Savol va topshiriqlar
1. Atamalarni tartibga solishga qanday zaruriyat tug'ildi?
2. Atamalarni tartibga solishning qaysi yo'llarini bilasiz va qaysisi sizga ma'qulroq?
3. Iqtisodiyot sohasida qabul qilingan beshta yangi atama toping va ular ishtirokida gap tuzing.
81-mashq. Uyga topshiriq. «O'lmas navolar» mavzusida insho yozing. San'atshunoslikka oid atamalardan foydalaning. Inshoga quyidagi to'rtlikni epigraf qilib oling.
San'atga baxsh umrning so'ngsiz mo'jizasi bor,
U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi.
Inson umri sarhadli, qo'shiq umri poyindor,
Navosiz yuraklardan o'lmas navo qoladi.
83- mashq. Grammatik o'yin — topshiriq. Ikki guruhga bo'lining. Tilshunoslikka ) oid atamalardan foydalanib, tez aytish bo'yicha so'z zanjiri tuzing.
Bunda so'zning oxiridagi tovushga qarab, ikki guruh shu tovushdan boshlanuvchi so'z aytadi.
-
I guruh
ko'makchi
olmosh
adabiy til
yasovchi
|
II guruh
imlo
sheva
leksikologiya
ibora
|
O'ZBEK TILI LEKSIKASINING RIVOJLANISHI.
O'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
R e j a:
1. Leksika tarkibidagi o'zgarishlarning sabablari.
2. Ayrim leksemalarning eskirishi va uning sabablari: arxaizmlar va istorizmlar (tarixiy so'zlar).
3. Yangi so'zlarning paydo bo'lish sabablari.
4. Neologizmlar.
Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisalar uzluksiz o'sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko'chat ekdingiz. U ko'karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini oddiy ko'z bilan kuzata olmaysiz. Ko'chat ekilgan holat bilan uning bir necha oy yoki yil o'tgandan keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro'y bergan o'zgarishlarni payqaysiz.
Xuddi shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil rivojlanishda, o'zgarishdadir. Bu o'zgarishlarni shu tilning ikki davr oralig'idagi holatiga qarab bilib olamiz. Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi davrdagi o'zbek tili yoki Fitrat, Cho'lponlar davri bilan bugungi o'zbek tilini solishtirsak, bu ikki davr oralig'ida ro'y bergan o'zgarishlar leksikada ko'proq aks etganini sezishimiz mumkin.
Ko'rinadiki, bunday o'zgarishlar tilning lug'at jamg'armasida ko'proq namoyon bo'ladi, chunki xalqimiz tarixida ro'y bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlar tufayli yangi so'zlar kirib keladi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o'zbek tiliga xos cherik (askar), o'ko'sh (ko'p), talim (bir qancha) singari so'zlar bugungi kunda qollanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |