3
KIRISh
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikni qo’lga
kiritgach, barcha jabhalarda islohatlar olib borilmoqda. Shu qatori ta’lim tizimida
ham bir qator o’zgarishlar, islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi» ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu qonun va milliy dasturda ko’rsatib
o’tilgandek bo’lajak mutaxassislarga iqtisod to’g’risida tushunchalar berish muhim
ahamiyat kasb etadi. Dunyoda yuz berayotgan morliyaviy inqirozning O’zbekiston
sharoitida oldini olish yoshlardan iqtisodiy bilimlarni talab qiladi. Chunki ishlab
chiqarishning asosiy qismida yoshlar faoliyat ko’rsatayapti. Shuning uchun ham
yoshlarga iqtisodiy tarbiya berish orqali biz davlatimizni har tomonlama qudratli
davlat ekanligini ko’rsata olishimiz kerak. Shu bois ham iqtisodiy tarbiyada – fan
texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishga e’tiborni kuchaytirish shu kunning
muhim dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.[1,2,3]
Vatanimiz istiqlolga erishgandan so’ng Respublikamizda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Ushbu yillar orasida
Respublikamizda ta’lim – tarbiya to’g’risida qonun – qoidalar ishlab chiqildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’navit – yengilmas kuch” asarida
yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
Yoshlarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishda milliy qadriyatlardan keng
foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham I.A. Karimov O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga
intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish
davlat siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biri deb ko’rsatib o’tgan.
Yurtboshimiz «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz –
jamiyatimiz a’zolarini, avvalombor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol
toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mehr sadoqat
tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashdan iboratdir» - deb alohida ta’kidlab o’tganlar.[4,5,6]
4
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shuni ko’rishimiz mumkinki, hozirgi
kunning dolzarb maslalalaridan biri iqtisodiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishdir.
Shunday ekan bugungi yoshlarni tarbiyalash jarayonida ular ongiga va qalbiga ota-
bobolarimizdan bizlargacha yetib kelgan ulkan boy ma’naviy me’rosidan
foydalanib yoshlar ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirish muhim ahamiyat
kasb etadi. Iqtisodiy tushunchalarni talabalar ongi va qalbiga singdirish orqali biz
yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda undan keng
foydalanamiz. Yoshlarda iqtisodiy tushunchalarni shakllanishi yurtimizning
farovon va qudratli bo’lishga zamin bo’la oladi. Bu esa o’z navbatida yoshlarda
dunyoqarashning kengayishi ona Vatanga bo’lgan muhabbatining ortishi,
mehribonlikning yuzaga kelishi, yaxshi va yomonning farqiga borishi kabilar
tarkib topadi.
Pedagogika fanlarini o’qitish jarayonida talabalar ongiga va qalbiga iqtisodiy
tushunchalarni singdirish orqali ularda iqtisodiy madaniyatning yuksalishiga olib
kelinadi. Buni amalga oshirish uchun esa birinchi navbatda yoshlarga iqtisodiy
bilimlarni berish va u orqali iqtisodiy muomila madaniyatini yo’lga qo’yish kerak.
Bu esa biz tomondan olib boirilayotgan ilmiy tadqiqot ishi mavzusining
dolzarbligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: