II-BOB.
TALABALARDA
NAFOSAT
TARBIYaSINI
ShAKLLANTIRISh TEXNOLOGIYaSI
2.1. Bo’lajak boshlang’ich cinf o’qituvchilarida nafosat tarbiyasini
shakllantirishning shakl va vositalari.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ya’ni talabalarni nafosat bilan,
go’zallik bilan oshno qildirishda bizning milliy tarbiyamizning o’ziga xos yutuqli
tomonlari bor. Milliy tarbiyani talabalarga singdirish kerak. Chunki o’qituvchi o’z
halqi va ma’naviy hamda ahloqiy qadryatlining faol targ’ibotchisidir. Asrlar
davomida shakllangan ilmiy – madaniy, badiiy estetik qadryatlar o’qituvchi orqali
yosh avlodga yetkaziladi.
Har – bir dars mashg’ulotlarida har bir o’quvchi nafosat tuyg’ularini
o’zlarida tarkib toptirishga harakat qilishadi.
Voqyelikni estetik ifodalashning o’ziga xos shakli bo’lgan badiiy asarlar
jamiyatni ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisa bo’libgina qolmay, balki o’sib kelayotgan
yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalashning eng samarali vositalaridan biri
hisoblanadi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini badiiy asarlar orqali go’zal xulq
egasi qilib tarbiyalashda, badiiy asarlarning o’ziga xos ta’sir kuchi bor.
Baddiy asarlarni yuksak ma’naviy did bilan mushohada qilishga
odatlantirishda:
- diqqatni bir joyga to’plash;
- asarni idrok qilish;
- qahramonlarni anglab yetish;
- tabiat bilan uyg’unlikni va undan ko’zlangan maqsadni tushunish;
- voqyealar rivojini tahlil qila olishda, albatda asardagi har bir detalga
yuksak ma’naviy did bilan yondashish kerak. Badiiy asar qahramonlaridagi go’zal
nafis holatlar, tuyg’ular, mulohazalar, e’tirozlar, fikrlarni talablar o’z hayotlarida
sinab, o’zlarining yashash tarzlarida ozod tushunchaga aylantirish kerak. Negaki
nafis harakatlar, aynan o’quvchini tarbiyalashga yo’naltirilgan.
24
Badiiy asarlardagi nafis harakatlar o’quvchini loqayd qildirmaydi, uning eng
ezgu fikr va tuyg’ularni qo’zg’atadi, o’z – o’zini axloqiy jixatdan tarbiyalashga,
ma’naviy fikir yuritishga undaydi. O’quvchi o’zining go’zallik sifatlarini
ijodkorning g’oyaviy – siyosiy, ahloqiy estetik tasavvurlari bilan solishtiradi,
taqqoslaydi, tahlil etadi. Bunday munosabat esa, uning qalbida badiy asar
voqyealarini, qahramonlar taqdirini chuqur his etish, emosional boshdan kechirish,
ma’lum konflektlariga nisbatan o’zining ahloqiy pazisiyasini tanlab olishga
o’rgatadi. Buning uchun esa talabalar ko’proq badiy asarlarni o’qishlari shart.
Ertangi kundagi faoliyatida ishni nafosat bilan bajarishlarida qo’l keladi. Badiiy
asarlarni ifodali o’qish muhim ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish asar mazmunini
ochib beradi.uning ta’sirida vujudga keladigan emosional his – tuyg’ular
go’zallikka xizmat qiladi. Shuning uchun ham talabalarga o’quvchilar bilan badiy
asarlar ustida ishlashni o’rgatish zarur. Unda;
- badiiy asarlarni;
-badiiy asarning mazmunini o’zlashtirish;
- badiiy asar mazmunini hayoti bilan bog’lash;
- badiiy asar qahramoning fazilatlarini ko’rsatib berish;
- o’quvchilarni go’zallik sari undash o’z samarasini beradi.
Badiiy asar o’quvchilarda, talabalarda ma’naviyatida badiy nafosat olamiga
bo’lgan ehtiyojlarini o’stiradi.
Nafosat tarbiyasi – hissiyotning shakllanishi va rivoji, shuningdek shaxs
tarbiyasning ajralmas qismi bo’lgan go’zallik qonunlari asosida yashash va
yaratishga intilishdir. Talabalarga boshlang’ich ta’lim o’quv rejasi asosida
o’tiladigan har bir fanni o’qitishda, uning go’zal, nafosatli qirralarini tarbiya bilan
bog’lash kerak.
Ta’lim – tarbiya jarayonida talabalarni tasir etuvchi nafosat qadryatlariga
yo’naltirish lozim. Bunda adabiyotdagi matnlarda berilgan milliy qadryatlar, ona
zamin tabiati, milliy xalq sanati, minatyura sanati, haykaltoroshlik, musiqa va
sanatning boshqa turlari (teatr, sirk va hakozo) yashash joyi kiyinishgi, mehnat
qurollari bilan bevosita va bil vosita tanishtirish kerak.
25
Milliy sanat tarihiga etnagrafiyasiga, imemorchiligiga va ananaviy sanat
turlariga a’lohida e’tibor qaratish zarur. Talabalarni tayorlash jarayonida xalq
pedagogikasi
fikr
–
mulohazalardan,
shuningdek,
jahon
umuminsoniy
qadryatlaridan keng foydalanish lozim. Bo’lajak o’qituvchilarni nafosat tarbiyasi
bilan qurollantirishdan ko’langan maqsad, ertangi kunda ular, joylarga borib,
maktablarda o’quvchilariga nafosat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan bilimlarini
berishlari kerak.
Nafosat tarbiyasi – o’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk
shaxs bo’lib shakllanishida, ulardagi say’i harakatlarni nafosat bilan bajarishlariga
erishtirishdan iboratdir.
Ana shuni inobatga olgan holda, biz talabalarga boshlang’ich sinf
o’quvchilariga qanday qilib nafosat tarbiyasini berishimiz to’g’risida ma’lumotlar
berilishi kerak.
Maktabda nafosat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishda, sinfdan va maktabdan
tashqari ishlar undagi talimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalar psixologik va
pedagogik talablar doirasida amalga oshirilishi zarur bo’ladi. Ular asosida o’quvchi
shaxsiyatiga nisbatan yo’nalish belgilanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun
o’quvchilar bilan to’garak, fakultativ, sanatshunoslik, asarning ayrim turlarni,
jahon va milliy madaniyatini o’rganish, klublari, madaniyat dorilfanunlari,
tabiatsevarlar jamiyati va boshqa tarbiya shakllaridan foydalansa maqsadga
muvofiq bo’ladi. mumkin.
Sinifdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga
oshiriladigan va yana qayta tiklanayotgan turli dasturlarida shaxs shakllanishiga,
ma’naviy kamolotiga murakkab hayot chorahalarida ma’naviy ma’suliyat bilan
yashashga o’rgatishni shakllantirishga e’tibbor qaratishi lozim.
O’quvchilarning birgalikda muzey, ko’rgazma, teatr, hayvonot bog’i kabi
ma’naviyat o’choqlariga, madaniyat va memorchilik obidalarga tabiatning go’zal
maskanlariga borishni tashkil etish va ulardan olgan ta’surotlarni o’rtoqlashishga
o’rgatish zarur. Nafosat tarbiyasining asosiy mazmuni istalgshan sohalagi sinifdan
va maktabdan tashqar mashg’ulotlar tarbiyaning yagona qoida va usullarni tashkil
26
etadi. Ya’ni, san’tning aniq turlari va ifoda vositalarining o’ziga xosligi (so’zdagi ,
tasavvurdagi, musiqa v.h.) zamirida ifodaning badiy vositalarini amaliy
o’zlashtirish natijasida. Bu borada asosiy vazifa to’laqonli va ijodiy asarni chuqur
his etishdir. Olamni nafosat va badiiy his etish faoliyati davomida o’quvchilarning
mustaqil ijodkorligini, turli o’yinlari, orqali amalga oshiriladi. O’quvchilarda
nafosat tarbiyani amalga oshirish uchun talabalarda nafosat tarbiyasi bilan bog’liq
bilimlar egallangan bo’lishi kerak. Shuningdek ular: O’quvchilarni uzluksiz
tarbiyalash; sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni nafosat nuqtai
nazardan tarbiyalashbadiiy ekologik; axloqiy; ma’naviy; ma’rifiy; iqtisodiy
tarbiyalashning integrasiyalashuvchi ta’sirida amalga oshirish.
Tabiatda go’zal va jozibali ko’rinishlar juda ko’p. Osmon o’par tog’lar, zilol
suvli daryolar, lolazor o’tloqlar o’quvchiga zavq-shavq bag’ishlaydi. Darslarda
ham mana shunday tabiat manzaralarini va san’at asarlarini idrok etish, ularni
tasvirlashni o’rgatadi. Rasm chizish uchun narsalarni sinchiklab kuzatish va yodda
saqlab qolishga harakat qilish zarur.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash uchun bugungi kun talabalariga
bu boradagi bilimlar berib boriladi. Ularning o’zlariga har xil kitoblarni o’qish,
badiiy adabiyotlardan misollar keltirish, institut atrofini ozoda tutish, biriktirilgan
auditoriyani did bilan jihozlash ko’nikmalari shakllantiriladi.[8]
Ularga hatto, o’quvchilar uchun mo’ljallangan tadbirlar o’tkaziladi. Misol
uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |