98. Rezyumeda qanaqa asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur?
Javob
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur:
mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-rejaning maqsadi, o‘ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash;
korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli;
korxona shug‘ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash;
boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki haqidagi qisqacha ma’lumotlar;
bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash;
korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan farqi;
loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan daromad va ishlab chiqarishning o‘sishi;
belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi;
zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‘nalishlari;
investitsiya qo‘yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari;
kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar;
korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlar;
korxona rahbariyatining telefonlari.
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‘oyalar, fikr-mulohazalar va ularni amalga oshirish yo‘llari «yig‘indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‘ylab ko‘rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy missiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Bo‘limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‘nda ifodalay olish imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy qoidalariga bo‘lgan real munosabatini aks ettirishi lozim.
99. Tarmoqni tavsiflash nimalarni qamrab olishi lozim?
Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim: Javob
tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va hokazo);
mavsumiylik;
tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro);
mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari;
tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari;
tarmoq bozorining tuzilmasi, sig‘imi va uning o‘zgarish tendensiyalari;
korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillari (yangi iste’molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo‘lish ehtimoli).
Tarmoq va biznes sohasi to‘g‘risida qaror qabul qilish tadbirkorning o‘zi uchun ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat sohasining rivojlanish tendensiyalarini to‘liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |