Kurtak haqida tushuncha bering?
Kurtak - bu boshlang‘ich poya. Kurtaklar ikki xil bo‘ladi: generativ kurtak va vegetativ kurtak. Vegetativ kurtak o‘simliklaming boshlang4ich bargli novdasidir. Generativ kurtak esa boslilang‘ich to‘pgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan hosil bo‘ladi. Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin kabilarning kurtagi yirik; tut, tol, qayrag‘och, o‘rik, olma va boshqalaming kurtagi nisbatan mayda bo‘ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o‘simliklar turini aniqlash mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, barg qo‘ltig‘ida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, qo‘shimcha kurtaklar (ildizda, bargda) ham bo‘ladi. Quyida ko‘pchilikka tanish manzarali o‘simlik - terakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bo‘ladi. Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) bilan o‘ralgan. Bu qobiq ulami, ayniqsa, qishning qattiq sovug‘idan, kasallik tug‘diruvchi bakteriya, zamburug‘lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig4i ostida joylashgan boshlang‘ich poyani va zich bo‘lib joylashgan boshlang‘ich barglami ko‘rish mumkin . Kurtaklar qishki tinim davridan o‘tgach o‘sa boshlaydi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, kech kuzda barglarto‘kilgandan keyin daraxt va butalaming shoxlaridan kesib olib suvga solib qo‘yilsa, kurtaklar ko‘p vaqtgacha bo‘rtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo‘yilsa, kurtaklari tez o‘sa boshlaydi. Kurtaklaming bo‘rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida o‘tadi. Bu davr faza deyiladi. Erta bahorda o‘rik, shaftoli, bodom kabi o‘simliklarda dastlab generativ so‘ngra vegetativ kurtaklari yoziladi.
Gerbariy va tabiiy o‘simliklardan foydalanib ildiz turlarini aniqlang?
Ildiz turlari – asosiy, yon va qo‘shimcha. Murtakdagi boshlang‘ich ildizning bevosita o‘sishidan asosiy ildiz hosil bo‘ladi. Qo‘shimcha ildizlar poyadan va bargdan hosil bo‘ladi. Yon ildizlar asosiy va yon ildizdan hosil bo‘ladi. Bir tup o‘simlikdagi ildizlar tizimi – ildiz sistemasi deyiladi. Ildiz tizimi tuzilishiga ko‘ra o‘q ildiz va popuk ildizga bo‘linadi. O‘q ildiz – tizimi uzun va yog‘onroq bo‘lib, undan yon ildizlar o‘sib chiqadi. Bu ildiz tizimi ikki urug‘pallalilarga xos: do‘lana, na‘matak, saksovul, olma,o‘rik, nok, qovun, tarvuz, g‘o‘za, no‘xot, loviya, mosh, terak. Popuk ildiz – tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir to‘da mayda ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi. Bir urug‘pallalilarga xos: makkajo‘xori, bug‘doy, arpa, sholi va h.z.
Do'stlaringiz bilan baham: |