Obyektiv tomondan
Davlatga xoinlik qilishning obyektiv tomoni Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa qudratiga, iqtisodiyotiga ziyon yetkazadigan dushman tomonga oʻtish, josuslik qilish, chet davlatga, chet el tashkilotlari yoki ularning vakillariga Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishida yordam berish va chet davlatga boshqa yordamlarni koʻrsatishda namoyon boʻladi.
Josuslik obyektiv tomondan turli yoʻllar: oʻz xizmatiga koʻra maxfiy ma’lumotlarga ega shaxsdan mazkur ma’lumotlarni oʻgʻirlash, hujjatlar yoki buyumlardan fotografiya yoʻli bilan nusxa olish, uni oʻgʻirlash(andazalar, qismlar, murvatlar, asboblar va h.k.), maxfiy ma’lumotlarni biladigan kishilar bilan ulardan ma’lumotlarni olish uchun muloqotda boʻlish, laqmaligi, joriy matbuotdagi ma’lumotdan foydalanib va boshqalar bilan yetkazilishi mumkin.
Bevosita obyekt
Davlatga xoinlik qilishning bevosita obyekti Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini tashkil qiluvchi va suverenitetdan, hududiy daxlsizlikdan, xavfsizlikdan, oʻzini himoya qila olishlikdan va davlatning iqtisodidan tashkil topuvchi tashqi xavfsizligi hisoblanadi.
Josuslikning bevosita obyekti Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyoti asoslaridir.
43. Savol
Davlat sirlarini oshkor etish, josuslik koʻrinishida sodir etilgan davlatga xoinlik qilishdan farqlanadi. Birinchi holatda shaxs davlat sirlariga oʻz faoliyati munosabati bilan ega yoki ma’lumotlarni boshqa bir yoʻl bilan biladi, josuslik holatida esa, shaxs xorijiy davlatga yetkazish uchun davlat sirlarini yigʻadi yoki oʻgʻirlaydi.
Davlat sirlarini oshkor etish koʻrinishida sodir etilgan davlatga xoinlik qilish jinoyati subyekti faqatgina bu sirlar xizmat yuzasidan unga topshirilgan yoki xizmat yuzasidan ma’lum boʻlib qolgan yoki boshqa yoʻl bilan uning mulkiga aylangan shaxs boʻlishi mumkin. Davlat sirlarini yigʻish yoki oʻgʻirlash holatlari bundan mustasnodir. Agar shaxs davlat sirlariga «tasodifan» ega boʻlsa (masalan, davlat sirlarini tashkil etuvchi buyumlar topilmasining egasi boʻlsa) va ularning sirligini bilib turib, shunda ham xorijiy davlatga oshkor etsa, bu harakat ham JK 157-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka loyiqdir.
Davlat sirlarini oshkor etish faol harakatlar yoʻli bilan sodir etilishi mumkin (masalan, maxfiy hujjatni namoyish qilish, qurollanish namunalarini, ularning taktik-texnik ma’lumotlarini begona shaxslar oldida namoyish qilish davlat sirlarini ma’ruzalarda, televidenie yoki radio orqali chiqishlarda ma’lum qilish va boshqalar).Davlat sirini oshkor etish harakatsizlik shaklida, davlat sirlarini saqlash qoidalarini buzish, ularning saqlanishi uchun chora koʻrmaslikda sodir etilishi mumkin. Masalan, mansabdor shaxs, oʻz ishxonasidan chiqa turib, stol ustida davlat siridan iborat hujjatlarni qoldirishi oqibatida bu ma’lumotlarni bilishga ruxsati boʻlmagan kishiga ma’lum boʻlishi mumkin yoki u begona kishilar qoʻliga tushishi mumkin boʻlgan davlat siri mavjud boʻlgan nusxa olish qogʻozidagi matnni yoʻq qilish uchun zarur choralarni koʻrmasligi mumkin.
JK 162-moddasi dispozitsiyasida koʻrsatilganidek, mazkur jinoyatning subyekti (maxsus) oʻzlarining xizmat yoki kasbiy faoliyat sohasiga koʻra davlat sirlari ishonib topshirilgan yoki xabardor shaxslar boʻlishi mumkin.Agar davlat sirlarini ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda ma’lum boʻlgan shaxs oshkor etsa bu shaxs berilgan jinoyatning subyekti boʻla olmaydi.
Davlatga xoinlik qilishda subyekt faqat Ozbekiston fuqarolari boladi. bunda mansabdor shaxslar ham oddiy fuqarolar ham subyekt bolishi mumkin. Davlat sirini oshkor etishda subyekt faqat mansabdor shaxs boladi.
44. Savol
jinoyat obyektiv tomondan davlat yoki harbiy sirlarni tashkil qiluvchi hujjatlarni, buyumlarni yoki ashyolarni yoʻqotish holatlari, agar yoʻqotish koʻrsatilgan hujjatlar, buyumlar yoki ashyolar bilan munosabat qoidalarini buzish natijasida roʻy bergan boʻlsa tashkil qiladi.
JK 163-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyektiv tomoni ehtiyotsizlik, jinoiy beparvolik yoki jinoiy oʻzboshimchalik bilan tavsiflanadi. Albatta, davlat yoki harbiy sirga ega hujjatlar, buyumlar yoki ashyolar ishonib topshirilgan shaxs tasarrufidan qasddan sodir etilgan faoliyat natijasida chiqib qolishi mumkin. Bu, masalan, bila turib, begona shaxsga davlat siriga ega hujjatni yoki buyumni topshirishdir. Biroq, bunday holatlar hujjatlarni yoʻqotish emas, balki davlat sirini oshkor qilish sifatida baholanadi.
Davlat sirini oshkor qilish qasddan sodir etiladi. 163-moddada nazarda tutilgan jinoyat ehtiyotsizlikdan sodir etiladi.
45. Savol
Do'stlaringiz bilan baham: |