4-BILET
Urug‘lanish nima ?
Changchi va urug‘chidagi jinsiy hujayralaming qo‘shilish jarayoni urug‘lanish deyiladi. Changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilish jarayoni urug’lanish deyiladi. Bu yangi organizm demakdir. Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalri yetiladi. Chang 2 ta :vegetative va generative hujayradan iborat.Generativ hujayra yana 2 ta spermaga aylanadi. Spermalardan biri urug’kurtak ichidagi tuxum hujayrani, 2-si markaziy hujayrani hosil qiladi. Bu qo’sh urug’lanish deyiladi.Urug’langan tuxum hujayradan murtak, markaziy hujayradan esa endosperm hosil bo’ladi Murtak bilan endosperm birgalikda urug‘ hosil qiladi. Shunday qilib, qo‘sh urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga aylanadi. Uning po‘stidan shu urug‘ni o‘rab turadigan po‘st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.
Novdada barglar qanday joylashadi?
O‘simliklar bargi novdada ma’lum tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi . Barglari novdada navbat bilan joylashadigan o‘simliklarga olma, o‘rik, do‘lana, terak, tut, tok, atirgul, oqquray, g‘o‘za, pomidor kabilar kiradi. Novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qaramaqarshi joylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko‘t, marmarak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi. Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul, qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.
Rasmda ko‘rsatilgan jarayonni izohlab bering.
Barglarni suv bug’latishini tajribada oson tekshirib ko‘rish mumkin. Masalan, gultuvakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og‘zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin (64-rasm). Bu o‘simliklar bargidan bug" shaklida ajralgan suvdir. Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi. Bir tup o‘simlikdagi barglar qancha suv bug‘latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o‘simlikning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qo‘yib pallalar muvozanatga keltiriladi. Barglar suvni bug‘latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin koctariladi. Oradan bir sutka o‘tgandan keyin tarozi pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug‘langanligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |