Aloxida vakillari: Metil spirt (metanol, karbinol, yog`och spirti)–eng oddiy bir atomli spirt, rangsiz suyuqlik. Kuchli zahar (ozroq ichilganda ko`zni ko`r qiladi, ko`pi–o`ldiradi).
U erituvchi sifatida va turli xil organik sintezlarda–formaldegid, ba`zi bo`yoqlar, fotoreaktivlar, formasevtika preparatlari olishda ishlatiladi.
Etil spirt (etanol)–rangsiz suyuqlik. 78,3 0C da qaynaydi, -114 0C da muzlaydi. Salgina shulalanadigan alanga berib yonadi. Etil spirt sintetik kauchuk olish va plastmassalar ishlab chiqarishda, atirlar, dori-darmonlar, bo`yoqlar tayyorlashda erituvchi sifatida, anatomik preparatlarni konservalashda, ko`plab organik moddalarni: dietil efir, bo`yoqlar, sirka kislota, tutunsiz o`q–dori va boshqalar olishda ishlatiladi
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Bir atomli to`yingan spirtlar ichida metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o`simliklardan ajratib olinadigan efir moylarida va o`simliklar a`zolarida uchraydi. Ular oddiy va murakkab efirlar holatida tabiatda keng tarqalgan. Bir atomli to`yingan spirtlar sanoatda quyidagi usullar bilan olinadi:
1. Murakkab efirlarni gidroliz qilish:
2. To`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ishqorlarning suvli eritmalarini ta`sir ettirish:
3. Spirtlar (etil spirt) shakarli moddalarni achitqilar ishtirokida bijg`itish yo`li bilan olinadi:
C6H12O6 2C2H5OH + 2CO2↑
4. Neftni krekinglashda olinadigan etilenni gidratlash reaksiyasiga asoslanib olinadi:
CH2=CH2 C+ HOH 2H5OH
5. Spirtlar (metil spirt) CO bilan H2 dan katalitik sintez qilish (Tq 250 0C, P 7MPa, kat–ZnO va CuO aralashmasi) yo`li bilan olinadi:
CO + 2H2 CH3OH
Fizikaviy xossalari. Bir atomli spirtlarning dastlabki vakillari (C11H23OH gacha) oddiy sharoitda suyuqliklar, uglerod atomlarining soni 12 tadan ko`p bo`lgan yuqori spirtlar esa qattiq moddalar. Bu faqat normal zanjirli birlamchi spirtlarga xos bo`lib, tarmoqlangan zanjirli spirtlarga tegishli bo`lmaydi. Chunki tarmoqlangan zanjirli spirtlarda gidroksil guruhining holati, uglerod skeletining tarmoqlanganligi ularning fizikaviy xossalariga katta ta`sir ko`rsatadi.
Normal zanjirli spirtlar tarmoqlangan zanjirli spirtlarga nisbatan anchagina yuqori qaynash haroratiga ega. Molekuladagi uglerod atomlari soni bir xil bo`lgan birlamchi spirtlar ikkilamchi spirtlarga nisbatan, ikkilamchi spirtlar uchlamchi spirtlarga nisbatan yuqori haroratda qaynaydi. Spirtlarning hammasi suvdan yengil. Ularning molekula og`irliklari ortishi bilan suvda eruvchanligi kamayadi. Metil, etil, propil va butil spirtlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, n–butil spirtdan boshlab ularning suvda eruvchanligi kamayib boradi, yuqori molekulali spirtlar amalda suvda erimaydi.
Kichik molekulali spirtlar o`ziga xos «spirt» hidiga ega, o`rta spirtlar o`tkir yoqimsiz hidga ega, yuqori molekulali spirtlar esa hidsiz moddalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |