III. Spirt radikalining xossalari. Spirt radikalidagi vodorod atomlari har xil turdagi atomlar yoki atomlar guruhlari bilan almashinish reaksiyalariga kirishadi. Radikaldagi vodorod atomlari galogenlar bilan o`rin almashganda ham spirt, ham galogen xossaga ega bo`lgan moddalar hosil bo`ladi. Masalan, etil spirtining galogenli hosilalari narkolan yoki avertin (CBr3–CH2–OH) narkotik xossaga ega bo`lib, ginekologiyada va jarrohlikda keng qo`llaniladi.
CH3–CH2–OH + 3Br2 CBr3–CH2–OH + 3HBr
IV. Spirtlarning oksidlanish reaksiyalari. 1. Spirtlarning oksidlanish reaksiyalari kuchli oksidlovchilar (KMnO4, K2Cr2O7) yoki 300–400 0C da katalizatorlar (Pt, Cu) ishtirokida olib boriladi. Oksidlanish reaksiyalari spirtlarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi bo`lishiga qarab turlicha amalga oshadi.
a) Birlamchi spirtlar oksidlanganda aldegidlar hosil bo`ladi, masalan:
b) Ikkilamchi spirtlar oksidlanganda ketonlar hosil bo`ladi, masalan:
2. Spirtlar havo kislorodida yonadi:
2CH3OH + 3O2 2CO2 + 2H2O
Metil spirt CH3OH (metanol, karbinol, yog`och spirti)–eng oddiy bir atomli spirt bo`lib, 65 0C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Yaxshilab tozalangan metanol vino spirtining hidiga o`xshash hidga ega, texnik metanol esa o`ziga xos yoqimsiz hidga ega bo`lib, kuchli zahar (ozroq ichilganda ko`zni ko`r qiladi, ko`pi–o`ldiradi).
U erituvchi sifatida va turli xil organik sintezlarda–formaldegid, ba`zi bo`yoqlar, fotoreaktivlar, farmatsevtika preparatlari, metilatsetat, metilalanin, dimetilalanin, metilamin, metilxlorid, dimetilsulfat tayyorlashda ishlatiladi.
Etil spirt C2H5OH (etanol)–rangsiz, kuydiruvchi mazali, o`tkir hidli suyuqlik, 78,3 0C da qaynaydi, –114 0C da muzlaydi. Salgina shu`lalanadigan alanga berib yonadi. Etil spirt sintetik kauchuk olish va plastmassalar ishlab chiqarishda, atirlar, dori–darmonlar, bo`yoqlar tayyorlashda erituvchi sifatida, anatomik preparatlarni konservalashda, ko`plab organik moddalarni, dietil efir, sirka kislota, tutunsiz o`q–dori va boshqalar olishda ishlatiladi. Bundan tashqari rektifikat etil spirt aroq, konyak kabi ichimliklar, farmatsevtikada esa spirtli nastoykalar tayyorlashda ishlatiladi. Etil spirt ozroq miqdorda kishini mast qiladi, ko`p miqdorda iste`mol qilinsa narkozga o`xshash holatga olib keladi.
Vinil spirt turiga mansub bo`lgan to`yinmagan spirtlar juda beqaror moddalar bo`lib, ular erkin holda uchramaydi. To`yinmagan spirtlar darhol izomerlanadi hamda aldegid va ketonlarga aylanadi. Bu hodisani 1887 yilda rus olimi Eltekov kashf etganligi uchun uning nomi bilan Eltekov qoidasi deb ataladi:
Bu turdagi to`yinmagan spirtlarni ko`pincha yenollar deb ham ataladi.
Vinil spirtning oddiy va murakkab efirlari barqaror moddalar bo`lib, sanoatda keng ko`lamda ishlatiladi. Ular birinchi marta rus olimi A. Ye. Favorskiy tomonidan sintez qilingan.
CHHC≡CH + HO–R 2=CH–O–R
HC≡CH + HO–CO–CH3 CH2=CH–O–CO–CH3
Vinilatsetat–CH2=CH–O–CO–CH3 73 0C da qaynaydigan suyuqlik. U oson polimerlanadi va polivinilatsetatga aylanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |