Bir atomli to`yingan spirtlar deb to`yingan uglevodorodlar molekulasidagi bitta vodorod atomi o`rnini gidroksil guruhi almashinishi natijasida hosil bo`ladigan organik birikmalarga aytiladi. Ularning xalqaro nomi alkanollar bo`lib, ular CnH2n+1OH yoki R–OH formulalar bilan ifodalanadi.
Gomologik qatori. Tuzilishi, izomeriyasi va nomenklatirasi. Bir atomli to`yingan spirtlar molekulasidagi gidroksil guruhi qaysi uglerod atomiga birikkanligiga qarab spirtlar quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Birlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan uglerod atomiga bitta boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi;
2. Ikkilamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan ulerod atomiga ikkita boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi;
3. Uchlamchi spirtlar–gidroksil guruhi bilan bog`langan ulerod atomiga uchta boshqa uglerod atomi birikkan bo`ladi.
Bir atomli to`yingan spirtlarning izomeriyasi uglerod skeletining izomeriyasiga va gidroksil guruhining molekulada joylashgan holatiga bog`liq bo`ladi. Gomologik qatorning uchinchi a`zosi–propanoldan boshlab spirtlarda izomerlar paydo bo`ladi:
propil spirt yoki propanol–1 izopropil spirt yoki propanol–2
Spirtlarda izomerlar soni tegishli to`yingan uglevodorodlarnikiga ko`ra doimo ko`p bo`ladi. Masalan, butanning ukkita izomeri bor (n–butan va izobutan), butil spirtining izomeri esa to`rtta.
birlamchi butil spirti birlamchi izobutil spirti
ikkilamchi butil spirti uchlamchi butil spirti
Ratsional nomenklatura bo`yicha bir atomli to`yingan spirtlarning nomi radikallar nomiga spirt so`zi qo`shib hosil qilinadi. Ba`zi hollarda bir atomli to`yingan spirtlarni nomlashda ularni eng oddiy vakil metil spirt (karbinol) hosilasi deb qaraladi. Hamda spirtlarning nomi karbinolning metil guruhi vodorodlari almashingan radikallar nomiga karbinol so`zi qo`shib hosil qilinadi.
Xalqaro nomenklaturaga ko`ra bir atomli to`yingan spirtlarni nomlashda tegishli to`yingan uglevodorodlarning to`liq nomiga –ol qo`shimcha qo`shish yo`li bilan hosil qilinadi. Masalan:
CH3OH – metil spirt yoki metanol C2H5OH – etil spirt yoki etanol
Bu spirtlar gomologik qatorni hosil qiladi, chunki ular molekulalarining tarkibi jihatidan bir–biridan gomologik farq (CH2=) bilan farq qiladi. Gomologik qatorning umumiy formulasi CnH2n+1OH yoki R–OH, bunda R–uglevodorod radikali.
Xalqaro nomenklaturaga ko`ra gidroksil guruh qaysi uglevodorod atomi bilan bog`langanligi spirt nomidan keyin raqam bilan ko`rsatiladi, masalan: