38- savol. Терроризмни асирликка олиш, тамагирлик қилиш ва одам ўғирлаш жиноятларидан фарқли жиҳатларини ёритиб беринг.
Terrorizm jinoiy harakatning eng ogʻir koʻrinishlaridan biri boʻlib, aybdor atrofdagilarda qoʻrquv, gʻalayonuygʻotishga, ularning me’yoriy odati va ijtimoiy foydali faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga, hokimiyat va boshqaruv organlariga qarshilik qilib, oʻzining noqonuniy maqsadlariga erishishga harakat qiladi.Terrorizmning asosiy bevosita obyekti xalqaro xavfsizlikni ta’minlaydigan va insoniyatni himoyalaydigan hamda Oʻzbekistonning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir. Terrorizmda fuqarolarning hayoti va sogʻligiga, hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga, ijtimoiy tartibot, oʻzgalar mol-mulkiga va boshqalarga zarar etishi mumkin. Oʻzi yoki boshqa shaxslarning manfaatini koʻzlab moddiy naf koʻrish yoki shaxs biron-bir moddiy sarf-xarajatlar qilishdan qutulish maqsadida sodir etilganligidan qat’i nazar, odam oʻldirish tamagirlik niyatida sodir etilgan deb hisoblanadi. Tamagirlik niyatida qasddan odam oʻldirish toʻgʻri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin. Masalan, qarzdor pul egasiga qarzdan voz kechishi uchun azob berayotganda, qilmishining ijtimoiy xavfliligini biladi, shaxsning oʻlishi mumkinligini koʻra biladi, oʻlimning yuz berishini xohlamasa ham, lekin bunga ongli ravishda yoʻl qoʻyib beradi. Odamni oʻgʻirlash deganda, odamni yashirincha, oshkora yoki aldash yoxud ishonchini suiiste’mol qilish yoʻli bilan ushlash va keyinchalik uni doimiy yashash joyidan boshqa oʻgʻrilangan odam zoʻrlik ishlatib muayyan maqsadda ushlab turiladigan aybdor istagan joyga joylashtirish tushuniladi.Subyektiv tomondan odam oʻgʻirlash toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor oʻzining jabrlanuvchini noqonuniy egallab olib, uning xohish-irodasiga qarshi boshqa joyga koʻchirishi, u yerda saqlashda ifodalanuvchi harakatlarining huquqqa xilofligini anglaydi va buni xohlaydi.linishi lozim. Ushbu jinoyatning subyekti 14 yoshga toʻlgan har qanday aqli raso shaxs boʻlishi mumkin. Endi ushbu jinoyatlarning farqli jihatiga to'xtaladigan bo'lsak, Obyektiv tomondan JK 155-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan terrorizm oʻz ichiga zoʻrlik ishlatish, kuch ishlatish va boshqa harakat- larda davlat organlari, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxslarni qandaydir qilmishni sodir etish yoki ulardan voz kechishga majbur qilish bilan bogʻliq faol harakatlarda ifodalanadi. Terrorizm o'z ichiga olgan Kuch va zoʻrlik ishlatish deganda, aybdor tomonidan terrorizm harakatida har qanday zoʻravonlik tusidagi harakatlarning sodir etilishi tushuniladi. Zoʻrlik ishlatish deganda, turli darajadagi tan jarohati yetkazish, odam oʻgʻirlash, asirlikka olish, qurol, shu jumladan, ommaviy qirgʻin qurollarini ishlatish va hokazolarni tushunish lozim. Demak bundan shuni tushunish mumkinki terrorizm jinoyati odam o'g'irlash, asirlikka olish kabi jinoyatlarni sodir etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
39-savol. ЖК 156-моддасида (миллий, ирқий, этник ва диний адоватни қўзғатиш) назарда тутилган жиноятнинг виждон эркинлиги ёки фуқароларнинг тенг ҳуқуқлилигини бузишдан фарқли жиҳатларини ёритиб беринг.
Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfi shundan iboratki, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish, davlat ijtimoiy xavfsizligini buzishga, jumladan, adovatning amalda qoʻzgʻalishiga, millatchilik va irqchilik asnosida kelishmovchilik va boshqalarning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Vijdon erkinligini buzish jinoyatining asosiy bevosita obyekti Konstitutsiya bilan kafolatlangan vijdon va e’tiqod erkinligini, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. vijdon erkinligini buzishning obyektiv tomoni diniy faoliyatning: – fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlari yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga (masalan dam olish huquqi, kasbiy burch, ota-onalar burchi va hokazo) toʻsqinlik qilish;
– majburiy badallar yigʻish va dindorlardan pul yigʻish yoki inson sha’nini va qadrini poymol qiluvchi choralarni qoʻllash (masalan, diniy marosimlarga faqat moddiy hissa qoʻshish, qurbonlik qilish sharti bilan qatnashishga ruxsat berish, u yoki bu diniy qonun-qoidalarni buzganlarga nisbatan «Jarima sanksiyalarini» qoʻllash yoki shaxs sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilish darajasida muomala qilish); – diniy ta’limot olish va fuqaro tomonidan dinga boʻlgan munosabati, dinga e’tiqod qilishi yoki qilmasligi, diniy marosimlar va tadbirlarda ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligiga majburlash (bu holatda majburlash qoida boʻyicha jabrlanuvchiga ruhiy ta’sir oʻtkazish, koʻndirish, tahdid qilish yoki koʻrsatilgan amallarni bajarishga majbur boʻladigan sharoit yaratish yoʻli bilan amalga oshiriladi)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida «Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi» belgilangan. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish muayyan bir shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy yoki ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda davlat, jamiyat, madaniy ishlar yoxud boshqa faoliyatda ishtirok etishi uchun toʻsqinlik qilish yoki oʻz huquq va erkinliklaridan foydalanishiga yoki ularni amalga oshirishiga toʻsqinlik qilishda namoyon boʻladi. Masalan, ishdan boʻshatish, roʻyxatga olishdan bosh tortish, ishga olishda, oʻqishga kirishda irqi, jinsi, millatidan kelib chiqib yo'l qo'ymaslik tushunilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |