Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqli o’laroq, insonning o’zi emas, ma’lum muddatda sotiladi. Ish kuchi avval iste’mol etilib, so’ngra uning haqi to’lanadi. Mehnat bozori aniq shakllarda yuz beradi. Ulardan eng muximi mehnat birjasidir. Savdo birjasi singari mehnat birjasi tovarni, ya’ni ishchi kuchini pulga ayirboshlashda vositachilik qiladi, ish kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona yoki firma o’rtasida turadi. Birjada ish kuchiga bo’lgan talab bilan ish kuchiga bo’lgan taklif bir- biri bilan bog’lanadi. Mehnat birjasi:
Ish kuchiga tushgan talabga binoan ro’yhatdan o’tgan ishsizlarni bo’sh joylariga jo’natadi;
Kishilarni kasbga yo’naltiradi;
Yangi ishchi kasbini egallashga undaydi;
Malakani oshirish ishlari bilan shug’ullanadi.
Mehnat birjalarining faoliyatlari ishsizlarni ish bilan ta’minlash, xalq xo’jaligi tarmoqlari tuzilmalaridagi o’zgarishlar bilan bog’liq xolda o’zgarib turadigan mehnat bozori extiyojini qondirishdan iborat. Ularning o’rtasidagi farq ham shunda. Intellektual tovarlar bozori – bu bozorning maxsus turi bo’lib, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlashini bildiradi.
Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar xisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma- xil axborotlarni oldi-sotdi etish yuzasidan munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan:
Ilmiy-texnik ishlanmalar bozori;
Tasviriy san’at bozori;
Musiqa bozori;
Antikvar buyumlar bozori;
Kino bozori;
Axborot bozori va x.k.
Intellektual tovarlar bozorida ilmiy-texnikaviy ishlanmalar oldi- sotisi katta o’rin tutadi. U amalda:
Patent;
Litsenziya;
Nou-xou sotishdan iborat.
Bu yerda ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish sharti bilan sotiladi. Intellektual tovarlar bozori ishlab chiqarish navatsiyaga xizmat qiladi, ya’ni u fan-texnika rivojiga ta’sir etadi. Shu sababli uning axamiyati nafaqat umummilliy, balki baynalminal hamdir. Ilmiy-texnik ishlanmalar, texnologiya talab o’ta o’zgaruvchan, bu bozordagi munosabatlar ko’pincha mamlakatlararo bo’ladi. Intellektual bozorda ko’pincha innovarsiya firmalari ish yuritadilar. Ular yangilikni toppish, uni bozorda sotish, ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan xizmat ko’rsatadilar. Bu ishda injiniring va konsalting firmalar xam qatnashadi. Mazkur bozor fan-texnika rivojiga katta xissa qo’shadi, yangiliklarni kerakli joyda samarali qo’llanishini ta’minlaydi. Shou-biznes bozori intellektual tovar bozorining rng mashxur turlaridan biri. Bu bozor yordamida xar xil pullik tomoshalar ko’rsatish yo’li bilan daromad topiladi. Shou-biznesdan tushadigan daromad: Axolidan olinadigan tomosha zaqi;
Firmalardan tushadigan reklama puli;
Tomoshabinlarga sovdo-maishiy xizmat ko’rsatish xaqi va boshqalardan shakllanadi.
Shou-biznesda bitishuv shartnomalariga binoan mashhur ijrochilarning chiqishlari uyushtiriladi. Kontraktlar shou-birja orqali tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |