137- mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni topib, uni sinonimlar bilan almashtirib ko'chiring.
ll-dars. ANTONIMLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI.
TAKRORLASH
R e j a:
1. Qarama-qarshi ma'noli so'z va qo'shimchalar haqida antonimlarning turlari.
2. Nutqda antonimlardan foydalanishning ahamiyati.
3. O'tilganlarni takrorlash.
Biz o'zimizni qurshab turgan olamni sezgi a'zolarimizning bosh miyamizga bergan axboroti yordamida bilib boramiz. Bilish jarayonida narsa va hodisalarni, harakat-holatlarni, belgi va xususiyatlarni bir-biriga zidlash, ularning o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bizning butun bilim faoliyatimiz zidlanishlarga asoslangan desak, yanglishmaymiz. Shuning uchun zidlanishlarga bizning ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar katta ahamiyat berganlar, xususan, Jaloliddin Rumiyning ta'kidlashlaricha, har qanday «ashyo»ning qimmati ziddi bilan ayon bo'ladi, ziddi bo'lmagan narsani ta'rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Tangri nurning oshkor bo'lishi uchun qorong'i etib yaratilgan mazkur olamni mavjud ayladi... Odam ro'parasida Iblisning, Muso qarshisida Fir'avnning, Ibrohim oldida Namrudning va Mustafo qarshisida Abu Jahlning paydo bo'lishini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Ana shunday zidlanishlar tilimizda ham o'z ifodasini topgan. Birini aytishimiz bilan uning ziddi xayolimizga keladi. Masalan, oq — qora, uzun — qisqa (kalta), baland — past, dono — ahmoq; — li (suvli), — siz (suvsiz) va boshqalar.
O'zaro zid ma'noli so'z va qo'shimchalarga antonimlar deyiladi. So'z maqomidagi antonimlar lug'aviy (leksik) antonimlar, qo'shimcha maqomidagi antonimlar esa affiks antonimlar sanaladi.
Nutqimizda lug'aviy (leksik) antonimlardan foydalanish fikrimizni ta'sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma'noli so'zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san'at hosil qilinadi. Bunday san'atga tazod san'ati deyiladi.
140- mashq. Quyida berilgan so'zlarni ikki guruhga ajratib ko'chiring:
1. Sinonimlar.
2. Antonimlar.
Katta-kichik, taom-ovqat, yaxshi-yomon, qisqa-uzun, yuz-chehra, xafa-xursand, qorong'i-yorug', botir-qo'rqmas, keksa- mo'ysafid, kambag'al-bechora, urush-tinchlik, istamoq-qidirmoq, issiq-sovuq, halol-harom, tovush-ovoz, mehnatkash-ishchan, falak- osmon, tirik-o'lik, kiyim-libos, kun-tun, pishiq-xom, bosh-kalla, halak-halok, so'zladi-gapirdi, xat-xabar.
141- mashq. Berilgan maqollarni ko'chiring. Antonimlarning ostiga chizing.
1. Birlashgan daryo bo'lur, tarqalgan irmoq bo'lur. 2. Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo'q maqtansa chopilur. 4. Do'st achitib gapirar, dushman — kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo'lguncha, yaxshining yomoni bo'l. 6. Yo'g'on cho'ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang, ko'p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo'lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo'y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |