30. Хат-ёзишмалар, телефонда сўзлашув, телеграф хабарлари ёки бошқа хабарларнинг сир сақланиши тартибини қасддан бузиш нималарда номоён бўлади? Ushbu holatda tartibni buzish, ma’lumot egasining roziligisiz yoki qonuniy sabablarsiz (jinoyat ishining qidiruvi yuzasidan sud ajrimi yoki prokuror sanksiyasi) telefon, faks, elektron pochta orqali kelib tushadigan xatning, telegrammaning, audio ma’lumotlarning va boshqa xabarlarning mazmuni bilan tanishishda namoyon boʻladi.
Xat-yozishmalari, telefon soʻzlashuvlari, yoki boshqa yozishmalar bilan ruxsatsiz tanishishni boshlash vaqtidan boshlab jinoyat tamomlangan deb topiladi.
Xat-yozishmalar, telefon soʻzlashuvlari telegraf yoki boshqa xabar-larning siri jinoyatni ochish, jinoyatni aniqlash va jinoyatchini ushlash maqsadida qonunda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan buzilgan hollarda shaxslarning harakatlari jinoiy qilmish deb topilmaydi.
Mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari tegishli belgilar mavjud boʻlgan holatda JK 205- yoki 206-moddalarida nazarda tutilgan mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatini vujudga keltirishi mumkin. Agarda bu tartibga rioya qilinmasa aybdor jinoiy javob-garlikdan ozod qilinmaydi.
31. Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисидаги қонунчиликни бузиш жиноятининг таркибий элементларини таҳлил қилинг. Ushbu jinoyatning obyekti ariza, taklif va shikoyatlar bilan vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilishga doir jismoniy va yuridik shaxsning huquqlarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
JKning 144-moddasi 1-qismida koʻzda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan quyidagi harakatlar orqali sodir etiladi:
1) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;
2) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;
3) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;
4) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;
5) jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik yoki jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish;
6) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish.
JKning 144-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat moddiy tarkibli jinoyatdir. Ya’ni, qilmish jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan vaqtdan boshlab, tamom boʻlgan deb topiladi.
JKning 144-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomonijismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi Shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta’qib etishdan iborat.
JKning 144-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat ta’qib qilingan paytdan boshlab tugallangan deb topiladi. Jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mansabdor shaxs tomonidan gʻarazgoʻylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni koʻzlab qasddan buzilishi natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarning huquqlari yoki jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan hollarda qilmish ish holatlariga qarab JKning 205 yoki 206-moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi zarur.