1. Қасддан одам ўлдириш жиноятининг оғирлаштирувчи ҳолатларини таҳлил қилинг


-savol. Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш жиноятининг таркибий элементларини таҳлил қилинг



Download 77,48 Kb.
bet28/36
Sana08.07.2022
Hajmi77,48 Kb.
#758252
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Jinoyat tayyor nazariy

40-savol. Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш жиноятининг таркибий элементларини таҳлил қилинг.
Jk 158-modda Ushbu jinoyatda Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy tizimi bevosita asosiy obyektdir. Qoʻshimcha bevosita obyekt boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hayoti, xavfsizligi, sogʻligi, sha’ni va qadr- qimmatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.obyektiv tomondan aybdorning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga bevosita sodir etgan tajovuzini ifodalaydi. Hayotga tajovuz qilish deganda, jabrlanuvchining oʻldirilishini yoki uning hayotiga qasd qilinishini anglatadigan, ya’ni aybdor tomonidan jabrlanuvchini hayotidan mahrum qilishga qaratilgan har qanday harakati tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz qilish, kelib chiqqan oqibatlardan qat’i nazar, tugallangan jinoyat deb topiladi. Prezidentning hayoti toʻxtatiladimi yoki yoʻqmi jinoyatning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatsizdir. Odam oʻldirish va tajovuz qilish ongli ravishda amalga oshirilsa, aybdor JK 158-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻlimi hamda uning hayotiga tajovuz qilishning oʻzi ham koʻrilayotgan jinoyat tarkibi belgilarini tashkil qiladi va JK 97-moddasi boʻyicha qoʻshimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi. JK 158-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tan jarohatini yetkazishda namoyon boʻladi. Aybdorning harakatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qanday turdagi tan jarohati yetkazilganidan qat’i nazar (ogʻir, oʻrtacha ogʻir yoki yengil), JK 158-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.
(«Ogʻir tan jarohatlari», «oʻrtacha ogʻir tan jarohatlari», «Yengil tan jarohatlari» tushunchalari haqida JK 104-, 105- hamda 109-moddalari tahliliga qarang.) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga qanday turdagi boʻlsa ham tan jarohati yetkazilgan paytdan boshlab JK 158-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat tamomlangan hisoblanadi. Agar aybdorning qasdi Prezidentga tan jarohati yetkazish boʻlsa va uning irodasiga zid holda, ba’zi shart-sharoitlarga koʻra zarar yetkazilmagan boʻlsa, u holda aybdor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tan jarohati yetkazishga suiqasd qilish boʻyicha JK 25-moddasi 2-qismi bilan hamda 158-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. JK 158-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqorat qilish yoki unga tuhmat qilishdan iboratdir. jinoyatning subyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish aybining toʻgʻri qasd bilan sodir etilganligida namoyon boʻladi. Aybdor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilishning ijtimoiy xavfini anglaydi va uni sodir etishni istaydi. Jinoyatning maqsad va motivi kvalifikatsiya uchun ahamiyatga ega emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilishning subyekti 16 yoshga toʻlgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs boʻlishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz koʻrsatilgan yoshga, ya’ni 16 yoshga etmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, u shaxsga qarshi tegishli jinoyat (odam oʻldirish, ogʻir tan jarohati yetkazish va shu kabilar) boʻyicha javobgarlikka tortiladi.
41. Savol
Josuslikning bevosita obyekti Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyoti asoslaridir.
Koʻrilayotgan modda ma’nosida yetkazish deganda, davlat sirlarini ma’lum qilish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlarni qonunda koʻrsatilgan xorijiy vositachilarga yetkazilishi tushuniladi. Bunday xabar (ma’lum qilish) ogʻzaki, yozma yoki koʻrgazmali – namoyishkorona tarzda va istalgan usul bilan (qoʻldan-qoʻlga, vositachi orqali, yozma ma’lumot, kompyuter tarmogʻi, videokasseta, telefon, radioaloqa, yashirish joyi orqali) amalga oshiriladigan harakatlardir.
Davlat sirlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa ma’lumotlarni yigʻish josuslikning avvalgi ikkita koʻrinishi kabi oʻgʻirlashdan tashqari, har qanday usul bilan ma’lumotlarni topishdan tashkil topadi. Yigʻishning boshqa usullari turlicha boʻlishi mumkin: shaxsan ma’lumotlarni yigʻish (vizual kuzatish, suratga olish, yashirincha eshitish, hujjatlardan nusxa olish va shu kabilar); pulga sotib olish; boshqa shaxsning xizmatlaridan «yashirincha» foydalanish; ma’lumotni texnik tarmoqlar orqali olish va boshqa yoʻllar. Davlat sirlarini yigʻish usullari josuslikning kvalifikatsiyasiga
Davlat sirlarini oʻgʻirlash( qolga kiritish), oʻzida milliy qonunchilik bilan undan xabardor boʻlish cheklangan ma’lumotlarni toʻplashning maxsus, oʻziga xos koʻrinishini tashkil qiladi. Ma’lumotlarni yigʻishning bunday usuli muassasalar, tashkilotlar, korxonalardan yoki ma’lumotlarga ega boshqa shaxslardan ma’lum hujjatlarni (hisobot, reja, chizma, texnologik xarita va boshqalar), buyumlar namunalari, maxsus adabiyotlarning nusxalari va boshqalarni oʻgʻirlab olishni tashkil qiladi.Davlat sirlarini oʻgʻirlash yashirin yoki ochiqchasiga, zoʻrlik ishlatib yoki ishlatmasdan sodir etilishi mumkin. Davlat sirlarini zoʻrlik ishlatgan holda oʻgʻirlashda aybdor harakatlarini ishning sharoitidan kelib chiqib va qoʻllanilgan zoʻravonlikning tavsifiga koʻra jinoyatning xususiyati boʻyicha kvalifikatsiya qilish lozim
Davlat sirlarini tashkil qiluvchi ma’lumotlarni saqlash – bu aniq bir jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli boʻlgan biror-bir makonda yoki hududda hamda ularning saqlanishini ta’minlovchi boshqa joylarda joylashgan ma’lumotlarni oʻzida saqlagan moddiy buyumga (yetkazuvchi) egalik qilishdir.

Download 77,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish