Jinoyat subyekti – 16 yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs.
35. Aгрессиянинг урушни тарғиб қилишдан фарқли жиҳатларини ёритиб беринг. Ikkala jinoyat bir-biridan obyektiv tomonidan farq qiladi: Urushni targʻib qilish insonlarning ongiga va irodasiga ularning boshqa suveren davlatga qarshi harbiy harakatlar olib borishga undash, urush e’lon qilish zaruratini tugʻdirish va shunday istakni uygʻotish maqsadida ta’sir qilish deganidir.
Agressiya bosqinchilik urushini rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, shu harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan fitnada qatnashish.
Ularning farqi shundaki, agressiyaga dalolatchilik qilish hech qachon ommaviy tus olmaydi va JK 151-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti boʻlishi mumkin boʻlgan aniq bir shaxsning irodasiga qaratilgan boʻladi, urushni targʻib qilish esa, koʻpchilikka nisbatan amalga oshirishni va urush ochilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini omma ongida shakllantirishni maqsad qiladi.
36-savol JK Ҳарбий хизматга, хавфсизлик органларига, полицияга, ҳарбий адлияга ва бошқа шу каби хорижий давлат ташкилотларига кириш жиноятининг квалификацияси хусусиятлари қандай. Ushbu jinoyat JKning 154prem1-moddasi bn kvalifikatsiya qilinadi. JK 1541 -moddasida nazarda tutilgan jinoyatning bevosita obyekti davlatlarning xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlovchi, ularning rivojlanishi va hayotiy faoliyati sharoitlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir.Ushbu jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirishini tashkil qiladi.Koʻrilayotgan jinoyat kontekstida xizmatga kirish shaxsning Qurolli Kuchlar tarkibiga, harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga a’zo boʻlishi uchun amalga oshirilgan sa’y-harakatlar tizimini bildiradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, xizmatga kirishda har bir holatda shaxsning tashqi irodasini anglatuvchi oʻz xohish va istagi asosiy belgidir. Xizmatga faoliyat sifatida kirishish oʻz ichiga turli harakatlarni oladi: kirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, harbiy xizmat organlari, davlat xavfsizligi organlari boʻlinmalari va boshqalar bilan aloqa oʻrnatish, mutaxassislarni qabul qiluvchilar va tarqatuvchilar bilan tanishish, koʻrib chiqish uchun hujjatlarni topshirish va boshqalar. Aybdor tomonidan harbiy xizmatga kirish uchun qoʻllanilgan uslub va usullar turlicha boʻlishi mumkin va bu holat jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. Shu bilan birga agar bunday uslub va usullar ijtimoiy xavfli boʻlib, alohida jinoiy harakatni tashkil qilsa (masalan, hujjatlarni qalbakilashtirish, pora berish va h.k.) bunday holatda sodir etilgan harakatni JK 1541 -moddasi 1-qismi boʻyicha va JK ushbu jinoyatni nazarda tutuvchi tegishli moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilish lozim.JK 1541 -moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyektiv tomoni doimo anglangan holda toʻgʻri qasddan sodir etiladi. JK 1541 -moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga yollashda namoyon boʻladi. Berilgan me’yorning mazmuni boʻyicha JK 1541-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti maxsus shaxs boʻlib, u faqat 16 yoshga yetgan aqli raso Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi mumkin. JK 1541 -moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti esa 16 yoshga toʻlgan har bir aqli raso jismoniy shaxs boʻlishi mumkin. Bu shaxslarning fuqaro-ligi ahamiyatsizdir.
37-savol. Ҳарбий хизматга, хавфсизлик органларига, полицияга, ҳарбий адлияга ва бошқа шу каби хорижий давлат ташкилотларига кириш жинояти таркиби ёлланишдан фарқли жиҳатларини ёритиб беринг JK 1541-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga yollashda namoyon boʻladi.Berilgan me’yorning mazmuni boʻyicha yollash deganda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini harbiy xizmat, xavfsizlik organlari,
politsiya, harbiy adliya va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga yollashga yoʻnaltirilgan har qanday harakatning sodir etilishini tushunish lozim. Xorijiy davlatlardagi shu kabi xizmatga nomzodlarni yollash harakatlari yollanuvchilarning qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi, uchrashuv joyining belgilanishi, shaxsning yollanishi haqidagi ogʻzaki yoki yozma kelishuvning amalga oshirilishi Oʻzbekiston fuqarosining xorijiy davlat xavfsizlik organlarida, politsiya va shu kabi joylarda xizmat qilishi shartlarini belgilash va boshqa odamlarni yollash boʻyicha barcha boshqa harakatlardan iborat.Yollanishning bevosita obyekti xalqaro huquq tomonidan oʻrnatilgan urush olib borishning vositalarini va uslublarini qoʻllashni nazorat qiluvchi ijtimoiy munosabatlardir.Yollanuvchi deb, quyidagi belgilarga ega boʻlgan shaxslarga aytiladi:1) yollanuvchi boshqa davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli ziddiyatlar yoki harbiy harakatlarda moddiy ragʻbat yoki shaxsiy foyda olish maqsadida ishtirok etadi;2) u nizolashayotgan davlatning fuqarosi va harbiy xizmatchisi emas;3) u nizolashayotgan davlat nazorat qilinib turgan hududda doimiy yashamaydi;4) u Qurolli Kuchlar safida rasmiy vazifalarni bajarish uchun hech qanday davlat tomonidan vakolat berilmagan shaxsdir.