Madaniy dam olish faoliyati
Kurortlarda rekreant(dam oluvchi)larning dam olishini hordiq chiqarishini, tashkil qilish – kurort ishlari va turizm mutaxassislarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ko‘psonli anketa so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, kurortlarda dam olishga keluvchilarning 50-70 % asosiy maqsadi dam olish, hordiq chiqarish hisoblanadi. Bu foiz dengiz bo‘yi kurortlari uchun bir muncha yuqori darajada, tor ixtisoslashuvdagi korxonalar uchun esa past ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Har qanday holatda ham dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish og‘ir va mushkil vazifa hisoblanadi. Eng avvalo, dam oluvchilarning mehmonxonalar va kurortlarda bo‘lgan davrida bo‘sh vaqtlari juda ko‘p bo‘lishi kuzatiladi.
Keyingi yillarda dam oluvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu esa bir qator sabablari bilan shartlanadi:
xorijiy kurortlar tajribasini almashinishi;
aholi madaniy va ta’limiy darajasining o‘sishi;
bo‘sh vaqtdan foydalanish tarkibining o‘zgarishi;
professional teatr, kino va estradalar konsert faoliyati, gastrollarining faollashuvi.
Turistik tarmoqlar xizmatining potensial iste’molchisi bo‘lgan o‘z ta’tilini dengiz bo‘yi kurortlarida o‘tkazishni tanlagan kishi, shubhasiz, o‘z oldiga birinchi navbatda dam olish, kundalik tashvishlardan xoli bo‘lish, keyingi hayoti uchun zarur kuch-qudrat va his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi vazifasini qo‘yadi. Aynan ruhiy holat, kayfiyat va hissiyot ushbu mehmonxonada o‘tkazilgan bo‘sh vaqtdan qoniqish hosil qilish tuyg‘usini belgilaydi.
Mehmonxona korxonasi faoliyatining ko‘p rejali muhim qismi, uning yuksak darajada professionalizm (kasbiy tayyorgarlik) ifodasi animatsiyani tashkil etish hisoblanadi. Bu o‘ziga xos va ta’sirchan reklama shaklidir. U orqali mijozlarni, ularning tanishlarini qayta jalb etish, ushbu mahsulotni mehmonxona xizmatlari bozorida harakatlanishini amalga oshirish, korxona ishi samaradorligini, daromadligi va rentabelligini oshirshi mumkin.
Mehmonxona raqobatbardoshligini oshirishning inkor qilib bo‘lmaydigan omili, u yoki bu dam olish joyini tanlash huquqi «mehmonxona animatsiyasi» keng ma’nodagi tushunchasini yangi yo‘nalishlar tug‘diruvchi shartlarga aylantirishi mumkin.
Bolalar ko‘ngil-xushligi
|
|
Animatsion faoliyat
|
|
Ekskursiya
|
|
|
|
|
|
O‘yin avtomatlari, biliord, shaxmat
|
|
|
|
Ommaviy sport o‘yinlari va ishlari
|
|
|
Bo‘sh vaqt faoliyatini tashkil qilish shakllari
|
|
|
Kinofilmlar ko‘rsatuvi
|
|
|
Kutubxona ishlari
|
|
|
|
|
Suvli ko‘ngil ochish va xushliklar
|
|
|
|
Konsert faoliyati
|
|
|
|
|
|
Dam olish va ko‘ngil ochish kechalari (diskoteka, karaoks va h.k.)
|
|
Festivallar, konkurslar va turli xil o‘yinlarga tashrif buyurish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |