Betonning siqilishdagi mustaxkamligi
Betonning eng muxim tavsiflaridan biri, bu uning siqilishdagi mustaxkamligi bo‘lib, betonning boshqa mustaxkamliklariga nisbatan juda oddiy usulda aniqlanadi. Yaqin yillargacha “etalon” sifatida betonning siqilishdagi mustaxkamligini ifodalash uchun betonning “markasi” degan ko‘rsatgich qabul qilingan edi. Betonning markasi deb, qirralarining o‘lchamlari 15x15x15 sm bo‘lgan kub namunasining 28 kun qotganidan keyin siqilishdagi chegaraviy qarshilik qilish qobiliyatiga aytiladi (DAST talabi bo‘yicha).
Qurilish me'yorlari va qoidalari og‘ir betonning quyidagi markalarini belgilab beradi: M 50, M 75, M 100, M 150, M 200, M 250, M 300, M 350, M 400, M 450, M 500, M 600 va undan yuqori (M 100 dan oshib boradi). Ishlab chiqarishda betonning ko‘zda tutilgan markasi bo‘lishini ta'minlash zarur. Belgilangan beton markasi 15 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak, aks holda bu hol sementning ortiqcha sarflanishiga sabab bo‘ladi.
yengil betonning ham markasi 15x15x15sm o‘lchamli kublarni siqilishga sinash orqali aniqlanadi. Boshqa o‘lchamdagi kublar sinalganda o‘tish koeffitsientlari qo‘llanilmaydi. yengil betonning quyidagi markalari mavjud: M 25, M 35, M 50, M 75, M 100, M 150, M 200, M 250, M 300, M 350, M 400.
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda, tez qotadigan sement ishlatilganda yoki sementni tez qotirish usullari qo‘llanilganda, uning mustahkamligi qisqa muddat qotganidan so‘ng, masalan, 1, 3 va 7 kundan so‘ng sinab ko‘riladi. Aksincha quyma konstruksiyalarda ishlatiladigan va sekin qotuvchi sement ishlatilganda betonning qotish muddati 28 kundan ko‘p qilib belgilanishi mumkin (60, 90 va 120 kun). Beton qotishining belgilangan muddati oshganda sement ko‘proq tejaladi. Belgilangan qotish muddati texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.
Betonning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha markasi
|
GOST 26633-91 bo‘yicha beton sinfi
|
SNB 5.03.01-02 bo‘yicha beton sinfi
|
O‘rtacha mustahkamligi bo‘yicha beton sinfi kgs/kv.sm
|
Betonning o‘rtacha mustahkamligi va markasi orasidagi tafovut %
|
M15
|
V1
|
|
14
|
93,3
|
M25
|
V2
|
|
22
|
88,0
|
M35
|
V2,5
|
|
33
|
94,3
|
M50
|
V3,5
|
|
46
|
92,0
|
M75
|
V5
|
|
59
|
78,7
|
M100
|
V7,5
|
|
98
|
98,0
|
M150
|
V10
|
S8/10
|
121
|
87,3
|
M150
|
V12,5
|
S10/12,5
|
164
|
109,3
|
M200
|
V15
|
S12/15
|
196
|
98,0
|
M250
|
V20
|
S16/20
|
262
|
104,8
|
M300
|
V22,5
|
S18/22,5
|
295
|
98,3
|
M350
|
V25
|
S20/25
|
327
|
93,4
|
M350
|
V27,5
|
S22/27,5
|
360
|
102,9
|
M400
|
V30
|
S25/30
|
393
|
98,3
|
M450
|
V35
|
S28/35
|
459
|
102,0
|
M500
|
V40
|
S30/37
|
524
|
104,8
|
M550
|
V41
|
S32/40
|
524
|
95,3
|
M600
|
V45
|
S35/45
|
589
|
98,2
|
M600
|
V50
|
|
655
|
109,2
|
M700
|
V55
|
|
720
|
102,9
|
M800
|
V60
|
|
786
|
98,3
|
Betonning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha markasi
|
Betonning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha beton markasi va sinfiga nisbatan tegishliligi
|
GOST 26633-91 bo‘yicha beton sinfi
|
Shartli beton markasini Betonning siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha markasiga tegishliligi
|
Yacheykali betondan tashkari barcha betonlar uchun
|
Marka betondan farqi %
|
Yacheykali betondan tashkari barcha betonlar uchun
|
Marka betondan farqi %
|
M15
|
V1
|
14
|
-6,7
|
14,5
|
-3,5
|
M25
|
V1,5
|
|
|
21,7
|
-13,2
|
M25
|
V2
|
22
|
-12,0
|
28,9
|
15,8
|
M35
|
V2,5
|
32,74
|
-6,5
|
36,2
|
3,3
|
M50
|
V3,5
|
45,84
|
-8,3
|
50,6
|
1,3
|
M75
|
V5
|
65,48
|
-12,7
|
72,3
|
-3,5
|
M100
|
V7,5
|
98,23
|
-1,8
|
108,5
|
8,5
|
M150
|
V10
|
130,97
|
-12,7
|
144,7
|
-3,5
|
M150
|
V12,5
|
163,71
|
9,1
|
180,9
|
20,6
|
M200
|
V15
|
196,45
|
-1,8
|
217,0
|
8,5
|
M250
|
V20
|
261,93
|
4,8
|
|
|
M300
|
V22,5
|
294,68
|
-1,8
|
|
|
M350
|
V25
|
327,42
|
-6,5
|
|
|
M350
|
V27,5
|
360,18
|
2,9
|
|
|
M400
|
V30
|
392,9
|
-1,8
|
|
|
M450
|
V35
|
458,39
|
1,9
|
|
|
M500
|
V40
|
523,87
|
4,8
|
|
|
M550
|
V40
|
523,87
|
-4,8
|
|
|
M600
|
V45
|
589,35
|
-1,8
|
|
|
M600
|
V50
|
654,84
|
9,1
|
|
|
M700
|
V55
|
720,32
|
2,9
|
|
|
M800
|
V60
|
785,81
|
-1,8
|
|
|
Malumki 1984 yildan boshlab, betonning mustahkamlik bo‘yicha sifati-ni ifodalovchi tavsifi sifatida betonning “sinfi” degan tushuncha qo‘l-lanilmoqda. Betonning sinfi deb, qirralarning o‘lchamlari 15x15x15 sm bo‘lgan beton kubning 95 % taminlanish bilan 28-chi kunda aniqlangan siqilishdagi chegaraviy qarshilik qilish qobiliyatiga aytiladi. Betonning sinfi bilan markasi o‘rtasidagi farq qabul qilinadigan qarshilik miqdorining taminlanishi bilan ifodalanadi. Betonning markasi uchun qarshilikning taminlanishi 50 % ni tashkil qiladi (qarshilikning o‘rta statistik miqdori). Betonning sinfi uchun esa, bu taminlanish 95 % ni tashkil qiladi.
Betonning markasi bilan sinfi orasidagi bog‘lanish quyidagi formula orqali ifodalanadi.
V = 0,1·M (1 - 1,64 ) (5.2)
bu yerda V- betonning sinfi, MPa; M-betonning markasi, kgs/sm2; -beton mustahkamligining o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (variatsiyalash koeffitsi-yenti; og‘ir va yengil betonlar uchun = 0,135 ga teng).
Betonning markaziy siqilishdagi mustahkamligini aniqlash uchun kub shaklidagi beton namuna gidravlik press plitalari orasiga o‘rnatilib, markaziy siqilishga sinab ko‘riladi. Odatda UzRST talabi bo‘yicha qir-ralarining o‘lchamlari 15 sm bo‘lgan beton kub namunalarni sinash tavsiya qilinadi. Beton kub namunalarning siqilishidagi chegaraviy qarshiligi R buzuvchi Fu kuchni shu kuch yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan kub tomonining Ab yuzasiga nisbati bilan ifodalanadi, yani:
R = α·Fu/Ab (5.3)
bu yerda α-o‘tish koeffitsienti. Qirralarining o‘lchami 15 sm bo‘lgan kub uchun α = 1,0 teng deb olinadi. Fu-buzuvchi kuch, kN, Ab-namunaning kuch tasir qiladigan yuzasi, sm2.
Yirik to‘ldiruvchi donalarning o‘lchamlari 20 mm gacha bo‘lganda o‘lcham-lari 10 sm li beton-kub namunalar va yirik to‘ldiruvchi donalarining katta o‘lchami 70 mm gacha bo‘lganda o‘lchamlari 20 sm li beton-kub namunalarni sinashga tavsiya etiladi. Bunda o‘lchamlari 10 va 20 sm li kub namunalarning tajribada olingan mustahkamligidan o‘lchami 15 sm li kubnikiga o‘tish uchun mos holda o‘tish koeffitsieniti α ga ko‘paytiriladi (10 sm li kub uchun, α = 0,85; 20 sm li kub uchun α = 1,05).
Betonning kublik qarshiligi faqat uning sifatini nazorat qilish uchun foydalaniladi va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda bevosita qo‘llanilmaydi. Temirbeton konstruksiyalarda betonning ishlash holati beton-kubning ishlash holatidan farq qilib, beton-prizmaning ishlash holatiga yaqin bo‘ladi. Shuning uchun konstruksiyalarni hisoblashda beton-ning prizmaviy qarshiligi ishlatiladi.
Betonning prizmaviy qarshiligi balandligi uning asosi o‘lchamiga nisbati h/a = 4 bo‘lgan beton namunani (prizmani) buzilish darajasigacha sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda beton prizma bosqichma-bosqich yuk-lanib, har bosqichda yukning miqdori buzuvchi kuchning 10 % ga teng qilib olinadi. Beton namuna har bir bosqichda yuk tasirida 4...5 min ushlab turiladi. Yuklash tezligi o‘zgarmas bo‘lib, 0,2...0,6 MPa/sek ga teng qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |