1. Betonning yuk ta'siridagi xususiyatlari Betonning siqilishdagi mustaxkamligi


Betonning egilishdagi - cho‘zilish mustaxkamligi



Download 1 Mb.
bet3/6
Sana04.06.2022
Hajmi1 Mb.
#634755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma'ruza-5

Betonning egilishdagi - cho‘zilish mustaxkamligi

Betonning egilishdagi - cho‘zilish mustaxkamligi, beton balkachalarini sinash yo‘li bilan aniqlanib, sinfi egilishdagi cho‘zilish mustahkamligiga qarab tanlanadi. Bunda beton balkachalar uzunligining 1/3 oraliq masofasi bo‘yicha sinab ko‘riladi (5.2-jadval).


Egilishdagi cho‘zilishga mustahkamlilik chegarasi Regl, MPa, quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Regl = kRmax/bh2 (5.11)
Standart beton balkachalarning o‘lchami
5.2-jadval.

To‘ldiruvchi eng yirik donasining o‘lchami, mm

Balkachaning o‘lchami, mm

ko‘ndalang kesim o‘lchami

uzunligi

tayanchlar orasidagi masofa

30

100x100

400

300

50

150x150

600

450

70

200x200

800

600

bu yerda Pmax – buzuvchi kuch kN; b,h – namunaning eni va balandligi, sm; k – quyidagicha qabul qilinadigan koeffitsient: balkachalar uzunligi 40 sm bo‘lganda k = 31,5; 50 sm bo‘lganda k = 45 va 80 sm bo‘lganda k = 57.


Betonning egilishga mustahkamligi uning siqilishga mustahkamligidan bir necha marta kam bo‘ladi. byetonning egilishdagi cho‘zilishga bo‘lgan mustax-kamligi bo‘yicha quyidagi sinflari mavjud: Vt 0,8; Vt 1,2; Vt 1,6; Vt 2; Vt 2,4; Vt 2,8; Vt 3,2; Vt 3,6; Vt 4,0.
Betonning siqilishga mustah-kamligi qaysi omillarga bog‘liq bo‘lsa uning egilishga mustahkam-ligi ham shunday omillarga bog‘liq bo‘ladi, biroq ikkinchi holatda miq-doriy bog‘liqliklar boshqacha hosil bo‘ladi. byetonning mustahkamligi oshishi bilan Rsiq/Regl nisbat ham oshib boradi Amaliyotda betonning egilishga mustahkamli-gini 6 MPa dan oshirish qiyin bo‘ladi.
Sementning egilishdagi faol-ligi O‘zRSTga muvofiq hisoblansa, betonning egilishga mustahkamli-gining sement sifatiga bog‘liq-ligini yana ham aniqroq hisoblab chiqarsa bo‘ladi. Buning uchun hisob-kitoblarda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Regl = (ApRs1 - 0,2) (5.12)
bu yerda Regl – betonning egilishdagi mustaxkamligi MPa; Ap – taqribiy koeffitsient bo‘lib, yuqori sifatli materillar uchun Ap-0,42, oddiy mate-riallar uchun -0,4 va past sifatli materiallar uchun -0,37 ga teng deb olinadi; Rs1 = sementning egilishdagi faolligi.
Betonning yoshi ortib borgan sari uning egilishdagi va cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligiga qaraganda sekinroq oshadi va Rcho‘z/Rsiq kamayadi.
Beton va temirbeton konstruksiyalarni loyihalashda betonning me'yor-dagi o‘rtacha mustahkamligi emas, balki beton mustahkamligi ko‘rsatkichlari to‘g‘riligini hisobga oladigan, bundan tashqari konstruksiyaning samarali ishlashiga kafolat beradigan muayyan koeffitsientlar yordamidagi hisobiy qarshilik ko‘rsatkichlari olinadi.
Hisobiy qarshilik ko‘rsatkichlari quyidagi formula bilan hisob-lanadi:
Rx = Rm/k = R(1 – 2 νR)/k (5.13)
bu yerda Rm–betonning me'yoriy qarshiligi; k–betonning xavfsizlik koef-fitsienti; R–betonning mustahkamligi (me'yorlashtiriladigan o‘rtacha mus-tahkamlik); νR –beton mustahkamligi o‘zgarishini baholash koeffitsienti, ShNQ bo‘yicha o‘rtacha qiymati νR -13,5 % olinadi.
Xavfsizlik koeffitsienti bo‘lgan k ba'zi salbiy omillar natijasida konstruksiyaning zaiflashishini hisobga oladi. Masalan, nazorat namuna-lari va konstruksiyadagi beton mustahkamligining mos kelmasligi, buyum va konstruksiyaning o‘lchamlaridan og‘ishi, armaturani loyiha asosida joylash-tirishdan chetga chiqishi, notasodifiy ishlab chiqarish xatolari va boshqa omillar shular jumlasiga kiradi.
Agar betonning haqiqiy o‘rtacha mustahkamligi betonning loyihadagi mustahkamligiga mos kelsa, farqiy koeffitsient o‘rtacha olganda 13,5 % bo‘lsa, me'yoriy qarshilik 97,7 % ta'minlangan bo‘ladi. Ya'ni 1000 holatdan 977 tasida betonning haqiqiy mustahkamligi uning me'yoriy qarshiligidan yuqori bo‘ladi.
Xaqiqatda, farqiy koeffitsient o‘rtacha ko‘rsatkichdan boshqacha bo‘lishi xam mumkin va buning natijasida betonning qo‘shimcha mustahkamlik ko‘rsat-kichi o‘zgaradi. Ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshi tartibga solingan korxona va qurilishlarda farq qilish koeffitsienti 4...6 % kamayishi mumkin. Sifati yetarli bo‘lmagan, xossalaridagi o‘zgarishlari katta bo‘lgan materiallar ishlatilganda, texnologik jarayon yomon tashkil etilganda farq qilish koeffitsienti 20...25 % bo‘lishi ham mumkin.
Quyidagi 5.7-rasmda o‘rtacha mustahkamlik darajasi doimiy bo‘lib bir xillik (farqiy koef-fitsient) o‘zgarganda mustahkam-likning me'yoriy qarshilikdan past bo‘lish holati ko‘rsatilgan.
Bir xillik ko‘rsatkichi qan-cha kam bo‘lsa, farqiy koeffi-sient shuncha yuqori bo‘ladi, konstruksiyalarda mustahkamli-gi me'yoriy qarshilikdan kam bo‘lgan beton ishlatiladi, ya'ni konstruksiyalarning ishonchli-ligi kamayadi. Mustahkamlikni doimiy bo‘lishini ta'minlash uchun farqiy koeffitsient o‘z-garganda betonning o‘rtacha mus-tahkamligini turlicha qilib belgilash lozim. Yuqoridagi 5.8-rasmda farqiy koeffi-sientni kamaytirish orqali betonning o‘rtacha mustahkamli-giga talabni kamaytirish mum-kinligini ko‘rish mumkin va bu holatda konstruksiyadagi beton-ning me'yoriy qarshiligi doi-miy ta'minlangan bo‘ladi, ya'ni, betonning doim sifatli bo‘li-shi kafolatlanadi.
Ayrim konstruksiyalarda be-tonning o‘rtacha mustaxkamligiga talab kamaytiriladi, natijada, sement sarfi tejalib, kons-truksiya tannarxi pasayadi. Shu-ning uchun beton mustaxkamligi va bir xilligini to‘la baxolash uning sifatini to‘g‘ri belgilaydi va ishlab chiqarishni takomillashtirish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish