1. Bozor haqida umumiy ma’lumot. Bozorning turli asnolarda tuzilishi


Ayirboshlash obektining moddiy shakli jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud



Download 62,65 Kb.
bet5/15
Sana20.01.2022
Hajmi62,65 Kb.
#393497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Isroilov Jamshid

1.Ayirboshlash obektining moddiy shakli jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud:

Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori;

Ishlab chiqarish vositalari bozori;

Moliya bozori;

Valyuta bozori;

Mehnat bozori;

Intellektual tovar bozori;

Shou-biznes bozori.



2.Ayirboshlash miqyosi jihatidan bozor quyidagi turlarga bo’linadi:

Mahalliy bozor;

Regional bozor;

Jahon bozori.



3.Amal qilish harakteriga qarab bozor 3 xil bo’ladi:

Tartibsiz (stihiyali) bozor;

Tartibli bozor;

Boshqariladigan bozor.



4.Iqtisodiy aloqalarga kirishish darajasiga ko’ra bozor quyidagi turlarga bo’linadi:

Erkin bozor;

Monopollashgan bozor;

Monopol raqobatli bozor;

Oligopolistik bozor;

Sof monopoliya bozori.



5.Tovarlarning chetdan kelishiga qarab ochiq va yopiq bozor (ichki bozor) bo’lishi mumkin.

Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori aholi iste’mol uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun hizmat qiladi. Amalda iste’mol mollar bozori savdo shahobchalaridan iborat bo’ladi. Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov kabi bozorlar kiradi. Bunga sotuvchilar-tovar ishlab chiqaruvchilar yoki ularning vakolatini olgan korxona yoki tashkilotlar bo’lsa, xaridor esa keng iste’molchilardan iborat bo’ladi. Bozorda iste’mol tovarlaridan tashqari aholiga har xil maishiy, texnikaviy xizmatlar ham sotiladi. Bu yerda xaridorlar faqat fuqarolardan iborat bo’lmaydi. Ular tarkibiga aholiga bepul xizmat ko’rsatuvchi korxona va tashkilotlar (kasalxona, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, yetimxona va boshqalar) ham kiradi. Ular keng iste’mol buyumlarini sotib oladilar. Iste’mol bozorining hajmi unda sotilgan tovarlarning yalpi summasi, ya’ni tovar oboroti bilan belgilanadi. Iste’mol tovarlari qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin bozor narxlarida sotiladi.

Iste’mol bozori o’zining xolatiga qarab ikki xil bo’ladi: ,,to’yingan bozor”, ya’ni tovarlar talabga yetarli bo’lgan bozor; ,,taqchil yoki och bozor”, ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor. Bozor iqtisodiyotiga to’yingan, istagan tovarlar mavjud bo’lgan bozor xosdir. O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishi tovar ishlab chiqarishni rag’batlantirib, ularni ko’paytirish va doimiy taqchilli bozor o’rniga to’yingan bozorni shakllantirish maqsadlarini ko’zlaydi. Masalan, iste’mol bozori barbod bo’lishiga yo’l qo’ymaslik uchun xukumatimiz hayotiy muhim mahsulotlar eksportini bojxonalar orqali qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to’lovlari joriy etish bilan bir qatorda, dastlabki bosqichda kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil etdi. Bu tizim o’zini to’la-to’kis oqladi. U bozorni pishiq-puxta ximoya qilibgina qolmay, iste’mol bozori shoxobchalariga barcha zarur oziq- ovqat maxsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’minlash, ularni iste’mol qilish xajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi. Ishlab chiqarish vositalari bozori – bu mehnat qurollari hamda xomashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozori. Unda sotiladigan tovarlar shaxsiy iste’molga emas, balki asosan ishlab chiqarish iste’moliga mo’ljallangandir. Demak, tovarning sotuvchilari ham, xaridorlari xam tovar ishlab chiqaruvchilardir. Bozor munosabatlariga o’tgunga qadar ishlab chiqarish vositalarining xarakati (savdosi) asosan moddiy texnika ta’minoti shaklida amalga oshirilardi. Bunda moddiy resurslar odatda erkin savdoga kelib tushmasdi, balki oldindan taqsimlangan fondlar bo’yicha markazlashtirilgan tartibda taqsimlanardi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar bir-biriga biriktirilgan, xo’jalik aloqalari bo’yicha sheriklarni tanlashda esa erkin emas edilar. Bunday yo’sinda ishni tashkil etish tovar muomalasiga zid bo’lgan xolda:

Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida taqobat bo’lishni;

Iste’molchilarning erkin tanlovi va savdosini;

Tarmoqlar va korxonalarning zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib kelar edi. Bozor munosabatlariga o’tish ishlab chiqarish vositalarini barcha iste’molchilarga bozor orqali erkin narxlarda sotish imkoniyatini yaratadi. Endi ushbu aloqalar ulgurji savdo bozorida tovar birjalari orqali amalga oshiriladi. Bu yerda ommaviy bir xildagi tovarlar (paxta, don, metal va boshqa) erkin narxda, nuqd pulsiz, korxonalarning bankdagi maxsus xisob raqami orqali xisob-kitob yuritish yo’li bilan sotiladi. Tovar birjasida sotuvchi: Muayyan kelishilgan narxlarda; Muayyan o’rnatilgan muddarda; Muayyan miqdorda (sonda, xajmda); Muayyan maxsulot turini xaridorga yetkazib berish majburiyatini oladi. Tovar birjalari uni tashkil etuvchilarning pul qo’yishi orqali (aksioner jamiyati singari) tashkil etiladi.




Download 62,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish