Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi:
Buyuk olim , davlat arbobi Ulug’bek hayotiga ko’p adiblar murojaat etganlar. Ulug’bek siymosi yaratilgan sarlar orasida M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug’bekdan so’z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o’tishi mumkin emes.Odil yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan.Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi , roman ham xuddi fojia kabi Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko’pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug’bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o’zining uslubiy, g’oyaviy- badiiy yo’nalishi , poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug’bek” asaridan keskin farq qiladi.
Roman Ulug’bek saltanatining so’nggi tahlakali damlari tasviridan boshlanadi.Shu, og’ir fojiali daqiqalarda shoh va olim Ulug’bek ko’p narsalar haqida o’ylaydi, murakkab ruhiy holatga tushadi. Avvalo u – shoh , temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs.Nima qilib bo’lsada, u hokimiyatni qo’lda saqlab qolish uchun tirishadi. Ammo riyokor, johil raqiblar kurshovida ; o’z o’g’li ular qo’lida qo’g’irchoq , toj- taxt, mansab deb otaga qarshi bosh ko’targan. Bu hol buyuk allomani adasiz qiynoqlar girdobiga tortadi.
Ulug’bekda insoniy g’urur juda kuchli. Shohlik qoni jo’sh turib toju-taxt himoyasi uchun o’g’liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg’usi uni qiynoqqa soladi, El- yurt , kelgusi avlodlar oldida bunday kimsa yo’q. Abdullatif – riyokor. Yana bir o’g’li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj- taxtni ularga ishonib topshira olmaydi. Ulug’bekni hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi- madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi- to’plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari – barchasining zeru – zabar havfi tashvishga soladi. O’sha mushkul damlarda ulug’bek shogirti Ali Qushchiga deydi:
“Tag’in bir narsadan – kelgusi avlodlar bandoi ojizdan hazar qilmasmu. Deb qo’rqamen. Mirzo ulug’bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan , fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir- oqibat barcha shoh, barcha taxt sohib-ariday saltanatni deb, o’z pushti kamaridan bo’lgan farzandi bilan toju taxt talashibdur-da , degan degan nom qoldirmoqdan qo’rqaman…”
Toj-taxt bebaho, tafakkur mahuli-manaviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug’bekning fojiesi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros- toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor. O’z o’g’lidan tortib qo’l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog’lari xyonatkor bo’lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to’plagan, yaratgan ma’naviy meros – nodir kitoblarning munosib vorislari, ishingan, sadoqatli , fidoyi shogirtlari bor. Eng qiyin damlarda ana shu vorislar Ulug’bek qanotiga kiradilar, tashvishiga sherik, dardiga malham bo’ladilar.Ulug’bek merosini ko’z qorachig’iday asrash, avaylashga so’z beradilar.
Ulig’bek taxtdan tushadi, johil amalparastlar qo’lida halik bo’ladi. Hokimiyat tepasiga mutaassib qalloblar qo’lida qo’g’irchoq bo’lmish Abdullatif keladi. “Qora kuchlar” ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag’ishlangan.
Ma’lumki ko’p asarlar odatda bosh qahramonning o’limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o’laroq “Ulug’bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro’y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan.
Bir tomonda- Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg’oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda- Ulug’bekning sadoqatli shogirti Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari…Ulug’bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan , tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasivakillari- madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha , oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi. Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani- Ulug’bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi.
O’sha og’ir sinov paytida maslakdosh shogirtlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi , Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi.Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko’rsatadi. Mavlono Ustozi Ulug’bekdan ko’p yaxshiliklar ko’rgan. Bir tomondan , u bu yaxshiliklarni unutolmaydi.Ikkinchi tomondan , shu ustozi pushti kamaridan bo’lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko’zining oqu qorasi, yakkayu- yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo’lib qolgan. Shu tufayli u Ulug’beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o’giradi.Asarda ikki o’t orasida , iztiroblar olovida qovrilib, telba bo’lib qolgan Mavlononing ruhiy drammasi zo’r mahorat bilan ochilgan.
Umuman, bu roman personajlar ruhiy dramasi tasvirijihatdan adabiyot- imizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug’bek, Mavlono Muxiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |