Bozor turlari va ular o’rtasidagi bog’liqlik
Faqat bozorgina ishlab chiqarishni iste’molchining manfaatlariga bo’ysindirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq xisobga olish, konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi. Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli, oqilona jihatlarini yaratadi, xarajatlarni kamaytiradi, talon-taroj va lapashanglikka qarshi kurashadi. Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan va texnikaning eng so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi”. Bozor tizimining salbiy tomonlari ham bor. Chunki dunyoda odamdan bo’lak mukammal narsaning o’zi yo’q. Faqatgina odam bekami-ko’st, mukammal uyg’unlikda yaratilgan. Shu nuqtai nazardan bozor tizimi faqat ijobiy tomonlarga ega deb aytolmaymiz, uni ideallashtira olmaymiz. Gap, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ro’y beradigan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ustida bormoqda. O’tish davri inqirozga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan endigina tetapoya bo’lib kirib kelayotgan erkin bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi, yoki boshqacha qilib aytganda: inqirozga uchragan, lekin yo’q qilib tashlanmagan buyruqbozlik tizimi bilan endigina tug’ilgan, biroq hali juda zaif bozor iqtisodiyoti o’rtasidagi kurash davri bo’lmay iloji yo’q.
Iqtisodchi P. Samuelson ham bozor iqtisodiyoti tizimining kamchiliklardan holi emasligi va bozorning:
Keskin tengsizlikni keltirib chiqarishini;
Fanda ulkan tadqiqotlar o’tkazilishini ta’minlay olmasligini;
Ijtimoiy zarur tovarlarni ishlab chiqarishga emas, puli bor odamning talabini qondirish uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’lishini; Inflatsiya jarayonlarini boshidan kechirib turishini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, bozor tizimini ideallashtirish, uni hamma davrda davo deb, haddan tashqari olqishlash katta yanglishish bo’lur edi. Uning o’ziga hos ammo- lekinlarni, muammolari, nobop, zaif tomonlari ham yo’q emas. Bozor iqtisodiyoti millionlardan iborat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo’lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik ham hos. U o’z-o’zidan davlat va jamoatchilik ishtirokisiz tabiatni muhofaza etish, ekologiya muvozanatini ta’minlashni yuzaga chiqarmaydi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin harajatlar qaytimi sekin bo’ladigan, katta mablag’ talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishini rag’batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan nazariy izlanishlarni ham rag’batlantirmaydi. Bozor o’ziga xos strukturaga ega bo’lgan murakkab tizimdir.
Shunga ko’ra u xilma-xil turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |