Qanday o‘zgarish kuzatiladi? Kartoshka tugunagida qaysi modda zahira holda to‘plangan? Fikringizni izohlab bering?
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘simlikdagi singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakarga aylanadi va po‘stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to‘planadi.
2-BILET
|
Gullar qanday usullar bilan changlanadi?
Changdonda yetilgan changlaming urug’chi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changlanish va sun’iy changlanishga bo’linadi. Chetdan changlanishda bir gulning changi boshqa guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishi kerak. Yetilib yorilgan changdondan chiqqan changning hasharotlar, shamol, suv, qushlar va o’zga vositalar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tushishiga chetdan changlanish deyiladi.3 Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarga olma, o’rik, nok, beda, oqquray, g’o’za kabilar kiradi.Bunday gullar chiroyli, ochiq rangda, guli asalshiraga boy, nektarli bo’lib, yetilgan urug’chining tumshuqchasi nam va yopishqoq bo’ladi, tushgan changni tutib qoladi. Shunday o’simliklar borki, ulaming guli faqat shamol yordamida chang- lanadi. Bunday o’simliklaming gullari ko’rimsiz, mayda va hidsiz, changi yengil va ko’p bo’ladi. Chang shamol yordamida bir guldan boshqa gulga o’tsa, bunday o’simliklar shamol yordamida changlanadigan о ‘simliklar deyiladi (bug‘doy, arpa, sholi, suli, tol, terak, yong‘oq va boshqalar). Shamol yordamida changlanadigan ko‘pgina o‘simliklar (tol, terak, yong‘oq) awal gullab, keyin barg chiqaradi. Gullarning o’z-o’zidan changlanishi. Agar bir tup o‘simlik changchisidagi chang shu guldagi urug‘chining tum¬shuqchasiga tushsa, bunday changlanish о ‘z-o ‘zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir bo’ladi. 0’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarda, odatda, urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi. Sun’iy changlatish. Agar o’simlikning guli odamlar to monidan changlantiriladigan bo’Isa, uni sun’iy changlatish deyiladi. Sun’iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o’simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o’simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o’tkaziladi. Makkajo’xori gullari, ko’pincha, sun’iy yo’l bilan qo’shimcha changlantiriladi. Sun’iy changlatish usulidan hosildorlikni oshirishda va asosan yangi navlami yaratishda foydalaniladi
2.O‘simliklar hayotida barglarning suv bug‘latishi qanday ahamiyatga ega?
0 ‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan у ana biri suv bug‘latishdir. Suv bug‘lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlaming so‘rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo‘ylab harakat qiladi. Suv bug‘latish o‘simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Suv bug‘lanishi jarayoni barglardagi og‘izchalar orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |