16
Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la –
to’kis ahamiyatga ega bo’lgan go’zallik tarbiyasi ham ekan. Shu sababli ham
talaba – yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g’oyat murakkab, ko’p qirrali dinamik
jarayon bo’lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib
borishning optimal variantlarini qo’lga kiritish mumkin.
Respublikamizda estetik tarbiyani amalga oshirishning hamma imkoniyatlari
mavjud. Ularni oilada, mahallada, o’quv yurtlarida amalga oshirish bilan birga,
darsdan tashqari mashg’ulotlarda, muzeylarda, teatrlarda, kutubxonalarda,
klublarda, kinoteatrlarda, takrorlanmas o’tmish obidalarida va shu kabilarda ham
estetik tarbiyani amalga oshirish mumkin va bular barkamol avlodni estetik ruhda
shakllantirish va kamol toptirishda yordam beradigan asosiy vositalardir. Bu
borada talaba – yoshlarni o’z qilgan ishlaridan estetik zavq olishga o’rgatish estetik
tarbiyaning mohiyatini yanada kengroq yoritishning asosi hisoblanadi.
“Estetik tarbiya – o’quvchilarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi,
kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok
qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish,
go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini
tarbiyalashdir” [11].
“Estetik ta’lim – tarbiya – insonda zavq uyg’otuvchi va uni harakat, shijoat
va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko’rinishlar, holatlar, hodisalar va
badiiy–estetik tafakkurni shakllantirish” [10].
Demak, estetik tarbiyalash keng qamrovli faoliyat turlaridan iborat bo’lib,
unda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda natijalar
yaqqol sezilar ekan. Bu tarbiya turi mehnatdagi (aqliy yoki jismoniy) go’zalliklarni
ideal nuqtai nazaridan idrok etishga, shuningdek estetik faoliyatga, voqyelikni
go’zallik qonun – qoidalari asosida o’zgartirishga qodir shaxsni tarbiyalashga
qaratilgandir. Bular orqali kishilar estetik jihatdan yuksaklikka intilib boradi.
Bunda estetik tarbiyani musiqiy, axloqiy va aqliy tarbiyalar mushtarakligida olib
borilsa kishida estetik yuksalish yuzaga keladi.
17
“
Estetik rivojlantirish – bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik
faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom
etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli
darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga
bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi.
U jamiyat estetik madaniyatini turli ma’naviy va moddiy ko’rinishlarda
tushunib olishni ta’minlaydi” [11].
Talaba – yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:
• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;
• estetik jihatdan bilimdonlik;
• estetik ko’nikma va malakalarning shakllanganligi;
• estetik his – tuyg’uning mukammalligi;
• o’z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobiliyatlarining
hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi;
• go’zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy
xislatlar majmualaridan iboratdir.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba – yoshlarda ma’naviy jihatdan
go’zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san’at asarlarini
sevishni shakllantirish, tarix va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni
uyg’otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo’lishga oid tasavvurlarni
yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko’nikma va malakalarini
hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda shuni qayd etish
mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy
madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol
shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo’lar ekan. Bu borada estetik zavqlanish
kishining ongli – intizomli va madaniyatli yashashining asoslaridan birini tashkil
etadi. Bunga sabab u o’z mehnati natijalaridan ilhomlanib, zavqlanib yanada jo’sh
urib mehnat qilishga kirishib ketadi. Bu esa insonni ulug’laydi, hamda uning
turmush sharoitini ham ma’naviy jihatdan, ham moddiy jihatdan bezaydi.
18
Demak, estetik tarbiya yosh avlodning, ya’ni talaba – yoshlarning badiiy –
ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo’ladi.
Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan
iborat bo’ladi. Bunda mustaqil Respublikamizdagi ta’lim – tarbiyani isloh qilish
borasidagi sa’y – harakatlar ham e’tiborga olinmog’i lozim.
Umuman olganda, pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda
umumiy tarbiya maqsadlari va talaba – yoshlarning yosh xususiyatlari alohida
hisobga olinishi kerak, chunki bu borada ma’naviy dunyoqarashga e’tibor
bermaslik mumkin emas.
Estetik tarbiyani oliy o’quv yurtlarida quyidagi yo’nalishlarda olib borgan
ma’qul va bu har bir yo’nalish estetik tarbiyaning asosiy maqsadini hal qilishdagi
Do'stlaringiz bilan baham: