3.Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, qarg‘a ham iste’mol qiladi. Chumchuq mevani cho‘qib yeydi. Qarg‘a esa yutub yuboradi. Sizningcha bu qushlarning qaysi biri o‘simlik uchun foyda keltiradi. Fikringizni izohlab bering?
Hayvonlar meva va urug’lami iste’mol qilib, chiqindilari or¬qali ham uzoq yerlarga olib borib tashlaydi. Qushlar ham seret shirali mevalami yutib, hazm bo’lmaydigan danak va urug’larini uzoq masofalarga tarqatadi.Chumchuq mevani cho’qib yeydi va danagini yuta olamaydi. Qarg’a esa uni butunicha yuta oladi.Natijada qarg’aning ichida olcha danagi hazm bo’lmay uning chiqndisi orqali tashqariga chiqadi. Bu esa olcha danagining tarqalishiga xizmat qiladi
7-BILET
Madaniy o‘simliklarning qanday vegetativ ko‘payish turlari ma’lum?
O‘simliklami vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Juda ko‘p madaniy o‘simliklar ildizi, novdasi va barglaridan ko‘paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalarda o‘stiriladigan o‘simliklaming aksariyati qalamcha (novda)sidan ko‘paytiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi. Ular 45-50 sm uzunlikda bo‘ladi. Tayyor qalamchalami bog‘-bog‘ qilib nam chuqurga ko‘mib qo‘yiladi. Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi. Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida ko‘paytiriladi Payvandlash bir o‘simlikning ma’lum qismini ikkinchi o‘simlikka turli usullar bilan o‘matish tushuniladi. Payvandlashning juda ko‘p usullari bor {kurtak, iskana payvand). Ba’zi madaniy o‘simliklar parxish yo‘li bilan ko‘paytiriladi (tok, atirgul, qoraqat). Bunda o‘simliklar novdasining ma’lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko‘miladi. Ko‘milgan novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi.
Mexanik to‘qimaning tuzilishi va vazifasi haqida ma’lumot bering?
Mexanik to‘qima o‘simlik organlariga mexanik mustahkamlik (tayanch) beruvchi to‘qima hisoblanadi. Mexanik to‘qimaning quyidagi turlari mavjud. 1. Kollenxima - tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi. 2. Sklerenxima - o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi: uzun ingichka - lub tolalari, yog‘ochlik tolalari va yumaloq - sklereid hujayralar. Sklereid hujayralar urug‘laming qobig‘i (yong‘oq, olcha, o‘rik) da, meva eti (nok, behi)da bo‘ladi.
Gulning tuzilish qismlari va vazifalarini aniqlang.
Gul - gul bandi, gul o‘mi, gulqo‘rg‘on (gulkosa, gultoj), changchi va urug‘chidan tashkil topgan .O‘simliklaming guli novdaga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy - gulo‘mi bor, unda gulning hamma qismlari joylashadi. Gulband shakli va o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladi. Tabiatda gulbandi rivojlanmaydigan o‘troq gullar ham uchraydi. Gulkosacha - gulni tashqi tomondan o‘rab turadigan qavat. U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha, ko‘pincha, yashil rangda bo‘ladi. Gultoj - guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo‘rg‘on qavati. U gultojbarglar yig‘indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo‘ladi Changchi - gulqo‘rg‘on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan . Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo‘mi bilan bog‘laydi. 0 ‘simlikning turiga qarab changchilar bittadan bir nechtagacha bo‘lishi mumkin. Changchi iplari alohida-alohida, qo‘shilib yoki tutam hosil qilib gulo‘miga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo‘lmaydi. Urug‘chi - gulning o‘rtasi (markazi)da joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat . Tuguncha - urug‘chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug‘kurtak joylashgan. Tugunchadan meva hosil bo‘ladi. Tugunchalar gulning boshqa a’zolariga nisbatan joylanishiga qarab ostki va ustki bo‘ladi. Tuzilishiga ko‘ra, tuguncha bir va ko‘p uyali bo‘ladi. Ustuncha - urug‘chining o‘rta qismi. U tuguncha bilan tumshuqchani birlashtirib turadi. Uning ichi g‘ovak bo‘ladi. Tumshuqcha - urug‘chi (ustuncha)ning eng yuqori qismi - uchi. U hanglami ushlash uchun xizmat qiladi. Gulqo‘rg‘on - gul ochilguncha changchi va urug‘chilami o‘rab, tashqi ta’sirdan saqlab turadi. U oddiy yoki murakkab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |