1-Dars. Olingan bilimlar yuzasidan takrorlash


Ular o'zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so'zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi



Download 348 Kb.
bet17/44
Sana04.07.2022
Hajmi348 Kb.
#739048
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
1-Dars. Olingan bilimlar yuzasidan takrorlash

Ular o'zbek tili leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so'zlar yoki arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi.
Bunga zid o'laroq, konsalting, audit, summit singari so'zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo'lgan so'zlar, ya'ni neologizmlar sanaladi.
Sobiq sho'rolar davrida siyosiy byuro, pioner, komsomol, oktabrat singari so'z va birikmalari faol qo'llanilgan bo'lsa, mustaqillik sharoitida bunday so'zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o'rin qolmadi. Shuning uchun ular iste'moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat va xo'jalik boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so'zlar paydo bo'ldi. Ayrim eski o'zbek tilida qo'llanilgan so'zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, vazir, vazirlik, devonxona va boshqalar.
Shunday qilib, o'zbek tili leksikasi turmushimiz uchun keraksiz bo'lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so'zlarning iste'moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo'lgan tushunchalarni ifodalovchi so'zlarning esa kirib kelishi hisobiga doimo o'zgarib, rivojlanib, boyib boradi.


Savol va topshiriqlar

1. Tilning rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?


2. O'zbek tili leksikasidagi o'zgarishlar haqida gapiring.
3. Mustaqillik sharoitida yangi paydo bo'lgan so'zlarni ayting.
93- mashq. Quyidagi arxaik so'zlarga ma'no jihatdan muqobil zamonaviy so'zlar toping.
Bitik, cherik, etmak, yog'iy, dubulg'a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, fiqh.


O'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI


R e j a:
1. O'zbek tili leksikasining boyish manbalari haqida.
2. Ichki imkoniyatlar asosida o'zbek tilining boyishi.
3. Boshqa tillardan so'z olish asosida leksikaning boyishi.


O'zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ularni, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) o'z ichki imkoniyatlari asosida; 2) boshqa tillardan so'z olish asosida. Ularning birinchisi ichki manbalar, ikkinchisi esa tashqi manbalar sanaladi.
1. O'zbek tili leksikasining birinchi yo'l bilan boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Masalan, a) ilgari qo'Ilanilib, keyin iste'moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi; b) yasovchi qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditor), dizaynchi (dizayner) vaboshqalar; d) dialektal so'zlarni faollashtirish: mengzamoq (Xorazm) «o'xshatmoq», «tenglashtirmoq», «qiyoslamoq» ma'nosida.
2. O'zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so'z olmasdan faqat o'z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta ham til yo'q. Bundan o'zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma'lum zarurat tufayli yangi tushunchani ifodalovchi o'z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo'lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiylar ham shunga da'vat qilganlar.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so'zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skayner kabi.
Bularning hammasi o'zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda

Quyidagi chizmani daftaringizga ko’chiring va uni yodda saqlang.




Download 348 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish