1. Betonning yuk ta'siridagi xususiyatlari Betonning siqilishdagi mustaxkamligi


Beton mustaxkamligining tarkibiga bog‘liqligi



Download 1 Mb.
bet4/6
Sana04.06.2022
Hajmi1 Mb.
#634755
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma'ruza-5

Beton mustaxkamligining tarkibiga bog‘liqligi
Ma'lumki, betonning tarkibi va tuzilishi keng doirada o‘zgarishi mum-kin va ko‘pchilik xollarda uni hisobga olish zarurati tug‘iladi. Ya'ni, beton tarkibini loyixalashda asosiy omillarga aniq to‘g‘rilashlar kiritilishi lozim.
Tarkibi va tuzilishi bo‘yicha farqlanadigan materiallar (sement, qum, shag‘al va sh.k.) betonning xossalariga turli-xil ta'sir ko‘rsatadi. Bir tarkibda ularning ijobiy xossalari namoyon bo‘lsa, boshqa tarkibda esa materiallardan samarasiz foydalaniladi.
Beton qorishmasini tayyorlash va qoliplash sharoiti bir-xil bo‘lganda, uning tuzilishi va tarkibining mumkin bo‘lgan o‘zgarishini ikki xolatda ko‘rib chiqamiz: betondagi sement va to‘ldiruvchilar miqdorining doimiy nisbatida semnt - suv nisbatining o‘zgarishi; beton qorishmasi xarakatchan-ligining doimiy miqdorida sement va to‘ldiruvchilar nisbatining o‘zga-rishi.
Sement xamiri va to‘ldiruvchilar qattiq faza zarralarining orasida, kovaklarida ma'lum miqdordagi suvni o‘zaro bog‘lab va saqlab turadi. Suv kam bo‘lsa qorishma qulay joylashmaydigan (qattiq) bo‘lib qoladi. Natijada betonda yaxshi zichlanmaganligi va suyuq fazaning yetishmaganligi natija-sida bo‘shliqlar va g‘ovaklar ko‘payadi. Buning natijasida sement toshi va to‘ldiruvchilar orasidagi bog‘lanishlar sifati yomonlashadi, betonning mustaxkamligi esa kamayadi.
Suv sarfi ortiqcha bo‘lsa beton qorishmasi tarkibi qatlamlarga ajrala boshlaydi va natijada yana betonning mustaxkamligi pasayadi. Shu sababli sement-suv nisbatining aniqlangan ma'lum chegarasida (sement-to‘ldiruvchi
nisbati o‘zgarmas bo‘lganda) beton qorishmasi tarkibi va tuzilishi bo‘yicha eng maqbul bo‘ladi, qaysikim u yaxshi joy-lanadigan va qoliplanadigan bo‘ladi. S/S ning eng maqbul miqdori sement va to‘ldiruv-chilar orasidagi nisbatga bog‘-liq bo‘ladi, chunki, bu omillar beton qorishmasining suv tu-tish qobiliyatini va qulay joylanuvchanligini aniqlay-di. Eng maqbul S/S da beton yuqori zichlikka erishadi.
Beton qorishmasining suv talabchanligi va betonning mustaxkamligiga S/S doimiy bo‘lgan xolda sement-to‘ldiruv-chi nisbatining (S/T) o‘zgarib turishi xam sezilarli ta'sir qiladi. Yuqorida aytilganidek (4-bobga qarang), S/T nisbatiga ko‘ra beton tuzilishi bo‘yicha uchta turga bo‘linadi va shunga qarab uning xossalari xam turlicha o‘zgaradi.
Beton qorishma xarakatchanligi o‘zgarmas bo‘lgan beton va beton qorishma tavsiflarining o‘zgarishini ifodalavchi egri chiziqlar grafigi. 5.9-rasmda keltirilgan. Grafiklardagi egri chiziqlar Rb = f(S/S) va S = f(S/T) ning eng maqbul tarkibiga mos keladi. Bunda materiallarning xossalaridan to‘liq foydalaniladi va betonning nisbatan birlik mustax-kamligiga eng kam solishtirma sement sarf qilinadi. Beton eng maqbul tarkibdagina yuqori sifatga erishadi. S/T ning kam qiymatida beton qorishmaning suv talabchanligi kam o‘zgaradi, ammo qattiq faza zarralarining yetishmasligi tufayli betonning zichligi kamayadi, natijada unnig mustaxkamligi bir-daniga pasayib ketadi.
S/T nisbatning yuqori qiymatida betonning mustaxkamligi ortadi, ammo qattiq faza solishtirma yuzasining ko‘payishi xisobiga beton qo-rishmaning suv talabchanligi ham keskin o‘sadi.
Yirik zich to‘ldiruvchilar betonning siqilishdagi mustaxkamligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi, beton qorishmaning xarakatchanligiga yoki suv talabchanligiga esa kamroq. Mayda to‘ldiruvuchilar esa aksincha, beton qorishmaning suv talabchanligini sezilarli o‘zgartirib, betonning mustax-kamligiga kamroq ta'sir ko‘rsatadi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish