mohiyati haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Bunga
talaba – yoshlar ongiga estetik madaniyat, madaniy meros, shaxs estetik
madaniyati, estetik ong, estetik idrok, estetik bahs, estetik ideal, estetik qiziqish,
estetik bilim, estetik moyillik, estetik did, estetik hissiyot, estetik mulohaza, estetik
ehtiyoj, estetik munosabatlar, estetik faoliyat kabi kategoriyalar mazmun –
mohiyati haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni singdirish yordamida erishiladi;
• ilmiy dunyoqarashning ma’naviy qiyofasini shakllantirish. Bunda
hayotni bilib borishga, nafosatni tushunishga, insonning butun qiyofasini, ya’ni
uning his – tuyg’ularini va estetik irodasini mustahkamlashga e’tibor berish lozim;
• estetik tarbiyani milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida tashkil etish.
Bunda o’zbek xalqining o’tmishdan bizga qoldirgan ma’naviy meroslariga
e’tiborni kuchaytirish kerak. Ayniqsa, qomusiy olimlar, hadis ilmi sohiblari,
shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, davlat arboblari, xalq qahramonlarini hayoti va
faoliyatidagi estetikaga oid materiallar estetik tarbiyani asosli ravishda olib
borishga keng imkoniyatlar yaratadi;
• talaba – yoshlarni estetik faoliyatga tayyorlash. Bunda estetik faoliyat
bilim, ko’nikma va malakalar kabi ijobiy qobiliyatlar mavjudligi bilan
xarakterlanishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning bilan birga ushbu jarayonga
jamoaviy jarayon deb qarash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunga sabab, bunday
o’rgatish guruh vazifalarini amalga oshirish jarayonida o’qituvchilarni faol estetik
va badiiy faoliyatga jalb qiladi, ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi.
• estetik va badiiy – ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bunda o’zbek
xalqining o’tmishdagi boy milliy – ma’naviy merosiga, xususan badiiy boyliklarga
va san’atiga egaligi muhim didaktik asos bo’ladi va o’qituvchidan har bir bolada
20
umumiy va individual badiiy – ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishini, hissiy
hozirjavoblik qobiliyatini hamda fazoviy tafakkurni yuksaltirishni hisobga olib
pedagogik faoliyatni yuritishini talab etadi.
Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini to’la – to’kis ravishda hal etilishi
talaba – yoshlardagi tashabbuskorlik, ijodkorlik, san’atkorlik, yaxshilikka
intiluvchanlik, kelajakni oldindan ko’ra bilishlik, qadriyatlarni ulug’lovchi, orzu
qila bilishlik, ma’naviy yuksaklik, ma’rifatlilik, madaniyatlilik kabi ijobiy
xislatlarni o’zida mujassam qilgan ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash kabi xayrli
ishlarni bajarishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar
hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galeriyalar,
o’tmish obidalari, tarixiy me’morchilik yodgorliklari, san’at asarlari va tarixiy
madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig’imiz hamda ulardagi go’zalliklar
talaba – yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo’ladi. Bular barkamol
avlodni estetik ruhda tarbiyalash va kamol toptirishga estetik – didaktik asoslar
vazifasini ham bajaradi. Bunga sabab mehnatdan estetik zavqlanish kishidagi
mehnat ilhomini yanada jo’sh urdiradi, insonni ulug’laydi va uning turmush
sharoitini bezaydi. Bu bilan talaba – yoshlarni Vatanimiz va jahon badiiy
madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik tarbiyalashni samarali
amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |