zish, takrorlash orqali ham ma’no kuchaytiriladi. Farg‘. qәrr’ chol: Surx. djashshiq gosh (yog‘siz go‘sht).
Sintaktik usulda orttirma daraja sifat yasalganda ayrim sifatlar takror ishlatilishi mumkin: qarl. yәmɔnnәn-yәmɔn, mәrtt’ – mәrd’ bu ’shkә qol urәd’.
Ozaytirma daraja – ish, -g‘ish, -imtil, -g‘ilt, -roq affiksi orqali yasaladi.
Surx. sɔrishin djigit (sariqroq), qɔramtil djun (qoramtir), jetɔvgә nә yyedik; Forish: bi:chchi:ginә mәkkә (qismangina)
Qiyosiy daraja: Farg‘. yo‘qerag‘ xamir, kemrak bulut
-r : affiksi qiyos ma’nosini bildirganda chiqish kelishigi affiksi (-dәn, -tәn) qo‘shilgan so‘zdan keyin korә, yәnә, tәg‘n kabi qo‘shilib aytilishi mumkin: sәndәn korә nөvchәr: Asliy sifatlarning qiyosiy darajalari Buxoro dialektida quyidagicha yasaladi:–rɔq: yaxsh’rɔq, yamɔnrɔq;
Sifatlarning ma’no turlari.
Xarakter xususiyat bildiruvchi sifatlar: Surx. hakkә (sezgir, hushyor), hoqqi (qo‘pol); Bux. koy’msәk (qizg‘anchiq); Forish. atbaz ɔdam (chavandoz odam).
Holat bildiruvchi sifatlar: Surx. zog‘im (badqovoq, gavdali), bujur (cho‘tir); Nam. t’tt’q (yirtiq); And. ɔg‘r ɔyәq (homilador).
Rang-tus bildiruvchi sifatlar: Surx. zәrchә (sariq kasal).
Hajm-o‘lchov: Surx. g‘aybar (katta); Qarshi: dәrɔz (uzun)
SON
Numerativlar. Shevalarda numerativlar ko‘pincha ot turkumiga oid so‘z lardan bo‘ladi. Sam: b’r suq’m topraq; And. b’r tutәm chәch;
Numerativlar turli ma’nolarni bildiradi: Qoraqalpoq, o‘g‘uz shevala rida yekki’ tunna; Nam: onnuch bɔtmɔn, ’kk’ pәysә, onәkk’ m’sqɔl; Sam: b’r kәp, b’r chek’m, b’r qult’m.
Sariq uyg‘ur tilida ikkon (ikki un), uchon, tөrton, pison, alton, yyelton /jeton, sakison, toqison, tipida sanaydilar.
Qarluq tip shevalarda, ayniqsa keksalar nutqida kamaytirib sanash ho disasi uchraydi: b’rәm k’r//kix//qirq, uch kәm yell’y//yell’g yoki orttirib sanash sistemasi qo‘llanadi: toxsәnnәn//toxsәndәn ussom ɔrt’q// ɔtt’q, yetmushdәn//yyetm’shtәn ɔlt’ som z’yɔt//z’yәt//z’yәt va h.
Tartib sonlar sanoq son o‘zagiga qorluq tip shevalarda –unchi, -nch’, -’nchi, -lәmch’, ayrim shevalarda –unchi (Nam. Puchunch’, totunch’), o‘g‘uz tip shevalarda –lәmch’, lәnch’, lәndj’ kabi affikslarning qo‘shilishidan yasala di: Masalan, qarl. b’r’nch’ kun, b’rlәndj’ oyun: og‘o‘z b’llәmch’ kәld’sh. And., O‘sh. B’r’idj’, ’k’ndj’ onlәndj’. Qarshi. Beshlәmch’ ch’rәg‘.
Tartib sonlar sanoq son o‘zagiga qarluq tip shevalarda -nch’, -’nch’, -lәmch’, ayrim shevalarda –unchi (Nam., puchunch’, totunch’), o‘g‘uz tip shevalarda –lәnch’, lәndj’ kabi affikslarning qo‘shilishidan yasaladi.
Dona son. Nam.: b’te: qipch. sk’te: qarl.: ushtә: Qarshi yyettә: Nam.tongtә.
Taqsim son. Quyi Qashqadaryo shevalarida. yekk’tәdәn, Qarshi: tottәdәn.
O‘g‘uz tip shevalarda: uch – dortd’yn choynәk tikdolә.
Kasr son. qarl. ushtәn b’r, onnәn b’r; qipch. vonnambir.
Jamlovchi son. Surx. avzi birev, qulag‘i yyekev, Qarshi, Park., And. b’ rәp, ’kәv. qipch. beshev. Mank. uchәs’, to:rәs’ kett’;O‘g‘uz tip shevalarda –әlә, -әv affikslari o‘rnida sanoq sonlarga tegishli shaxs, egalik ffikslari qo‘shilishi natijasida ham jamlovchi son yasalishi mumkin. besh’n’z borgә ’shlәd’ngee, ’kk’m’z gәld’k.
Chama son. qarl.ushtәlәp, beshtәlәp. beshev – beshevlet: qarl. beshtә – besh tәlәp yyed’; Jiz. ɔlm’shtәchә, toxsantәchә. Surx. vontama – vombeshtәmә bɔr.
Olmosh
Olmoshlarning shevalardagi qo‘llanishida farqli holatlar mavjud. Kishilik olmoshlar shevalararo faqlanadi: mәn, sәn, ul/u, biz,-bizәr-biz lәr; siz-silәr-sillar; ular-ulalar.
Ko‘rsatish olmoshlari:
B.k. bu
Q.k. mүning
T.k. mүni
O‘.p.k. mүndә
J.k. mүnә
CH.k. mүndin
(anav, manav so‘zlari ham shu tarzda turlanadi). Ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llashda yaqin-uzoq, aniq-noaniqlikka qat’iy rioya qilinadi, so‘zlovchiga yaqin bo‘lgan predmetga ishora qilinganda bu shu uzoqqa ishora qilinganda u, o‘sha olmoshlari ishga solinadi.
So‘roq olmoshlari: kim, ne/ni, ni:du, nichik, n’xi/nixi dedi, nechchi, qancha.
O‘zlik olmoshi: oz. Uning kelishiklar bilan turlanishi egalik olgan ot turlanishidan farq qilmaydi. ozi, oziming, o:zinqin, o:zinә,ozini/o:zinni, ozin:dә, ozin-din.
Bo‘lishsizlik olmoshi: hech kim, hech nima. Gumon olmoshi: kimdir, nimadir, birov, birne.
Belgilash olmoshlari: hәmmә, bәrchәsi, bәri, jәmisi, butin, hәr kim, hәr nәrsә.
Fe’l
Fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar shevalarda turli ma’no nozikliklari bilan farqlanadi. Bu haqda “Tuslanish” mavzusida to‘liq to‘xtalgan edik.
Qo‘shma fe’llarning tuzilishi adabiy tilga to‘g‘ri keladi.:
Ot + fe’l: qol qoymaq, xizmat etmak.
Fe’l + fe’l: oqip chixmɔq, soylab bermak.
Bol, qol, al, kor,ber, tur, yet, qil ko‘makchi (so‘zlari) fe’llarining qo‘lla nishi va ma’no jihatdan adabiy til normasidan chetga chiqib ketadigan joyi yo‘q.
Shevalarda fe’l nibatlari va funksional formalari
Shevalarda fe’l nisbatlari adabiy tildagiga deyarli mos keladi, fonetik tomondangina o‘zgachaliklar uchraydi.
Shevalarda, ayniqsa Surxondaryo qipchoq shevalarida funksional formalar adabiy tildagidan farq qiladi.
Surxondaryo shevalarida harakat nomining –sh, -ish, v, -uv, -gi, -gi formalari ishlatiladi. –sh, -ish vositasida yasaluvchi harakat nomi ancha keng qo‘llanadi. ɔlishtiң berishiyәm bor (Beshk.). Djiyish – ichishtәm kәmi djoq (Ismoyiltepa). Djurishing shu bosa bug‘unnәr djetishing qiyin (Ism.) Bɔrishiman qaytamaqqa tushipti (Bold.)
Misollardan ko‘rinadiki, -sh, -ish bilan yasalgan harakat nomi otlar singari turli affikslarni olib o‘zgarishi mumkin. –v, -uv, affiksi bilan yasaluvchi forma ham nisbatan faol ishlatiladi. Paxtamiz yyekinchi ishlevdәn chixti (Muzr.) Keluviң qiyim boldi (Okt). ɔluvdiң beruviyәm bor (Ism.)
-v, -uv affiksi bilan yasalgan harakat nomining bo‘lishsiz shakli –ma affiksini keltirish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Adirga chixmovim (chiqma+v) bolarakan. Djolimnan qaytmovim bolarakan (Beshk.)
Ushbu shevalarda –gi, -gi, -ki, -ki vositasida yasalgan harakat nomlari ham egalik affikslari, ba’zan –day ravish yasovchi bilan birga qo‘llanadi: ɔgiday kongni borimish. Voning tog‘risida gәplәshkidey bomapti.
Ma’lumki bu affikslar eski o‘zbek tilida aktiv qo‘llangan va sifatdosh, harakat nomi yasalgan.
Surxondaryo qipchoq, shevalarida xarakterli –әri formasi mavjud bo‘lib, u shu kungacha faqat Shahrisabz shevasida qayd qilingan va harakat nomiga kiritilgan.
qirq kilәng bir xollap kotәrәri (Baymoqli) yekәv –yekәv bolip chobari(Ism). Bunda o‘sha affiks qo‘shilgan negizdan anglashilgan harakatni bajarishga undash ma’nosi anglashiladi.
Qipchoq shevalarida –b, -ib affiksli ravishdoshlar aktiv qo‘llanadi. әvәllәri sherobotgacha chomichlilәrәm birәv-birәvinikiga qɔnnashib djurәridi.
… ɔsopdeng votini bir djɔqa ishirib (surib) issiq qurimga kөmmәni kөmip pishirgichiydik (Soqchi).
ɔtti ɔpkeppergәn odamnәn vondiribɔlasiz (Ism.) Chɔyini ichippoldi (sandxi holat).
-e, -y affikslari hozirgi zamon ravishdoshining hosil qiladi. Bir yil qirq kunni paxtada otkәzgichiydiq (Angor). Vong qolida kitabi – voqiy voqiy kelәdi, chәp qolidә chәynәgi chayqay- chayqay keladi. Sɔvga sɔlam degәndә tolib-toshib kelәdi (Minor).
Qipchoq shevalarining shunday xarakterli xususiyati borki, -ә bilan bitgan ravishdosh cho‘zib aytiladi va negizdan anglashilgan harakatning ko‘p davom etganligi ma’nosini bildiradi: Kelәttep qarab otira: qani kelsә (Ismoilt.) Izidәn quva: qani djetkirsә.
-a, -y affiksli ravishdoshning bo‘lishsiz shakli –ma, -pa affikslari vositasida hosil qilinadi: nɔs ɔttim, deri ishtim pɔyda qimayberdi, song duxtirge bɔrdim (Tupk) Rәyiskә bәrgannan nɔrmag‘an kөpkәri chɔppay qoydi ɔtiңiz.
-ginchә, -kinchә, -qincha affikslari vositasida payt ma’nosini bildiruvchi ravishdosh yasaladi. Men keginchә paxtani chigitlә, depti (Oqqo‘rg‘.) Shәripә qizim tuvilginchә kәlxosda ishlәdim.
Ba’zan – gincha affiksi o‘rtasida egalik affiksi kelishi mumkin: Kөtәrip keginimchә bolarim boldi.
Adabiy tildagi –gach affiksi ifodalaydigan ma’no –gәndәn song, -gәngdәn song, -gәndeng kiyin vositasida beriladi: Ichkәndәng kiyin jdutmay bolama.
Qipchoq shevalarida sifatdosh yasovchi affikslar adabiy tildagidan farq qiladi. (-gәn, -kәn, -qan). Ilgәri pixorda turgan beklәrminәn әlәyqasi bɔrәkәn biziң bɔylardiң(Ism.) Xisɔr ketken egamdiң ati qashqamaqan (Soqchi). әldiңnan eg‘atig‘an suvding qadiri djoq.
-gich affiksli sifatdosh –kich, qich, -g‘ich kabi fonetik variantlari bilan aktiv qo‘llanadi. Bu affiks vositasida yasalgan sifatdosh uch xil xususiyatga ega.
boldi ko‘makchi fe’lidan oldin kelib, adabiy tildagi –edigan affiksli sifatdoshning vazifasini bajaradi: Yyekkundә bir qolla xәbәr ɔg‘ich boldi. Shonnam beri uyigә vɔxtida kegich boldi(Oqtepa).
edi to‘liqsiz fe’lidan oldin kelib, adabiy tildagi (-a)r affiksning vazifasini bajaradi: Men atti djetәlәgichedim, vol hәydәgichedi. Djeshlig‘imizda kopkeri chopqichiydiq.
otlashganda adabiy tildagi –uvchi affiksli sifatdoshning vazifasini bajaradi. Quvg‘ichlar djetib ɔsa... Men parganalike ishluvchilәrgә choy qaynatkich bob ishlәdim.
uvli affiksi vositasida ham sifatdosh yasaladi. Qayvax qaytsayam uyi shipiruvli, әvqati pishiruvli.
(a) r affiksi vositasida ham ba’zan sifatdosh yasaladi. Bar’shәrbor’shәr
Ravish
Shevalardagi ravishlar adabiy tildagi normadan chetga chiqolsaydi, faqat so‘zlarning fonetik qiyofasida bo‘ladi. Iqon – Qorabuloq shevasi, Xorazm –O‘g‘uz shevasi
Payt ravishi
Bugun, ertan, axsham buyin, ye:r,
yertәkunduz, heli, axsham, yertan
xa:zir, biltir xarvax.
O‘rin ravishi
Shunda, baqa, ke:din, shaqtin, uzaqta, alistan, ayshaqa, mɔyshaqa, shuya:na.
Holat ravishi
Te:z, zo:rg‘a, qiyin, ag‘ir, onay, seki:n, mu:t(bekorga), tixtavsis, yayav.
Daraja-miqdor ravishi
Kop, a:z, picha, ɔbdan, shunchalli, qanchalli, tintaqdiy, pitә, sira.
Ravish yasalishi
Leksik yo‘l bilan: kop, a:z, yaxshi, chaqqan, alis.
Morfologiq yo‘l bilan: -cha, -chә, -day, -dәy, -lan, -lәn, -chasinә, -chәsinә, -an, -әn: -qastan, yigitchә.
So‘z yasalishi
So‘z yasash qo‘shimcha qo‘shib so‘z yasashdir. SHevalarda so‘z yasovchi affikslar quyidagilar:
Toshk. suzәng‘ch (suzag‘on)
Farg‘. q’z’lcha (qizil lavlagi)
Xorazm. damizlik (tomizg‘i)
Kompazitsiya orqali qo‘shma so‘zlar yasaladi: Farg‘. qɔra yalaq (chug‘urchuq), And. patma ch’mch’q (jiblajibon).
O‘zbek shevalarida adabiy tildagi ba’zi affikslar boshqa ma’noda qo‘llanishini ham ko‘ramiz. Masalan, -cheң// -chen: Farg‘., Andj., mahs’chen// mәhs’cheң (mahsisiz), Toshk., Surx., mexs’cheң adabiy tilda maxsichaң (mahsili, kalishsiz), And., Farg‘ yaxtekchen (yaktaksiz) – Toshk. yextekcheң adabiy tilda yaktakchang (faqat yaktakli, choponsiz)
Surx. avishta - oldi-berdi
bergi – uloq, kurash musobaqalarida g‘olib uchun ajratilgan sovga
bejɔg‘im – yoqimsiz, qilig‘i sovuq
belgi – ma’lum, aniq
burum – muyulish; uyimiz burumdan өtkәn djәyda
boyinsa – tengqur
bөktәrgi – egar orqasiga bog‘lanadigan ot jabdug‘lari
bolishmoq – tarafini olmoq
gәbulov – gapning ma’nosi, yurug‘i
nebir – qanday, ajoyib; ilgәri nebir pelvәnnar өtti
pɔrimni (perim) – yoqimli, әsәl sizgә pɔrimni
sarilmɔq – kutmoq, intizor, bo‘lmoq.
sinamɔl – sinalgan odam, ishonchli
tamaxlɔv – bo‘yinga bog‘lanadigan xotinlar bezagi
tәmaxsɔv – ochko‘z
tiyәt – ulush
tusәmɔq – istamoq, xoxlamoq: koңni tusәdi
tushum – daromad
uchunmɔq- qo‘rqmoq, kasallanmok
uyrim – girdob
uchәm – uchta tug‘ilgan uloq, qo‘zi
oңdi – kiyimdiң reңi oңdi, o‘zgardi
өrish – mol o‘tlaydigan maydon, yurish
өrlәshmaq –baxslashmoq
hoqqi – qo‘pol
chagiraymɔq – ko‘zini olaytirmoq
chaypimaq – har joydan termoq
chәkki – 1. suzma; 2. noqulay bo‘lmoq, yopishqoq, shilimshiq (soz tuproq).
SHEVALAR SINTAKSISI
Reja:
Shevalardaso‘zbirikmasivaizofalibirikmalar.
Shevamatnlaridagaplarning ask etishi.
So‘zlashuv nutqining mukammal o‘rganilmaganligi. Til odamlar orasida fikr olishuv vositasi bo‘lsa, nutq esa shu fikr olishuv vositasining ro‘yobga chiqish va til materiallaridan foydalanish jarayonidir. Fikr olishuv esa nutqning ilmiy, badiiy va o‘zaro so‘zlashuv uslublari orqali voqe bo‘ladi. O‘zaro so‘zlashuv nutqining adabiy uslubi va mahalliy hududlarga xos formalari mavjud.
O‘zbek tilshunosligida mahalliy hududlardagi aholi nutqining fonetik, morfologik va leksik tomonlari ozmi-ko‘pmi tekshirilgan. Ammo so‘zlashuv nutqining mahalliy sharoitga xos bo‘lgan formalari bilan adabiy og‘zaki formasining o‘zaro aloqasi, ular orasidagi farqlar atroflicha o‘rganilmagan. Bu masala rus tilshunosligida akademik V. V. Vinogradov tomonidan o‘rganilgan nutqning og‘zaki formasi o‘ziga xos uslubga ega bo‘lishini qayd qilganida rus tilining o‘zaro so‘zlashuv formasini e’tiborga olgan1. Bu narsa o‘zbek tiliga ham bevosita o‘zaro so‘zlashuvga xos og‘zaki formasi hamda uning o‘ziga xos bo‘lgan nutqining o‘ziga xos uslubi o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi, deb o‘ylash xato bo‘lur edi, degan fikri ham dialektal nutqning alohida xususiyati borligini, uning adabiy (og‘zaki) nutq bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Dialektal nutqda mahalliy odamlarga xos pauza, intonatsiya, turli ifoda vositalari hamda undan mahalliy odamlarning tushunishiga oid bo‘lgan doiraga taqlid qilish ham namoyon bo‘ladi. Unda savol beriladi, javob olinadi, ortiqcha replika bo‘lmaydi, o‘rniga qarab replika, pauza, davra ham sharoitga moslashib qisqa bo‘ladi. Unda o‘ziga xos emotsionallik, gap bo‘laklarining urg‘u va pauza bilan ajralib turish holatlari, bo‘g‘in va taktlarni alohida ifoda qilishdan tashqari, birikma, fraza, sodda gap va qo‘shma gaplarni ajratib aytish hollari ham mavjud, chunki til faoliyati til materiali va tizimi bilan dialektal bog‘liqdir. Dialektal nutqda maxsus tayyorgarlik bo‘lmaydi, nutq bunda dialogga asoslangani uchun so‘zlovchi ma’lum erkinlikka asoslanib gapiradi. Nutq to‘liqsiz gap formasida tarixiy ravishda namoyon bo‘ladi, unda ifodalilik, ekspressivlik, intonatsion tugallik mavjud bo‘ladi.
Dialektal nutqning namunalarini o‘rganish orqali o‘zbek shevalari va dialektlarining sintaktik xususiyatlarini yoritib berish mumkin bo‘ladi. Hozirgi kunda sheva va dialektlarning sintaktik holatlarini o‘rganish ham juda katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Mavjud monografik tavsif va tadqiqotlarda sintaksis qismining bo‘lmasligi, birinchidan, ushbu soha traditsiya holatida o‘rganilmaganligi bilan, ikkinchidan, sintaktik tahlilning nihoyat darajada qiyinligi izohlanadi. SHeva va dialekt larning sintaktik xususiyatlari har xil janrdagi jonli nutqlarni uzoq muddatli kuzatish natijasida to‘plangan faktik materiallar asosida yoritib berilishi kerak.
O‘zbek shevalarining sintaktik xususiyatlarini, albatta, ajratib olingan ma’lum bir hudud doirasida M.Mirzayev, F.Abdullayev, Y. Jumana zarov, A.Aliyev, B.O‘rinboyev, X.Jo‘rayevlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari da yoritishga harakat qilishgan.
Gap bo‘lapklari shevalararo har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Buxoro guruh shevalarda gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalansa, ega bilan shaxs-sonda moslashmaydi, bunda sifatdosh predikativlik (kesimlik) qo‘shimchasiga ega bo‘lmaydi: Man kelgan, ’shlagan; San kelgan, ’shlagan holati yoritilsa, F.Abdullayev tomonidan kesimning 8 xil holatda ifodalanishi ko‘rsatiladi.
Fe’l kesim bo‘ladi: Ia:ra aytin, oye grsn.(Qo‘shiq)
Yoq, bar so‘zlari kesim bo‘lib keladi: Mәnda ba:, sәnda yoq.
Sifat kesim bo‘ladi: Baqiraq dyen bolg‘an’ yaxsh’, baqirib durg‘an’ xunnanam yәxsh’.
Olmosh kesim bo‘ladi: Gelyat’rg‘an yarn’ uz, ya:d’ndәkәn bәrgen sөz.
Son kesim bo‘ladi: Ikk’ ombesh – br ottz (maqol).
Infinitiv kesim bo‘ladi: Maxsatm oqimaq.
Ish oti kesim: Br geryәn blsh, ikki geryәn – dan’sh.
Ravish kesim bo‘ladi: Deyxan deyxannәn besh gun soң.
Ega 7 xil holatda ifodalanadi:
Ot: Meyman girәr yeshiktan, de:lәt grәr deshktәn.
Sifat: Yaxsh’ tap’v sөllәr, yaman qap’v sөllәr.
Son: Ikki yaxsh’, ikk’den uch yaxsh’.
Sәn sөllәdn, mәn chushndm.
Sifatdosh: Oqig‘an ozar, oqimagan tozar.
Infinitiv: Qosh qoshmak – bormaq-kelmәk.
Ish oti(harakat oti): Yer xatnn ur’sh’ – dekenen kursh.
Aniqlovchi 5 xil ko‘rinishda ifodalanadi:
Ot: Sha:y’ geynek yyelpdyd yurgendә.
2. Sifat: A:k kyk kәyda yaylur ta:g‘ olmasa, Q’z’l gul qayda ach’lur ba:q olmasa,
3. Son. Ba:zara barsaңiz, yoliң, iz volg‘ay, uch – doqqiz almag‘a qoyniң iz dolg‘ay.
4. Olmosh: Xu uchakten bu ucheke baqaman, Qumr qusht’yn qanat’mn’ qaqaman.
5. Sifatdosh: Cheme:dә sayrag‘an bulbul, chemen guln xazan etme.
To‘ldiruvchi
Ot: Ag‘zina qarap sөllә, gezzң ya:g‘ bas’pt.
Sifat: Ull’n’ xormet yet, kchchn’ izzәt.
Son: Ko‘pn gөrdm, brn sө:lm, ya:r’ ba:r’n blmadm.(Qo‘shiq)
Olmosh: Saңa chusht men yәtmn nәzәr, Qachan olg‘ay ikk yyetim ba:zar (Qarnoq).
Sifatdosh: Kөptn ajralg‘ann bөr yyer.
Ish oti: Sөllәshn yәxsh gәrәd vu (Urganch).
Infinitiv: Salam bermeknә:m blsh gәrәk.
Hol
1. Ravish holi: Oylam’yn sөllәyәn , ag‘r’m’yn өlәd.
Payt holi: B’y kun kech yeksәң, by xeptә kesh orәsә(Iqon).
O‘rin holi: Betta gөsh arzɔn, ye:ttә ikk somg‘a bergdm?(Mankent).
4. Inkor gaplarning kesimi vazifasida qo‘llanadigan emas, yo‘q so‘zla ri ba’zan o‘zaro almashadi, qorishtirib ishlatiladi. Bunday farqlamay ish latish “ikki tilli” shevaning xususiyatidir: – Bu kun jumam’? – Yo‘q, bu kun juma yo‘q, shambә. Jora kecha kelgan yemas.
Bu shevada mumkin emas o‘rniga “mumk’n yo‘q” holati qo‘llanadi.
5. O‘rin-payt kelishigi yordami bilan shakllanishi lorzim bo‘lgan boshqaruv aloqasi jo‘nalish kelishigida shakllanadi: B’z(lar) q’shlәqqa turam’z.
6. Buxoro shevasida (“ikki tilli shevada”) tojik tilidan o‘zlashgan izofa aniqlanmish + aniqlovchi so‘z birikmasi keng ishlatiladi: gulra’nɔ, gultɔj’ xuro‘s- gultɔjixo‘rɔz.
7. Gap bo‘laklariga xos muayyan tartibning o‘zgarishi-inversiya adabiy tildagiga nisbatan shevalarda ko‘p uchraydi. So‘z tartibi shevalarimizda erkin. Buxoro guruh shevalarida: 1. u ɔvqәt ko‘p yyeyd’ – u ko‘p ɔvkәt yyeyd’. 2. u tez vazifan’ bajard’ – vazifan’ u tez bajard’ – ...tez u bajard’.
Gapda so‘z tartibi sintaksisning muhim problemalaridan biri hisoblanadi. Dialektal nutqda so‘z tartibi gapda ahamiyat berilgan bo‘laklarning birinchi aytilishi bilan farq qiladi.
Diqqat markazida bo‘lgan so‘z birinchi aytilaveradi. Do‘q qilish, qo‘rqitish, qat’iy buyruq qilingan paytlarda olmosh egalarining “tushib qolishi”, kesimning oldin aytilishi oddiy tartib bilan mos kelmaydi. Masalan, tur o‘rningdan, yo‘qol bu yerdan kabi. Dialektal nutqning intonatsiyaga boyligi, unda har xil nutqiy tovlanishlar mavjudligi gap bo‘laklarining joylanishiga ham ta’sir qiladi. Gapda so‘z tartibi quyidagi vazifalarni bajaradi: gap bo‘laklarining o‘zaro aloqasi ta’minlanadi, bo‘laklarning joylashishi, fikrning ma’lum maqsadga qaratilishi uchun xizmat qiladi. Gap bo‘laklarining ekspressiv-stilistik xususiyatini ko‘rsatadi. So‘zlovchining maqsadi, tinglovchining situatsiyadan kelib chiqadi gan fikri oydinlashadi.
Gapda bo‘laklarning joylanishi psixo-lingvistik ahamiyatga ham ega. Maqol va matallarda gap bo‘laklaridagi tartib ma’noni kuchaytirish maqsadi bilan bog‘liq. Bularda qofiyalanish, ohangdorlik sezilib turadi: Bөyima yarasha tamag‘im, өpkeleme qonag‘im(maqol).
Gap bo‘laklarining tartibi adabiy til uchun ham, dialektlar uchun ham muhim lingvistik-struktural sohadir.
Sodda gap bo‘laklarining odatdagi tartibi:
Ega – kesim; ega – to‘ldiruvchi – hol – kesim; aniqlovchi – ega – to‘ldiruvchi – hol – kesim.
So‘zlar tartibining o‘zgarishi natijasida gapdagi so‘zlarning grammatik munosabati o‘zgarsa, bunda tartib grammatik vazifani bajargan bo‘ladi: yets’n yәxsh’ murәtkә – Yaxshi yetsini murodga...
Prof. A. Aliyev Namangan guruh shevalarida gap bo‘laklarining tartibi ni bu tarzda birma-bir bergan:
Ega – kesim: o‘sma ketәr, qɔsh qɔlәr.
Ega – to‘ldiruvchi – kesim: yɔmɔn yɔmenl’g’n’ q’lәd’.
Ega – to‘ldiruvchi – to‘ldiruvchi: Qәssɔp ɔshnәs’gә sɔtәr.
Ega – to‘ldiruvchi – payt hol – kesim: q’z juvɔnggә qosh’lgәgdә hur volur.
Ega – ravish holi – kesim: yәxshi tɔp’p gәp’rәr.
Qaratqich – qaralmish(aniqlovchi-ega) – kesim: jeyy’ tevәs’- pes’ bomeyd’.
To‘ldiruvchi –to‘ldiruvchi – aniqlovchi – kesim: yecha:n’ dәdәnggә b’pәddɔs kosәtmә.
Aniqlovchi – kesim: b’ – ch’ttәxɔnә.
Aniqlovchi – ega – o‘rin holi – kesim: ulen’ xe:l’s’ beydәn uroq.
Aniqlovchi – ega – kesim – to‘ldiruvchi – ravish holi: g’r’m qenә: k’ymәymәn yɔqәsi yirtiq.
Payt holi – payt holi – ega – o‘rin holi – qo‘shma kesim: yettәgә ɔsh’chәrdә bɔsmәch’lә sho:rdәn qɔch’p ot’sht’.
Ega – aniqlovchi – to‘ldiruvchi – ravish holi – kesim: bor’ ett’ gәp’gә lәqqә cho‘shipti.
O‘rin holi – sifatlovchi – aniqlovchi – qaratqich aniqlovchi – ega – kesim: yeshuvin nan ɔqqәn su:n’ qәdr’ yo:.
To‘ldiruvchi – ravish holi + kesim+:su:n’ kormәy yetu: yyechmә.
Ega – to‘ldiruvchi – kesim – maqsad holi: m’zzәmәmut yolgә ch’xt’ heymәnzullәshkәn’.
Aniqlovchi – o‘rin holi – ega – kesim: orun’ tәg’gә ɔlmә chushmeyd’.
Aniqlovchi+to‘ldiruvchi – ega + to‘ldiruvchi – kesim: b’rɔpp’ tәrәt’mәm sәn nɔmɔzz’ oq’mә.
Gap bo‘laklari bilan grammatik bog‘lanmagan so‘zlar va konstruksiyalarga xos dialektal kirish so‘zlar va iboralar ishlatiladi.
Buxoro guruh shevalarida: avvalam, magaramki, cheq’dan, manga qaraң: Hama keli’p o‘turd’ avvalam; ular kelelmad’lar cheq’dan.
Turk – kaltatoy shevasida gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlarga undalma va kirish so‘zlardir: bɔlәm senga n’mә boll’?
Shevalarda qo‘shma va murakkab gaplarga nisbatan sodda gaplar ko‘p uchraydi.
Y. Jumanazarovning ta’kidlashicha, u 1962-1967 yillar ichida Xorazmdagi 112 odamdan 2800 gap yozib olgan bo‘lib, shundan 2100 tasi sodda gap, ya’ni 75 foizi sodda gap...: Aytqanim –shu; deganim –degan; bala –bala
Dialekt va shevalarda qo‘shma gap komponentlari o‘zbek adabiy tilidan keskin farq qilmaydi. Ikki komponentdan iborat qo‘shma gaplar uch va to‘rt komponentlardan tashkil topgan qo‘shma gaplarga nisbatan ko‘p tarqalgan: G‘ava bulit bo‘ldi, dag‘in gunem savip getti. Damaqi o‘rtag‘a alip yyemәkә aylanishiptilar(ovqatni tayyor qilib yeya...) ekkәn xirman etәr, ekmәgәn әrman yetәr.
Qo‘shma gaplarning uch sodda gap komponentlaridan iborat bo‘lishi ham ancha keng tarqalgan: Ayttim, hazir gәlәdi, bir zamin o‘tiring.
Qo‘shma gaplar to‘rt sodda gap komponentidan iborat bo‘lishi ham mumkin: axsham bulut bo‘ldi, paxtani yag‘navedik, yig‘madi, yaxshi vo‘ldi.
Qo‘shma gaplar beshta komponentdan iborat bo‘lishi mumkin: Uyә girip: anavi qana? –dedi, hazir gәlәdi, dedim.
Gap ichida har xil formada ishlatilib, bir-biriga yaqin ma’noni anglatuvchi va gapda bir xil vazifani bajaruvchi parallel sintaktik konstruksiyalar sintaktik sinonimiyani tashkil qiladi: qating og‘riydi? Ne:ring ag‘riydi?
Kennɔyim kelvɔttilә – gelimbiyim gәyatilla – yangam kelɔptila.
Qayqilarim yajjan chiqdi// Go‘rgen azaplarim unut bo‘ldi... juda ko‘p::: 1. Men birtudan paxta terdim. 2. Men dim ko‘p paxta terdim. 3. Men yyer qaraqan paxta terdim. 4. Men yyer djahan paxta terdim. 5. Men yyer xiri paxta terdim. 6. Men iqin–diqin paxta terdim(Xorazm v.).
Intonatsiya orqali so‘zlovchining his-tuyg‘usi, ichki kechinmalari, nutq predmetiga turlicha munosabati aniqlanadi. Og‘zaki nutqimizda gapning grammatik-fikriy bir butunligini intonatsiya bildirib turadi. So‘z, so‘z birikmasining gap yoki gap emasligini intonatsiya orqali bilamiz.
Dialektda intonatsiya predikativ vazifasini ham bajaradi. Buyruq gaplarda darak gaplardagiga qaraganda nutq tembri va sifatining kuchayishi bilan xarakterlanadi, qisqa va ixcham jumlalarda ovoz kuchi alohida bo‘ladi: bor, ket, oqi, tur kabi.
So‘roq gaplarda intonatsiya ovozning gap oxirigacha so‘raladigan so‘zgacha kuchayib, ko‘tarilib borishi bilan xarakterlanadi: Siz paxtani nega oz terdingiz? Mektepden gelip paxtag‘a barasa – ә?
Misollardan ko‘rinib turibdiki, dialektal gaplarning o‘ziga xos ohanglari, aytilish xususiyatlari bor. Intonatsiya haqida berilgan gaplar Xorazm shevasidan olingan misollar bo‘lib, ular misolida shevalardagi intonatsion holatlarni ko‘rishga harakat qildik. Sababi intonatsiya shevalar va dialektlar doirasida yaxshi o‘rganilmagan murakkab hodisadir.
Adabiy tilda bo‘lgani kabi jonli tilda(sheva) ham har bir gapning o‘ziga xos intonatsiyasi bo‘ladi.
Dialekt va shevalarning sintaktik qurilishini har tomonlama tavsif qilish hozirgi adabiy til, yozma yodgorliklar tili va yetakchi shahar shevalari tili bilan qiyosiy o‘rganishga asoslanadi. Dialektal sintaksis nisbatan olganda tor doiradagi kishilar uchungina xizmat qiladi.
Dialektal sintaksis dialogga asoslangani uchun unda qisqalik, ixchamlikka erishish kabi xususiyatlar bor bo‘ladi.
Tilimizda shevalar va dialekt(lahja)larning sintaktik xususiyatlari ni bilish uchun (shevalar) qiyosiy va tarixiy-qiyosiy plandagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish juda zarurdir.
Dialektlar fonetik, morfologik va leksik jihatdan farqli tomonlarga ega bo‘lib, turli guruhlarga bo‘linsa-da, lekin sintaktik jihatdan gap qurilishidagi o‘ziga xosliklar barcha dialektlar uchun umumiy xususiyatga ega: kesimlik affiksi, fe’llarning boshqaruv xususiyati, ta’kid ma’nosini ifodalovchi affikslarning kesim tarkibida kelishi kabi hodisalar deyarli barcha dialekt va shevalarda u yoki bu darajada bir xil tarzda uchraydi.
Shevalararo farq qiluvchi xususiyatlar, asosan so‘z birikmalari va kelishiklarning funksional parrallellizmida ko‘rinadi. Aniqlovchi va aniqlanmish birikmasi ba’zi shevalarda (Samarqand, Buxoro, Qashqadaryoning ayrim shevalarida) izofa birikma sifatida qo‘llanadi: Osh’ palov, Poshshoi Iskandar, aka mullo. SHevalarda yozib olingan matnlarda turkiy izofalar keng qo‘llangan: Miymәnnәrgә әdrәs korpә tayladi (qatag‘an) sem’z qoy qimmat oladi (turk). Lekin forsiy va adabiy izofalar kam uchraydi. Bunday iboralar tojik va o‘zbek xalqlari aralash yashagan joylardagi aholi nutqida uchrashi mumkin.
Kelishikli boshqaruv munosabatidagi birikmalarning qo‘llanishida ham shevalararo farqlar mavjud. Bunday birikmalarda bir kelishik affiksi o‘rniga boshqasining qo‘llanishi ayrim shevalar uchun xos bo‘lsa, boshqa shevalarda umuman ishlatilmaydi.
M., Jo‘nalish kelishigi -ga o‘rniga o‘rin-payt kelishigining -da qo‘llanishi faqat Samarqand, Qashqadaryo (kimga ishi bor// kimga gapi bor, bir kunga// kunda bɔrib kelaman) shevalari uchun xos bo‘lsa, Toshkent tip dialektlarda uchraydi.
Qaratqich kelishigi bilan tushum kelishigi o‘zaro farqlanmagan holda, parallel qo‘llanishi esa barcha shevalar uchun xos.
Tushum kelishigi qaratqich kelishigi o‘rnida: Bizdi teshamiz, qishti kuni.
Tushum kelishigi jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishigi o‘rnida: Shuni (//shunga)toy qi(l) sak.
Jo‘nalish kelishigining o‘rin-payt kelishigi o‘rnida: qizga toy qilaman va h.k.
Fe’l takrorlanib kelib, davomiylikni ifodalaydi. әnә kep qɔlәr, mәnә kep qɔlәr m’nәn ot’rvurdu: ot’rvurdu tɔ qɔrәng’ tushg‘u:chә (Toshkent) bo‘lak o‘rin. Peshәnәs’ Nuriddin qur’p ketkurr’ shunda: shorәkәn. Mәn’ ushtә bɔlәmm’nәn k’m bɔqәd’, mun’ qәmәt’p qoysә. Oshәqqә ketvatu:vd’m oz’mәm (Toshkent); ’it’zәmm’ b’r’nch’ or’ңgә qoyәrd’u (Toshkent). mәq’p tur’psәn soppәy’p. keskechә yәtt’ kulәlә bop. Oyk’ll’g‘d’m kelip ketti mən’ (YUQSH). Kechә gәp’rgən gəp’m yes’mdә yog‘ mən’ (Ush).
Bu gaplarda aniqlovchini bemalol tushurib tashlash mumkin. bolən’ urməyd’lə bet’gə (Jiz.) goshəngədə korərd’ q’z m’nən kuyəv b’r-b’rin (Toshkent).
Sheva matnlarida ko‘proq sodda gaplar qo‘llangan. Shunday bo‘lsa-da, sodda gaplarni har doim ham chegaralab olish qiyin. Sheva matnlarida ayniqsa gap bo‘laklari. Inversiyasi ko‘p qayd qilinadi: B’r kun b’z kelduk Xasan djoy’gə. So‘ngra man oturdum choy ’ch’p (Samarqand).
Matnlarda ko‘chirma gaplar faol qo‘llangan: Kəl əytt’k’: - n’mə beresen? … yyeg‘ləp əyttiki komisərgə: - bizlər nime gunoh q’ldik?
Matnlarda qo‘llangan qo‘shma gaplar ham murakkab xarakterga ega emas: bir kuni tuzoq qoyip otirgen yekən, tuzoqqa bir kəttə ləylək ’l’n’pt’ (Toshk.) qozi boyni kutip otirəversin, yendigi sozni boydən yeshitin (Toshk.)
Gaplarda kirish ko‘p qayd qilinadi: eni shuytүp, Hasən qayqi yertədən kechkəchəy mi:net qip (Qatag‘on).
Undalmalar qo‘llangan: YE, taxsir, exir bizni bir q’l’g‘m’z xudoga yoqqan (Toshk) va h.k.
Adabiyotlar:
1. Ўзбек диалектологиясидан материаллар 1–2 жилдлар, 1997, 1961.
2. Туробова М. Ўзбек шевалари синтаксиси Т. 1984.
3. Решетов В. В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбекдиалектологияси.Т., 1978.
4. Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б. Ўзбекдиалектологияси. Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, Т., 2004.
5. Ўзбек диалектологиясидан материаллар.1-қисм.Т.,1957.
6. Жўраев Б. Ўзбекадабий тили ва диалектлари.Т.,1963.
7. Решетов В. В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек диалектологияси.Т., 1962.
8. Ўзбек шевалари морфологияси. Т.,1984.
9. Ўзбек шевалари лексикаси.Т.,1966.
10. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги.Т.,Ўқитувчи,1996.
Takrorlashuchunsavollar:
1. Shevalarning sintaktik xususiyati deganda nimani tushunasiz?
2. Yozib olingan materiallardan qanday sintaktik hodisalarni qayd qilishingiz mumkin?
3. Shevalarda morfologik xususiyatlar haqidagi qarashlarni izohlang.
4. O’zbek dialektlarining sintaksis xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
11-ma’ruza
SHEVALAR LEKSIKASI VA LEKSIKOGRAFIYASI
Reja:
O‘zbek shevalarining leksik tarkibi.
Shevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning semantik guruhlari.
O‘zbek shevalari leksik tarkibida tub va o‘zlashtirilgan so‘zlar.
O‘zbek shevalarining o‘ziga xos leksik tarkibi. O‘zbek shevalari fonetik va grammatik xususiyatlari qatorida o‘zining leksik xususiyatlariga ham egadir. Bu ususiyatlar ham shevalarni adabiy tildan va ayni vaqtda ularni o‘zaro bir-birlaridan farqlaydi.
O‘zbek xalq shevalarining, leksik tarkibini ko‘zdan kechirsak, ularning adabiy tildan va bir-birlaridan o‘zaro farqlaydigan leksik xususiyat larini ko‘ramiz. O‘zbek xalq shevalari leksik tarkibida (Toshkent. ɔdɔsh, ɔdɔg‘, yɔvuq (uzɔq-yɔvuq), um- (umsinmoq); Xorazm. arna, yap; Namangan, yar kabi) adabiy tilda shaklan o‘zgargan yoki adabiy til taraqqiyoti davomida undan allaqachonlar chiqib ketgan ayrim so‘zlar mavjuddir. Bundan tashqari, o‘zbek xalq shevalari leksik tarkibida ayrim sheva(yoki lahja)larning (Toshk. dj’llә (dj’llә qurmәsә); Farg‘. chүmәgәr’; Surx. borgi kabi o‘zigagina xos bo‘lgan so‘zlar ham bor. Bu so‘zlar faqat ushbu shevalargagina xos bo‘lgan so‘zlardir. Bunday so‘zlarni o‘rganish til tarixi, adabiy til tarixini o‘rganishda muhim ilmiy qimmatga ega.
O‘zbek xalq shevalarida o‘zbek adabiy tilida yo‘q bo‘lgan so‘zlar uchraydi. M., Shimoliy Xorazm shevalarida yarqanat (ko‘rshapalak), yovan//djaban (qishloq), arish (shoti – arava shotisi), tartanak (o‘rgimchak) kabi; qirq shevasida nuri (o‘g‘it, go‘ng), adrasman (isiriq), sota (tayoq, hassa) bәrәk (chuchvara) kabi dialektal so‘zlar uchraydi.
Bunday so‘zlarni yosh avlod tushunmaydi, ular arxaik so‘zlar hisoblanadi, sheva leksikasidan chiqa boshlagan. Keksa avlod ham ayrim so‘zlarning ma’no xususiyatlarini unutib bormoqda. Bunday arxaik so‘zlarning sheva tarkibidan chiqa borishi, ularning yangi so‘zlar bilan almashinishi joylardagi moddiy-ma’naviy hayot sharoitlari, adabiy til ta’siri bilan bog‘liqdir.
Ayrim shevalarga xos dialektal so‘zlarga nisbatan umumxalq so‘zlari shevalar lug‘at tarkibida ko‘p o‘rin egallaydi, Adabiy tilning kundalik ta’siri natijasida bunday so‘zlar sheva leksik tarkibining passiv qatlamiga o‘tib bormoqda.
SHevalararo so‘zlarning farqlanishi. SHevalarni bir-biridan leksik jihatdan farqlaydigan xususiyatlar barcha so‘z turkumlari doirasida uchraydi.
Qorluq lahjasi
|
O‘g‘uz lahjasi
|
Qipchoq lahjasi
|
Toshkent shevasi
|
Samarqand
shevasi
|
Farg‘ona shevasi
|
chәqәlɔg‘
‘shkɔm
qoqɔndjox'ɔr’
tog‘ɔn
tuxum
xurmәchә
sotә
much’chә
gәrmdɔr’
pәm’ldɔr’
dj’mdj’lɔ:
ɔy’
dɔvuchchә
qәlәmchә
og‘’r
shәrshәrәy
ch’ttәy
arg‘’mchɔg‘
goshәnggә
duxɔbә
tuvɔg‘
zәg‘’zg‘ɔn
әrqɔn
n’nәch’
orgumchә
dj’blәdj’bɔn
chәchvɔn
q’d’r, konx'an’y
chәkәy
qorashorvә
og‘’z
yel’y
tәnchә
chopchәy
nәrvɔn
chumɔl’
|
чaqalɔg‘
vɔy’sh//vay’sh
sardjuvɔr’
–
tuxum
xurmacha
–
mus’cha
qalampur
pam’dɔr
–
b’y’//yena
davuchcha
qalamcha
og‘ur
sharshara
–
arg‘unchak
ch’m’l’q
baxmal
qapqɔq
alashɔqshaqqa
arqon//arg‘amch’n
sozanak
tɔrtanak
–
chashpan(t)
q’d’r, kontashnav
djɔg‘
p’yɔva
falla
ɔst’ncha
sandal’:
matal
nɔrbɔn
morcha
|
bүvәk
vәl’sh
ɔqdjүgәr’
ɔl’sh
tuxum//mәyәk
chәpyә
mәrdәk
mus’lchә
qalamp’r
pat’ndjɔn
ch’nachaq
buv’
g‘ora
ch’kәldәk
kel’
shɔvvә//shald’rәmә
dj’nqarchә
hәyүnchәk
ch’m’ld’q
barq’t
qɔpqaq
hәkkә//ɔlәkkә
arg‘amch’
sөzәnәk
өrmәnch’k
chaxch’
ch’mmәt
‘stә, unә
ɔvruz
djaq
p’yovә
pәllә
yeng‘chә
sәndәl
yertәk
shat’
chүmәl’k
|
bөvәk
–
djuvәn
bөvәt//bөgәt
yimirtә
–
–
qumri
burch
pаmаdаr
–
әnә
dүvchә
qаlаmchа
so:qы
shәrlаvuq
chitlыq
sаrыndjаq
gөshәyәnә
bаxmаl
duvаqkkә//hәkkә//
hәkәk
yip
innәchi// tәmәnchi
tаrtәnәk
sәmәnәk
–
qыdыr, unә
tөshshi
djаg‘
piyаvа//vаg‘
lәmә
ouvuz
yengsә
–
yertey
zangngi
qarыndjә
|
bөbәk//bөvәk
vayish
djүgәri
darg‘at
mәyәk
qurmacha
sota
mүsichi//mүchchi
qalampыr
pәmildәri
chыnaqay//chыn
chalaq
yenә
dәvchә
qalamcha
keli
sharыllaq
–
hәlgәnchәk
chimildыq
baxmal
qapqaq//qaqmaq
alashqshaq
arqan
–
өrgәmchi
–
chimmәt
izlә, kon-//unә
abruz
djaq
piyava
үvүz//ү:z
djengsә
sandal
mәtәl
narvan
chumalы
|
Leksik farqlar shevalararo bir predmetni yoki holat harakatni boshqa – boshqa so‘zlar orqali ifoda qilishdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan misollardagi so‘zlar butunlay boshqa-boshqa bo‘lishiga qaramay ko‘rsatilgan shevalararo birgina predmetni yoki ish harakatni bildiradi va to‘liq munosa batda hisoblanadi.
O‘zbek shevalarida dialektal so‘zlarning fonetik, morfologik, leksik-morfologik, semantik va leksik tiplari bor.
Shevalarni kuzatganda, ayni bu so‘zning u yoki bu shevada boshqacharoq talaffuz qilinishi fonetik(yoki morfologik) farqlardir: Masalan, Toshk. chɔch// And. chәch//ad.-orf.soch; Toshk. z’rәy//Xorazm.zirєy//ad.-orf. zirak; Toshk. qulɔg‘//Farg‘. qulaq// ad.-orf. quloq; Toshk. ɔshsh’//Farg‘. ɔsht’//ad.-orf.oshni (ng) kabi.
Shevalar umumxalq o‘zbek tilining bir tarmog‘i bo‘lish bilan birga, adabiy til bilan o‘zaro umumiy va xususiy leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi so‘zlar shakldosh, ma’nodosh, ko‘p ma’noli va zid ma’noli kabi munosabatlar jihatidan bir-birlaridan hamda adabiy tildan farq qiladi. SHevalardagi tabu va evfemizmlar esa deyarli o‘rganilmagandir. Shularni hisobga olib, ularning har biri haqida alohida-alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
Ma’nodosh so‘zlar. Ma’nodosh so‘zlar o‘zaro birlashtiruvchi ma’noga ega va turli shakllarga ega bo‘lgan bir guruh so‘zlarning o‘z nominativ ma’nolari bilan bir xil yoki o‘xshash bo‘lib, talaffuz va yozuvda farqlanishi, qo‘shimcha ma’no nozikliklari hamda turlicha uslubiy qimmatga ega bo‘lishi mumkin. Nutqimizni rang-barang qilishda ma’nodosh so‘zlarning ahamiyati kattadir. O‘zbek tili ham o‘zining katta leksik qatlamiga egadir. Bu qatlamga kiruvchi sinonim so‘zlar tilimizning lug‘at tarkibini boyitadi, uni yanada kengaytirish uchun xizmat qiladi, o‘zbek tilining boyligini ko‘rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Tildagi ma’nodosh so‘zlarni yaxshi egallash va undan to‘g‘ri foydalana olish esa nutq uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ma’nodosh so‘zlar, ayniqsa, dramaturg, shoir-yozuvchilar tomonidan mohirlik bilan qo‘llanilib, ularning fikrlarini ro‘yobga chiqarish, tasvirlanayotgan davr xususiyatlarini to‘laroq aks ettirish, turmush voqealarini aniqroq ifodalab berish, ulardagi ma’noning eng nozik tomonlari va ohangini ko‘rsatib o‘tishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’nodosh so‘zlar xalq og‘zaki ijodida – matallar, topishmoqlar, ashula-qo‘shiqlar kabilarda ancha keng tarqalgan bo‘ladi.
O‘zbek tilida bo‘lgani kabi, uning lahja va shevalarida ham ma’nodosh so‘zlar nihoyatda ko‘p. Lahja va shevalardagi ayrim so‘zlar esa adabiy tilimizning leksik qatlamini to‘ldirish va boyitish uchun xizmat qiladi. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilimizdagi izlamoq, qidirmoq, axtarmoq, istamoq sinonimik qatorlaridagi so‘zlar turli sheva materiallaridan olinganligini isbot qilish qiyin emas. Chunki Farg‘ona, O‘sh kabi shevalarda istamoq, qipchoq shevalarida izlamoq, Toshkent va Samarqand shevalarida qidirmoq(q’d’rmoq) deb qo‘llaniladi. O‘g‘uz lahjasida ham qidirmaq va istәmaq ko‘rinishlariga egadir. Axtarmoq shaklida qo‘llanilishi ancha chegaralangan. Bu shakl qipchoq shevalarida axtarmaq//aqtarmaq deb ishlatiladi.
O‘zbek shevalari ham ma’nodosh so‘zlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu shevalarda ba’zan bir ma’nodosh so‘zlar adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
Qipchoq lahjasida tuzuv//tuziv//duris//yaxshi//miqtay//әjәp//әjәptәvir//әvlә//qiyamat//binәyi(yaxshi); shipira //jәvlik// jappa//hәmmәsi//tama mam//bag‘amam//putunnәy (barcha); shaqillamaq //qichirmaq//baqirmaq// ulumaq (qattiq gapirmoq).
Qorluq lahjasida morcha (Sam.-Bux.-Urgut), chumәl’ (Toshk.), chumәl’k (Farg‘. guruhi), chәpchәk (Iqon, Sayram), buv’ (Farg‘. shevalari), biyi (Sam.-Urgut), ɔy’ (Toshk.) kabi. Erkaklar beliga bog‘laydigan, chetiga gullar solingan materialni, ya’ni belbog‘ni Andijon, Qarnob va Qorabuloq shevalarida chɔrs’//chɔrsu deb qo‘llanilsa, Toshkent shevasida q’y’qchә, Surx.shevalarida belqars deb ishlatiladi.
O‘g‘uz lahjasida: gөң//dilsiz//gәmlәmәs//indәmәs// lɔl//geңәlәk
//sөllәmәs vɔrsiz//vedәsiz//ɔldɔqchi//yɔlg‘ɔnchi//tutriqsiz//nɔhɔq; buchimi // sɔlɔvɔti // gөrunishi // simmoti // silɔyɔti // qɔmati; dәrrәv // darhɔl // shuvәtip // zimpildәp; sɔlmɔ // yәp // ariq //tәrmә; zrәvәk/ /sirg‘a//halqa//ulli//iri.
U yoki bu ma’nodoshlar qatoriga kirgan so‘zlarning ba’zilari adabiy tilda va lahjalarda uchramasligi mumkin. SHevadagi bunday ma’nodoshlar ma’no va talaffuzlari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, o‘zaro mustahkam bog‘langanlik, tug‘ishganlik ma’nolarini ifodalash uchun o‘zbek adabiy tilidagi qarindosh, urug‘, avlod singari sinonimlarni qo‘llasa, qipchoq shevalariga kiruvchi shevalarda bu so‘zlarning keng qo‘llanishi bilan bir qatorda tamir, zat, ag‘ayni, tuvishqan kabi so‘zlarning ham keng iste’molda bo‘lganligini uchratishimiz mumkin.
Ba’zan qipchoq shevalari materiallari ma’nodosh so‘zlarning ma’nolarini farqlashga yordam beradi. Masalan, ozuqa turlaridan biri- yonichqa//jonichqa deb yuritilib, uning quritilgan holatiga bedә deyiladi. Hali uning avj olib o‘sayotgan, lekin pishib yetmagan holati esa qara kөrpә deb ataladi. Qipchoq shevalarida joңichqa so‘zi qorluq shevalaridan Andijon shevasida yoң’chqa, Toshkentda esa bedә deb qo‘llaniladi.
Qipchoq shevalaridagi ma’nodosh so‘zlar tuzilishi jihatidan sodda, juft va birikmali ma’nodosh so‘zlarga bo‘linadi:
1. Sodda sinonimlar o‘zbek shevalari leksikasining talaygina qismini tashkil etadi. Misollar: өtirik// yalg‘an, qichalan//qistalan//shoshilinch, joliqdi//daridi, qichәp//derrәv, hava//javin, qilamiq//jiqa, satqaq// avriv, talli//shirәt, taqran//quri(qipchoq); reja//tɔm’r, tavarcha//bɔltacha, zor//kuchli; shɔna//taroq; kallaposh//barcha, ɔftɔb// quyɔsh kabilar.
2. Ba’zi ma’nodosh so‘zlar juft holda qo‘llaniladi, turli ma’nolar ni(jamlik, to‘dalik, bo‘rttirish, umumiylik ma’nolarini) ifodalash uchun xizmat qiladi: sәvir-taqat, urp-әdәt, kir-iplas, jaxshi-diris(qipchoq).
Ba’zi fonetik o‘zgarishlarni hisobga olmaganda, bu xususiyat qorluq, o‘g‘uz lahjalari materiallari uchun ham xosdir. Hali turmush qurmagan, bolasiz, bo‘ydoq kishiga nisbatan Qo‘qon va O‘shda sәlt-suvәy, Shahrisabzda sәlt-suvәyt, Surxondaryoda salti-subay deyilsa, Forishda emizikli bolasi bo‘lmagan xotinlarga nisbatan suvәy-sәltәң deb qo‘llaniladi, sәlt-suvәyt yurgәn bashqa, rozg‘ollɔlli bashqa, Bɔshinnә chushsә bilәsәn, ’shgә ch’q sun(Forish).
Yana: xesh-tabar(Sam. Bux.), urug‘-әymɔg‘(Kattaqo‘rg‘on-Payshanba), chɔl-buva (Pop), a:lat//ajdat(o‘g‘uz).
Birikmali ma’nodosh so‘zlar ham uchrab turadi. Misol: qashqara.
Ma’nodosh so‘zlar ushbu shevalarda, asosan, ikki yo‘l bilan hosil bo‘lgan. 1. So‘zlarning ma’no jihatidan bir-biriga o‘xshash va yaqinlashuvi natijasida. Masalan, dos//ag‘ayni//jөrә//qadrdɔn//
ortaq(qipchoq), uy//xɔnә// kvәrtirә, duxt’r//vrәch//tәv’p(qorluq) kabi.
2. Boshqa tillardan shevalarga so‘zlarning o‘tishi natijasida arabcha, forscha, tojikcha, ruscha so‘zlar va shevalarda so‘zlashuvchi aholining leksikonidagi so‘zlar bilan bir yoki yaqin ma’noda juft holda ishlatilib, ma’nodoshlik munosabatiga kirishgan. Masalan,kuch//qudrat, gөdәk// chaqalaq, әskәr//sollat(qipchoq), jәdvәl//tәbl’tsә (qorluq), Shahrisabz shevasidagi yelkә//kip, tekis//rәvɔn, bɔbɔy//chɔl//moysapit ma’nodosh so‘zlarini o‘zida aks ettiruvchi so‘zlar bir-biridan ma’lum darajada uslubiy maqsad va ma’no nozikliklari bilan farqlanib turishini qayd etish mumkin.
Umuman ma’nodosh so‘zlarni tashkil etishda son va olmosh qatnashmaydi (ba’zan olmoshlarda bu holning uchrashi mumkin), yordamchi so‘zlar esa, sasosan uslubiy qimmatga ega bo‘ladi.
Bu xususiyat turli shevalarda so‘zlashuvchi ko‘pchilik uchun xos bo‘lsa-da, ayrim hollarda adabiy tilni yaxshi egallagan kishilar nutqida ham bunday hollar vaqti-vaqti bilan yuz berib turadi. Bunday hollardan qutulish har qanday madaniy kishining vazifasidir. Chunki tilning tozaligi, uning sofligi, ma’no jihatdan aniqligi uchun kurash til madaniyati uchun kurashdir. Chunki bir til madaniyatining mukammalligi qadimiy ona tilimiz, ko‘p asrlik madaniyatimiz, tarixiy taraqqiyotimiz, ko‘p qirrali va jozibali san’atimizni ko‘z-ko‘z qiluvchi yagona o‘lchovlarning asosidir.
Shunday ekan, so‘z va atamalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish, ularning tub mohiyatini chuqur tushungan holda qo‘llash hamda ochib berish burchimizdir. So‘z va atamalarni bilib ishlatmaslik ko‘pgina yuzakilik larni, hatto chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin,
Shunday qilib, ma’nodosh so‘zlar o‘zbek shevalari materiallarida kattagina qismni tashkil etadi va turli ma’nolarni ifodalash uchun material bo‘lib xizmat qiladi. SHevalardagi ma’nodosh so‘zlarni atroflicha o‘rganish o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi va boyib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shakldosh so‘zlar. Tildagi shakldosh so‘zlar ko‘pgina olimlarning diqqatini tortgan qiziqarli leksik qatlamlardan sanaladi. Ular adabiy tilni, jumladan badiiy asar tilini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda shakldoshlik masalasiga baho berishda ikki xil qarash mavjuddir. Ba’zi olimlar shakldoshlikni ijobiy hodisa sifatida izohlasalar, ba’zilar esa uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutlaqo salbiy hodisa deb, unga qarshi “urush” e’lon qilishardi. Biz birinchi fikr tarafdorimiz va uni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki shakldosh so‘zlarga ijobiy yondoshish tilshunoslikdagi birdan-bir to‘g‘ri yo‘ldir. Buni tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilovchi yodgorliklar ham to‘la tasdiqlaydi. Ayniqsa, Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining asarlari bu sohada yuksak namunadir.
Agar turkiy tillar tarixiy taraqqiyotiga nazar solinsa, tilda ularning hosil bo‘lishi umumiy leksik qonuniyat lardan biri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, shakldosh so‘zlarning mavjudligi tilning so‘z jihatdan, ayrim kishilar o‘ylagandek, kambag‘alligini ko‘rsatmasdan, balki ular tilni boyitish, yangi so‘zlar yasash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek tili lahja va shevalarida shakldosh so‘zlarning o‘zaro ma’nolarini farqlash, ularning vujudga kelishi va ma’nolari o‘ziga xos xususiyatlarga egna. Bundagi o‘ziga xos xususiyatlardan biri shuki, shevalarda u yoki bu omonim adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ma’nolarga ega. Masalan, ich so‘zi adabiy tilda ikki xil ma’noda qo‘llansa, qipchoq shevalarida besh xil ma’noda keladi: ich – uch-son, ich – biror narsaning ichi, ich – ichmoq, ich – a’zo, qorin ma’norlarida qo‘llaniladi. qirq so‘zini olib ko‘raylik: qirq – fe’l, qirq – marhum o‘lgan kuniga qirq kun to‘lgan kun, marosim, qirq – urug‘ning nomi kabi.
Lahjalardagi shakldoshlik so‘zlarning adabiy tilda uchrashi va uchramasligi nuqtai nazaridan ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Adabiy tilda va lahjalarda uchrovchi shakldosh so‘zlar. Adabiy tilda: oyoq, bosh, ko‘z, bet, yoz, ko‘k, qanot kabilar. Masalan, odamning oyog‘i, stolning oyog‘i, karavotning oyog‘i; odamning ko‘zi, buloqning ko‘zi, derezaning ko‘zi; odamning boshi, ishning boshi, suvning boshi, yerning boi va h.k.
Qipchoq shevalarida: ayag‘, bash, kөz, bet, kөk, qanat, adamdi ayag‘i, adamdi bashi, suvdi bashi, yerdi bashi singari.
2.O‘zbek shevalari uchun xos bo‘lgan shakldosh so‘zlar. Qorluq lahjasida: chɔrs’//chәrsu so‘zi Farg‘ona, Qarnob va Qorabuloq shevalarida adabiy tildagi belbog‘ so‘zi o‘rnida keladi. Masalan,, Nev’ chɔrs’n’ el’b keld’, chɔrs’n’ bel’gә bɔg‘lәd’.Samarqand-Buxoro shevalarida esa to‘rt tomon ma’nosini bildiradi. Masalan, chɔrsuga ɔdam kep yedi, chɔrsu Registɔnga kabi. Tɔqyә so‘zi ko‘pgina o‘zbek shevalarida qipchoqda bosh kiyimi, ya’ni do‘ppi ma’nosida kelsa, Qarnob shevasida u yostiq ma’nosida qo‘llaniladi. pɔchchә so‘zi o‘zbek adabiy tili va ayrim o‘zbek shevalarida kuyov, pochcha deb ishlatilsa, Qarnob shevasida aka, amaki ma’nosini bildiradi.
O‘g‘uz lahjasida tɔy – otning bolasi va biror narsani taxt qilib, jamlab qo‘yish. Qilich – kishi nomi, atoqli ot, qurol, turdosh ot; alma – kishining nomi, atoqli ot, mevaning nomi, turdosh ot va buyruq fe’li ma’nolarida qo‘llanilib, omonimiyani tashkil etadi. Bu so‘zlar boshqa o‘zbek shevalarida ham xuddi shunday yoki shunga o‘xshash ma’nolarda ishlatiladi.
Bu guruhga kiruvchi omonimlar, asosan, ikki undosh tovushning bir tovush bmlan talaffuz qilinishi, ya’ni fonetik o‘zgarish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbek lahja va shevalarida shakldosh so‘zlar ikki yo‘l bilan, ya’ni birinchidan, o‘z ichki taraqqiyot qonunlari asosida, o‘z imkoniyatlari bilan va, ikkinchidan, boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarning shevalardagi so‘zlar bilan omonimik munosabatga kirishuvi natijasida vujudga kelgan.
Shakldosh so‘zlar, asosan, quyidagi usullar bilan paydo bo‘lgan:
1. Fonetik o‘zgarishlar natijasida: dayra-doira, daryo(qipchoq), dәyrɔ yɔkәs’ – daryo yoqasi – kifti ob(qorluq), k’tɔp – o‘quv quroli, kitob(qorluq), kitәp – joyning nomi, atoqli ot(qipchoq).
2. So‘z ma’nolarining taraqqiyoti zaminida kun – quyosh, bir sutkaning yarmi(qipchoq), yɔldɔsh – hamroh, suhbatdosh, kosmik kema, yerning yo‘ldo shi(qorluq) kabi.
3. So‘zlarning o‘zak va negizlariga turli xil qo‘shimchalar qo‘shilishi orqali. Bunday shakldoshlarda urg‘u ma’no ajratuvchilik rolini o‘ynaydi.
Shakldosh so‘zlar muhim leksik-uslubiy vosita bo‘lib, ular yordamida chiroyli so‘z o‘yinlari yuzaga keladi. Bunday holat yozma adabiyotda ham, og‘zaki nutqda ham tez-tez uchrab turadi. Fikrimizning dalili sifatida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan keltirilgan tuyuqni ko‘ramiz:
Qolindan keguncha chiqar yaxshi at,
Yaxshiliq qi, balam, jamanliqdi at.
Nәsiyәtim yɔt qibal, parzantim,
Yalg‘iz yursә nam chiqarmas yaxshi at.
Shuni aytish kerakki, o‘zbek adabiy tilidagi va boshqa qator o‘zbek shevalaridagi shakldosh so‘zlarning aksariyati qipchoq shevalarida bunday xususiyatlarga ega bo‘lmaydi. Bu esa unlilar uyg‘unligi hodisasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, ot(o‘t) so‘zi alanga, olov va tirik organizm dagi o‘t ma’nolarida kelib, ot deb ikki xil ko‘rinishda qo‘llanadi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar. Ko‘p ma’nolilik o‘zbek tili leksikasining o‘ziga xos belgilaridan biridir. Asosan, o‘zbekcha so‘zlar ko‘p ma’nolik xususiyatiga ega bo‘ladi, Chunki bunday so‘zlar hayotimizda uzoq yillar davomida ko‘p qo‘llanila berib, shu holatga kelib qolgandir. Muhim ilmiy- nazariy fikrlar aytilib o‘tilgan o‘zbek adabiy tilidagi bosh, yuz, ko‘z, oyoq, qanot, bel, til, burun, lab kabilar lahja va shevalar materiallarida ham turli ko‘rinishlarda qo‘llaniladi va ko‘p ma’nolik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, bash, kөz, kɔz, ayaq, qanat, bel, til, burun, lәp kabi.
Qipchoq shevalarida: өziyәm bash dep kәdini kөtәrip jurgәnәkәn-dә, uni ekinchi birgәtkә bashliq qip qoydibir bash juzum, jәzzәm ishti kөzini bilәdi, bul kөzli kundәy kәn, uzukti kөzi tuship qapti kabi.
Ko‘p ma’nolilik hodisasi voqelikdagi bir narsa-buyum xususiyatini, nomini boshqasiga ko‘chirish, o‘tkazish orqali sodir bo‘ladi.Nomini ko‘chirish quyidagi holatlar natijasida yuz beradi. Bu o‘xshashlik asosida yuzaga keladi. O‘xshashlik shakli, rangi, ichki xususiyati va sifati tomonidan bo‘lishi mumkin. Masalan, chәkmәk, suvg‘a chәgipti(suvga cho‘kipti). Eshmәt chөgipti(qarib qolibdi) kabi.
Bog‘liqlik asosida paydo bo‘ladi. Bog‘liqlik vaqt, payt, makon va mantiq nuqtai nazaridan yuzaga keladi. Masalan, uchmaq >ushmaq: qush ushti, sәmәlut ushti, hәlginchәk ushti kabi.
Nomini ko‘chirish vazifasi jihatidan bo‘ladi. Masalan, bash: insandin bashi, suvdin bashi; qanat: qushtin qanati uzilip tushti, sәmәlutti qanati mәkkәm//mәkkәm ishlәңңәn; lәv: adamdi lәvi, hɔvizdi lәvi, ariqti lәvi, saydi lәvi kabi. So‘z ma’nolarining yaqinlashishi natijasida ko‘p ma’nolilik hosil qilinadi: til: tili chuchi, tilini biladi kabi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning qanday shaklda bo‘lishi va qaysi yo‘l bilan yuzaga kelishidan qat’i nazar, ularning har birida asosiy boshlang‘ich ma’no, asl ma’nosi mavjud bo‘ladi, Shu ma’no asosida boshqa ma’nolar kelib chiqadi. Buni uchmoq so‘zi misolida ko‘rish mumkin. Uning ma’nosi qanot silkish bilan havoda harakatlanish hisoblanadi. Bu ma’no qushlarga qarata aytilgan bo‘lib, keyinchalik uning ma’nosi o‘zgarib va taraqqiy etib borgan. Natijada, parrandadan boshqa narsa-buyum va hodisalarga tatbiq etila borgan. Afsonalardan esa uchmaq so‘zining otga(uchәr at – tez chopar ma’nosida), gilamga (uchәr gilәm), samolyotga(sәmәlut uchip ketti), yer yo‘ldoshiga(jerdiң joldashi uchti) ko‘chirilganini ko‘rsatish mumkin. Demak, uchishlarning hammasi hozirgi vaqtda umumiy bo‘lgan ma’noni bildiradi, Lekin biribir qushning uchishi birinchi harakat, samolyot va yerning yo‘ldoshi kabilarning uchishi esa keyingi harakat hisoblanadi.
So‘zlarning ko‘p ma’noliligi o‘g‘uz lahjasida ham qo‘llanadi: hu:rliqa kaptar volip uchib(p) gәlәdi-dә, bir silkinib adam voladi. Navi disan, it qistag‘da bit qistag‘ etәvәrmә, qirsildab uchib gursildәb chushkiysan(qarg‘ish ma’nosida).
O‘zining xususiyatlari va ma’nolari bilan ko‘p ma’noli shakldosh so‘zlarga yaqin va o‘xshashdir. Lekin ularni ajratib turadigan farqlar ham mavjud. Bunday farqlarning asosiylaridan biri so‘z ma’nolarining ichki bog‘lanishga egaligi va ega emasligidir. Agar so‘zlar o‘zaro bir-birlari bilan ichki bog‘lanishga ega bo‘lsa, ko‘p ma’noli hisoblanadi: bash, tish, kөz, til, yer kabilar. Aksincha, ularning ma’nolari bir-biri bilan ichki bog‘lanishga ega bo‘lmasa, shakldosh sanaladi: at, juz, tur, yɔsh, ɔch kabi.
Zid ma’noli so‘zlar. Lahja va sheva materiallaridagi leksika ham ma’lum o‘rinni egallaydi. Bu so‘zlar ma’nolari jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, narsa, hodisa va ularning belgilarini solishtirib ko‘rish, bir-biriga qarama-qarshi ko‘rsatish, fikrlarni ta’sirchan ifodalash vazifalarini bajaradi. Zid ma’noli so‘zlar lahja va shevalarda ham bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar birligini ifoda etish bilan uslubiy vosita sifatida qo‘llanadi. Qorluq lahjasi materiallarida: yәxsh’-yɔmɔn, qәl’n-yuqә, uzun-q’sqә, ɔz-kop, dos-dushman, tog‘ri –egr’, bɔy- kәmbәg‘әl.
O‘g‘uz lahjasida: so‘ji-aji, ɔq-qara, yaxshi-yaman, alis – yaqin, ulli-genjә, qari-yɔsh, uzun-qisqa.
Qipchoq lahjasida: kәttә -kichchi, qalin-qilamiq, bәlәn(t)-pәs, kechә-kunduz, achchi-chuchchi, alis-jaqin, uzun-qisqi, issiq-suvuq, qunchig‘ish-kunbatish, qatti-bosh. Misollar: uni qoli balan keldi, biyil hava pәs boldi, qar qalin javupti, qilamiq qirav tushkәn va boshqalar.
Juft holda qo‘llanilib, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar umumiy bir tushunchani va tasavvurni ham ifodalab keladi. Bunday holda bir so‘zdek qo‘llaniladi. Zid ma’noli so‘zlardagi bunday xususiyatlar ulardagi so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi bilan izohlanadi.
Qipchoq guruh shevalarida ham xususiyat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi: bәlәn-pәs gәpirmә- o‘ylab gapir, yaxshi gapir; issiq-suviq qildiripti- dori-darmon bilan davolanibdi.
Zid ma’noli so‘zlar kategoriya sifatida katta ahamiyatga egadir. Ularni ko‘proq qo‘llash borasida shevalar, jumladan qipchoq shevalarining o‘rni kattadir.
Eski so‘zlar. So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan, so‘zning o‘zi ham asta-sekin unutila boradi, ya’ni eskirib qoladi. Eskirgan so‘zlar ikki turli bo‘ladi: qadimiy so‘zlar, tarixiy so‘zlar.
Qadimiy so‘zlar.Qadimiy so‘zlarning hozirgi vaqtda faol so‘zlar qatoridagi shakldoshlari ham mavjud bo‘ladi. Bunda hozirgi hayotda mavjud bo‘lgannarsani anglatadigan kamida ikki so‘z bo‘lib, biri faol qo‘llanadi, boshqasi esa eskirib qolgan so‘z bo‘lganligi uchun, ayrim uslubiy maqsadlar- tarixiy davrni ochib berishda nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash kabi maqsadlar uchun ishlatiladi. Masalan, adabiy tilimizdagi so‘zlar o‘zbek lahja va shevalarida ham turlicha shakllarda ishlatiladi: gɔzɔ-g‘ɔzɔt-g‘ɔzɔvɔt-urush,shorɔ- qishloq kengashi raisi; әrch –aravaning bir qismi shoti; tɔvushxɔn –quyon, tɔskәn – qo‘ng‘iroq; tɔqe – do‘ppi; chɔrsu –belbog‘.
Bunday so‘zlarning lug‘at birligi biror jihatdan eskirib, o‘z o‘rnini boshqa bir lug‘at birligiga bo‘shata borishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu jarayonning voqe bo‘lishiga, turli-tuman sabablarga olib keladi.
Ba’zan ijtimoiy hayot taraqqiyoti va tarixiy sharoit davrida ayrim so‘zlarning ma’nolari bir-birlariga juda ham yaqin yoki bir necha vaqt ularning ma’nolari bir xil bo‘lib qoladi. Lekin bunday hollarda ma’nolari bir xil bo‘lib qolgan so‘zlarning biri iste’moldan chiqib ketia di. Masalan, muhr va pechәt, mәrizә va dәklәt kabi so‘zlar bir xil ma’noni ifoda qilganlari holda qo‘llanilib kelinadi. So‘ngra 90-yillargacha revәlutsiyә, sәvit, pechәt, dәklәt so‘zlari deyarli shakldosh so‘zlar sifatida qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Shora, inqilap, mug‘r so‘zlari o‘zbek tilining faol so‘z boyligidan chiqib ketdi va ma’lum davrda eskirgan so‘zlarga aylanib qoldi. Hozirgi paytda esa, aksincha, 90-yillargacha eskirgan so‘zlar qatoridagi so‘zlar yana faollashib ketdi. Demak, majburiylik siyosati ham, vaqtincha bo‘lsa-da, tilning lug‘at boyligiga ta’sir etar ekan.
Tarixiy so‘zlar. Tarixiy so‘zlar o‘tmishda mavjud bo‘lgan narsa va tushunchalarning nomini bildirgan, ammo hozir eskirib qolgan tilimizda ishlatilmay qolgan so‘zlar hisoblanadi. Chunki jamiyatda ilm-fan, madaniyat, san’at adabiyot kabilarning taraqqiyoti, umuman hayot talabi bilan bog‘liq o‘zgarishlarni aks ettirish vazifasini ado eta olmagan so‘zlar iste’moldan chiqib keta boshlaydi. Bunday so‘zlar o‘rnini esa yaqin so‘zlar va tushunchalar egallaydi.
Tarixiy so‘zlar yo‘q bo‘lib ketgan narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun i shlatiladi. Chunki hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularning shakldoshlari bo‘lmagan. Masalan, qɔz’, dәmlә, rәy’s, әlәm, mupt’, ’mɔm so‘zlari eskirib qolib, ishlatilishdan chiqib ketgan. Bunday so‘zlarning ba’zi birlari esa yangi ma’noga ega bo‘lgan. Masalan, ilgarigi vaqtda odamlar orasida musulmon dinining qonun qoidalarini targ‘ib qiluvchi kishi dәmillә – dɔmullɔ–dɔmlә deb ishlatilgan va adabiy tilda domla deb birmuncha ixcham olinadigan bo‘lgan. Shunday qilib, dɔmlә shaklida bu so‘z hozirgi paytda fanning ma’lum bir sohasini egallagan mutaxassis olim, ilmiy xodim va ba’zan o‘rta maktabda dars beruvchi o‘qituvchi ma’nolarida qo‘llaniladi.
Tarixiy so‘zlar o‘zi anglatgan voqelikning yagona atamasi bo‘lib, hozirgi vaqtda lahja va shevalarda ham, adabiy tilda ham, o‘sha narsani, tushunchani, dunyoqarashni aniq anglatuvchi so‘z hozirgi davrda bo‘lmaganda, o‘tmishni tasvirlashda tarixiy so‘zlarga murojaat qilish o‘z-o‘zidan zarur bo‘lib qoladi. Bunday holni turli lahja va shevalardan yozib olingan tarixiy namunalarda ochiq ko‘rish mumkin. Shoir-yozuvchilarimizning tarixiy asarlarida ham istorizmlarni ko‘plab uchratamiz. Buni ochiqroq tasavvur etish uchun A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, S.Ayniyning “Qullar”, G‘.G‘ulomning “Ko‘kan” kabi asarlarini misol keltirish mumkin.
Yangi so‘zlar. Yangi so‘zlar tilda paydo bo‘lgan yangi so‘z, yangilik bo‘yog‘i hisoblanadi. Jamiyatda, hayotda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangi voqea-hodisalar, fan va texnika, san’at, iqtisod, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar yangi so‘z va tushunchalarni ham maydonga keltiradi. Bunday so‘zlar har bir tilda, jumladan o‘zbek tilida va uning lahja hamda shevalarida ham o‘z so‘z boyligi asosida yuzaga keladi.
Yangi so‘zlar deb atash nisbiy tushuncha bo‘lib, ma’lum vaqt ichida, davrda paydo bo‘lgan so‘zlar faqat o‘sha davr sharoitida yangi so‘z hisoblanadi, ma’ lum vaqtdan so‘ng esa o‘zidagi ana shunday xususiyatni yo‘qotadi. Masalan, shanbalik, aeroplan, yo‘qsil, sho‘ro, kalxus, sapxus so‘zlari 20-yillarda; besh yillik, shpal, seyalka 30-yillarda; staxanovchi, traxtir, mashiyna 30-yillarning oxirlarida; cho‘lquvar, cho‘l lochini zangari kema, dala malikasi 50-yillarda; zangari ekran, kasmanavut 60-yillarda yangi so‘zlar sifatida qabul qilingan va o‘sha davrda neologizm vazifasini bajargan. 90-yillargaa kelib hakim, viloyat, tuman, aksiya, bank, repititor, test kabi so‘zlar faollashdi.
Tabu va evfemizmlar. Ma’lumki, hozirgi tilimizda ishlatiladigan evfemistik so‘z va iboralarning ildizi ma’no jihatidan eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Evfimizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan va hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan tabu hodisasi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan.
Evfemizm ibtidoiy xalqlarning diniy taqiqlar(tabular), jumladan, til tabulari bilan, ya’ni ibtidoiy kishilarning diniy taqiqlarga asoslangan va shunga binoan ayrim so‘zlarni talaffuz etish qo‘rqinchli bo‘lgan hodisalar bilan bog‘liqdir.
Bu so‘z etnografiyada xalqlarning urf-odatlarida taqiq etilishi sistemasini anglatuvchi atama sifatida qabul qilingan, Ammo tilshunoslikda bu atama urf-odat natijasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan, aytib bo‘lmaydigan diniy tushuncha so‘zlarini bildiradigan atamalardir.
Tabu etnografik atama bo‘lib, polineziya xalqlari orasida bid’at, irim sifatida namoyon bo‘lib kelgan. Umuman olganda, tabu – taqiq, qo‘l tegizib bo‘lmaydigan demakdir.
Tabu so‘zi ayrim vaqtlarda qarama-qarshi ma’noga, ya’ni “la’nat”, “qarg‘ish” kabi ma’nolarga ham ega bo‘lishi mumkin, Bu ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’nosida, u jamiyatda ba’zi bir narsalar, harakatlarni man etishni ifodalasa, ikkinchi ma’nosida lingvistik atama sifatida tilda ba’zi bir so‘zlarni ma’lum sharoitlarda man qilish hodisasini ifodalaydi.
Tabu so‘zlarning kelib chiqishida u yoki bu xalqning iqtisodiy sharoiti, urf-odatlari, e’tiqodining ahamiyati katta bo‘lganligini ta’kidlaydi. Masalan, hali fan-texnika rivojlanmagan jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida, to‘g‘rirog‘i, ibtidoiy jamoa va fedalizm davrida ba’zi xalqlar o‘rtasida jin, arvoh va shunga o‘xshash ilohiylashtirilgan narsalarga ishonish juda kuchli bo‘lgan.
Tabu hodisasi qipchoq shevalarida ham qadim zamonlardan uchrab turadi Ayrim yirtqich hayvonlarning nomini tilga olish(aksari holda kechalari) man etilgan. Masalan, qishloqlarda ilon so‘zini kechasi yotish oldidan aytish man qilingan, uning o‘rniga arg‘amchi, qamchidasta chilbir deb ataydi. Er-xotin, qaynona-kelin va boshqalar o‘rtasida ham qadamda uchrab turadi. Ma’lumki musulmon Sharqida xotinlarning erlarini o‘z ismi bilan chaqirishi man etilgan, bu hurmatsizlikni bildiradi, deb hisoblangan. Oqibatda, tabu so‘z vujudga kelib, xotinlar erini o‘z katta bolalarining nomi bilan atab chaqirganlar.
Evfemizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi yaxshi gapiraman, xushmuomalilik bilan gapiraman, bir narsa yoki hodisa to‘g‘risida yumshoq, silliqlab va pardalab so‘zlayman degan ma’noni bildiradi. Tilda evfemizmlarning paydo bo‘lishi ma’lum sabablarga bog‘liqdir. Evfemizm, aftidan, so‘zlarni ishlatishda ta’sir etish doirasi(darajasi) qonunining natijasi o‘laroq vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Biz bu yerda so‘zlarning ta’sir etish doirasi deganda, ma’lum darajada ijobiy ta’sir etuvchi so‘zlarni qo‘llashni ko‘zda tutamiz, keng ma’noda esa bu qonun qisman shakldoshlar, vulgarizmlar, evfemizmlarni ishlatishni ham o‘z ichiga oladi.
Evfemizm har qanday vaziyatda, har kimga, har narsaga nisbatan qo‘llanilavermaydi. Jumladan, dushmanga nisbatan hech qachon evfemizm qo‘llanilmaydi. Evfemizmlar badiiy adabiyotda muhim uslubiy vosita sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ba’zi fanlarda, masalan, tibbiyotda evfemizmlarni qo‘llash faktlari tez-tez uchrab turadi.
Qipchoq shevalarida evfemizmlar axloq-odob normalarini ifodalash, madaniy so‘zlash va hokazo sabablarga ko‘ra qo‘llanilishini ko‘ramiz. Masa lan, “o‘lish”, “o‘ldi” degan so‘zlar dilga xanjardek botadi. Bu sovuq xabarni kishilar shevalarda tamam boldi, uzildi,jan berdi, qaza qildi, dunyadan өtti, napayt boldi tarzdagi evfemizmlar bilan ifoda etadilar. Bulardan napayt boldi, ko‘pincha, bolalarga nisbatan ishlatiladi.
“Bo‘g‘oz bo‘lmoq” birikmasi o‘rnida lahjada hөmilador bomoq, avur ayaqli bomaq, avur jukli bomaq, eqqat singari so‘zlar ishlatiladi.
Evfemizmlar tuzilishi jihatidan quyidagicha bo‘ladi: 1. Yakka evfemizmlar. 2. Birikmali evfemizmlar.
1. Yakka evfemizmlar bitta so‘zdan hosil bo‘lgan evfemizmlardir: lapashang-bo‘sh, uzildi-o‘ldi.
2. Birikmali evfemizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zlaprning birikishida hosil bo‘ladi: haqorat qildi-so‘kdi, turmush o‘rtog‘i-xotini.
Evfemizmlar shakldoshlik qatorini ham tashkil qilishi mumkin. nomusiga tegmoq. Bu ibora qizlarga zo‘rlik qilingan paytda ishlatilib, shu majburlashni pardalash natijasida kelib chiqqandir. tirnaqqa //tinnaqqa zar - bu ibora farzandsiz kishilarga nisbatan ishlatilib, bolasiz, bolasi yo‘q ma’nolarida qo‘llanadi.
Shunday qilib, tabu va evfemizmlar o‘zbek tilining bir qismi bo‘lgan lahjalar va shevalar taraqqiyotining uzoq davom etgan natijasi bo‘lib, shevalarda hozirgi paytda tabularning yo‘qolib borayotganligi ko‘zga tashlansa, evfemizmlar ko‘payib boryapti. Ular gaplarni chiroyli, silliq, ta’sirchan qilish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qalam ahli uchun ham umuman har bir madaniyatli kishi uchun ham muhim leksik uslubiy vosita vazifasini bajaradi.
Frazeologiya. Frazeologiya deb nutqimizdagi turg‘un va barqaror so‘z birikmalariga, iboralarga aytiladi. Bunday iboralar uzoq yillar hatto asrlar davomida qo‘llanilaverib, bo‘linmaydigan bir qolipga tushib qolgan bo‘ladi. misi chiqdi, ishtahasi ochildi, bosdi-bosdi bo‘lib ketdi kabi.
O‘zbek lahja va shevalarida ham juda ko‘p frazeologik iboralar uchraydi. Ular qo‘llanishi, tuzilishi va ta’sirli bo‘yog‘i bilan ham xilma-xildir.
Qorluq lahjasida: qɔra dev kep qɔsә sәniyәm, mәn’yәm әspәlәsәp’ygә jөnәtә– qora dev kelib qolsa seni ham, meni ham yeb qo‘yadi(Toshk.); mercha miyɔn juvɔn korinadi – nozik xotin ko‘rinadi (Sam.), kәlly’ se:әrdә turu vɔpt’ – barvaqt turibdi (Jizz.), әttәң, yashlik qipsan – attang, tushunmab san (And.), dimɔg‘i kuymɔq – xafa bo‘lmoq, dumi xurjinga – chalkash, yyer qattiq, ɔsmɔn baland – iloji yo‘q, hal qilib bo‘lmaydigan(Bux.), әyɔg‘iңңә hinɔ qoygәmmisәn, tez-tez yur – nega asta yurasan, tez-tez yur (Shahrisabz, Kitob).
Qipchoq lahjasida: kөrpәңa qarap ayag‘ uzat- hisob-kitob bilan ish tut, tamnan tarasha tүshgәndәy – to‘satdan gapirish, o‘ylamay gapirish; ay chixsәyim seңә chixsin – hamma narsa senga bo‘lsin; ataңңbar, enәңәbar – sarson qilish, ovora qilish, bardi-keldisi joq – aloqasi yo‘q; chimchixtan qorqqan tari ekmәs – qo‘rqoq kishi.
O‘g‘uz lahjasida: aydi etәk minәn yavip bomas – kamchilikni yashirib bo‘lmaydi; gәchchinәң qazasi yyessә, kassapti sүvәdi – echkining o‘lgisi kelsa, qassobga hazillashadi (Yangibozor); chopi bosh tүssaң qolini kesәdi –cho‘pni bo‘sh ushlasang, qo‘lingni kesadi (Bog‘ot).
Misollardan ko‘rinadiki, lahja va shevalardagi frazeologizmlar o‘tmish tarixi, urf-odatlar, folklor materiallari, topishmoqlar, maqollar, hikmatli so‘zlar bilan bog‘liqdir. Lekin ular har bir shevaning o‘z xususiyatlari hisoblanadi.
SHevalarga xos bo‘lgan so‘zlarning semantik xususiyatlari. O‘zbek shevalarining leksik tarkibida traditsion leksika asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq shevalari traditsion leksikasida paydo bo‘lishi jihatidan turli tarixiy davrlarga xos bo‘lgan leksik qatlamlarni uchratamiz. Masalan, shevalarning traditsion leksikasida shunday so‘zlarni uchratish mumkinki, ularning ma’no xususiyatlariga ko‘ra paydo bo‘lish ildizlari juda qadimiy davrlarga – urug‘chilik davrlariga borib taqaladi. Bunday so‘zlarga, avvalo, qarindosh-urug‘ nomini bildiruvchi so‘zlar kiradi. Bu so‘zlar orasida ɔtә//ad.-orf. ota, ɔnә//ad.-orf. ona, og‘l//ul//ad.-orf. o‘g‘il, qz//ad.-orf. qiz kabi umumdialektga xos so‘zlar, shuningdek, shakl va ma’no jihatdan farqli, ayrim shevalargagina xos bo‘lgan qarindosh urug‘ nomini bildiruvchi so‘zlar ham bor. Masalan, And. kәtәtә//kәt:ә(Yuqoridagidek, qarindosh-urug‘ bildiruvchi so‘zlarni detallashtirib farqlash, ularni paydo bo‘lishi hamda ma’nolariga ko‘ra ayrim xususiyatlari (aka-ota, amaki ma’nosida; opa-ona ma’nosida kabi), shubhasiz, odamlar orasidagi munosabatlarning qon-qardoshlik aloqalariga asoslangan davrlariga borib taqaladi va asl ma’nosini saqlagan holda o‘zbek shevalarining leksik tarkibi traditsion qatlamida saqlanib kelmoqda.
O‘zbek shevalarining traditsion leksikasi hozirgi kunda, asosan, keksa avlod tilini xarakterlaydi..
Dialektal so‘zlarning semantik guruhlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan ayrimlarinigina keltiramiz.
Dehqonchilikka xos atamalar: oq ar’q, korak, kөsәk, chuv’mә, djohar’, ashkәdi – qɔvɔq – qɔvɔg‘.
Chorvachilikka xos atamalar: ɔt//at s’g‘r//siyir - ’nәk//’nәy xotuk – kur rә tayxar, qulun – toy, ulaq – chuv’ch.
Ov, baliqchilikka xos atamalar: tor, tuzɔq, zɔgɔra baliq, kayәz.
Binokorlikka xos atamalar: uy//oy, madang, ravaq, mor’, qasava, pɔydevɔr, ustun, sinch, kәshәk, vәssә, ɔstɔnә – bosag‘a.
Uy-ro‘zg‘or buyumlari atamalari: qozon// qazon, tovoq//tabaq, pәq’r-satil – chelek// chelәy va h.
O‘zbek adabiy tilida va shevalardagi ayrim so‘zlarning ma’nosi ba’zi shevalarda o‘ziga xos ma’no o‘zgachaliklariga ega, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
a) ayni bir predmet va tushunchalar shevalarda turli so‘zlar bilan yuritiladi:
chaqalɔ (Toshk.)-buvek (Farg‘.) -bәlә (Shim.)
shɔt’ – Toshk. arava qismi; shɔt’ – Farg‘. narvon, arava qismi.
tuxum – Toshk. tuxum, mayek; tuxum – qipchoq lahjasida urug‘; y’m’rta (Xor)
pәshshә – Toshk. Pashsha; pәshshә –Farg‘. chivin.
og‘r Toshk. – kel’ (shim.) –so:q’ (Xor.)
chumәl’ Toshk – morchә (Sam) – qar’ndja (Xor)
chopchәy (Toshk.) –mәtәl (Sam) – yertey (Xor);
b) ayni bir so‘z shevalarida turlicha ma’noga ega bo‘ladi:
shot’ – Toshkentda arava qismi nomi, Farg‘onada norvon.
buv’ – Toshkentda ota-onaning onasi. Farg‘onada ona ma’nosi.
pәshshә – Toshkentda chaqmaydigan hashorat, Farg‘ona va shimoliy o‘zbek shevalarida chaqadigan hashorat;
v) narsa va buyumlar ayni bir vazifani bajarsa-da, ularning nimadan yasalganligi va harakat natijasiga ko‘ra turlicha nomlanishi mumkin.
nɔnpәr – qush va parranda patidan yasaladi (Sam.), chәk’ch – yog‘och va simdan yasalib, urish, yassilash ma’nosini ifoda qiladi (Toshk.) duk’ – duk taqlidiy so‘zidan olingan (shimoliy o‘zbek shevalarida) shuningdek, ayrim sheva vakili ayni bir predmetni boshqa hodisalarga o‘xshatish asosida ifodalashi mumkin: tuynәk (shimoliy o‘zbek shevalarida)//duynәn (Xor.) – sәpsә// gepchә (jl.). – bu endigina palakda paydo bo‘lgan, pishmagan qovunni bildiradi. Birinchi so‘z tugmoq fe’li tushunchasidan kelib chiqqan, ikkinchisi esa sop, ushlash mumkin bo‘lgan predmet tushunchasi bilan bog‘liq. O‘zbek shevalaridagi barcha leksik o‘ziga xoslikni o‘rganish lug‘at boyligimizni, til imkoniyatlarimizni kengaytirishimizga yordam beradi va shu bilan adabiy tilga bunday so‘zlarni qabul qilib borish ham zarur.
Shuni aytish lozimki, dialektal so‘zlarni jargonlardan farqlash zarur, dialektal so‘zlar barcha sheva vakillari uchun tushunarli bo‘ladi. Jargonlar esa dialektal xarakterga ega bo‘lmaydi, balki ma’lum bir toifa kishilari uchungina tushunarli bo‘ladi. Masalan, savdogarlar tilida koki (dollar), yallachilar tilida otar (to‘y), yakan (pul) va h.o.
3. O‘zbek shevalari leksik tarkibida tub va o‘zlashtirilgan so‘zlar.
O‘zbek shevalari o‘zbek tilining mahalliy ko‘rinishi sifatida undagi bo‘lgan aksariyat qatlamlarni o‘zida birlashtiradi, binobarin, o‘zbek tili leksik qatlamlari quyidagicha bo‘ladi.
umumturkiy so‘zlar;
o‘zlashgan so‘zlar:
arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar;
rus tili va u orqali o‘zlashgan so‘zlar;
o‘zbek tili sharoitida yaratilgan so‘zlar;
shevalarga xos bo‘lgan so‘zlar.
Umumturkiy so‘zlar aksariyat turkiy tillarda va shevalarda qo‘llanadi hamda ular o‘zbek shevalarida adabiy tildagi talaffuzini saqlashi ham mumkin. Bunga yyer, suv, osh, ish va boshqa turli sohalarga oid so‘zlar taalluqlidir. SHevalar lug‘at tarkibining salmoqli qismini umumturkiy so‘zlar tashkil etadi.
Arab, fors-tojik, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar shevalarda, asosan, fonetik qulaylashtirilgan holda iste’molda bo‘ladi. Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalari shuni ko‘rsatadiki, shevalar lug‘at tarkibida forscha-tojikcha so‘zlar ko‘proq, arabcha so‘zlar unga nisbatan kamroq, rus-baynalminal so‘zlar juda kam uchraydi. Bu esa bunday so‘zlarning o‘zlashish jarayoni ko‘proq vaqt talab qilishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
O‘zbek tili tarixiy taraqqiyoti davomida turkiy va turkiy bo‘lmagan til unsurlari negizida yangi so‘zlar ham yasalgan. Bu ayniqsa fan-texnika, bozor iqtisodi bilan bog‘liq so‘z va terminlarning yasalishida ko‘rinadi. Ularning asosiy qismi boshqa tillarga, lekin yasovchi unsuri o‘zbek tiliga oid bo‘ladi va yasama so‘z o‘zbek tilidagina qo‘llanadi, masalan, ishxona, bizneschi, tasvirchi va boshqalar. Bular, albatta, shevalarda ham ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi va sheva mulki bo‘lib qoladi. SHevalarga xos bo‘lgan so‘zlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
a) o‘zbek adabiy tilida uchramaydigan, faqat shevalarda qayd qilinadigan so‘zlar. Bunday so‘zlar badiiy adabiyotlarda sheva koloritini berish jarayonidagina qo‘llanadi, bu toifaga aksariyat hollarda qarindosh – urug‘chilikka oid so‘zlarni kiritish mumkin: keli:n bi:y’ – kelin oyi, nagach’ – tog‘a, әchә-oyi. Shuningdek, boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarning shevada ko‘chma ma’no kasb etishi ham shevaga xos so‘zlarni tashkil etadi: vәdj – narsa, predmet (aslida vaj –aytilgan so‘z), zat – narsa (aslida kelib chiqishi ma’nosida), kasa – piyola (aslida kosa ovqat qo‘yiladigan idish) va h.o.;
b) kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar: dishap – tashqari, yorpaq– turpaq, kevni – ko‘ngli, q’x –qirq va boshqalar.
Adabiyotlar:
1. O‘zbek dialektologiyasidan materiallar I-II, tom T. 1957, 1961.
2. O‘zbek shevalari leksikasi T. 1966.
3 Russkaya dialektologiya. M. 1972.
O‘zbek xalq shevalari lug‘at, T. 1972.
Raximov S. O‘zbek shevalari lug‘ati T, 1995.
Takrorlash uchun savollar:
O‘zbek shevalarining lug‘at tarkibi deganda nimani tushunasiz?
O‘zbek shevalaridagi dialektal so‘zlar fonetik xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Dialektal so‘zlarni ma’no xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlash mumkin?
Qo‘shimcha ma’lumotlar…
Leksika haqida umumiy ma`lumot.
Reja:
1.O‘zbek adabiy tiliga sheva leksikasining ta‟siri.
2.Ma‟nodosh so‘zlar.
3.Shakldosh so‘zlar.
4.Zid ma‟noli so‘zlar.
5.Ko‘p ma‟noli so‘zlar.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V,ShoabdurahmonovSh . “O‘zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O‘qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‘zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969- yil.
3.Ashirboyev S, “O‘zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000-y / ma‟ruza matni/
4.Rajabov N “O‘zbek shevashunosligi”Toshkent, “O‘qituvchi” 1996 -yil.
5.Murodova N “O‘zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007- yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.
7. “O‘zbek xalq shevalarining lug‘ati”,Toshkent, “Fan”, 1971- yil.
O‘zbek tili leksikasining o‘zining qadimiy va boy tarixiga egadir. U bir qapcha
asrlar mobaynida rivojlanib kelgan. Tilimizdagi so‘zlarning ayrimlari eng qadimgi
davrlardan beri turmush talablarini qondirib kelgan bo‘lsa, boshqa xillari nisbatan keyin
paydo bo‘lgani davr o‘tishi bilan mavjud so‘zlardagi ma`no va ma`no noziklarida
o‘zgarishlar ham yuz berib turgan.
Ma`lumki, so‘zlar bir qapcha ma`nolarni anglatadi. Ularning qaysi ma`nosi qachon
yuzaga kelganligini o‘rganish tilshunoslar uchun zarur bo‘lsa, bu so‘zlarning necha xil
ma`noda qo‘llanilishini o‘rganish ushbu tilda so‘zlashuvchilarning hammasi uchun
zarurdir. Bu, ayniqsa, yozuvchilar va shoirlar, san`at va madaniyat xodimlari, olimlar
uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. So‘zlarning biror ma`nosidan xabarsizlik ayrim
ilmiy asarlar, maqolalar va nutqlardagi so‘zlarni to‘la va to‘g‘ri tushunishga halaqit
beradi.
So‘zlarnng qo‘llash va ularning ma`nolaridan foydalanishda shoir – yozuvchilarning
imkoniyatlari g‘oyat kattadir. Chunki ular adabiy tilimiz leksikasidan tashqari,sheva
imoniyatlaridan ham keng foydalanadilar. Natijada shevalardagi ayrim so‘zlarommalashib, adabiy normalarga aylanib boradi. Lekin ularning asosiy qismi lahjalar vashevalarga xos bo‘lib, adabiy til doirasiga kirmaydi hamda shevalardagi shakl, ulardagio‘ziga xos xususiyat bo‘lib qolaveradi. Adabiy til nuqtayi nazaridan kam qo‘llaniladiganso‘zlar ayrim hollarda faollashib ham qoladi. Bu hol shevalar chegarasi bilanbog‘lanadi. U so‘zlar shevada gapiruvchilar nutqida faol hisoblanib, adabiy tildagiso‘zlar bilan birgalikda bir shakldoshlik qatorini tashkil etadi.
Shevalar eng qadimiy bo‘lib, odamzod tilga kirgandan boshlab, iste`molda bo‘libkelmoqda. Bunday o‘zigi xoslikni hozirgi vaqtda osonlik bilan farqlash mumkin: bineyi(tuzuk), pisip (yashirib), talli(tez), heyde(yur), bavir (jigar) singarilar qipchoq lahjasishevasida: zep (juda vaqtida), peqqos ( butunlay), pochche (aka amaki), unemog(kunmoq) moxovat//vey`me (mubolaga), diltan bolmoq (xafa bo‘lmoq) singarilar qarluq –chigil – uyg‘ur lahjasidagi shevalarda; atiz (paykal), morche (chumoli), dovdi (beparvo),pelpis (iflos), arna (anxor), yap (katta ariq) petik (ship), teykek (bolaxona),meyin (miya),kort (bura) va boshqalar o‘g‘uz guruhi shevalarida uchraydi.Yuqoridagi shevalargi xos turli – tumanlik badiiy va ilmiy asarlarda o‘z aksini topibkelishi qonuniy bir holdir. Jumladan, «Qutadg‘u bilig» , «Devoni lug‘otit turk»,
«Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Muhokamatul lug‘otayn», «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan
Chayon», «Qullar», «Navoiy», «Qutlug qon», «Qo‘shchinor chiroqlari», « Farg‘ona tong
otguncha», «Xorazm», « O‘qituvchi», «Opa – singillar», kabi ko‘plab asarlar fikrimizga
dalil bo‘la oladi.Shoir – yozuvchilar asarlaridagi ayrim so‘zlar hozirgi vaqtda ham shevalarda turliko‘rinish va shakllarda ishlatiladi. Masalan, qipchoq shevasiga xos bo‘lgan kevenek //
kebenek// kepenek (chakmon), eturik// (yolg‘on), qalpaq// qalpoq (do‘ppi), urt// uvuro‘t//ovuro‘t (lunj), manlay (peshona), xoqon - qoon// qan (xon), ne // ne// ni (nima), vusma –osma (usma) singari so‘zlardan Navoiy asarlarida ham keng foydalanilgan.Yuqoridagi singari hollar, ulardagi ma`nolar hozirgi paytda adabiy tilbirga,shevalarda ham mavjuddir. Adabiy tildagi ona so‘zi Toshkent shevasida oyi,Farg‘ona shevasida aya, buvi, o‘g‘uz shevalarida ene kabi shaklda faol ishlatiladi. Ularadabiy tilidagi ona so‘zi bilan birgalikda bir uslubiy shakldoshlikni tashkil etadi.
Yoki boshqa misollarni ham keltirish mumkin:Qalampir (adabiy tilda), germdor` (Toshkent shevasida), qalamfur (Samarqand ,Buxoro shevalarida); xomak (adabiy tilda), sapcha (Toshkent shevasida); izlamak,istamok, qidirmoq ma`nodosh so‘zlari shevalar nuqtayi nazaridan quyidagicha; `stemok (Farg‘ona va Ush shevalarida), q`d`rmoq (Toshkent shevasida), izlamak, qidirmoq, istemak(Qipchoq va o‘g‘uz shevalarida)O‘zbek shevalarining leksikasini o‘rganish masalasi bir muncha kengroq miqyosgaega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa ushbu sohaga bagishlangan «O‘zbek shevalarileksikasi»(1966) ilmiy to‘plami va «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»(1971) ning nashretilishi o‘zbek shevalarining leksikasini o‘rganishda qimmatli materiallar bo‘lib xizmat
qiladi. Xuddi shu tarzdagi qimmatli shevashunoslik materiallari «O‘zbek shevalarleksikasi» nomi bilan 1991-yilda ham nashr etildi.O‘zbek xalq shevalari leksikasini, jumladan,shakldosh, ma`nodosh, ko‘p ma`noli,yangi so‘zlar xususiyatlarini o‘rganish shevashunoslar oldida turgan muhim vazifalardanbiridir.Chunki ma`lum bir sheva yoki bir qancha shevalar leksikasini o‘rganish,birtomondan, til tarixi, etnografiya, tarix singari fanlar uchun qimmatli bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, adabiy tilni rivojlantirish uchun ham ahamiyatlidir. O‘zbek xalq shevalari
fonetik va morforlogik jihatdan ma`lum darajada o‘rganilmagan. O‘zbek lahjalarining
leksik qatlamlarini o‘rganish uchun tahlil etish o‘zbek adabiy tili leksikasi uchun ham
g‘oyat foydalidir.O‘zbek lahjalarini leksikasini ko‘zdan kechirar ekanmiz, har uchala lahjaning o‘zigaxos leksik qatlamlarini ko‘ramiz.Shu umumiy tomonlardan tashqari, ularning har birida
o‘ziga xos leksik qatlamlar ham mavjud. Jumladan, qipchoq shevalarida ham bunday
xususiyatlar uchraydi. Bu, hatto, Samarqand viloyati zamirida mavjud bo‘lgan shevalar
materiallarida ham ko‘rish mumkin. Samarqand viloyatidagi shevalarni shartli ravishda
sharqiy va g‘arbiy guruhlarga bo‘lib o‘rganish an`ana tusiga kirib qolgan:
Sharqiy guruh
|
G‘arbiy guruh
|
Adabiy tilda
|
chal
|
babay
|
chol
|
kempir
|
memey
|
kampir
|
burchek
|
konjek
|
burchak
|
bala
|
bechche
|
bola
|
orik
|
zerdeli
|
urik
|
konishi
|
xemseye
|
qo‘shni
|
bo‘zav
|
gesele
|
buzoq
|
Shevalar umumxalq o‘zbek tilining bir tarmog‘i bo‘lish bilan birga, adabiy til bilan o‘zaro umumiy va leksik qatlamlarga ega. Bu shevalardagi so‘zlar shakldosh, ma`nodosh, ko‘p ma`noli va zid ma`noli kabi munosabatlar jihatidan bir- birlaridan hamda adabiy tildan farq qiladi.Shevalardagi tabu va evfemizmlar esa deyarli o‘rganilmagandir.Shularni hisobga olib, ularning har biri haqida alohida – alohida to‘xtalib o‘tishni lozim topamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |